17
texnologiya darajasida o’zgarish sodir bo’lganda, u uni kashfiyot deb ataydi. Uning
ta’kidlashicha, agar o’zgarishga biznes jalb qilsa, u holda kashfiyot innovatsiyaga
aylanadi. Innovatsiya-bu biror bir yangilikni yaratish
uchun imkoniyatlarni
anglangan, maqadga qaratilgan holda izlashning natijasidir.
Rivojlangan dunyoning o’ziga xos xususiyatlaridan biri – bu bilimlarga
asoslangan iqtisodiy bilimlarning shakllanishi bo’lib, ularda raqobat moddiy
resurslar va arzon ishchi kuchi emas, balki axborot va g’oyalarda ustunlik qiladi.
Bunday iqtisodiy tizimlarni innovatsion jamiyat deb aytish mumkin.
Innovatsion jamiyatlar - yaxshi tashkil qilinganligi va moliyalanganligi, ta’lim va
fanning yuksak darajada
rivojlanganligi hamda shaxs, insonlar guruhi va
tashkilotning ijodiy potensialiga, bilimlarni ommalashtirishning
rivojlangan
tuzilmasiga yo’nalganligi bilan ajralib turadilar.
Innovatsiya bilimlarni talab qiladi.
Fan – bu pulni bilimga aylantirish bo’lsa, innovatsiya bilimni pulga
aylantiradi. Innovatsion ishlab chiqarish - bu yangi bilimlarni o’zida jamlangan
texnologiyalarni qo’llashga asoslangan ishlab chiqarishdir.
Ushbu ta’rifdan ko’rinadiki, innovatsion ishlab chiqarish – bu “Yangi ishlab
chiqarish sohasi” emas, balki ishlab chiqarish faoliyatining xarakteridir.
Bundagi
ishlab chiqarish jarayonida asosiy rol axborot va g’oyani mexanik tarzda
ishlatishdan uni intellektual, ijodiy ishlatish tomonga qarab siljishdir. Innovatsiya –
amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini
yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Bu g’oya
nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud
bo’lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas.
Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi
texnologiya,
shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv
yoki yangi texnologiya jarayonni qo’llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga
erishishga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir.
18
Bugun ta’lim tizimidagi pedagogik innovatsiya –
pedagogik yangiliklar,
ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish, nihoyat uni
amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi.
Bu ta’limot uch yo’nalishni o’z ichiga oladi:
-pedagogik neologiya(yunoncha neo – yangi va logos – ta’limot), yangi
ta’lim, yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har
qanday yangiliklar o’rganiladi, chuqurlashtiriladi;
-pedagogik
aksiologiya
(yunoncha
aksioma-xizmat
qilmoq,
isbotlanmaydigan ta’limot) deyilib, bunda pedagogik
yangiliklar ichidan eng
samaralilari tanlab olinadi;
-pedagogik proksologiya (yunoncha proks-harakat va logos ta’lim,
amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot) deyilib, bunda tanlab olingan yangiliklar
amaliyotda qo’llaniladi.
Innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma’qullanmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: