Alifatik nitrobirikmalar. Olinishi, xossalari va ishlatilishi. Mundarija kirish


I.4 Alifatik nitrobirikmalarning olinish usullari



Download 274,85 Kb.
bet8/12
Sana22.06.2021
Hajmi274,85 Kb.
#72772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alifatik nitrobirikmalar. Olinishi, xossalari va ishlatilishi

I.4 Alifatik nitrobirikmalarning olinish usullari.

Alifatik nitrobirikmalar birinchi marta 1872-yilda nemis olimi V.Meyer tomonidan sintez qilingan:

С2Н5J+NaNO2 C2H5-NO2 + NaJ.

Nitrobirikmalar asosan ikkita usul bilan olinadi:

1.Konovalov usuli: to‘yingan uglevodorodlarga yuqori haroratda (1500) suyultirilgan (10%) nitrat kislota ta’sir ettirish usuli;

Bu reaksiyada uchlamchi uglerod atomidagi vodorodlar eng oson, birlamchi uglerod atomidagi vodorodlar esa eng qiyin almashinadi. Reaksiya radikal mexanizmida boradi.

Bu reaksiya asosan konsentrlangan nitrat kislota bilan sulfat kislotadan (birinchisi nitrollovchi agent, ikkinchisi suvni tortib oluvchi vosita) iborat nitrollovchi aralashma vositasida amalga oshiriladi.

Konovalov reaksiyasining mexanizmini A.V. Topchiyev va A.N. Titovlar o‘rganib quyidagi sxemani taklif qilganlar:



Qo‘shimcha mahsulot sifatida karbon kislotalari hosil bo‘ladi.

Alkanlar nitrat kislotasi yoki azot oksidlari yordamida 420-4800S da nitrolanganda nitrobirikmalar aralashmasi hosil bo‘ladi (X. Gess, 1930 y). Reaksiya juda qisqa muddatda olib boriladi. Uning sxemasi va mexanizmini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

2.Galoidalkillarga nitrit kislota tuzlarining ta’siri:

RBr + NaNO2 RNO2 + NaBr

Bu reaksiyada alkilnitritlar ham hosil bo‘ladi:

R-O-N=O

Ular ko‘proq uchlamchi galoidalkillar reaksiyasida hosil bo‘ladi.

Bu reaksiyaning mexanizmi nukleofil almashinishdir.

Bu reaksiyada nukleofil Kornblyum qoidasiga muvofiq elektron zichligi yuqori bo‘lgan kislorod atomi bilan reaksiyaga kirishadi.

Birlamchi galoid birikmalar SN2 mexanizmi bo‘yicha reaksiyaga kirishib, nitroalkanlar hosil qiladi. Bunda nukleofil qutblanuvchanligi katta bo‘lgan azot atomi bilan reaksiyaga kirishadi:

(SN2)

Bundan tashqari yuqoridagi ikki usul orqali quyidagi nitbirikmalar olinadi:


  1. To’yingan uglevodorodlarni nitrollash yoki nitrat kislota ta'siri.

Oddiy sharoitda konsentrlangan nitrat kislota to'yingan uglevodorodlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Yuqori lemperaturada uglevodorodlarni oksidlab uglerod (II) oksidga, hatto spirt, aldegid, keton va kislotalarga aylantiradi.

Suyultirilgan nitrat kislota bilan to'yingan uglevodorodlar birga qizdirilganda uglevodoroddagi vodorod atomi nitrat kislota qoldig'i (NO2) bilan almashinadi va natijada nitrobirikma hosil bo'ladi. Bu reaksiya nitrolash reaksiyasi deyiladi:

R-H + HNO3 R-NO2+ H2O

C6H14 + HO-N02  C6H13N02 + H20

geksan nitrogeksan

Nitrolash reaksiyasi bilan bir qatorda, oksidlanish reaksiyasi ham sodir bo'ladi.Masalan, uglevodorodlarni nitrat kislotabilan nitrolashda kislotaning taxminan 40% nitrolash uchun, qolgani esa oksidlanish uchun sarf bo'ladi.

Metan nitrolanganda uning deyarli hammasi nitrometanga aylanadi.

CH4+ HNO3 CH3NO2+ H2O

nitrometan

Metanga suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettirilganda deyarli faqat nitrometan hosil bo‘ladi:

Ammo, etan, propan, butan va boshqalar nitrolansa nitrobirikmalarning aralashmasi hosil bo‘ladi:

СH3СH2СH3+ HNO3 CH3NO2 (9 %) + CH3CH2NO2 (26 %) +

+ CH3CH2 CH2NO2 (32 %) + CH3CHNO2CH3 (32 %)

Nitrolanish reaktsiyalarida kontsentrlangan kislotalar oddiy sharoitda ta‘sir etmaydi.Qizdirilganda esa parchalanadi.







Download 274,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish