Temir yo'l transporti tomonidan ko’rsatilgan transport xizmatlari tarkibi, %
Avtomobil transportida tarif to’lovi miqdori quyidagi omillarga bog'liq:
♦ tashish masofasi;
♦ yuk og'irligi;
♦ yuk hajmining og'irligi, bu avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyatini tavsiflaydi;
♦ avtomobil yuk ko’tarish qobiliyati;
♦ umumiy bosib o’tilgan yo’l;
♦ avtomobil foydalanish vaqti;
♦ avtomobil turi;
♦ tashish amalga oshiriladigan hudud, shuningdek, boshqa bir qator omillar.
Avtomobil transportida yuklarni tashishda hamma tariflarning barcha omillari hisobga olinmaydi, ulardan faqatgina ma'lum bir tashish sharoitidagi eng muhim omillar hisobga olinadi. Masalan, ishbay tariflariga muvofiq tashish qiymatlarini hisoblash uchun tashish masofasini, yuk massasini va uning sinfini e'tiborga olish kerak, bu avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish darajasini tavsiflaydi. Yuk avtomobillarini vaqtincha foydalanish uchun tarifni hisoblashda avtomobilning yuk ko'tarish qobiliyati, uni foydalanish vaqti va umumiy bosib o’tilgan yo’l hisobga olinadi.
Barcha holatlarda avtomobildan foydalanish uchun to’lov miqdori tashishning amalga oshiriladigan hududiga bog’liq bo’ladi. Bu hududlar bo’yicha yuk tashish tan narxining darajasidagi qat'iy tafovutlar bilan bog'liq.
2017 yilda avtomobil transportida ko'rsatilgan transport xizmatlari hajmi
20,2 trln. so’mga teng bo’ldi. Avtomobil transporti tomonidan ko'rsatilgan transport xizmatlari umumiy hajmida yo'lovchi tashish xizmatlari 70,8% ni tashkil qiladi.
O'tgan yil bilan taqqoslaganda havo transporti tomonidan ko'rsatilgan transport xizmatlari hajmi 1,4 trln. so’mga oshib, 3,2 trln. so’mga teng bo’ldi. Ushbu xizmatlarning o'sishi 2016 yilga nisbatan 30,3% ga o'sdi.
2017-yilda quvurlar orqali yuk tashish bo’yicha xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan 5,5 trln. so'mlik xizmatlar ko'rsatildi.
Transport xizmatlari sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko'rsatilayotgan bozor transporti xizmatlariga bo'lgan talab va sifatni oshirishi mumkin.
Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etish transport sohasida elektron tijoratni rivojlantirishga, kuzatuvlar uchun turli axborot dasturlarining paydo bo'lishiga, transportlarni, xususan, avtomobillarni chaqirishga yordam beradi.
Yaqin yillarda O'zbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish bo’yicha xizmatlarga buyurtma berish uchun maxsus mobil ilovalar paydo bo'ladi.
Bugungi kunda narsalarni yangi uyga ko'chirish yoki pianino, muzlatgich va qo'ldan sotib olingan boshqa jihozlar yoki mebellarni tashish uchun o'rta va kichik hajmli yuk mashinalarini qidirish jiddiy moliyaviy yo'qotishlarga olib kelmoqda. Buning sababi shundaki, bozorda bunday tovarlarni tashish uchun deyarli hech qanday ixtisoslashgan tashkilotlar mavjud emas va raqobat etishmasligi sababli ishlayotganlari ham allaqachon yuqori narxlarni belgilab olishgan.
Shu sababli aholi bo’sh yuk mashinasini topish umidida yoki eng yomoni bagajxonasi ustida bo’lgan avtomobil qidirishlari kerak bo’ladi. Biroq, bu xizmatlar ham arzon emas.
Shubhasiz, yangi dasturning paydo bo'lishi transport xizmatlarini rivojlantirishni rag'batlantirishga yordam beradi va ushbu xizmatni yanada taraqqiy etgan holda amalga oshiradi.
Yana bir qiziqarli yangilik - shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlariga chiptalarni bron va buyurtma qilish uchun elektron tizimni ishga tushirish kerak.
O'zbekistonning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy hamkorligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda iqtisodiy tizimni mustahkamlash va rivojlantirish uchun transport xizmatlarining ko'rsatilishi juda muhimdir.
Xulosa
O`zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo`lovchi tashuvchi transportning barcha turi - temir yo`l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, truboprovod, transport shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti temiryo`l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan. 1995 yili mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,4% transport tarmoqlariga to`g`ri keldi. Transport tarmoqlarida band bo`lgan ishchi xizmatchilarning o`rtacha yillik soni 298,3 ming kishini, jumladan temir yo`l transportida 58,4 ming , suv transportida 0,6 ming , avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish va tushirish korxonalarida 239,3 ming kishini tashkil etdi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin transportning xalq xo`jaligiga va aholiga xizmat ko`rsatishi tubdan yaxshilandi va transport iqtisodi viloyatlarda va korxonalarda, xalq xo`jaligida katta yutuqlarga yerishildi.
O`zbekistonda ilk transport vositalarining shakllanishi mavzusidagi masalasini yoritishning asosiy maqsadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil sharoitda transport va transport vositalarning tutgan o`rni naqadar muhim ekanligini talabalarga tushuntirish eng asosiy maqsadidan biri bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining tabiiy-geografik sharoitining turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakat va turlarini belgilab bergan.
O`zbekiston tabiiy-geografik sharoiti turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakati va turlarini belgilab bergan. ¢arb va Sharq o`rtasida joylashgan baland tog`liklar, bepayon sahro va dashtlar, cheklangan suv yo`llari, buyuk ipak yo`lini yuzaga keltirib uzoq davrlar davomida asosan karvon transporti vositasini kashf etib uzoq mamlakatlar bilan savdo aloqalari mustahkamlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur karvon yo`li XXv asr mobaynida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilib kelgan. Uning uzunligi 7 ming kilometrga yaqin bo`lib nihoyatda katta hududni qamrab olgan: bir qismi o`rta yer dengizi sohillaridagi qadimgi Rim va Yunonistondan Mesopatamiya orqali, ikkinchisi o`rta Osiyo va Dashti qipchoq usti bilan Xitoy va hindistonga yetib borgan. Bu davrda o`rta Sharqda hukmronlik qilgan kushon imperiyasi Rim podsholigi bilan aloqada bo`lgan va Sharq bilan Farb o`rtasida o`ziga xos «ko`prik» hisoblangan.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin transportni xalq xo`jaligiga va aholiga xizmat ko`rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi (1992), «O`zbekiston avtomobil transporti» («UzAvtotrans») davlat aksiya-dorlik korporatsiyasi (1993), «O`zbekiston temir yo`llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi 1994 va boshqa idoralar tashkil etildi.
Sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning o`sishi keng miqyosidagi kapital qurilishi va transport moddiy texnika bazasining yuksalishi bilan yuk yo`lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Umumiy foydalanishdagi sanoat transport turlari va yuk yo`lovchilarning asosiy qismini avtomobil transporti tashkil etadi (1995 yilda yuklarning 70% : 1819, 6 million yo`lovchi).
Respublikada transport iqtisodiy viloyatlar va korxonalar, xalq xo`jaligi o`rtasida, shuningdek mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni taminlaydi.
O`zbekistonda dastlabki transport vositalari.Aholi zich yashaydigan shahar va qishloqlar orasida ot-ulov qo`shilgan g`ildirakli transport yuradigan yo`llar ham o`tgan. Ular qizil tuproqli, qishda juda loy va botqoqli, yozda changi ko`kka ko`tariladigan ba`zan qumli, o`tish qiyin bo`ladigan yo`llar edi. Bunday yo`llarda qulay va moslashgan mahalliy transport, o`zbek aravasi qatnab turgan. Yuqorida aytilganidek, O`zbekistonda qadimdan asosan ikki xil arava ma`lum: birinchisi- ikkita katta g`ildirakli kashgar arava. Ikkinchisi- asosan markaziy viloyatlarda, Farg`ona va Zarafshon vodiylarida tarqalgan qo`qon arava. Birinchi xil aravalar, arxeologik va yozma manbalarga qaraganda, eng qadimiydir. Ikkinchisi o`ziga xos arava Xorazm vohasida bo`lib, va ular hozirgacha saqlangan. qadimiy Xitoy manbalarining xabar berishicha, butun o`rta Osiyo viloyatlaridan faqat Xorazmda savdogarlar o`z sayohatida foydalaniladigan bir ho`kiz qo`shilgan ko`p kegayli ikki katta g`ildirakli aravalar mavjud bo`lgan. Xorazm aravasining tugini (tegarchigi) qo`qon aravanikidan ancha keng va qalin, aravakash aravaning old qismiga o`rnatilgan zangi bo`sag`asida o`tirib boshqaradi. qo`qon aravada esa haydovchi aravaga qo`shilgan ot egarida joylashgan. Odam uzoq yo`lga ketadigan bo`lsa, aravalarga maxsus soyabon o`rnatilgan, yuk tashish (ayniqsa qovun-tarvuz) uchun turlangan katta savat moslashtirilgan. Aravalar unga qo`shilgan hayvon (ot, ho`kiz,eshak) ga qarab katta-kichik bo`lgan. Mayda-chuyda yuk tashish, dalaga o`g`it chiqarish uchun g`altak arava mavjud bo`lgan. Katta shahar va qishloqlarda aravakashlar maxsus uyushmalarga birikkanlar.
Davlatlar o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish avvaldan xalqlarni birlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniyatlarni o'zaro boyitish asosiy vositalaridan biri edi. Qadim zamonlardanoq transport yo'nalishlari davlat daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Vaqt o'tishi bilan transport hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Amaldagi narxlarda transport faoliyati bo'yicha bozor xizmatlari ko'rsatish tashishdan hamda transport turlari bo'yicha transport faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo'lgan boshqa faoliyatdan (yuklash va tushirish, transport-ekspeditorlik xizmatlari va b.) tushgan tushum summasi sifatida aniqlanadi. Avtomobil transportida yuklarni tashish bo'yicha bozor xizmatlari hajmiga o'z ehtiyojlari uchun (masalan, o'z mahsulotlarini (tovarlarini) o'zining chakana savdo tarmog’iga, ichki xo'jalik, ichki zavod, ichki ob'ekt va shunga o'xshash) etkazib berish bo'yicha xizmatlar hajmi qo'shilmaydi.
Transport xizmatlari transportning barcha turlarida yuklar va yo'lovchilarni tashish faoliyati hamda tashish uchun yordamchi xizmat turlari, shu jumladan logistika xizmatlarini o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |