Alijonova durdona farhodjon qizining


Safar Barnoyev – bolalar shoiri va nosiri



Download 8,09 Mb.
bet74/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Safar Barnoyev – bolalar shoiri va nosiri





U jurnalistika fakultetida o‘q`iy boshlagan kezlarida shu haqiqatni anglab yetdiki, bolalar uchun yozmaslik “dadajoni janggohlarga olib ketgan bolaligi”ga xiyonatdir. U yana shuni ham anglab yetdiki, bunday xiyonatning oqibati behad og‘ir. Shundanmikan, butun ijodida ikkinchi jahon urushi davridagi bolalikni ketidan qayta tiklash va undan axloqiy-estetik saboq chiqarishni yetakchi tamoyil qilib oldi.


Safar Barnoyev o‘zbek bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Quddus Muhammadiy, Shukur Sa’dulla, Hakim Nazir, Mirkarim Osim, Qudrat Hikmat va Po‘lat Mo‘min singari namoyandalari, shuningdek, jahon xalqlari bolalar
adabiyotining zabardast vakillari ijodini qunt bilan o‘rgandi, xususan, xalq ijodiyotiga, bolalar folkloriga hayratlanib nazar soldi. U iste’dodini bolalar adabiyotining betakror namoyondalaridan biri Sulton Jo‘raning adabiy vorisi sifatida bo‘y ko‘rsata oldi.
Ya’ni, Sulton Jo‘ra ikkinchi jahon urushida bevosita qatnashib, uning bolalar qismatiga ko‘rsatgan fojeali ta’sirini ifodalab, o‘zbek bolalar she’riyatida shu mavzuni yuksak sa’natkorlik bilan ifodalovchi “Sog‘inib”, “Sog‘inchli salom” singari go‘zal epistolyar she’rlar yaratib q’oldirgan sa’natkor edi. U jangchi sifatida urush dahshatini o‘z tanasida sinagan. Safar Barnoyev esa bola sifatida urushning barcha kulfatlarini ko‘rdi, otasini yulib olib, uni yetim qilgan urush haqida, o‘zga xonadonlarga qora xatlar kelganida ko‘kka o‘rlagan faryodlarni eshitib o‘shandagi iztirobli yig‘ilardan q’albi ozurda bo‘lib:
Iztirobli yig‘idan Uyg‘ondi tor ko‘chamiz Qora xatday qorayib Ketdi bizning kechamiz,–
deya o‘sha ma’shum kunlarga nazar sola olgandi.
Zotan, urush mavzusida Sulton Jo‘ra she’rlari tugagan joyda, urush haqidagi bolalik xotirasi bilan Safar Barnoyev bo‘y ko‘rsata boshladi. Urush uning qalbida bitmas-tuganmas alam va jarohat qoldirgan. Shoirning “Non”, “Nur yog‘ilgan kun” hikoyalari, “Oq laylaklar” qissasi, yoxud, afg‘on bolalari turmushiga bag‘ishlangan hikoyalarida urush xotiroti asosida bolalik qismatiga nazar solinadi.
Safar Barnoyev asarlarida moziy bilan bo‘y o‘lchashgan Buxoroyi sharifning bolalarga xos tasavvuridagi suvratini ko‘rish mumkin. Muhimi, shoir she’rlarida jajji bolakaylar timsoli yarq etib ko‘zga tashlanib turadi.
Bilasizmi, dadam meni erkatoyim deydilar, Yozda bayram bo‘lganida toychoq olib berdilar. Bilasizmi, oyim meni yurardilar o‘ynatib,
Tili shirin o‘g‘lim deya, yurardilar so‘ylatib. Qo‘ldan-qo‘lga olib uni ko‘tarishib yurishar.
15 hijoli satr negizidagi bu she’rdagi poetik nutq vositasida maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga xos hayajon tovlanishlarini g‘oyat jozibali ohanglarda ifoda etilgani anglashiladi. O‘zi hali kichkina bo‘lgan lirik qahramon o‘rnini egallayotgan ukajonidan kuyayotganini yopish uchun “yig‘lashni qo‘ymayotgani, dadasi uxlayolmayotganligi”ni vaj ko‘rsatib, o‘z haqiqatini himoya qilayotir. Fe’lida yilt etgan shu qarama-qarshi mayllar asosida zuvalasi bichilayotir. Bolaning shakllanishidan iborat murakkab jarayon bor bo‘yicha shunday ko‘rinib turibdi.
Safar Barnoyev buni bola nutqidagi takrorlar bilan yanada jonliroq qilib aks ettirgan. Garchi bu yoshdagi kichkintoylar uchun 3-7 va 8-9 hijoli tizimdan iborat she’rlar yozish an’anaga aylangan bo‘lsa-da, Safar Barnoyev bu yoshdagilar uchun bolalar nutqiga xos ohang tovlanishlarini asos qilib, behad samimiy va ravon she’rlar yoza olgan:
Mehmon kelsa uyimizga, menga bayram bo‘ladi, Shokolad-u konfetlarga cho‘ntaklarim to‘ladi.
Boshqa paytlar konfet desam, oyim berar urishib, “Konfet yesang, labi-lunjing ketar deya burishib”.
15 hijoli bu satrlar kichkintoyning poetik nutq’i. 14 hijoli tizimga asoslangan “Feruza” she’ri aslida kattalar erkalamasi. Unda Feruzaxonni kuta-kuta intiq bo‘lgan, nihoyat uning kelganidan qalbi quvonchga to‘lgan lirik qahramonning farahbaxsh qiyofasi tiniq chizilgan. Bunda anafora san’ati ohang samimiyatini ta’minlagan:
Feruza quyosh bilan tongda turar jilmayib, Feruza quyosh bilan tongda kular jilmayib. Feruza kulsa agar, olam yayrab ketadi, Feruza kulsa agar, qushlar sayrab ketadi, Feruza kulgisidan har uyga kelar sevinch, Feruza kulsa agar, demak olam bo‘lar tinch.
Shoir “Mening tarjimayi holim” she’rida quyidagi satrlarni bitgan: Qaysi kun,
Qaysi yilda tug‘ilganimni, Taxminan
Bitib bergan sho‘ro kotibi,
Necha bor daraxtdan yiqilganimni Hamon aytib yurar qo‘shnimiz xotini. Tut pishig‘ida tug‘ilgansan deb, Onam aytganlar,
Pishiqchilikda...
Safar Barnoyev – Buxoro yurtining farzandi. Uning bolaligi shu qadim shahar ko‘chalarida o‘tgan. Labihovuz, Registon, moviy gumbazlar, Minorayi kalon, hatto unda in qo‘ygan oq laylaklar... Bularning barchasi adib ijodiga umr bo‘yi ilhom baxsh etib keldi. Yana sharif shahar jinko‘chalari, muhtasham yodgorliklar-u zalvorli toshdevorlar ijodkor armonlarining tilsiz guvohi...
Safar Barnoyev ijodiga o‘zbek bolalar adabiyotining rang-barang muammolari, chunonchi, bolalar taqdirida o‘chmas iz qoldirgan urush dahshatlari aks etgan. “Chehralar” to‘plamidagi she’rlar va balladalarning, “Afg‘on hikoyalari” turkumidagi asarlarning asosiy qismi ushbu mavzuni badiiy yoritishga bag‘ishlangan.
“Qirq yettinchi yil hikoyalari” deb nomlangan turkumga kirgan asarlarida butun bir avlodning urush tugagan pallalarda voyaga yetgan, oq-qorani tushuna boshlagan, ko‘ngli bir umr yarim bo‘lib qolgan bolalar avlodining qiyofasi aks etgan. Ota diydoriga to‘ymagan bu avlodning bir vakili sifatida Safar Barnoev “Ota o‘g‘li”, “Dadamning qo‘llari”, “Dadam haqida qo‘shiq” asarlarida o‘sha davr bolalarining armonlarini tasvirlagan.
Safar Barnoyev asarlarida fikriy tarbiya tasvir va talqin, tushunish va tushuntirish, hissiy idrok va badiiy ifoda vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun hatto aksariyat she’rlari sujetli-voqeaband. Ko‘rgan, bilgan, his qilgan narsalarni voqealar jarayoni ila yaxlit bir butunlikda ko‘rsatishga mayli kuchli. She’rlar xotimasidagi poetik obraz zimmasiga yuklangan ma’no ana shu mohiyatni,
hikmatli mazmunni aks ettiradi. Shoirning “Sirli sado” she’ri bunga dalil bo‘la oladi:
Amakimning yo‘qdir ikki Oyog‘i.
Oyoqlari – uning qo‘ltiq Tayog‘i.
Qo‘ltiq tayoq ingrab borar, “To‘-o‘q, to‘-o‘q”.
Bu degani urushga yo‘l- Yo‘-o‘q, yo‘-o‘q!
Inson – hayot guli. Voqelikdagi xunuklik ko‘rinishlarini bartaraf etilgani sayin hayot ham, tiriklik ham yanada chiroyli bo‘la boradi. Safar Barnoyev asarlaridagi tarbiyaviy jihatlar xilma-xil. Ijodkorning “Urush bolalari”, “Tunda osoyishtalik cho‘kkanida borliqqa”, “Jabbor otaning aytganlari”, “Uka, men senga aytsam”, “O‘ttiz yoshlilar”, “Mening o‘z burchim bor”, “Bobomning qo‘llari”, “Otamning o‘rtoqlari” singari qator she’rlari va inson taqdiri masalasini poetik tadqiq etishda o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Ularda, avvalo, qalbning iztirobli tajribalari – dardlari muhrlangan; u aynan shu avlodning qalbidan silqib oqqan, ko‘z qorachig‘ida tugilib qolgan dard.
“Bolalar xulosalarni, isbot-dalillarini va mantiqiy tafsilotlarni talab qilishmaydi, – deydi V.G.Belinskiy, – ularga obrazlar, bo‘yoqlar va ohanglar kerak. Bolalar g‘oyalarni unchalik xush ko‘rmaydi; ularga sarguzashtlar, qisqa-qisqa tarix saboqlari, qissalar, ertaklar, hikoyalar kerak. Obrazlar bilan so‘zlash uchun shoir bo‘lmasa-da, jilla qursa jonli, ziyrak va quvnoq fantaziyaga ega bo‘lgan hikoyachi bo‘lish lozim. Bolalar bilan obrazlar vositasida so‘zlashish uchun bolalarni bilish kerak, shoirning o‘zi, katta yoshli bola bo‘lishi lozim. Ya’ni, oq ko‘ngil, soddadil, go‘dak tabiatli bo‘lib tug‘ilishi zarur ".
Zotan, S.Barnoyev “Uchburchak maktublar”, “Jabbor otaning aytganlari”, “Bobomning qo‘llari”, “O‘ttiz yoshlilar” singari she’rlarida bolalar bilan ana shunday jonli, obrazli tilda so‘zlashadi. O‘quvchi xotirasida uzoq saqlanib qoladigan tiniq manzaralar chizadi.
Shoirning aksariyat she’rlarida urush va inson taqdiri masalasini turli xil qirralardan o‘ziga xos yo‘sinda yoritishga mayl kuchli. “Jabbor otaning aytganlari” she’rida urishda bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini hamon intiq kutayotgan, o‘z mehriga o‘zi isinib yashayotgan yetim mo‘ysafidning (“Men deyman:– Juda yomon otalar yetim qolsa”) armonli hasratini eshitamiz. “Uka men senga aytsam” asarida esa urushda ko‘plab jarohat orttirgan, hozirgi kunda ham ba’zi olchoq va “qochoqlar"dan yuragidagi jarohati kuchaygan jangchi o‘z ko‘nglini bo‘shatadi. “Otamning o‘rtoqlari”da oltmishning teng yarmida ota degan nomga ega bo‘lgan lirik qahramonni keksa jangchilar g‘oyat izzat qilishadi (“Otam o‘rnida ko‘rib, ular meni sizlashar”), ularning borligidan lirik qahramon ham cheksiz faxrlanadi. Ular yurtga jon fido qilishgan, bugun hamon hayot jabhasining oldingi safida. Shu boisdan ham otasining o‘rtoqlari oltmishdan oshib qolsa-da, belidagi belbog‘lari unga jangchining kamarini eslatadi. “Qo‘shni kampir iltijolari” she’rida esa uch
o‘g‘lini urushga jo‘natib, uchovidan ham qora xat olgan, yo‘liga qarayverib ko‘zlari to‘rt bo‘lgan mushtipar kampirning dil nolalari yuraklarni zirqiratadi.
E’tiqod tuyg‘ulari, yaxshi xulq, yoki yaxshi odat malakalari inson bilan birga tug‘ilmaydi. Ularni jamiyat va odamlar shaxs tabiatida tarbiyalab kamolga yetkazadilar, ya’ni, ushbu fazilatlarni biz hayotimiz davomida o‘qish, o‘rganish, turli xil tarbiya ko‘rinishlari orqali o‘z shaxsimizda shakllantirib boramiz. Shaxsning ma’naviy saviyasini, intellektual darajasini voqelikning ijtimoiy-falsafiy asoslari belgilab beradi. Safar Barnoyev she’rlarining yoshlar tarbiyasida salmoqli o‘rni, burchi-vazifasi bor. Bu o‘ziga xoslik – ota-bobolarning ezgu ishlariga sadoqatda ko‘rinadi. Bu borada shoirning “Mening o‘z burchim bor” she’ri ibratlidir. Unda lirik qahramon ellar – elatlarga ezgulik urug‘ini ekmoqlikni, yomonlarning boshlarini egmoqlikni, go‘daklar kulgisini, Vatanning sof havosini asramoqlikni o‘z burchi, deb biladi. Shu boisdan ham “Agar yaxshilik deb kurashmasam, hech kimman”, – deya qat’iy ayta oladi.
S.Barnoyev asarlarida ruhiy holat tahlili yetakchi. Bu avvalo, ijodkor bolaligi xotiralarining mustahkamligidir. “Menga qolsa, umr daftarini – bolalik daftari deb atardim,– deydi adib “Beg`ubor damlar” maqolasida. – Chunki bolalikda ko‘rgan, bilganing, eshitganing bir umr senga hamroh bo‘ladi. Ana o‘shaning zavqi bilan yashaysan. Har bir daqiqada bola bo‘lging kelaveradi. Bolalik dunyosi o‘ziga chorlab turadi. Bu dunyo qalbga muhrlanib qolgan. O‘tgan kunlarni eslash, bugungi kunlarning qadriga yetmoq kerak, degan gap-da”.
Umuman, Safar Barnoyev hikoyalaridagi bosh qahramonlar kitobxon bolalar qalbiga yaqin bo‘lib qoladi. Yozuvchi o‘tmishga aylangan urushni ko‘rsatish orqali bugungi hayotimizning naqadar mashaqqat va yo‘qotishlar evaziga, ota- bobolarimizning mislsiz qahramonliklari va mardliklari hisobiga yaratilayotganligini ta’kidlaydi. Maqsad esa bolalarni Vatanni sevishga, uni asrashga undashdir, o‘tmishni bilmasdan turib, bugungi va ertangi kunning qadriga yetib bo‘lmasligini uqtirishdir.
Binobarin, Safar Barnoyev yigirmaga yaq’in she’riy va nasriy kitoblarini bitib, o‘zbek bolalar she’riyati va nasrini goho hazin, goho quvnoq ruhiyatga sug‘orilgan she’rlar-u, hayajonbaxsh adabiy ertaklar, xilma-xil mavzulardagi hikoyalar-u qissalari bilan boyitdi. U istiqlol tufayli mamlakatimizda bolalikka munosabatning tubdan qayta qurilayotganiga teranroq razm sola boshlagan edi. Bu hol uning ijodida bolalik muammolaridan bahs etuvchi publitsistikaning faollashuviga yo‘l ochdi. Zotan, uning qator dolzarb publitsistik maqola va ocherklari yuzaga keldiki, bular XX asrning so‘nggi choragidagi o‘zbek bolalar publitsistikasi qiyofasini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish