Aldangan Ayselning tavbasi


Meni olib ketishga onam kelyapti



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/47
Sana14.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#118900
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
alamli bolalik yillarim

 


Meni olib ketishga onam kelyapti 

-Huzuringga boryapman, Allohim! Meni qabul qil. Senga, buyukligingga ishonaman, 

iymon keltirdim. Sen meni yaratding va yana senga qaytyapman. 

Bir necha marotaba “onam kelsin, onam kelsin’, deb takrorladi. 

-Kim klesin?- dedim 

-So’rashyapti, -dedi. Seni olib ketishga onang klesinmi, boshqa birovmi? Deya Men 

onam kelishini xohlayapman. Onam keladi…Bir daqiqa jim qoldi. Kelayotgan tovushga 

butun diqqatini qaratgan edi. Va shu asnoda uning yuziga urilayotgan nur bizning ham 

ko’zimizni qamashtira boshladi. Biz hayrat ichida Amina xonim bilan bir-brimizga 

qarardik. Aysel Xonim shu asno baland ovoz bilan hayajonlanib:”Allohu Akbar, Allohu 

Akbar, La ilaha illalloh…” deya takbir keltirdi va ortidan shahodat keltira boshladi. Biz bu 

hodisa qarshisida lol qolgandik. Men karaxt bo’lib qolgandim. O’lim oldidagi bu ishlar 

iymonimni mustahkam qilardi. Soat uchgacha boshida Qur’on va Javshan o’qidik. Aysel 

ham o’qiyotganlarimizni takrorlashga harakat qilardi. Men Yosin surasini o’qirdim. Amina 

xonim esa Ayselning tepasida parvona edi. Qibla tomondagi derazada chaqmoqdek bir 

nur porladi, xonani yoritib yubordi. Bunga ikkimiz ham guvohmiz. Bu nur yog’dusi 

xonadagi oydinlikni bosib yubordi. Juda ajoyib va huzurbaxsh nur edi u…Aysel bu nurni 

ko’rar-ko’rmas o’rnidan turishga harakat qildi. Amina darhol unga yordamlashdi. Aysel 

hayajon ila qo’llarini ochdi. 

-Onajon! – deya baqridi. Sen! Sen keldingmi, meni olib ketgani? 

Go’yo onasi bilan quchoqlashayotgandek qo’llarini ochdi, bir-biriga qovushtirdi va bir 

muddatdan keyin Aminaning qo’llariga tushdi. 

So’nggi damda yumilish arafasidagi ko’zlarida ham shunday bir yorqin nur, lablarida 

ham bir ajib tabassum bor edi. Bu so’nggi nigoh cheksiz azob va gunohlarga bir vido, 

abadiy huzurga esa bir salom edi. So’nggi nafasi “Allohu Akbar, Allohu Akbar” 

bo’ldi…Joyiga yotqizdik. Azobu iztiroblarga xastalikka ko’milgan bir umr nihoya topgan 

edi. Azroil a. s. unga eng sevimli kishisi bo’lgan onasi qiyofasida ko’ringan edilar. Undagi 

iymon tavbasi shu darajada yuksak va samimiy ediki, Alloh huzuriga pokiza, gunohlari 

kechirilgan holatda ketdi. Iymonli bir o’limning haqiqiy guvohlari bo’ldik. 

Biz, biz nima bo’lamiz? 

Abrinur Xonim hayajondan titrar edi. Abrinur Xonimning so’nggi jumlasi shunday 

ta’sirchan va o’yli chiqdiki, xonadagilarni qalblarini va ko’zlarini qaytadan yoshlantirdi. 

Ertaga o’lim daqiqalarida bizning holimiz nima kechadi? Har bir inson har kuni yuz marta 

o’ziga shu savolni berishi lozim. Aysel Xonimning hayoti bizlarga saboq bo’lsin. Har bir 

aqlli inson bu saboqni yaxshi o’zlashtirishga intiladi. Chunki, iymonni asrash, iymon bilan 

ketishdan-da buyukroq saodat yo’qdir. Buning uchun bugundan harakat qilmasak, 

ertaga kech bo’lishi mumkin. 

Turk tilidan Rohila Ro’zmanova tarjimasi. 

www.ziyouz.com, www.ziyonet.uz 



2007 

 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish