Suv transporti.U rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega bo`lib, xalq xo`jaligi yuklarini tashish hamda Turkmaniston, Tojikiston, Afg`oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
XX asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizidagi suv yo`llari bo`ylab yuklar va yo`lovchilarning ancha qismi tashilgan. 1924 yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo`llarning umumiy uzunligi 887 km edi. Respublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi katta. Shu bois, birinchi marta 1950 yil Amudaryoning o`rta oqimida Surxondaryo viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan. 1952 yilda esa Xo`jaylida kema ta`mirlash zavodi qurilgan. Amudaryoning quyi qismida daryo sohillarida turli yillarda Sharlavuq, To`rtko`l, Beruniy, Qoratov, Xo`jayli bandargoh (pristan)lari qurilgan.
Amudaryo harbiy floti. «Xiva», «Merkuriy», aksiyadorlik jamiyatlari kemalarida, shuningdek xususiy qayiqlarda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatilgan, zarur yuklar tashib berilgan. o`sha davrda o`rta Osiyo suv yo`llarida umumiy yuk ortish quvvati 7 ming tonna bo`lgan, 20 kema va 50 barja, umumiy yuk ortish quvvati 24 ming tonna bo`lgan, 1500 qayiq bor edi. 1980 yilda O`zbekistonda suv yo`llarining umumiy uzunligi 2800km ga yetdi. Amudaryoda Panj (Tojikiston) bandorgohidan Munoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga oshirildi.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yo`llari keskin qisqardi, ammo shunga qaramay 1980 yil daryo transportida 1420 ming tonna yuk tashildi. Istiqlol sharofati bilan 1994 yildan boshlab mamlakat suv transporti xizmatini yaxshlash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirila boshlandi. o`rta Osiyo paroxodchiligi Turkmaniston, O`zbekiston, Tojikiston o`rtasida joylashgan daryo floti bo`linmalarni boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. o`rta Osiyo paroxodchiligining O`zbekistondagi bo`linmalari negizida «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo floti», «qoraqalpog`iston daryo floti», ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. «o`zavtotrans» korparatsiyasi huzurida daryo flot ishini muvoffiqlashtirish bo`yicha bosh boshqarma (Toshkentda) tuzildi. Respublikada Termiz daryo porti, Sharlavik, To`rtko`l, Beruniy, qoratov, Xujayli bandorgohlari, Amudaryo orqali To`rtko`l-Xonka, Chalish-Beruniy suzma ko`priklari. Xujayli kema ta`mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz porti yiliga 2,5 million tonna yukni qabul qilish-jo`natish quvvatiga ega, Afg`onistonning Xayroton bandorgohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berish xalqaro ahamiyatga ega. Respublika daryo flotida 150 yaqin teploxod, shuningdek barjalar zemlesoslar, suzuvchi ekskavatorlar, port kranlari va boshqa yordamchi kemalar umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Xalq xo`jalik yuklari asosan Termiz-Xayraton, Sharlavuk- To`rtko`l, Xujayli-To`rtko`l, Xujayli-Beruniy, qoratov-Tahritosh yo`nalish-larda tashiladi. Yiliga daryo floti 132,7 ming tonna yuk tashil-moqda. O`zbekistonning port va bandargohlari temir yo`llar bilan bog`langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |