Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
60 
library.ziyonet.uz/ 
 
koʻp aytmaslik kerak. Maqbul boʻlmaydigan [narsa] ijod emas, nimaiki qabul qilinar 
ekan rad qilib boʻlmas. 
 
46. Jomiyning «Nafaxot ul-uns» (Doʻstlikning hush islari) asari 1475—1476 yilda 
yozilgan. 609 nafar tasavvuf ilmi namoyandalari haqida ma’lumot beriladi. Mansur 
Xalloj, Abusaid Abulxayr, Ali Hamadoniy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy Sheroziy, 
Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziylar shular jumlasidandir. 
 
Navoiy bu asarni turkiyga “Nasoyim ul-muhabbat” nomi ostida tarjima qilgan va bunda 
anchayin erkin yoʻl tutgan. Koʻp yangiliklar kiritgan, jumladan turkiy mashoyixlar 
haqida ma’lumotlar bergan. 
 
47. Shayx Farididdin Attor Farididdin Abuhamid Muhammad ibni Abubakr, Ibrohim 
Nishopuriy (tugʻ. 1145, Nisholur— vaf. 1221, oʻsha yer) shoir, mutafakkir. Otasi tabib va 
attor boʻlgani uchun taxallusi Attordir. Ba’zi manbalarda shoir «Farid» taxallusi bilan 
she’rlar yozgani qayd etiladi. Attor adabiyot, kalom, hikmat, din ilmlari (tafsir, xadis 
fiqh)ni, shuningdek, tibbiyot va dorishunoslikni puxta bilgan. Tazkiralarda Attor asarlari 
adadi 190 deb koʻrsatiladi. Shoirning «Mantiq ut-tayr» (Qush soʻzi) asari mashxur boʻlib, 
Navoiy uni bolaligida sevib oʻqigan, hatto yodlab olgʻan. Umrining oxirlarida, 1499 yilda 
unga javoban «Lison ut-tayr» (Qush tili) asarini yozgan. 
 
Bu yerda Navoiy Hofiz Ali Jomiy Attorning bir qasidasiga sharh yozgani haqida 
ma’lumot beradi. Manbalar Attor qalamiga 100 qasida mansub deb xabar qiladi. 
 
«Nasoyim ul-muhabbat»da Navoiy Attor «Tazkirat ul-avliyo»ning muallifi ekanidan soʻz 
boshlaydi. Hofiz Ali Jomiy sharh yozgan Attor qasidasi 26 baytdan ortiq ekanini va 
sharhning ba’zi mazmunini beradi. Maqola soʻnggida Navoiy Attorning 104 yoshga 
yetib, 627 (1229-1230) y. da shahid boʻlganini va mazori Nishopurda ekanini bayon 
etadi. Tojik darsliklarida esa bu sana 1220 -1221 y. deb koʻrsatiladi. 
 
48. Tarj.: Sen yuzingni berkitib bozorga kelding; xalqni bu tilsimga giriftor qilding. 
 
49. Shayx Bahoviddin Umar (vaf. 875 (1470—71), Hirot) — mashhur shayxlardan. 
Xondamir «Habib us-siyar» (Doʻstlarning xislatlari) asarida xabar qilishicha, Shohrux 
Mirzo zamonida moʻ’tabar allomalardan Sa’duddin Qoshgʻariy, Shamsiddin Muhammad 
Asad, Xoja Zayniddin Jomiy va boshqalar hamrohligida haj safarida boʻlgan. Hirotda 
Iydgoh shimolida dafn etilgan. Abulqosim Bobur mirzo uning mazori ustiga oliy 
maqbara qurdirgan. 
 
50. Xoja Abu Nasr Porso — olim, faylasuf, Naqshbandiya tariqatining mashhur olimi 
Muhammad Porsoning oʻgʻli. 
 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish