Alifatik nitrobirikmalar. Olinishi, xossalari va ishlatilishi. Mundarija kirish



Download 274,85 Kb.
bet6/12
Sana22.06.2021
Hajmi274,85 Kb.
#72772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alifatik nitrobirikmalar. Olinishi, xossalari va ishlatilishi

Nitrobirikmalarning tuzilishi.

Ularning tuzilish formulasida azot bevosita uglerod atomi bilan bog‘langandir: Masalan, nitrometan:



Ulardagi ikkita kislorod atomi mezomeriya tufayli bir xildir:



Bu holatlarni umumiy qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin:



Nitrometan molekulasidagi nitroguruhning tuzulishi.

Nitrobirikmalarda azot to‘rt valentli bo‘lib, azotning bitta kislorod atomi bilan hosil qilgan bog‘i yarim qutbli kovalent bog‘dir.

Gomologik qatori. Nitrobirikmalarning gomologik qatori nitrometan CH3NO2, dan boshlanadi. Nitroguruhining qanday uglerod atomi bilan bog‘langanligiga qarab, ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi nitrobirikmalarga bo‘linadi va quyidagicha nomlanadi:


I.2 Alifatik nitrobirikmalarning nomenklatura va izomeriyasi

Alifatik nitrobirikmalarni uglevodorodlardagi vodorod atomi o’rnini nitroguruppa olishidan hosil bo’lgan moddalar deyish mumkin.Nitrobirikmalarning boshlang’ich vakili nitrometan CH3NO2, hisoblanadi.Metilguruhining o‘rnida etil, propil, izopropil, uchlamchi-butil va h.k guruhlar bo‘lganda mos ravishda nitroetan, 1-nitropropan, 2-nitropropan va 2-metil-2-nitropropanlar hosil bo‘ladi. Bu nitrobirikmalar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi nitrobirikmalarga misol bo‘ladi.

Nitrobirikmalarni nomlashda tegishli uglevodorod nomining oldiga

’’-nitro‘‘qo‘shimchasi qo‘shib aytiladi. Agar zanjirda nitroguruhdan katta funksional guruhlar (-OH, -NH2, -SO3H, -CHO, -COOH) bo‘lmasa uglerod atomlarini nomerlash nitroguruh yaqin tomondan amalga oshiriladi. Yon zanjirdagi galoid atomlari, alkil guruhlar, nitroguruh alfavit tartibida yoziladi.Bunda alfavit tartibida birinchi keluvchi guruh turgan uglerod atomiga kichik nomer beriladi. Masalan:



2-metil-3-nitrobutan


2-metil-1-nitro-1-xlorpropan
4-nitropentanol-1

Yuqorida ta’riflanganidek nitrobirikmalarda nitroguruppaning azot atomi uglerod atomi bilan bevosita bog’langan. Shuning uchun dinitroglikol, nitroglitserin va sellyuloza trinitratini, ularning tarkibida –NO2 guruppa borligiga qaramay, nitrobirikmalar jumlasiga kiritib bo’lmaydi. ‘‘Dintrroglikol’’, ‘‘nitroglitserin’’, degan nomlar noto’g’ri: haqiqatda esa bular nitrat kislotaning murakkab efirlari bo’lib, ularda nitroguruppaning azot atomi uglerod bilan kislorod atomi orqali (-C-O-NO2) bog’langan.

Nitroguruppaning -NO2 tarzida yozishda shuni nazarda tutish kerakki, unda azot to’rt valentli, nitroguruppadagi ikkala kislorod atomi teng qiymatli va har qaysisi bir elektronning yarimtadan zaryadini tashiydi. Azot atomidagi musbat zaryad va kislorodning ikkala atomiidagi manfiy zaryad nitrobirikmalarning qutbli tabiatga ega ekanligiga sabab bo’ladi (nitrobirikmalar – qutblangan erituvchilar).


Download 274,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish