Alijonova durdona farhodjon qizining


Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi



Download 8,09 Mb.
bet75/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi


(1939-2017)



Tursunboy Adashboev 1939-yilda Qirg`izistonning O`sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. U bolaligidan har ikki xalq tili, qadriyatlari, ma’naviyati, madaniyati, ma’rifatidan bahramand bo`lib o`sadi va haqli ravishda o`zini har ikki xalq farzandi deb hisoblaydi. Bo`lajak shoir qalbida she’riyatga oshnolik tuyg`usi maktabda o`qib yurgan vaqtidayoq tug`iladi. Uning "Maktabim" sarlavhali birinchi she’ri 6-sinfda o`qib yurgan paytida "Lenin uchquni" (hozirgi "Tong yulduzi") gazetasida e`lon qilinganligi fikrimizni


tasdiqlovchi dastlabki dalildir. Ikkinchi misol: 1956-yilda "Qirg`iziston haqiqati" gazetasi eng yaxshi hajviy she`rlar uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov yakunida 1- mukofot hech kimga berilmaydi, 2-mukofot maktab o`quvchisi T.Adashboyevga beriladi. Yana bir misol: u maktabda o`qib yurgan paytida "Qizil O`zbekiston" gazetasida folklorshunos olim H.Zarifov nomidan gazetxonlarga murojaat qilinib, ertakchi bobo-buvilari hamda baxshilardan o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarini yozib olib, tahririyatga jo`natish va shu bilan xalq og`zaki ijodining xalqimiz orasidagi nodir namunalarini saqlab qolishdek xayrli ishga hissa qo`shish tashabbusi bilan chiqilgan edi. Yosh o`quvchi T.Adashboyev qalbida bu tashabbus, ehtimolki, endi-endi nish urib kelayotgan badiiyatga oshnolik tuyg`ularini uyg`otib yuboradi. U peshqo`rg`onlik Olim baxshi Soyibboyevdan "Yozi bilan Zebo" dostonini yozib olib, Toshkentga yuboradi va ko`p o`tmay folklorshunos olimlar H.Zarifov va Muzayyana Alaviyadan yangi izlanishlarga undovchi minnatdorchilik maktubi ham oladi. Baxshilardan, bobo-buvilardan eshitilgan ertak va rivoyatlar, doston-u qo`shiqlar, tez aytish-u topishmoqlar T.Adashboyev qalbiga, o`zi aytganidek, "cho`g` solgan bo`lsa, ajab emas" . Shu sababli ham u o`rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi. Universitetda o`qish jarayonida she’riyat sirlarini yanada puxta egallagan yosh shoirning dastlabki asarlari birin-ketin matbuotda e’lon qilina boradi hamda talabalik chog`idayoq, 1964-yilda, "Kamolning olmasi" deb nomlangan hammualliflikdagi birinchi kitobi nashr etiladi. T.Adashboyev Toshkent davlat universitetini tugatganidan keyin o`z bilimini yanada oshirish, qalamini charxlash maqsadida Moskvadagi Jahon adabiyot institutining ikki yillik kursida ham tahsil oladi. U o`qishni tugatganidan keyin uzoq yillar mobaynida O`sh viloyat gazetasida adabiy xodim bo`lib ishladi. Shoirning 1987-yildan keyingi taqdiri Toshkent bilan bog`liq. U "Yulduzcha" (hozirgi "Cho`lpon") nashriyotida salkam yigirma yil bosh muharrir o`rinbosari vazifasida ishladi. Bu davr mobaynida shoirning "Biz sayohatchilarmiz" (1966), "Ola-Tovlik bo`laman", "Arslonbob sharsharasi" (1969), "Surnay", "Nur daryo" (1975), "Guldasta", "Olatog`-lolatog`" (1978), "Jo`nataman quyoshni" (1982), "Oqbura to`lqinlari" (1985), "Sovg`a" (1986), "Arslonbob afsonasi"(1988), "Uch bo`taloq va sirli qovoq" (1990), "Topishmoqli alifbe"(1997), "Oltin yolli tulpor qissasi" (2003), "Orzularim – qo`sh qanotim" (2003), "Osmondagi darvoza" (2012) singari kitoblari nashr qilinadi.
T.Adashboyevning sermahsul va mohir tarjimon sifatidagi faoliyati ham o`ziga xosdir. U avvalo, jahon bolalar she’riyatining juda ko`plab yetakchi namoyandalarining she’riy asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, bolalar adabiyoti xazinasini boyitishga hissa qo`shadi. Shoirning "Men suv ichgan chashmalar" turkumidagi tarjimalari ijodkor iste’dodi va mahoratining serqirraligini asoslaydi. K.Chukovskiyning "Eshitmadim demanglar", "Toshbaqa", "Kular tipratikanlar", "Jenni"; V.Berestovning "Ko`lmakdagi suratlar", "O`qishni bilsang o`zing"; B.Zaxoderning "Samovar", "Bo`ri maqtasa…", "Itbaliq"; gurji shoiri Nodar Dumbadzening "Ketino", "Igna"; tatar shoiri N.Yusupovning "Kechirasiz", Rustam Ming`alimning "Gilos", "Shamol esgach"; yahud shoiri Ovsey Druzning
"Kutilmagan hodisa", "Tarozilar"; litva shoiri Y.Markinkyavichyusning "Jang tugadi", "Mening kitobcham"; V.Dankoning "Qorbobo bo`lsam agar", "Hasrat"; tojik shoiri Saydali Ma’murning "Yaxshi odamlar", "Nima shirin?"; qirg`iz shoiri K.Junushevning "Qayiq", "Qaydan bilsin?", "Necha so`mlik bolasan?", "Toshbaqaning shiori", "Boshi bormi?"; qozoq shoiri Q.Murzalievning "Xolmirzaning "oti", "Tikan terdi"; turkman shoiri O.Annadurdiyevning "Tovus", "Ninachi", "Savol-javob"; polyak shoiri Yan Bjexvaning "Tuxum va tovuq", "Tuz haqida ertak"; uyg`ur shoiri Uchqunning "Muhammadning savollari"; arman shoiri G.Gabrielyanning "Misol", "To`g`ri javob", "Vachikning panjasi"; belorus shoirasi N.Tulupovaning "Dars", "Nikitaning yoshlari"; arab shoiri Bayon as Safadiyning "Rimaning savollari", "Shamol ham yig`laydimi?"; ingliz shoiri Uolter De La Merning "Pat saqlanar yostiqda", "Berkinmachoq" she`rlari; "Otboqar" nomli nemis xalq ertagi, makedoniya xalq she`riyatidan "Teskari hisob" she’rlari tarjimalari shular jumlasidandir.
U qirg`iz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida "Manas"ning nasriy bayoni, "Singan qilich" romani bor. T.Adashboyev "O`zbekiston xalq maorifi a’lochisi"(1993), "Qirg`izistonda xizmat ko`rsatgan san’at arbobi" (1999), "Do`stlik" ordeni (1999), "Manas" ordeni (1995) sohibidir.
T.Adashboyev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning kattalar uchun yozilgan asarida ham o`ziga xoslik sezilib turadi. T.Adashboyev o`zi tug`ilib o`sgan qardosh Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko`z oldingizda marjon-marjon manzaralar xushbo`yini sochib tizilaveradi:
Asqar tog`dan suv tushar Qoyalarda yanchilib.
Deysan, nahot qarag`ay Ko`kda qolgan sanchilib. Kelar chanqoq bosgani Kiyik, qulon ohista, Arxar shohi ilinib To`kilar xandon pista.
Qorli cho`qqi eslatar Qirg`iz og`am tumog`in. Tog` asalning hididan Bitib qolar dimog`ing.
("Sarichelak")
Bolalarda bir xususiyat bor – o`yinga, mashg`ulotga shu qadar beriladiki, uning o`yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda hali rost-u yolg`on, soxta-yu haqiqiy degan tushunchalar o`rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o`zlari o`yin uchun yaratgan narsalarni ham tirik mavjudot kabi yaxshi ko`rib qoladilar:
Eh xayriyat, yomg`ir bu gal "Suvga oqib ketmasaydi Yo`lda qolgan rasmlar" deb,
Dilshod tunda uxlay olmay Tashvishlanib chiqdi hadeb, Suratlarni o`chiribdi Mashinalar, kaptarlarni Cho`chitmabdi, uchirmabdi.
("Asfaltdagi rasmlar")
Taraqqiyot sari intilish – zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis o`t-o`lanlar o`sgan jaydari yerlarni bosib-yanchib o`tmasligi, bir-biriga oqibatli mehnatkash chumolilarning uyini buzmasligi kerak. Fan-texnika nechog`li taraqqiy etmasin, inson bolasi, o`zini eng avvalo, ona- tabiat bag`rida to`laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda tug`ilib o`sgan bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo`ng`izcha bilan kun-tun o`ynab zerikmasligida hikmat ko`p. T.Adashboyev she`rlarida bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg`uborliklari ufurib turadi:
Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi, Qizg`aldoqlar selda oqdi,
Quyosh yana kulib boqdi.
T. Adashboyev she`rlarining qahramonlari "Loyni bir oz tindirib suv zahrini sindirib" g`isht quyayotgan, "Sapchib oqqan suv bilan kim o`zarga yugurgan", xolasiga yordam uchun "... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan", "Tog`dan ko`tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga" o`xshatgan, buvisining ajinlariga qarab "Dazmol bosib olsangiz, tekis bo`lib ketardi", deb maslahat beradigan, kun bo`yi bog`dagi sirpanchiqda "vagon" bo`lib uchishgach, "Oqshom uyga... Shimning orti suzilib" qaytadigan quvnoq, topqir, xayolparast, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida bo`lgan bolalardir.
Ayrim she’rlardagi voqelik, tuyg`ular kechinmasidan shoir bu she’rni o`z boshidan kechirganlari ta’siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi – bilinib turadi. Lekin T.Adashboyev she’rlarida bunday chegara yo`q – oddiy chizgilardan salmoqli voqealargacha lirik qahramonning yuragidan o`tgan.
Ag`darishmachoq soz o`yin, Polvonlar egmas bo`yin.
Davrani keng olamiz. Chunki tengqur bolamiz. Shaylandim minib eshak, Akmal ham chiqdi beshak. Tushim ekan, xayriyat,
Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o`zligining yarq etgan har bir qirrasini ko`rsatib qo`yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so`zlarda chizadi. Shu orqali o`quvchilarni bag`ri kenglikka, mustaqil mushohada yuritishga o`rgata boradi.
Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni langarcho`p deb miriqib o`ynashlari mumkin. Ba’zan farzandlarimiz ertak qahramonlariga aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlarni qayiq qilib sayohatga chiqadilar, nima uchun qushlar ularning qo`liga qo`nmayotganidan ajablanadilar...
Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylarning shu kabi xislatlariga asoslangan ajoyib ertaklar bor.
T.Adashboyev ijodida ixcham, manzara she’rlar borki, bolalar uchun filmlar yaratuvchi mohir rejissor ular asosida ajoyib asarlarni suratga olishi mumkin. Mana bu to`rt qator she’r go`yo multfilmday.
Boychechaklar nish urib To turguncha o`rnidan Bahor qishni tarnovga Osib qo`ydi burnidan.
Yoki,
Tolning bargi suvga tushib Qayiq bo`ldi.
Bu ayniqsa qumursqaga Loyiq bo`ldi.
Qo`sh qirg`oqni to`lqin yalab Ko`kka sapchir,
Eshkakni-chi, o`zi yakka Eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so`z Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo`nab ketdi Xayrlashmay...
T.Adashboyevning turli davrlarni, ya’ni o`zining bolalik yillarini eslatuvchi she’rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she’rlarini – barchasini ichki bir yaxlit tuyg`u – mehr, mehribonlik birlashtirib turadi. Shoir yaratgan obrazlarning hayotiyligi bola tabiatiga yaqinligidadir. Uning "Do`ppi", "Kesib turdim", "Mayiz" nomli she’rlari quvnoq yumor bilan sug`orilgan bo`lib, ularda kichkintoylarning goh sodda, goh beg`ubor, goh esa ozgina quv, ayyor xarakteri ochib beriladi. Aytaylik, "Mayiz" she’rining qahramoni – Lola ismli jajji qizcha. U mehmon tog`aning savollariga juda aqlli javob qaytaradi:

  • Oting nima, qizaloq?

  • Men-mi, tog`a, Lolaman.

  • Ol mayizdan bir hovuch,

  • Yo`q, odobli bolaman. Hovuchingiz kattaroq, Siz bersangiz olaman…

She’rda bolalarning o`ziga xos topqirligi ham aks etib turibdi. Chunki, qizcha mayizdan o`zi olib yesa odobsizlik ekanini biladi, mehmon tog`a olib bersa, uning qo`lini qaytarib bo`lmaydi-ku, axir… Mehmon tog`aning hovuchi ancha kattaligi esa ayni muddao.
"Alam, alam" she’rida Lolaning teskarisi bo`lgan Saida ismli qizaloq xarakteri yaratiladi:
– Betoqat qiz Saida Sensan nafsing payida,
Turmaysan dasturxondan Uyalmaysan mehmondan. Uyat-uyat!

– O`zing anor yeyolmay, Ozgina ber deyolmay, Ko`zing to`rt-ku bechora, Ololmasang ne chora, Alam-alam!


T.Adashboyevning juda ko`p she’rlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va qizaloqlarning turli fe’l-atvori quvnoq va samimiy talqin etiladi. Kichkintoy lirik qahramonlar goh o`z soddaligi tufayli kulgili holatga qoladi, gohida o`zlarini dono hisoblab, kattalarga gap uqtiradilar: tuflilari eski bo`lmasligi uchun sandiqqa solib qo`yadilar, kiyishga qizg`anib, asrab yurgan tor kelgan shimni katta bo`lsam kiyaman deydilar, do`ppisini o`rtoqlari koptok qilib tepganda darvozabon bo`lgani uchun choki so`tilganida ham o`zini aybsiz hisoblaydi, yoki qo`g`irchoqlari – o`quvchilarining hammasiga qattiqqo`llik bilan ikki qo`ygan "o`qituvchi" barcha beshni o`ziga qo`yadi va h.k.
T.Adashboyev umrining oxirigacha qalbi bolalik beg`uborligi, samimiyati, soddaligi, yorqin hayrat-u quvnoq topqirliklari olamida sobit turdi. Binobarin, shoir ijodi adabiyotshunoslikda keng o`rganilib, alohida tadqiqot mavzuiga ham aylanib ulgurgan. Jumladan, B.Ashurov o`z ishida shoir ijodining uch asosiy bosqichini ajratib ko`rsatadi:

  1. XX asrning 60-70-yillari. Bu davrda u xalq og`zaki ijodi, jahon bolalar adabiyoti hamda o`zbek bolalar adabiyoti yetakchi namoyandalarining eng yaxshi an`analarini o`zlashtirgan.

  2. XX asrning 80-yillari. Bu davrda T.Adashboyev o`zbek bolalar adabiyotida o`z o`rniga, o`z so`ziga ega bo`lgan shoir sifatida shakllandi, ijtimoiy dolzarb masalalarni bolalar she’riyatiga olib kirdi.

  3. Istiqlol davri. Bu davr T.Adashboyev ijodiy kamolotiga rivoj qo`shdi. U ona-Vatan, kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq, milliy, tarixiy, madaniy va adabiy qadriyatlarimiz haqida to`lib-toshib kuylovchi, yosh avlodni ularga sadoqat ruhida tarbiyalashga da’vat etuvchi sermahsul ijod bilan mashg`ul bo`ldi.

Shoir salkam ellik yillik ijodi davomida ko`plab ballada, ertak va dostonlar yaratgan. "Ustaning baxti", "Dovonlar", "Burgutning o`limi", "Qismat" balladalari; "Sirli sharshara", "Nur daryo" dostonlari; "Adolatli qozi", "Oriyatli xo`roz", "Oltin yolli tulpor qissasi", "Roston xola - doston xola" ertaklari xalq og`zaki ijodi ta`sirida yozilgan.
Uyg`ur xalq ertagi asosida qayta yaratilgan "Adolatli qozi" ertagi sujetini jo`jalarga qiron keltirayotgan Tulki ustidan tovuqlarning qoziga arz qilishi bilan bog`liq voqealar tashkil etadi. Majoziy usulda bitilgan ushbu ertakda birinchi qozi - Arslon. Tovuqlarning arz-dodini tinglagan qozi haqiqatni ayon qilish uchun Tulkini so`roqqa chaqirtiuradi:
Paydo bo`ldi quv Tulki,
Yetmish yetti bukilib. Qo`ltig`ida paryostiq, Ta’zim qilar yukinib:
– Davlatingiz bir umr, Bo`lsin bekam, ziyoda.
Ayyor, xushomadgo`y Tulki men tovuqning go`shtiga emas, patiga o`chman, chunki men yostiqdo`zman, mana, tovuq patlaridan sizga atab paryostiq tikdim, deya paryostiqni Qozining yonboshiga suyaydi. Sovg`a-salom olgan qozi ishni tekshirtirishni orqaga tashlaydi. Natijada Tulki qutulib qoladi.
Kun ortidan tun o`tib, Falak charxi aylandi. Bu orada Qashqir Qozi qilib saylandi.
Tovuqlar endi bu qozi haqiqatni ro`yobga chiqarar, jinoyatchining jazosini berar degan umidda Qashqirga murojaat qiladilar. Tulki yana eski usulni qo`llaydi, bu qoziga ham paryostiq sovg`a qilib, qutulib qoladi. Ammo uchinchi marta Tayg`on qozi etib saylangan vaqtda tulkining hiylasi o`tmaydi. Shu sababli Qozi:
- Bu makkorni hoziroq, Qirga quvib chiqinglar. Tulki zoti uchrasa,
Tutib somon tiqinglar…
deb farmon beradi. Shu tariqa, xalq ertaklaridagidek, yaxshilik murodiga yetadi. "Oltin yolli tulpor qissasi"da Olabuqa qishlog`idan o`n chaqirim naridagi
Chotqol tizma tog`larining etagida joylashgan, "chor atrofni archazorlar kiprik misol to`sgan" Tulporko`l afsonasi qalamga olinadi. Bu adabiy ertakda inson tabiatidagi azaliy ochko`zlik, boriga qanoat qilmaslik oqibatlari xalq ertaklariga monand aks etgan. Adabiy ertakdan ma’lum bo`lishicha, Chotqol tomondan baytalini yeldirib, ovuliga qaytib kelayotgan cholning ayni peshin chog`ida Tulporko`l bo`yiga yetib kelishi voqea sujetiga asos bo`lgan. Chol issiqdan tolganligi sababli ko`lning yam-yashil qirg`og`i yaqinida bir pas dam olmoqchi, qolaversa, peshin namozini o`qish niyatida otdan tushadi. U namoz o`qish bilan mashg`ul bo`lgan vaqtda esa ko`lning o`rtasidan oltin yolli tulpor chiqib, "ko`kka sapchib pishqirib, ko`zi yonib, shaylanib", bo`z baytal atrofidan uch marta aylanadi.
Cho`pon esa beg`am, befarq, Ibodatin buzmasdan-
Turib boqsa duldul ayg`ir Sho`ng`idi ko`l qatiga.
…Oradan o`n ikki oy o`tib, cholning baytali oltin yolli qulun tug`adi. Ammo mol-dunyoga hirs qo`ygan kampir yana bitta shunday qulunli bo`lish dardida qaysar cholni aldab-avrab, Tulporko`lga qayta borishga ko`ndiradi. Chol baytalni minib, ko`l tomonga yo`l oladi, oltin yolli toychoq ham onasining ketidan qolmay, ularga ergashadi. Chol yana avji peshin chog`ida ko`l bo`yiga yetib keladi va:
Yozdi shoshib chakmonin Olib-olmay tahorat.
Chol shunchaki, nomi uchun Namoz o`qib o`tirar.
Oltin yolli ot tashvishi Yuragini o`pirar.
Shunga yarasha, ko`ldan chiqqan tulpor toychoqning bo`ynidan tishlab, o`zi bilan ko`l ostiga olib ketadi. Chol esa barmog`ini tishlab qolaveradi.
Bu adabiy ertakda ham xalq og`zaki ijodi va A.S.Pushkin ertaklariga o`xshash insonning ochko`zligi, qanoatsizligi tufayli boridan ham ajrab qolishi, mahrum bo`lishi haqqoniy ochib berilgan.
Xullas, T.Adashboyevning ertak va she’rlarida zamondosh o`quvchiga ma’naviy-ma’rifiy oziq bera oladgigan qahramonlar, obrazlar hamda detallar juda ko`p.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish