Alisher navoiy nom idagi samarqand davlat um versiteti a bdu r ash id a b d u r a h m o n o V


burgut, bo'ri, ho'kiz, g'oz, bulbul



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/190
Sana16.03.2022
Hajmi7,93 Mb.
#496288
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190
Bog'liq
abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri

burgut, bo'ri, ho'kiz, g'oz, bulbul,
qaldirg ‘och, qarg ‘a
kabi sevimli obrazlari alohida o ‘rin tutadi. 
M a ’lumki, burgut turkiy adabiyotdagi ko'pgina eposlarda, 
ju m lad an , «Alpomish» dostoni syujetida q ah ram o n n in g
ruhiyatini ochuvchi obrazdir. Alpomish yovvoyi o i d a k n i
tutish uchun o ‘zini burgut chog‘laydi. Bo‘ri barcha turkiy 
qavm larning totemidir. H o ‘kiz o ‘g ‘uz, g ‘oz esa qipchoq 
qavmlarining totemi sanalgan.
D o s to n n in g m uallifi t o ‘g ‘ris id a h am o ‘n d a n o rtiq
farazlar mavjud. S .T arasov ta d q iq o tid a (1954) bu asar
246


Q o ‘chqor ismli kishi tom onidan yaratilganligi ham taxmin 
qilinadi.
Turkiylar o ‘rtasida mavjud syujetlar rus tiliga tarjima 
qilinganligi bahsli masaladir. Lekin «Igor jangnomasi»ga 
qadimgi turkiylar o ‘rtasidagi badiiy syujetlar ham singishib 
ketganligi haqiqatdir.
Qadimgi rus va janubiy slavyan xalqlari mifologiyasida 
A rap in , T o ‘garin, Idolish o b razlari yaratilgan. Bu uch 
q a h r a m o n
h a m tu r k i y b a h o d i r l a r d i r .
T o ‘g a rin
qipchoqlarning Tugarxon, Idolish ta ta r bahodiri tarzida 
ko 'rsatilad i. A rap in obrazi qaysi millatga mansubligiga 
m u n o s a b a t bildirilgan. Rus folklorshunosi B.N .Putilov 
yozishicha, b a ’zi tadqiqotchilar A rapin obrazini janubiy 
s la v y a n la rn in g A r a b is to n c h o i i d a q a d i m d a y ash ag an
s a r a t s i n x a l q ig a q a r s h i k u r a s h i b il a n b o g ‘liq d eb
hisoblaydilar. Lekin Arapin obrazi orqali asosan janubiy 
slavyan x alqlarin in g tu r k l a r bilan u ru sh i tasvirlan ad i. 
A r a p in o b ra z i k o ‘p j i h a t d a n f o rs -to jik a d a b iy o tid a g i 
Afrosiyob obrazini eslaladi.
Arapin 
Ar (Er), 
apin 
- bahodir, er so ‘zining janubiy 
sla v y a n o g ‘zaki tiliga m o s la s h lir ilg a n sh ak li b o 'lis h i 
mumkin. Arapin nomiga b a ’zan «qora» laqabi h a m q o 's h ib
aytilgan. Q ora turkiylarda kuchlilik belgisidir.
Arapin haqidagi rivoyatlar janubiy slavyanlar o ‘rtasida 
paydo bo'lishining tarixiy ildizlari mavjud. Qadimgi slavyan 
xalqi Elba daryosidan O der daryosigacha b o ‘lgan yerlarda, 
Visla havzasi, Dnestr va Dneprning Q o ra dengizga quyilishi 
j o y l a r i d a y a s h a g a n . M i l o d i m i z n i n g V a s r ig a k elib , 
xunlaming kuchsizlanishi natijasida slavyanlar ja n u b tomon 
yurish qilganlar. S h u n dan s o ‘ng x u n la r egallab tu rgan
D u n a y d a r y o s i, Q o r a d e n g i z n i n g g ‘a r b iy s o h ill a r i. 
V izantiyaning B olqon yarim orolidagi jo y la rn i egallab 
oladilar. Shunday qilib, janubiy slavyanlar davlati yuzaga 
keladi.
247


Demak, slavyanlar qadimgi skif-kimmerlar, ularning 
o ‘zlaridan keyingi avlodi xunlar mamlakatiga o ‘rnashganlar, 
ayni paytda ular birgalikda yashagan. Bu esa turkiy afsonalar 
s lav y an xalqlari o 'r t a s i g a ta rq a lis h i, tu r k sh o h la ri va 
pahlavonlari salbiy kuch sifatida yaratilgan rivoyat ham da 
afsonalarning yuzaga kelishiga asos b o id i.
Rus eposlari o ‘rtasida Ilya M uromets haqidagi adabiy 
syujetlar keng tarqalgan. Bu eposning turli talqinlari Samara, 
Smolensk, Mogilev guberniyalarida yashovchilar orasidan 
yozib olin g an . G . N . P o t a n i n Ilya M u r o m e ts h a q id a g i 
rivoyatlar Borman, Burman, Barman kabi qahramonlar bilan 
b o g ia n g a n syujetlarga aloqadorligini t a ’kidlaydi. H atto, 
m o ‘g ‘u l-shom on, ta n g u t-s h o m o n afs o n a la rid a sh unday 
qahram onlar borligini asoslaydi. Borma yoki Burma nomi 
afsonalarni yozib olish paytida M u ro m , M uram , Murin, 
Murov, M urav shakliga o ‘tgan. Rus eposlarida tasvirlangan 
bu qahram onni M ahm ud Koshg'ariymng «Devonu lug‘otit 
turk» kitobida keltirilgan B onnan nomi bilan ham bog‘lash 
mumkin. U Afrosiyobning o ‘g ‘li edi.
QADIM GI TURKIY ADABIYOTDA BADIIY 
TA RJIM A
«Oltin yoruq» 
qadimgi sansknt tilida yaratilgan asar bo'lib. 
X asrd a Beshbaliqda y ashagan Singqu Sell T u tu n g uni 
xitoycha variantidan turkiy tilga tarjima qilgan. Kitobning 
s a n s k r i t c h a n o m i « S u v a r n a n r a b h a s a » (o ltin ji 1 о )d i r . 
Turkiycha tarjimada esa to'liq nomi «Altun o ‘nglug‘ yaruq 
yaltriklbig1 qonda ko'trulm ush nom eligi» (oltin rangli nur 
toblanadigan ham madan buyuk bo'Igan kitob tojdori)dir. 
« O ltin y o r u q » b u d d a d in ig a o id s u t r a - m u q a d d a s
kitoblardan biri hisoblanadi.
«Oltin yoruq»ning bir necha q o iy o z m a nusxalan m a ’lum. 
Uning 1687-yilda ko'chirilgan nusxasi boshqalariga nisbatan
248


mukammal b o iib , u hozirda Peterburgdagi Sharqshunoslik 
instituti q o ‘lyozmalar b o iim id a saqlanadi. Q o ‘lyozmani rus 
olimi S.E.Malov 1909-1911-yillarda Sharqiy Turkiston va 
Xansu (Gan-Su)da safarda b o lg a n id a uyg‘urlar yashaydigan 
Vungshigu qishlog‘idan q o ig a kiritgan. «Oltin yoruq»ni S.E. 
M alov 1913-1917-yillarda V.V.Radlov bilan ham korlikda 
nashr ettirdi. V.V.Radlov kitobning bir qismini nemis tiliga 
taijima qildi. Taijima 1930-yilda S.E.Malov so ‘zboshisi bilan 
c h o p etilgan. S .E .M alo v « P am y atnik i drev n ety u rk sk o y
pism ennosti»(M .,-L.: 1951) kitobida «Oltin yoruq»dan ikki 
parcha - «Н ukmdor Kyu-Tov haqida afsona» ham da «Tegin 
va Bars h a q id a a f s o n a » n in g tr a n s k r ip t s iy a va ru s c h a
tarjimasini beradi. «Tegin va Bars haqida afsona» «Oltin 
yoruq»ning 604-627-sahifalarida berilgan. 0 ‘zbek olimlari 
G '.A b d u rahm o n o v va A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy 
til» (1982) qo'llanmasida kitobning 607-617-sahifalaridagi 
afsona mazmuni bayon etilgan.
«Oltin yoruq» u y g ‘ur yozuvida bitilgan yirik tarjim a 
asaridir. V-X asrlarda turkiy tilda u y g ‘u r yozuvi bilan yana 
b ir n e c h a y irik a d a b i y y o d g o r l i k l a r y a r a t i l g a n .
G '.A b d u rah m o n o v va A. R ustam ovlar «Qadimgi turkiy til» 
kitobida «Xuastuanift» («M onaviylarning tavbanomasi»). 
«Shahzodalar Q alyanam qara va P ap a m q a ra haqida qissa», 
«Sekiz yukmak». « A tavaka devi haqida afsona», «Budda 
a f s o n a l a r i d a n p a r c h a l a r » y o d g o r l i k l a r i h a q i d a h a m
m a ’lum otlar berishadi.
Sinqu Seli T utung tarjimasidagi 
«Tegin va bars haqida 
afsona» 
ning hozirgi o'zbek tilidagi t o ‘liq mazmuni shunday:
U n d a n s o ‘ng T a n g ri T ang risi B u llio n s h u n d a y deb 
yorlaqadi:
-
Ey, Ananta! Qadim o 'tg an zam o n d a C ham budi vin 
ulusida M a g ‘aradi ismli davlatm and elig bor edi. U behad 
ulug‘, boy-badavlat, omborlari, xazinalari don-dun, mol- 
m a to g a t o ‘la edi. Q a h r a m o n , m e rg a n la s h k a r la r in in g
2 49


q u d r a t i m u k a m m a l d a r a j a d a b o 'l i b , t o ' r t ta ra l'd a g i 
mamlakatlarni bosib olgan, o'ziga qaratgan edi. Shu sababli 
uni barcha h u rm at qilar va e’zozlardi. U m am lakatni va 
xalqlarini ota-bobolaridan qolgan to 'g 'ri aqida va siyosat 
bo'yicha boshqarardi. U ng a tobe b o'lgan xalq va odam lar 
soni oshib borardi. Uning mamlakati dushm an va yovuz 
kuchlardan xavf-xatarsiz edi. T adbirkor, nuroniy, otashin, 
q u d r a tli, s h a v k a tli, d a v l a tm a n d x o n n in g k a t t a sevikli 
x o tin id an k o 'r k a m yuzli uch o 'g 'li b o r edi. Eng k a tta
o 'g 'l i n i n g o ti M a g 'a b a l i edi, o ‘r ta n c h a o ‘g ‘lin in g oti 
M ag'adivi edi, eng kichik o'g'lining oti M ag'astvi edi.
Bir k u n i o ‘s h a E lig x o n uch o ' g ' l i b ila n m a m l a k a t
chetidagi toqqa, daryo bo'yiga sayr qilishga bordi. Elig va 
uning o'g'illari sayr etishib, dam olganlaridan s o 'n g uch 
s h a h z o d a o t a la r id a n gul, m e v a-ch ev a te ris h g a r u x s a t 
so'radilar. Elig ruxsat berdi. Teginlar u yoq-bu yoqqa, nari- 
beri yurishib, bir k a tta qam ishzor orasidagi berk ariq q a 
kirib, o 's h a yerda d am olishga o'tirdilar. K utilm aganda 
k atta tegin ikki inisiga shunday dedi:
Ey inilarim ! N e g a d ir meni q o 'r q i n c h va v a h im a
bosyapti. Bu ariq ch ak a lak ichida ekan. U n d a yirtqich 
h a y v o n la r b o 'lish i m u m k in . T a g 'in , biz bir-b irim izdan
ayrilib qolmaylik.
Ikkinchi tegin shunday debdi:
K o 'n g lim d a g i gapni aytdingiz, ey, akam! M en bu 
jismimni sira asragim kelmaydi-ya, lekin yorlardin ayrilishdek 
tashvish b o ‘Imasa edi, deb q o 'rq am a n . Bu gapni eshitib, 
uchinchisi, M ag'astvi tegin ikki akasiga shunday dalda berdi: 
Bu j o y a z i z l a r t u r a d i g a n y e r d ir . M e n in g s ira 
q o'rqinchim , xavfim yo'q. O 'zg a ayrilmoqlik tashvishim 
h am y o 'q . H a r h o ld a jis m im d a shodlik to 'lib , sevinch 
tug'ilayotir. Shekilli, yaxshi bir n e’matni topgaymiz.
U ch tegin o 'z dilu k o 'n g illa r id a o 'y la g a n g a p larin i 
aytishib, so ‘ngra dadillik bilan ariq ichiga kirdilar. A ncha
250


yurishgach, yaqinda bolalagan bir ona barsni ko'rdilar. Bars 
bolalaganiga bir hafta o ‘tgan b o ii b . u och edi. Bars yettita 
bolasini b ag ‘riga bosib, o 'r a b olgan, lekin ochlik, suvsizlik 
azobidan qiynalib, zaiflashgan, holdan toygan, jasadlari 
b o ‘shashib, kuch-quvvati ketib, o'lim arafasida yotar edi.
O g ‘a-inilarning k attasi M a g ‘abali b arsn in g ahvolini 
k o ‘rib, shunday dedi:
- Ey, bechora, ona bars bolalaganiga yetti kun bo'libdi. 
Y u m s h o q l u q m a n i is ta y d i. L ek in n a s i b a q a y o q d a ? !
Ochiqish, suvsash azobida qiynalib, hatto o ‘z bolalarini 
yeyishga h a r a k a t qilyapti. B u n d an h am o rtiq b e c h o ra
jonivor b o ‘lgaymi?
Bu gapni eshitib, M ag ‘astvi tegin akasidan «Bu bars nima 
yeydi, m a ’qul ovqati nimadir», deb so‘radi.
Akasi tegin shunday jav o b berdi:
Barsning, ilvirs (m u sh u k sim o n lar oilasiga m a n su b
hayvon)ning, m anul (yovvoyi m ushuk)ning, arslonning. 
b o ‘rining, tulkining ovqati doim issiq g o ‘sht, qon erur. 
Bundan boshqa ovqatu ichimlik y o ‘qki, holdan toygan och 
barsni tiriltirsa!
Bu gapni eshitib, inisi Mag'adivi tegin beixtiyor shunday dedi: 
T u g ‘ib k u c h s iz l a n g a n , h o ld a n to y g a n och b a rs , 
g‘oyatda qiynalib, o ‘lim changalida turibdi. Bizdan b oshqa 
kim borki. bunga yaroqli ovqat va ichimlik topib beradi, 
b cchorajonivor uchun jasadini qurbon qilib, issiq jo n kirita 
oladi.
K atta tegin bu gapni eshitib. yana o 'r ta n c h a inisiga 
yuzlandi.
Ey, inim! M a rd o n a ulashiladigan mol 
m a rd o n a ish! 
Lekin issiq jo n d a n kechib boMmaydi.
Bu so ‘zni eshitgan M ag'astvi tegin shunday dedi:
- Ey, j i g a r l a r i m ! Biz h a m m a m i z issiq jo n i m i z g a ,
ja s a d i m i z g a g ‘o y a t d a b o g ‘la n g a n m iz , y o p is h g a n m iz . 
Boshqacha foyda, m a n faat yetkazgali dono, ilmli, y o ru g ‘
251


ko'zim izdan ajralsak nima bo'pti? Holbuki, ba'zi-bir ulug‘, 
mehribon, ko'ngli toza o d am lar qadim zam onlardan beri 
o ‘zjasadlarini qurbon qilishib, jonivorlarga foyda, manfaat 
yetkazib keladilar.
U akalariga shu gaplarni aytar ekan, so'ngra k o ‘nglidan 
quyidagi fikrlar kechdi: «Axir, bu mening jasadim yuz ming 
zam onlardan beri hayotga keraksiz holda necha m artalab 
chiridi, buzildi. Sira etli b o 'lm a y , foydaga, m a n fa a tg a
yaramadi. Bu xildagi chirkin, keraksiz jasadim nega kerakli, 
ishla tad ig an, foy d ala n ad ig an o ‘rnini to p m as e k an m an . 
Nega keraksiz jasadim ni m a n q a tupukday tashlab, fido va 
qurbon qilib, bu bechora, nochor, och barsga xaloskor va 
pano h b o io lm ay m an !»
M ag'astvi ko'nglida bir jasorat, bir q o 'rqin ch uyg'onib, 
o'zgacha mehribonlik paydo b o ii b , o 'sh a barsning tepasiga 
keldi, a f s u s la n d i va a c h in d i. M a g 'a s t v i tegin b a r s g a
y a q in la s h a r ekan, ochligini, ozg'inligini, m a sh aq q a tin i, 
azobini aniq k o 'rd i va kipriklarida yosh qalqidi, ko'zlarini 
undan hech uzolmasdan anchagacha tikilib, q arab turdi. 
S o 'n g ra ak a-u k alar boshqa tom onga qarab yurdilar. O 's h a
paytda M ag'astvi - budisatv (buddizm tariqatchisi - A.A) 
yana o'yladi: A ynan hozir jasadimni, issiq jonim ni qurbon 
qiladigan vaqt menga yuzlandi, duch keldi. Nega deganda, 
men a lm is o q d a n beri bu chirik, sassiq qo n li, yiringli, 
m e h rs iz , m a r d u d , j i r k a n c h j a s a d g a s h u n c h a li k m e h r
q o 'y d im . Osh-suv, kiyim-kechak, o 'r in - to 's h a k , otu fil, 
arav a y u ulov, ja vo h iru dur, molu m ulkka sajda qildim. 
Q ad im d an aynimoq, buzilmoq qonuni bor ekan, mening 
jasadim ham aynidi, buzildi. B ujasadni asrab, ayab, saqlab, 
a y n itm a s lik ilojini q ila o lm a d im . H a r q a n c h a q a t tiq
larbiyalasam ham, u yovuz dushm an odatini saqlab qoldi. 
Aksincha, u meni tark etib, g 'am va kulfatga sherik etdi. 
Mening umrimni u bilan shunday deb bilish kerak: jasad 
beqaroru foniy, titiladi. Jonga befoydaligi ustiga yana yovuz
252


dushmanday vahimachidir. Jirkanch, iflosligi yetmaganday, 
nopoklik va axlat hosilasini ham ajratadi. Shuning uchun 
men bugungi kund a bu jasadimni fido qilib, ajoyib, ulug* 
ish-amalni bajarib, hayot daryosi ichida sol, kema lopayin. 
T u g ‘ilish, o ‘lmaklik taqdiridan tashqariga tortib chiqarayin.
M a g ‘astvi y a n a s h u n d a y o ‘yladi: A g a r b irg in a bu 
jasadim ni q u rb o n qilsam, keyin beqiyos, sonsiz ju r m va 
gunohlarni, shishiniyu bezni, yiringiyu qonni, dardiniyu 
og'riqni, q o ‘rqinchni, xavfni barchasini qurbon qilgan, tark 
etgan b o ‘laman. Yana bu jasad haqida gapiradigan b o is a k , 
u o ‘ttiz olti xil nopokliklar bilan to ‘la, suv yuzidagi ko'pikday 
beqaroru omonat. U b archa qurtlam ing, q o ‘n g ‘izlarning 
to ‘planadigan joyi: qonning, yiringning o ‘rnashadigan yeri; 
u pay bilan, tomir bilan chirmalgan suyaklar, b o ‘g ‘in orqali 
tutashgan, g'oyatda palidu jirkanchdir. Endi menga tegishli 
bu jasadimni fido, qurbon qilib, nuqsonsiz, oliy ezgu Abamu 
(b u d d a la r d a n b irinin g nom i - A .A .)g a ab ad iy nirvoni 
(sanskritcha s o ‘z bo'lib, sansar - dunyoga moddiy ravishda 
q a y t a - q a y t a k e l is h d a n q u t u l g a n d a n k e y in g i m u tlo q
o s o y is h ta lik ) n i tila s h , m e h n a t u ta s h v i s h n i b ir y o ‘la 
tarqatishlik; tug‘ilish va o iis h qismatini t a ’sirsizlantirishlik, 
nafsoniy aloqani uzishlik; ruhiyatning dono bilimdon kuchini 
kuchaytirishlik; t o i i q , tugal, puxta bo'lm oqlik, ezgulikni 
nuqsonsiz ado etishlik; yuz y o ru g lik harakatini qilishlik, 
to ‘liq, tugal, dono ilmning tubiga yetishlik; ham m a burxonlar 
qoshida m adh etilgan, m u q a d d as s h a r ’iy jasad n i shohid 
qilishlik; butun besh olam maxluqlarining avlodini, shariat 
zakoti yemishini ycdirishlik.
S o 'n g ra M a g ‘a.stvi tegin o 'tk ir, kuchli hayajonlanib, 
buyuk orzuga c h o ‘mib, ulug‘ mehribon k o ‘ngilni uyg‘otib, 
k o ‘ngli va k o ‘ksi bilan rav sh an to rtib . ikki ak asin in g
k o ‘ngliga ham shu tu y g ‘ularni solib, har holda ular ham
anglasa, deb o'yladi. S o ‘ngra o ‘z o ‘y-xayolidan q o ‘rqib, 
x a v fs ira b , m o n e lik , q a r s h ilik q ilib , tila g a n o rz u im n i
253


qondirm aydi, degan xayolga bordi. M ag'astvi ikki akasiga 
charchaganini aytdi, ulardan biroz tin olishga ruxsat so ‘radi. 
U akalarini j o ‘natib, o ‘zi o ‘sha ariqqa kirdi. Och bars oldiga 
yetib, kiyimlarini shoshilganicha egilgan qamish butog'iga 
osib, baland ovozda shunday so'zladi:
-
Men endi sansardagi jonivorlar uchun, oliy ezgu burxon 
ruhi talabini ikkilanm asdan, parishon b o 'lm asdan , ulug‘ 
m eh rib o n k o ‘ngilni u y g'otib, bu mening sevar m a h b u b
jasadimni fido qilaman, qurbon etaman. Buzilmas, bekamu 
k o ‘st burxon saodatini tilaymanki, barcha donolarga mahbubu 
maqbul uch nav dunyodagi, emgak dengizidagi jonivorlami 
yuqoriga tortib, qutqarib, osoyishtayu shodmon qilayin.
Tegin shu gapni aytib, o ‘sha fursatda och bars oldiga 
u z a la tu s h ib y o td i. U l u g ‘ m e h rib o n k o ‘n g lin in g n u ri 
alangasi p o rla b tu rg an p ay td a u och bars teginni egali 
tashlanm adi. Budisatv buni k o ‘rib, g o ‘yo baland to q q a
k o ‘tarilib , ja s a d in i p a s tg a otdi. J a s a d yerga tu sh d iy u , 
budisatv yana shunday o ‘yladi: demak, bars oriqligi uchun 
zaif, madorsizdir. Shu sababli meni yeya olmadi. S o‘ngra 
budisatv tik turib, u yoq bu yoqqa qarab, kesadigan narsa 
q idirib, uni to p o lm a d i. S h u n d a n s o 'n g q u rig a n q a ttiq
qam ish olib, uni o ‘zining umgan tom iriga sanchib, qon 
c h iq a r ib o h is ta b a rs n in g y oniga b o rd i. U b ars old iga 
yetganidiyoq, bu og'ir, ulug‘ kulrang yer olti m a rta turlicha 
tebrandi, silkindi. S o ‘ngra kuchli shamol kelib, k o ‘l suvini 
urib, t o ‘lqinlantirgandek, ariq suvi yuqori-quyi chayqaldi. 
K o ‘k osmon yuzidagi quyosh Tangri R a g ‘uga ot solgandek, 
nursiz, y og‘dusiz, rangsiz xira bo'ldi. Yon atro f butunlay 
qoraydi, q o r a tu m a n bilan qoplandi. K o ‘k osm ondan ilohiy 
hid, ifor, gul chechaklar tushdi, yog'di. 0 ‘sha ariq soy ichi 
gul chechaklar bilan to id i.
S h u p a y t o c h b a r s b u d i s a t v n i n g b o ‘y n i d a n q o n
oqayotgamni k o ‘rdi. Shunda u qonni so‘rish uchun o ‘rnidan 
turdi va uningjasadini yedi. Faqat teginning quruq suyaklari
254


qoldi. Tegin-badisatvning k atta akasi yer qimirlayotganini 
k o ‘rib, ukasiga shunday dedi:
Q o ‘n g ‘ir yer, d a ry o la r va to g ‘lar bilan birgalikda 
silkinyapti. Quyosh Tangri ham qorayib, atrofni q oro n g ‘ulik 
qopladi. O smondan uvvos solib gul chechaklar yog'ilmoqda. 
B u n in g h a m m a s i k ic h ik u k a m iz o ‘z ta n in i q u r b o n
qilganligining belgisidir.
Bu so'zni eshitib, kichik inisi shunday dedi:
- M en M a g ‘astv in in g sezgirlik bilan ay tg an t o ‘g ‘ri 
gaplarini eshitdim. Bu shu h a q d a ediki, u oriq, kuchsiz, 
ochlikdan o i i m changaliga yaqinlashib, o ‘z bolalarini ham
yeyish darajasiga yetgan barsni k o ‘rdi. Shu sababli, men 
shubha qilyapmanki, kichik ukam iz bars baxti uchun o ‘z 
tanini qurbon qilgani rostga o ‘xshaydi.
Ikki tegin shunday suhbatlashar ekan, achchiqlanib, xafa 
bo'ldilar va yig‘ladilar. S hundan s o ‘ng ular tezda orqasiga 
qaytishdi, k o ‘zlarida yosh bilan och bars yotgan joy tom on 
yurdilar. Ular bu yerga kelishar ekan, ukalari M ag ‘astvining 
q am ish sh o x ch asiga osilgan kiyim larini, tan su y ak lari 
sochlariga o ‘ralib turganini, qoni yerga yoyilib ketganligini 
k o ‘rd ilar. S o ‘n g ra nim a b o 'ld i deng? U la r bu fojiani 
k o ‘r is h ib , j a s a d l a r i n i u k a l a r i n i n g s u y a k l a r i u s tig a
tashladilar, q o 'rq in c h va y o 'q o tish tu y g'u larid an karaxt 
holga tushdilar. U lar biroz o ‘zlariga kelgach, q o il a r in i 
osm onga k o ‘tarishib, iltijoli ovozda yigiadilar:
- O, qanday g o ‘zal, k o ‘rk am va kelishgan yigit eding 
sen 
bizning kichik ukamiz! Sen onamiz va otamiz uchun 
sevikli eding, o, jigarimiz! Sen yana bu erga qanday qaytadan 
kelib qolding-a? Q anday k o ‘rgulikki, sen o ‘z hayotingdan 
kechding, biz bilan birga bormading! O namiz va otamiz 
bizni k o ‘rgali peshvoz chiqishsa, sen haqingda s o ‘rashsa, 
biz ikkirniz nima d eb jav o b beramiz. Biz ikkimiz uchun ham
scning yoningda o ‘lish yaxshi emasmi? Biz uchun tiriklik 
nimaga kerak? Bizning jasadimiz sog‘ qolishi-ya!
255


Shunday qilib, ikki tegin kuchli alam bilan yigiadilar, 
hayajonli va oromsiz bir h o la td a orqasiga qaytdilar. Bu 
p a y td a tegin M a g ‘astvining xizmatchilari kengashdilar, 
« bizning teginim iz y ash irin d i yoki y o ‘qoldi. Q ay erg a, 
qachon ketdi? N o m a ’lum. Q ayerda u ? Izlaylikmi?!» 
deb 
aytdilar.
0 ‘sha paytda shahzodalarnmg onasi shaharda saroyning 
k o'sh k id a uxlayotgan edi. U favqulodda qo'rqinchi tush 
k o ' r d i . U n in g k o ‘ksi m u t l a q k e s ib t a s h l a n g a n edi. 
M alikaning oziq tishlari og'zida qimirladi va tushdi. Uch 
k ap targ a lochin changal soldi. U lardan biri o ‘ljaga aylandi, 
ikkitasi esa kuchli q o ‘rqinch bilan qutulib qoldi.
M a lik a yer q im irla sh id an ju d a q o ‘rq ib u y g ‘ondi. U 
q o ‘rquv va bezovtalanish bilan shunday dedi:
-
Bu tushning asosida qanday hodisalar turibdi. Q o ‘ng‘ir 
yer d a h s h a t bilan silkindi, daryolar, k o 'lla r q irg ‘oqd an
toshayapti. 0 ‘simlik va daraxtlar sollanayapti. Yaratganning 
yoritg‘uchisi - quyosh nurlari rangsiz tusga kirdi. Guyo bir 
narsa bilan qoplanganday. Ko'zim tindi va yuragim aynidi. 
U lar avval tinch va osoyishta edi. Ajab. yuragim ni o ‘q 
teshganday, azobli g ‘am ga botdim. Butun tanim titraydi, 
h a l o v a tim y o ‘q o ld i. K o ‘rg an tu s h la r im n i n g bclgilari 
yomonlikdan xabar berayotganga o ‘xshaydi. Agar tushlarim 
haqiqat b o ‘lsa, u men uchun qimmatli odam haqida xabar 
bermoqda. Bularning hammasi fojiadan nishonadir.
U o ‘zini y o ‘qotgan holatda siynalarini uqaladi, undan 
sut oqib, tomdi. Nima bo.Mdi deng. Bu holatni k o ‘rib, malika 
y a n a d a b a t t a r k a r a x tla n d i. to s h d a y qo td i. Bu v a q td a
m alikaning oqsochi saroydan tashqarida edi. U k o ‘chadan 
ushbu shum xabarni eshitdi: teginni izlayaptilar, lekin topa 
olmayaptilar.
Shundan so ‘ng nima bo'ldi deng? Bu voqyeni eshitib. 
oqsoch q o ‘rqib va titrab ketibdi. S o 'ngra u saroyga kirib, 
o ‘zining bekasiga quyidagilarni aytibdi:
256


- Bekam. eshitdingizmi, tashqarida qanday mish-mishlar 
yurganligini? Teginni qidirayotgan emishlar, am m o hali 
topa olmapti. Bu qanday gap?
Bu so'zlarni cshitib, malika achchiq alam, iztirob, k o ‘zida 
vosh bilan ulug‘ xoqon oldiga bordi.
- Ey, ulug‘ elig! Men har xil mish-mishlar eshitdim. Bu 
q a n d a y g ap lar-a? Balki b u la r q ad rli b o la jo n im iz, eng 
kenjamiz M ag'astvidan ayrilganligimiz belgisidir.
U lu g 1 elig bu s o ‘zlarni eshitib, q o ‘rq u v va vasvasa 
iskanjasida, ko'zida yosh bilan shunday dedi:
- Iztirobdaman! Juda qattiq iztirobdaman! Bugun sevikh 
va qadrdon o ‘g‘limdan ajraldimmi? Y o'q, ishonib bo'lmaydi.
U k o ‘z yoshlarini artib, malikani tinchlantirishga urinar 
ekan, yana shunday dedi:
- O, sadoqatli yorim! Sen o'ksima va tashvishlanma. Men 
sevimli bolalarimni qanday b o ‘lmasin topam an. Uning tirik 
yoki o iim in i aniqlayman.
U shu so ‘zlarni ayta turib, tezda vaziru ulamolari bilan 
shahar tashqarisiga chiqdi va teginlarni lzlab, turii tom onga 
jo 'n a b ketdilar.
Tegm haqidagi mish-mishlar hali m am lakat bo'ylab keng 
tarq a lm a g an pay td a ayonlardan biri ulug' elig huzuriga 
kelib, shunday dedi:
- Ulug' xoqon! Bir qoshiq qonim dan keching. Ikki tegm 
eson-omon qaytm oqda. Lekin kenja o'g'lingiz M ag'astvi 
tegindan d arak yo'q. Uni izlashayapti, alb atta topishadi.
Bu s o 'z la r n i eshitib, ulug' elig c h u q u r x o 'r s in d i va 
shunday dedi:
Q a n d a y k o 'rg u lik! Q a n d a y azob! M en sevimli va 
qimmatli bolamni yo'qotdim . O 'g 'lim dunyoga kelganida 
xursandchiligim k o 'p edi, y o 'q o tg a n d a esa q ayg 'u m n in g
cheki yo'q . O 'g 'lim tirik bo'lsa qani edi? U hozir bizning 
yonimiz-da bo'lsa bormi? Men judolikkunlarini ko'rm agan, 
yig'lam agan b o 'lu r edim.
257


M alika bu s o ‘zlarni eshitib, achchiq qay g 'u va faryod 
chekib, qalbi va k o ‘ksi yonib, shunday dedi:
- Uch o ‘g‘lim o ‘z a ’yonlari bilan daryo bo‘yiga vaqtichog'lik 
uchun borgan edi. Kenjasi, sevimli va aziz o ‘g‘lim qaytmagan 
ekan, demak, ayriliqdan xabar bor.
M alika shunday s o ‘zlarni aytib, k o ‘zlarida yosh qalqib 
turganida, saroy a ’yonlaridan biri ulug‘ elig huzuriga kelib, 
tiz cho'kdi.
- Hoy, a ’yon! Sevimli o ‘g‘lim M ag‘astvi qayerda? dedi elig.
Eligning talabini eshitgan a ’yonning k o ‘zlaridan halqa-
halqa yosh keldi, tili s o ‘z aytishga aylanmay, to m o g ‘iga 
nafasi tiqildi. U elig qarshisida gungdek turar edi. A ’yonning 
holatini k o ‘rgan elig malika bilan birgalikda uni jo n holiga 
q o ‘ymay tergadilar.
- Tezroq gapir, ey ayon, mening kenja o ‘g ‘lim qayerda? 
M ening vujudim, o ‘y-xayollarim olov ichra y o nm o q d a, 
a q l im va o ‘z lig im n i y o ‘q o t i b . h u s h s i z o d a m g a
aylanm oqdam an Bag‘rimni ezib, buncha majaqlamasang- 
chi?
S h un d a ikkinchi a ’yon bor gapni oqizmay-tom izm ay 
gapirdi, tegin - badisatv o ‘z tanasini qurbon qilganligini 
s o ‘zlab berdi.
Bu m u d h ish x a b a r n i esh itg an u lu g ‘ elig va m a lik a
jo y larid a to sh dek qotdilar, faqat ingradilar, yig‘ladilar. 
Zurriyotlarinmg qurbon b o ‘lgan joyini k o ‘rish istagida tez 
c h o p ar otlar qo'shilgan aravalarga minishib, daryo buyiga, 
qalin qam ishzorlar orasiga j o ‘nab ketdilar. Ular badisatv 
o ‘z tanini qurbon qilgan yer va joyni topdilar, badisatvning 
suyaklari har to m o n d a sochilib yotganini ko'rishib, hushsiz 
yiqildilar, ularning aqlu hushi kirarli va chiqarli holatga 
tush g an edi. U la r g o ‘yo kuchli va b o ‘ronli sh am o ld an
qulagan daraxtga 
0
‘xshardi. S hundan so ‘ng, o ‘sha ayon 
sovuq suv olib, ulug‘ elig va malika yuziga sepdi. Ular sekin- 
a s ta o ‘zlariga kela b o s h la s h d i. H u sh in i yig‘ib olgach,
25 8


qo'llarim osm onga k o ‘tarishib, yig‘lashdi va dod-faryod 
k o ‘tarishdi, marsiya o ‘qishdi.
Q a n d a y baxtsizlik yuz berdi, b o lajo n im iz, g o 'z a l 
kenjamiz?! Q anday qilib, ajal seni o ‘z domiga tortdi. Faqat, 
u seni emas hammamizni o ld ird i. Ajal sendan oldin mcni 
topishi kerak edi-ku! Men uchun bu n d an ortiq g ‘am va 
y o ‘qotish bo'lm aydi, - dedi ulug‘ elig.
Shundan so'n g ulug‘ eligning xotini boshini changallab, 
sochlarini yulib, ikki q o i i bilan k o ‘kragiga urib, suvdan 
chiqqan baliqdek, yer uzra tipirchilab marsiya aytdi:
S u y a k la r i tu r l i t o m o n l a r g a s o c h ilib y o tg a n
bolaginamning tanini nimtalashga kimning qudrati yeta oldi?! 
Men o ‘z boyligimdan, sevimli va aziz o ‘g ‘limdan ajraldim. 
0 ‘g‘ilginam, seni o ‘ldirishga kimning haddi sig‘di! Mening 
yuragim bilan nega o ‘ynashdi? U yorildi, urushdan to'xtadi. 
Bu ko'rguliklardan so ‘ng menga yashashning keragi bormi? 
Men tushimda bu ayanchli voqealarni k o ‘rgan edim-a! Men 
bu belgilarni aniq k o ‘rgan edim-a! Mening ikki k o ‘ksim 
c h u q u r kesilganligini tu s h im d a k o ‘rgan edim -a! Oziq 
tishlarim qim irladi va tushdi. M en b u m ham tu sh im d a 
k o ‘rdim-a! Yangidan o ‘sha uyqu domiga tushdim. Bu yerda 
esa boshqacha tushdir. Uchta yoqimli kaptarning uchalasiga 
ham lochin hujum qildi. Ulardan biriga chang soldi, olib 
qochdi. M ana mening tushim o ‘ngidan keldi. Men eng kenja, 
sevimli va qim m atli o ‘g ‘ilch am d an ajraldim . Q an i edi, 
bularning hammasi yolg'on bo'lsa!
M alika shu alamli so ‘zlarni ayta turib, yig‘ladi. So'ng 
u lu g ‘ eliga o 'zining ikki o ‘g ‘li bilan k o 'z la r id a yosh va 
yuzlarida motam iztirobi, badisatvning suyaklarini birjoyga 
io'pladilar. Ular shu bilan tegin sharafiga ulug‘ urf-odat va 
marosimlarni o ‘tkazishdi. M a q b a ra qurishib, uning ichiga 
h urm at va izzat bilan dafn qilishdi.
«Oltm yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima 
asaridir. U turkiy ad ab iy o td a badiiy tarjim a tarixi ju d a
25 9


q a d im d a v r la r d a n b o s h lan g an lig in i k o 'r s a ta d i . «Oltin 
yoruq» asli sanskrit tilida yaratilgan. M a ’lumki, sanskrit 
qadimgi hind adabiy tili hisoblanadi. U m iloddan avvalgi 
birinchi asrda Shimoliy H indistonda tarqalgan. Sanskrit 
tilid a k o ‘p la b diniy, falsafiy, b a d iiy va ilmiy a s a r la r
yaratilgan.
Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotming tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Jah o n adabiyotning «M ax ab x arata» , 
« R a m a y a n a » , « P a n c h a t a n d r a » (« K alila va D im n a » ), 
« T o ‘tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari sanskrit 
tilida y aratilgan. S an skrit ad ab iy o tin in g n a m u n a la ri X 
a s r d a y o q M a rk a z iy O siy o d a sevib o 'q ilg a n va ta rjim a
qilingan. A b u R a y h o n Beruniy «Kalila va D im na»ning 
tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga 
o ‘girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot 
talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asard a bud d a 
d inining t a ’limoti o ‘z m a n tiq iy ifodasini topganligidir. 
Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilingunga qadar 
b u d d a t a ’limoti turkiy xalqlar o ‘rtasiga ham yetib kelgan 
va unga amal qiluvchilar mavjud edi.
«Oltin yoruq» tarjima asar b o ‘lsa-da, kuchli lns-hayajon, 
ehtiros bilan o ‘qiladi. Undagi lirizm ruhining balandligi asar 
asli s h e ’riy y o ‘lda y aratilganidan dalolat beradi. «Oltin 
yoruq» diniy asar hisoblansada, unda real hayot manzaralari 
inson vujudini larzaga solarli d a r a ja d a yaratilgan. 0 ‘z 
farzandidan ju d o b o ‘lgan ota - u lu g ‘ elig va ona-malika 
k echinm alari asarning estetik kuchini oshirishga xizmat 
qilgan.
«Oltin voruq» yig‘i va judolik ruhining kuchligi bilan 
toshbitiklardagi ayriliq tasv irlarig aju d a h am ohang turadi.
Xullas, qadimgi turkiy xalqlarga xos adabiy syujetlarning 
jah o n d ag i turli xalqlar adabiyotiga yaqinligi, badiiy g ‘oya 
va o b razlarn i yaratishdagi m u sh ta rak lik n in g o ‘ziga xos 
asoslari mavjud.
260


1. Bunday adabiy hodisa qadimgi turkiylar uzoq asrlar 
davomida yunon, fors, arab, gruzin, rus-slavyan va boshqa 
x alq lar bilan turli ijtim oiy-siyosiy a l o q a d a b o ‘lganligi 
natijasidir. Shuningdek, urush va nizolar tufayli turkiylar 
bu m am lakatlarda hukmronligini o'rnatishi, tu b aholi bilan 
c h a t i s h i b , q o ' s h i l i b k e t is h i h a m u l a r n i n g a d a b i y
q a h ra m o n la ri b o sh q a x alq lar ad ab iy o tig a singishuviga 
sabab b o ‘lgan. Boshqa xalqlar o ‘z dunyoqarashi asosida 
turkiy adabiy syujetlarni rivojlantirishi va qayta ishlashi 
katta ilmiy-ma’rifiy aham iyatga ega. Ular bu bilan qadimgi 
turkiy x alqlar o g ‘zaki ijodini saqlash va uni yaratishga 
m a ’lum darajad a hissa q o ‘shdilar.
2. Islomgacha bo'lg an turkiy adabiyotni ja h o n xalqlari 
adabiyoti bilan qiyosiy o ‘rganishning ju d a m uhim ilmiy- 
amaliy aham iyati shundaki, avvalo, turkiy ad ab iy o t o ‘z 
salm o q d o rlig i bilan a n tik d av rig a ega b o ‘lgan xalqlar 
ad a b iy o tid a n qolishm aydi. «O disseya» va «A lpom ish» 
d o s to n la rin in g g 'o y av iy m a z m u n i, k om po zitsiy a sid ag i 
o ‘xshashliklar, te p ak o ‘zlar obrazining yunon va qadimgi 
turkiylar adabiyotida mavjudligi adabiy t a ’sir yoki ijodiy 
f i k r l a s h n i n g b ir xillig i, m u s h t a r a k l i g i n a t ija s i m i?
A d a b iy o t s h u n o s li k d a b u m u a m m o l a r n in g h o z irg a c h a
yechimi y o ‘q.
3. Lekin antik davr tarixchilari, yozuvchilari, xususan, 
Gerodot skiflar tarixi. adabiyoti, xalq o g ‘zaki ijodi, ijtimoiy 
turmushiga katta qiziqish bilan qarashi Skifiyada yunonlar 
uchun o ‘rg an ad ig an jih a tla ri y o 'q emasligini asoslaydi. 
Gerodot skiflar m am lakatida bir k o ‘zli odam lar borligiga 
ishonch bildiradi. Demak, skiflar o'rtasida yaratilgan adabiy 
syujetiar yu n o n a d a b iy o tig a k o 'c h ib o 'tg a n lig ig a nech 
s h u b h a y o 'q . P ro m etey o b ra z i y aratilishi h a q id a h am
shunday xulosalarni bayon etish mumkin.
4. Islomgacha b o 'lg a n turkiy ad ab iy o tg a xos adabiy 
syujetlarni tiklash, ularni o 'rg a n is h d a qadimgi turkiylar
261


yash ag an h u d u dla rd a g i o g ‘zaki ijod n am u n alarig a ham
nazar tashlash ilmiy-amaliy aham iyatga ega. Shu tamoyil 
nuqtai nazaridan yondashiladigan b o ‘lsak, german, gruzin, 
rus-slavyan xalqlari o g ‘zaki ijodida h am qadimgi turkiylar 
y a r a t g a n r iv o y a t va a f s o n a la r n i k o 'r i s h m u m k in . Bu 
asarlard a turkiy q a h ra m o n la r ulug‘lanishi, m a d h etilishi 
y o k i t a q d i r i d a g i f o j i a l a r g a r a h m - s h a f q a t t u y g 'u s i
ifodalanishi, eng muhimi, etnografik belgilar saqlanishiga 
k o ‘ra u la rn i tu rk iy ad ab iy y o d g o rlik la rin in g k o ‘ch m a 
yorqinlashgan namunasi, deb hisoblash mumkin.



Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish