A– Asal yig`ar, nishi bor. (Asalari)
B– Sariq meva dorivor.(Behi)
D– Marjonlardek terilgan. (Do`lana)
E – Aqlliga berilgan. (Es)
F – Juda ham ulkan jonzot. (Fil)
G – U bilan go`zal hayot. (Gul)
H – Qovunga kichik ini. (Handalak) I– Qushlar quradi uni. (In)
Shu tariqa, shoira topishmoq aytish bahonasida alifbeni yod bo`lishi, uni esdan chiqarmaslikni maqsad qilib qo`yadi. Alifbe she’rlarning bunday ko`rinishi savod o`rgatish jarayonida qo`l keladi. Kichkintoylarni topqirlikka, zukkolikka o`rgatishda, shuningdek, dam olish daqiqalarida bu kabi topishmoq she’rlardan foydalanish mumkin.
Ko`rinadiki, K.Turdiyeva bu janrning xilma-xil usullarini yaratish orqali o`quvchini so`z oyini, fonetik hodisalar bilan ham tanishtirishni ko`zlaydi. “Qofiyali topishmoqlar” shu jihati bilan alohida hodisa”
“T”dan boshlansa – musiqiy asbob,
“Q”dan boshlansa – yog`in behisob. (tor, qor) “X”dan boshlansamda o`smaman oddiy, “B”dan boshlansam shirinman, totli. (xol, bol)
Bunday she’rlar tabiiyki, o`quvchini yuqori sinflarda o`rganiladigan bir tovush bilan farqlanadigan paronim so`zlar bilan tanishtirib borishga zamin yaratadi. Ayni paytda so`zning oxiri bir xil alliteratsion harflar bilan tugaydigan qofiya haqida tushuncha paydo qila boradi. Har bir paronim so`zga bag`ishlangan misralar o`zaro mustaqil band hisoblanib, qofiyalanish tizimiga egaligi uning she’riy shakllardagi to`rtlik ko`rinishiga misol bo`la oladi.
Harflar orqali turli obrazli voqelik yaratish K.Turdiyeva she’riyatida ko`proq uchraydi. Shoiraning “Harflar she’r yozishgani haqida” sarlavhali alifbe ertakda harflar endi obrazlarga kiradi. Ular asar tarkibida mustaqil personaj sifatida harakat qilib, ma’lum voqelikning obrazli ifodasiga ko`ra kompozitsion butunlikni tashkil qilgan. Hikoya qilinishicha barcha harflar bir joyda to`da bo`lib, she’r yoki hikoya yozish g`oyasini o`ylaydilar. Ammo nima haqda yozish ular o`rtasidagi bahsga sabab bo`ladi. “T” harfi “tog`” mavzusini ma’qullasa, “Q” qisqichbaqa, qarqunoq, qarg`a haqida yozamiz deb turib oladi. “O” harfi esa oqlikni, B–bo`g`irsoq, bo`rini maqtaydi; “S”, “M” harflari ham o`z so`zida turib oladi. Xullas, A-ahillikda gap ko`p deya hamma harflarni chaqirib, tizilishini shunda biror nima yozish mumkinligini aytadi. Barcha harflar alfavitdagi o`z o’rinlarini egallagach, “Alifbe”ga joylashgach, murodlariga yetadi, she’r yoza boshlaydilar.
K.Turdiyeva shu kabi ko`plab she’rlarida harflarni mustaqil harakatga keltiradi. Ulardan kichkintoylar xarakteriga xos xususiyatlarni ochib berishda foydalanadi. Natijada, harflar goh adashib ketadi, gohida almashib qoladi. Shoiraning “Manman “B”, “Harflar adashdi”, “Harflar o`yini”, “Bitta harf qochsa-chi”, “Harflar ketib qolsa”, “M”, “A” kelsa yonma-yon”, “A” harfi qilsa o`yin”, “Harflar ustaxonasi”, “Bo`ling harfga hurmatda” kabi she’rlari ham shu tariqa ma’rifiy-badiiy ahamiyatga ega. Zero, alifbo-she’rlar endilikda harfiy san’atga asoslangan yangi she’riy shakllarga keng yo`l ocmoqda, desak yanglishmaymiz. Bu esa o`z navbatida, harflarni yozilishi, shakli, o`rni, jarangdorligi, xullas, barcha tasnif-u xususiyatlarini o`rganishga da’vat etadi. Harflarga ana shunday yuksak muhabbat bilan yondashgan shoiramning lotin alifbosini ommalashtirish, badiiy talqin etishdagi xizmati shu ma’noda beqiyos.
K.Turdiyeva bolalar kinochiligi sohasida ham ijod qiladi. U multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo`shiqlari bilan-da mashhur bo`lgan. Shoira "Irkitvoy va Kirketjon" multfilmini va M.To`ychiyev bilan hamkorlikda "Katta oyi" badiiy filmini yaratishda faol ishtirok etdi. K.Turdiyevaning bolalar qo`shiqchiligi sohasida ham hissasi bor. Uning she`rlariga A.Nazarov, M.Mahmudov,
Sh.Yormatov kuy bastalagan. Shoiraning "Toshkesarlar mamlakatida" dramatik ertagi "Sog`lom avlod yili"ga bag`ishlangan tanlov sovrindori bo`lgan.
Shoiraning "Baxillik haqida rivoyat"i ham o`quvchilarga ma’naviy saboq bera oladi. Unda o`ziga xos motiv va detallar uchraydi. Rivoyat xalq ertaklariga o`xshash an’anaviy zachinga ega:
Juda qadim yillarda, Juda uzoq zamonda Kampir-u chol yasharkan Bilmam qaysi tomonda
Shu kampir va cholning juda badfe’lligi, xasis va baxilligi tufayli qarindoshlar oyog`i ularnikidan uzilgan, hech kim kelmas, hatto kulgi ovozi eshitilmas ekan. Ammo ularning yakka-yu yolg`iz bolasi butunlay o`zgacha, odamoxun, suxandon, o`zgalardan yordamini ayamaydigan bo`lib voyaga yetadi. Asosan, gadolarga, yo`qsillarga boru budini ulasharkan. Chol va kampir ana shundan xunob bo`lishib, bir qarorga keladilar:
Gadoylarning barisin Jo`nataylik mozorga, Yo`qsa, saxiy bu o`g`lon Bor-budimiz yo`q qilar, Qaysi gado yo`liqsa Uning qornin to`q qilar.
Oqko`ngil o`g`illari bu qora ishga yo`l qo`ymagach, uni tog` tomonga giyoh terishga yuboradilar. Xurjuniga bir kalla qand va non soladilar. Baxil chol-u kampir xamirga zahar qo`shib, non pishirishadi. So`ngra ko`chadan o`tgan nochor, bechoralarga shu nondan ulashadi. O`sha ko`chadan bir oyoqli devona o`tib ketayotsa, chol uni ham uyga chorlab, xaltangga sol deya nondan xurjuniga tiqib yuboradilar. Tog`ma-tog` yurib, tentiragan saxiy o`g`il uyini topolmay, ochlikdan sillasi quriydi.
Shunday ajib bu dunyo, Tasodifga to`liqdir.
Taqdir ekan, devona Yigitchaga yo`liqdi…
Yigitga rahmi kelgan devona o`sha nonni xaltasiga soladi. Yigit devonaning ishidan, oyoqsiz bir bechora sog` kishiga non berganidan xijolat tortib, hang-u mang bo`lib turganda u g`oyib bo`ladi. Yigit uning ketidan peshma-pesh yuguradi, gadoy rizqini qiydim deb qiynaladi. Har qancha och qolib, joni qiynalsa ham, uning nonini yeyishga vijdoni yo`l qo`ymaydi. Devonani izlay deb chopgan yigit, o`z qishlog`iga kelib qoladi. Baxil ota-onalar o`g`illarini qarshi oladilar. Ammo qattiq charchagan yigitchani uyqu etadi. Uning xurjunidagi nonni esa alal-oqibat:
O`zim bergan non deya, Qora niyat, shum ayol, Eri bilan ikkisi
Uni yerlar bemalol.
Shu tariqa, baxil ota-ona o`zi qazigan chohga ravona bo`ladi, saxiy qalbli bola va devona omon qoladi.
Rivoyat tugallanmasi ham xalq ertaklarini eslatadi. Ezgulik va saxiylikning qo`li baxillik va zulmdan ustun bo`ladi. K.Turdiyeva asar g`oyasida istiqlol davri adabiyotiga xos an`analarni singdira olgan. Yomonlik qilgan inson kim bo`lishidan qat’y nazar yaratuvchi tomonidan jazolanishi muqarrar. Saxiyni Olloh qo`llaydi. Devona qiyofasidagi darvesh ham ilohiy hodisa. Xalq ertaklarida asosan o`gay onalarga xos bo`lgan yovuzlik timsoli saxiy yigitning o`z ota-onasi obrazida kelishi noan’anaviy talqindir. Ammo, har yomonda bir yaxshilik hikmati bor, degan hadis mazmuni bor asarda. Shu baxil ota-onadan saxiy va qobil farzand dunyoga kelgan.
K.Turdiyevaning "Dunyoni saqlar bolalar" qo`shig`i bolalar ijrosi uchun mo`ljallab yozilgan. Qo`shiq tantanavor ohangda kuylanishi bilan e’tiborni tortadi. Unda naqarot ham berilgan. Ma`lumki, naqarot qo`shiqning har bandidan so`ng muntazam ravishda takrorlanib turuvchi qismi. Qo`shiq va madhiyalarda naqarot boshqa qismlardan musiqiy vazn, uslub va ijro sur`ati bilan farqlanishi mumkin. Xor jamoalariga mo`ljallab yaratilgan qo`shiqlarda naqarot qismi, odatda, yalpi xor tomonidan ijro etiladi .
Aytish mumkinki, bu qo`shiq ko`proq xor jamoasi ijrosiga mo`ljallangan va u madhiyaga yaqinligi bilan boshqa qo`shiqlardan ajralib turadi. Aytaylik, qo`shiqning 1-band tuzilishi aniq ritmni saqlagan, turoqlanishi – 4+4=8, qofiyalanishi -a-a-b-a; a-b-d-b tarzida. 2-band ham shunga yaqin, faqat turoqlanishi va qofiyalanishida o`ziga xoslik bor:
Eshit, zamin, / eshit samo /
|
-a
|
4+4=8
|
Bizning kuyni / etsin navo /
|
-a
|
4+4=8
|
Mehr bilan / ulashsa qalb /
|
-b
|
3+4=7
|
Boshimizga / qo`nar Humo
|
-a
|
4+4=8
|
Humo qushim / samo qushim /
|
- a
|
4+4=8
|
Qutlar gullar / favvoralar /
|
- b
|
4+4=8
|
Yurtga shodlik / va obodlik /
|
- d
|
4+4=8
|
Keltirar kimlar/}
Bolalar /
|
- b
|
5+3 =8
|
Bu sakkizlikning 3- va 8- misralari turoqlanishida o`zgarish bor. 3-misra 7 hijoli bo`lsa, 8-9-misralar qo`shilib 8 hijoni, ya’ni bo`g`inni keltirib chiqargan. So`ngra, oxirgi to`rlikda ichki qofiyalanish bor. Bunday qofiyalanish deyarli barcha band misralarida uchraydi va qo`shiqdagi ichki ohangdoshlikni yuzaga keltirgan. Ammo, 1-sakkizlikda misra oxiridagi qofiyalar ham to`q va ritmli - muntazam takrorlanib kelgan. 2-sakkizlikda esa ichki qofiyalar ritmik ohanglarni jilolab turibdi. Naqarotda esa misralardagi so`zlarning har biri deyarli qofiyadosh va radiflardan tashkil topgan:
N a q a r o t Dunyoni / poklar bolalar, /
Ishonchni / oqlar bolalar, / Tinchlikni /yoqlar bolalar, / Quvonchni /xohlar bolalar, / Ishongan bog`lar / - bolalar,/ Suyangan tog`lar / - bolalar. / Kelajakning / iplariga / Umidni bog`lar/ bolalar./
Rost, boshlang`ich sinf o`quvchilari, hali qofiya, radif, hijo singari adabiy tushunchaga ega bo`lmaydi, ammo ularga bo`g`in va tovushlar haqida keng ma’lumot beriladi. Binobarin, bunday matnlar o`tilganda, avvalo, vatanparvarlik mohiyati uqtirilgani holda, so`ngra, uning tantanavor kuylanishini ta’minlovchi unsurlar orqali o`quvchilarning yod olishi, ifodali aytishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |