Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet72/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
Bog'liq
topildiiii

H. Nazir qanday pyesa yozgan?

  1. “Bir tup g‘o‘za”;

  2. “Ko‘korol chiroqlari”;

  3. “So‘nmas chaqmoqlar”;

  4. “Chiranma g‘oz - hunaring oz”.

Tavsiya etilgan adabiyotglar:


  1. Jumaboyev M. O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti. Majmua. – T. “O‘qituvchi”, 1996

  2. O‘zbek bolalar adabiyoti antalogiyasi. Ikki jildlik, 2-jild, –T.,“O‘qituvchi”, 2006

  3. Nazir H. Asarlar. 5 tomlik. –T.,“Yosh gvardiya”, 1977-1981yy.

  4. Nazir H. Tohir-Zuhra qissasi. –T., “Yosh gvardiya”, 1983

  5. Nazir H. Dadamni topib beringlar. –T., “Cho‘lpon”, 1991

  6. Nazir H. Oq fotiha. –T., “Cho‘lpon”, 1995

  7. Fozilov N. Shum bolaning nabiralari. –T., “Yosh gvardiya”, 1985.

  8. Fozilov N. Ustozlar davrasida. –T., “Yosh gvardiya”, 1988.

  9. Fozilov N. Saraton. –Т., “Sharq”, 2006.

  10. Fozilov N.Topdimu yo‘qotmadim. –Т., “Sharq”, 2010.
    1. BOLALAR ADABIYOTI YUKSALISHDA Reja:


  1. Xudoyberdi To‘xtaboyev – bolalarning sargyzasht va romannavis adibi

  2. Miraziz A’zam she’riyatining falsafiy-badiiy o‘ziga xosligi.

  3. Safar Barnoyev – bolalar shoiri va nosiri.

  4. Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi

  5. Anvar Oobidjn – bolalar shoiri, adibi va dramaturgi

Xudoyberdi To‘xtaboyev


bolalarning sargyzasht va romannavis adibi (1932-yilda tug‘ilgan)

Xudoyberdi To‘xtaboyev – katta-yu kichik bolalarning sevimli adibi. U hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan adib sifatida kitobxonlarga ma’lum va mashhurdir. Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yilning 17-dekabrida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumaniga qarashli Kattatagob qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo‘ladigan hamma mehnatlarda baholu qudrat ishtirok



etdi, hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi. Bo‘lajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida o‘qishni yig‘ishtirib, dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi.Qo‘qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan X.To‘xtaboyev ona qishlog‘ida muallimlik qilar ekan, unda ilmga cheksiz ishtiyoq uyg‘onadi. Shuning uchun ham u o‘qituvchilikni tashlab, Toshkent davlat dorilfununiga o‘qishga kiradi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o‘qidi, o‘rgandi. Universitetni tugatib, Bog‘dod tumanida o‘qituvchilik qildi. Ilmiy bo‘lim mudiri, direktorlik lavozimlarida ishlab, ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatdi. She’riy mashqlari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilina boshladi. Bu esa bo‘lajak adibni markazga –Toshkentga ijodiy ish bilan jiddiy shug‘ullanishga chorlar edi. Shunday ham bo‘ldi. U 1958- yilda Toshkentga ko‘chib keldi. “Toshkent haqiqati” gazetasida


ishlay boshladi. X.To‘xtaboyev bolalikdan to‘g‘ri so‘z, halol, рок va mehnatsevar bo‘lib o‘sganligi uchun, gazetada ishlar ekan, ba’zi noрок odamlarni ko‘rib, ularning qilmishlarini hazm qila olmadi. Bunday kishilarning sir-asrorlarini fosh etishga, el-yurt o‘rtasida munofiqlarning yaramas tomonlarini ochib tashlashga qaror qildi.
Bu borada unga feleton janri qo‘l keldi. 1962- yilda respublikamizning otaxon gazetasi – “O‘zbekiston ovozi”ga feletonchi bo‘lib ishga o‘tadi va 300 dan ziyod feleton yozishga erishadi.
Bu orada X. To‘xtaboyev bolalar uchun ham hikoyalar yarata boshlaydi. Uning “Birinchi daraxtim”, “Qochoqlar”, “Qizg‘anchiq”, “Dadajon, yozmang”, “Kelvordim, dada”, “Vali bilan Salim”, “Shoshqaloq”, “Yaxshi-yaxshi” singari o‘nlab hikoyalari yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. X.To‘xtaboyev uzoq yillar feletonchi bo‘lib ishlab, kishilarning yurak dardini, hasratini qunt bilan o‘rgandi. Bunday shikoyatlarga sabab bo‘layotgan shaxslarning xatti-harakatlarini mufassal bilib olishga intiladi. Davrdan orqada qolgan, sarqit deb atalgan illatlar botqog‘iga botgan, molu dunyoga hirs qo‘ygan shaxslar haqida bir talay feletonlar yozar ekan, keyinchalik “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi” asarlari ana shu dalillarni umumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning birinchi yumoristik-sarguzasht qissasi bolalar hayotidan olingan “Sehrli qalpoqcha”dir. U tez orada o‘quvchilar hurmatiga sazovor bo‘ldi. Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish iste’dodi bunda yorqin seziladi.
Adib “Sariq devni minib” asarini qiziqarli sujet asosiga quradi: asarning hikoyachisi – bayonchisi qilib undagi barcha voqealarning ishtirokchisi, guvohi bo‘lmish Hoshimjonni qo‘yadi, tilga olinadigan voqealar uning nomidan hikoya qilinadi. Yozuvchi Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo‘li sarguzashtlarini, o‘ziga xos xarakteri va psixologiyasini atroflicha ochib beradi. Shuningdek, Hoshimjon xarakterida Xo‘ja Nasriddinning va xalq ertaklaridagi “tegirmonga tushsa butun chiqadigan” zukko bolalarning fazilatlari yaqqol mujassamlashganini ko‘rish mumkin. “Sariq devni minib”da o‘qish, ilm cho‘qqilarini egallash va insonning o‘z orzusi, ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan, zamonamizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan, hayotda yengil-yelpi yashashga yo‘l axtargan va adashgan bolalar – hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi: Hoshimjon dehqon oilasidan chiqqan, sho‘xligi olamni buzadigan bir bola. U hayotdagi ko‘p narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yo‘l bilan erishgisi keladi. Mehnatsiz va ilmsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obro‘ orttirishi mumkin, deb o‘ylaydi. O‘z fikrida qat’iy turgan Hoshimjon muddaosini amalga oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qalpoqchani izlashga tushadi, uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam beradigan sehrli qalpoqchani tashlandiq molxona oxuridan topib oladi. Endi u o‘zini orzulariga batamom erishadiganday his etadi, “Ortiqcha” fanlarni dars jadvalidan chiqarishni rad etgan direktor, har xil vazifalar berib “miyasini qotiradigan” o‘qituvchilariga o‘qimasdan ham xohlagan kasb egasi, mashhur odam bo‘la olish, ko‘krak to‘la nishonlar bilan shon-shuhrat, katta obro‘ga ega bo‘lish mumkinligini
ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ladi; shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan safarga chiqadi. Nihoyat, uning sarguzashtlari boshlanadi. Ammo, sehrli qalpoqcha muhayyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganida ishning pachavasi chiqib qolaveradi. U davlat xo‘jaligida agronom bo‘lib ham, “shoirlik qilib” ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo‘g‘irchoq teatrida artistlik qilib ham ko‘radi, mashhur sayohatchi sifatida butun dunyoni kezmoqchi ham bo‘ladi. Lekin hamma yerda ilmining, tajribasining yo‘qligi ishning pachavasini chiqaraveradi. Hoshimjon qayerga bormasin, qanday ish qilmasin, pirovardida sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi. Uning agronomlik va muhandislik “faoliyati” jinoyatga olib keladi, qamalishiga sal qoladi, shoir bo‘laman deb rasvo bo‘ladi, “ulug‘ artist” teatrdan quviladi. Qissada Hoshimjon o‘z sayohati davomida qanchadan-qancha ajoyibotlarning guvohi bo‘lib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U o‘qimay, mehnat qilmay, o‘z ustida ishlamay juda ko‘p narsalarga erishmoqchi bo‘lib, lekin amalda u hech narsaga erisha olmaydi. Chunki unga ilmsizligi pand beradi. Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga erishgan. Bolalarga xos o‘yinqaroqlik ham, soddalik, beg‘uborlik ham, g‘ururlilik, to‘g‘ri so‘zlik, shumlik bir oz maqtanchoqlik, hatto o‘rnida yolg‘onni do‘ndirib yuboradigan ham, o‘zini boshqalardan ajratib ko‘rsatishga intilish odatlari, bolalarga taqlidchilik, dovyurak, epchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va tushkunlikdan yiroqlik ham Hoshimjon xarakteriga xos xususiyatlardan.

    1. To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” sarguzasht romani asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari yotadi. Bu romanda ham sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-g‘aroyib karomatlar ko‘rsatadi. U Hoshimjonga jiddiy masalalarda – o‘g‘ri, muttaham, tekinxo‘rlarni fosh etishda yordam beradi. Endilikda Hoshimjon aynan avvalgi o‘yinqaroq Hoshimjon emas, balki to‘qqiz yillik maktabni bitirib, ulg‘ayib, birmuncha quyulib, esi kirib, oq-qorani tanib qolgan yigitcha. Endi u o‘z hayoti, taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan odam bo‘lib yetishi haqida jiddiy o‘ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh bo‘ladi. “Bilasizku, bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo‘ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo‘lsa ham maqsadimga erishaman”, deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga bel bog‘laydi. Keyin militsiya maktabiga kirib o‘qiydi, uni bitirgandan so‘ng militsionerlikka ishga o‘tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar, sarguzashtlar Hoshimjonning ana shu militsionerlik nuqtasidan boshlanadi, barcha gap-so‘zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog‘liq holda davom etadi. Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida militsiya polkovnigi Salimjon, uning madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battol gavdalanadi. Ular o‘rtasida tinimsiz shiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, u Salimjon boshiga juda ko‘p og‘ir savdolar solgan, uyiga o‘t qo‘ygan, uning yakka-yu yolg‘iz farzandining qo‘liga to‘pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan. Asar pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odamlarga zarar yetkazish bilan shug‘ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy mag‘lubiyatga uchraydi, haqiqat, adolat, ezgulik g‘olib chiqadi. Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z romanida yulg‘ichlarga, qalloblarga qarshi kurashda butun xalq bir kishiday bo‘lib birlashsa, bu ishni butunlay o‘z qo‘liga

olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
“Qasoskorning oltin boshi” romani markazida esa bosh qahramon – tarixiy shaxs, xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. Ammo bu asar tarixiy-biografik roman emas, shuning uchun ham muallif Namozning hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas. Shunday bo‘lsa-da, adib o‘rni-o‘rni bilan uning hayotiga doir ma’lumotlar berib borgan. Namoz faqat jismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskor, qo‘rqmas, tadbirkor, ochiq ko‘ngilli qahramon sifatida gavdalantirilgan. U atrofiga o‘zi kabi dovyurak yigitlarni to‘plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi. Halolligi, mardligi, adolatliligi, yetimparvarligi uchun xalq Namozni yaxshi ko‘radi va uni Go‘ro‘g‘liga qiyos qiladi. “Go‘ro‘g‘libek Namozboy qiyofasida paydo bo‘lgan emish. Afsun o‘qisa, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolarmish, undan o‘q o‘tmas emish, qilich chopmas emish...”
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi “Qasoskorning oltin boshi”da yaxshi chizib berilgan.
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sir ochildi”, “Акa-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida qissa”, “Besh bolali yigitcha”, “Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar” kabi yirik asarlarining vujudga kelishi o‘zbek bolalar adabiyotining yutug‘i hisoblanadi. U bolalar uchun yanada o‘qimishli asarlar yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda. O‘zbek xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X. To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir.
“Sariq devni minib” asarimning jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab – 1971-yili Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplaridir.
Xo‘sh, adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada? Nima uchun roman aynan shunday nomlangan?
Shu o‘rinda, avvalo, “Sariq dev” iborasining majoziy ma’nosini ifodalash joiz. Nima uchun aynan “sariq”, qora yoki oq emas? Ma’lumki, sariq – nafs, olov ma’nolarini bildiradi. Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya’ni nafs bandalari “Nafsi olovlar” deb ham ataladi. Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun, nafs olovida kuyib kul bo’ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir.
Ibora tarkibidagi “dev” afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan. Asar qahramoni Hoshimjon ham o‘z nafsiga anchagina erk beradi: Nafs deviga minib yo‘lga tushadi. Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o‘y-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-so‘zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar sujetining yutug‘ini ta’minlashga xizmat qilgan. Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri –sehrli qalpoqchaning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.

  1. To‘xtaboyev qahramonlarining har biri o‘ziga xos qiyofa va gapirish tarziga ega bo‘lsa-da, ularni adib asarlaridan asarlariga sayqal topib kelgan quvnoq va hayotbaxsh yumor birlashtirib turganini ilg‘ash qiyin emas. “Rostini aytsam, – deydi Hoshimjon, – o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga o‘xshab, kun bo‘yi ko‘cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, k’ocha changitib yurgandan k’ora komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki xoliroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib, chillak o‘ynagan ming marta yaxshi”.

“Xudoyberdi To‘xtaboyev ijod qila boshlaganidan beri,– deb yozadi A.Rasulov,– zamon, tuzum, mafkura, adabiy-estetik qarash o`zgardi. Lekin yozuvchi salkam ellik yillik ijodi davomida qanday roman, qissa yozgan bo‘lsa, ularga bo`lgan qiziqish susaymadi. Chunki yozuvchi hamisha tirik insonni, o‘z “men”i, yo‘l-yo‘siniga ega odamni tasvirlagan edi.” Darhaqiqat, olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek, X.To‘xtaboyev “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli ko‘zlar” asarlari orqali XX asrning 2-yarmidagi ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy hayotining badiiy tarixini ishonarli ochib bergan. Zafarning (“Mungli ko`zlar”) ota- onasi pul, oltin yig‘adi. Ular boyiganlari sayin o‘zlarini boshqara olmay qoladilar. Topilgan pullar oilaga kulfat, baxtsizlik, fojea olib keladi. Yoqutxon, Saidlarning pul-boyliklari do‘st-dushmanni tanib olishda o‘ziga xos vosita vazifasini o‘tagan. Oila boshiga tushgan tashvishlar farzandlar ruhiyatiga keskin zarba beradi. Katta o‘g‘li nogiron Akbarjon dang‘illama hovliga qo‘shib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuboradi, Zufar avtohalokatga uchraydi, Zafar ota-onasining sadoqatsiz do‘stlaridan o‘ch olish maqsadida jinoyat yo‘liga kiradi, Nigora esa qattiq iztirobdan teri kasaliga chalinadi. Umuman, asarni ko‘zda yosh bilan o‘qigan kitobxon mol-dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarning achchiq qismatiga sabab bo‘lgan ota-onalarga achinishi, shubhasiz.
“Xudoyberdi To`xtaboyev ijodida Zafarlar yangi, avval ko‘zga tashlanmagan qahramonlar”,– deb yozadi A.Rasulov. Olim yozuvchining boshqa asarlaridagi Orif (“Besh bolali yigitcha”), Hoshim (“Sariq devni minib”), Akrom (“Shirin qovunlar mamlakati”) kabi qahramonlar bilan Zafar, Zufarlarni taqqoslab, “Mungli ko‘zlar” romani qahramonlari katta shaharda, dang‘illama koshonada yashashlari, ular boy ota-onaning farzandlari ekanini ta’kidlaydi. Chindan ham to‘g‘ri ta’kidlanganidek, yozuvchi bir koshona tanazzulini ochib beradi: otning o‘limi – itning bayrami degandek, Yoqutxon ko‘zining yog‘ini yegan kazo-kazo ulfatlari ro‘y-rost tubanlik, talovchilik, muttahamlik qila boshlaydilar. Qo‘mondon xola “Volga”ni ilib ketadi, Qozi xola tilla taqinchoqlarni o‘maradi; ular olgan narsalaridan tonadilar. Yoxutxonni ayblab, Zafarni jinniga chiqarib qo‘yadilar… Bir oilaning tag-tomiri bilan yemirilishi sabablari asar konsepsiyasini belgilaydi.
“Mungli ko‘zlar” asari qahramonlariga, chunonchi, Yoqutxon, Said Karimov, Qozi xola, Qo‘mondon xola, Shahodat amma singarilarga insof, diyonat, qanoat yetishmasligi haqiqat. Sho‘ro hukumati ilk qadamidanoq xalqning e’tiqodiga, qadriyatlariga qarshi murosasiz kurash boshlagan. Natijada, minglab oilalar e’tiqodidan, ma’naviyatdan, komillikdan mahrum yashaganlari ham achchiq
haqiqatdir. Zotan, Yoqutxon va Said oilasini qanoatsizlik, gunohdan qo‘rqmaslik yemirgani rost. Zafaru Zufarlar sirtdan tomosha qilguday bashang, kelishgan bo`z bolalar edilar. Ammo ularning qalbi, ma’naviyati o‘ta qashshoq edi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevda yozuvchilikka ishtiyoq uyg‘otgan, qobiliyatining shakllanishida muhim rol o‘ynagan, asarlariga qaytarilmas rang va jilo bergan narsa hayot, vaqtli matbuot, redaksiyalardagi qaynoq ijodiy muhit, shu bilan birga qunt, chidam bilan o‘qish, o‘rganish, o‘z ustida ishlash bo‘lganiga shubha yo‘q.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish