I.ASOSIY QISM
I.1Nitrobirikmalar haqida umumiy tushuncha.
Azotli organik birikmalarga nitrobirikmalar, aminobirikmalar, nitrillar va
izonitrillar misol bo‘ladi.
NITROBIRIKMALAR Nitrobirikmalar-uglevodorodlar tarkibidagi vodorod atomining nitroguruh-NO2 ga almashishi natijasida hosil bo‘ladigan moddalardir.
Ularni azot atomi bevosita uglerod atomi bilan bog’langan nitroguruppa –NO2 tutgan organik moddalar ham deyish mumkin.
Bundan tashqari ularni ta’riflashda ularni yana uglevodorod molekulasining bir yoki bir nechta vodorod atomi nitroguruhga (-N02) almashingan hosilalari deb ham qaraladi. Ularning tarkibidagi nitroguruh soniga ko'ra mono-, di- yoki polinitrobirikmalar bo'lishi mumkin, radikal tabiatiga ko'ra to'yingan va to'yinmagan nitrobirikmalarga bo'linadi. Alifatik nitrobirikmalarni yana nitoalkanlar, nitroparafinlar ham deb ataladi. Alifatik nitrobirikmalar alkanlardek nomlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |