Shu asnoda Nozim Hikmatning mavzu bilan aloqador ushbu so'zlari yodimga tushdi: “Unutma, sevgan ketmas. Ketgan esa sevmas...
Men seni sevganda...
Qachonki, sening ovozingni eshitsam - g'oyo ko'ksimdan bir to'da kabutar ko'kka parvoz qiladi.
Qachonki, sening iforingni tuysam - go'yo ko'zlarimdan to'fonlar toshib, dunyoning changini yuvadi.
Qachonki, seni o'ylasam - bolaligimda yo'qotgan o'yinchoqlarim ko'z o'ngimda paydo bo'ladi.
Qachonki, sen haqingda xayol sursam - arg'umchoq uchishga navbatim keladi.
Qachonki, sendan go'zal izhorlar eshitsam - og'zimdan o'n ming xil kapalaklar uchib chiqadi.
Qachonki, sening kulishingni ko'rsam - kimdir oldimga yangi damlangan choyni qo'yib ketadi.
Qachonki, sening qo'llaringni tutsam - o'lkada tantanali bayram boshlanib ketadi.
Qachonki, seni...
Seni sevganimdan buyon menga nimalar bo'lyapti, bilmayman.
Go'yo farishtalar kelib, hovuchlaridan konfetlar to'kib ketayotgandek tuyiladi. Xayoliy lazzatga cho'milaman...
iKKinchi imKoniyat
Ayrim insonlar shu qadar qat'iy qaror qabul qilishadi-ki, hech kim ikkinchi imkoniyatga munosib emas deb o'ylashadi. Shu boisdan ham ishonch bildirib, imkon bergan insonlari o'sha imkoniyatdan to'g'ri foydalana olmaganida, ikkinchi imkoniyat haqida o'ylab ham ko'rishmaydi. Ayrim insonlar esa ikkinchi imkoniyatni qo'yib turing, bir insonga qayta-qayta imkon beradi. Chunki haddan ziyod sevadi. Chorasiz qolganidanmi yoki bu safar hammasi o'zgaradi deb o'ylaganidanmi, bot-bot aldangan bo'lishiga qaramay yana imkon beradi. Qayta imkon berilgan insonlar esa, o'zlariga yana ishonch bildirib, yangi imkon bergan insonning bu ojizligidan juda yaxshi foydalanishadi. Yana eski xatolarini takrorlagancha sho'rlik imkon bergan insonning qalbini battar yaralashadi. Qisqasini aytadigan bo'lsam, qayta-qayta imkon berganing bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi.
Ikkinchi imkoniyatni arzimaydigan insonlarga bermang! Sizni aldagan insonga qanday qilib yana ishonasiz? Unga yangi imkon berish u yoqda tursin, hatto yaqinidan ham o'tmang. His-tuyg'ularingizga qaramligingizni deb, bu ojizligingizdan foydalanishga uringanlarga aslo bunday fursatni bermang. Ishonch bir marta yo'qotilganidan keyin qaytarib bo'lmasligini idrok qila olmagan insonlarning o'zgarishini kutmang. O'rningizga darrov boshqalarni qo'yganlarni ham aslo sevmang. Agar ikkinchi imkoniyatga arziydi, deb o'ylasangiz imkon bering. Vaholanki, hech qaysimiz
benuqson emasmiz. Xom sut emgan bandalarmiz, hammamiz xato qilishimiz mumkin. Ammo og'ir xatoga qo'l urgan insonga aslo qayta imkon bermang. Chunki birinchisida sizni yaralagan inson, ikkinchi martasida sizni qaytib hech kimni sevmaydigan va ishonmaydigan holatga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |