Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Avtomobil transportining shakllanishi



Download 441,07 Kb.
bet2/12
Sana26.05.2022
Hajmi441,07 Kb.
#609082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

1. Avtomobil transportining shakllanishi

O`zbekiston xalq xo`jaligi tasarrufida turli maqsadlarga mo`ljallangan 200 ming ga yaqin yuk avtomobillar xizmat ko`rsatadi. Respublikada fuqarolarning shaxsiy mulki bo`lgan 788,2 ming yengil avtomobillari bor.


Respublikada transport tizimi temir yo`l, avtomobil yo`llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stansiyalar yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallar va infra struktura bo`linmalarini qamraydigan murakkab xalq xo`jaligini tashkil etadi.
Xalq xo`jaligining sanoat,qishloq xo`jaligi, qurilish, suv xo`jaligi, aloqa, savdo, sog`liqni saqlash. Komunal xo`jaligi, mada-niyat, mudofa va boshqa tarmoqlarida ixtisoslashgan yirik avto-transport korxonalari mavjud.
1995 yilda Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida yo`lovchilar tashishga mo`ljallangan 14,7 avtobus, 5000 dan ko`proq yengil taksi mashinalari ishladi. Respublika bo`yicha 2892 avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnadi. Avtobuslar bilan har kuni 5 millionga yaqin yo`lovchi tashiladi. Respublakada 27 ta avtovokzal, 120 ta avtostansiya xizmat ko`rsatadi. Faqat shahardagi avtobus qatnaydi. 1995 yili avtobuslar 1819,6 million yo`lovchi tashiladi.
Avtomobil yo`llari.
Yo`l xo`jaligi tarmoqlarida 34,5 ming ishchi va injener texnik xodim band. Respublikadagi avtomobil yo`llarining jami uzunligi 115 ming km ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo`llarining uzunligi 43,4 ming km. Jumladan 3243 km xalqaro, 18801 km davlat, 21939 km mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan yo`ldir. Shuningdek Respublikada idoraga karashli yullar xam mavjud. 1992 yil 3 iyunda avtomobil yo`llari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
1992 yil fevralda O`zbekiston avtomobil yo`llarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni (o`zavtoyo`l) tuzilgan. Kotsern tarkibida qoraqalpog`iston Respublikasi viloyatlari avtomobil yo`llari boshqarmalari, 162 tuman avtomobil yo`llari boshqarmalari, 532 yo`llar asrash va ulardan foydalanish bo`limlari, «o`zyo`lloyiha» Respublika va yo`l inshoatlar qurish, qayta qurish va ta`mirlash bo`yicha loyiha qidiruv instituti, ko`prik temir- beton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalari bor.
XX asr boshlarida O`zbekistonda 27 ming km yo`l bo`lib. Asosan ot-arava, karvon va yo`lovchilarga mo`ljallangan shundan faqat 2ming km ga shag`al yotqizilgan edi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo`llarini xalqaro andozalarga moslash, yo`llarni saqlash va ta`mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat viloyatlarini xalqaro magistrallar bilan bog`laydigan yo`llar qurilishi masalalariga e`tibor kuchaydi. Bu borada O`zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-o`sh, Ergashtom-qashqar avtomobil yo`llarini ishga tushirishda (1997 yil 21 iyul) hind okeaniga imkon beradigan Termiz Xitoy-Karochi avtomobil yo`li qurilishida o`z ulishi bilan qatnashmoqda. Respublikaning o`zida Farg`ona vodiysi bilan Toshkent vohasini qamchik dovoni orqali bog`laydigan yirik avtomobil yo`li hamda qo`ng`irot-Denov avtomagistrali qurilishida jadal olib borilmoqda. Respublikada jami yo`llarning 95,6% ga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan sement-beton qoplamli yo`llar 0,8% (336 km), asfalt - beton qoplamli yo`llar 49,6%(21819 km), qora shag`alli va qora qoplamli yo`llar 40,6%(17769 km)ni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo`lgan avtomobil transporti va avtomobil yo`llari ham o`rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo`q. Qisqa masofalarga yuk va yo`lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo`lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko`rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo`lgan tog`li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.
O`zbekiston hududida avtomobil yo`llari tarmog`i ancha keng har 1000 km² maydonga avtomobil yo`llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo`llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi 115 ming km dan ortiq. Shularning 95,6 foizi qattiq qoplamali yo`llardir. Mamlakatimiz hayotida muhim o`rin tutgan avtomobil yo`llari jumlasiga eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o`tgan Katta O`zbek avtomobil trakti kiradi. 1940 yili qurib bitkazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo`lgan ushbu ravon yo`l qanchadan-qancha yuk va yo`lovchilar tashishga hamda hududlar orasida transport xizmati ko`rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanishdan oldin Farg`ona vodiysidagi 3 viloyat va qator shaharlarni jumladan Qo`qon, Marg`ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog`lab turuvchi aylanma yo`l qayta qurildi. Shuningdek, turli davrlarda ishga tushgan Toshkent-O`sh, Samarqand-Buxoro, Toshkent halqa yo`li, Nukus-G`uzor, Qo`ng`irot-Beynov kabi yana qator avtomobil yo`llari ham O`zbekistoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.
1959 yilda Toshkent-Angren-Qo`qon avtomobil yo`li (248 km) qurildi. Bu yo`l Qurama tog`idagi Qamchiq (890 m) va Rezak (368 m) tonnellaridan o`tadi. Mazkur yo`l orqali Toshkentdan Farg`ona vodiysiga tashiladigan yuklar, temir yo`lda tashiladigan yuklarga qaraganda 3-4 baravar tez yetkaziladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo`llarini xalqaro andozalarga moslash, yo`llarni saqlash va ta`mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlariga xalqaro magistrallar bilan bog`laydigan yo`llar qurilishi masalalariga e`tibor kuchaydi. Shu bilan birga endilikda avtomobil transportida ham xususiylashtirish, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish davom etmoqda. Transport vositalari-avtobuslar, yuk va yengil mashinalarga ega bo`lgan jamoa hamda xususiy xo`jaliklar ko`paymoqda, ularning yo`lovchi va yuk tashishda salmog`i asta-sekinlik bilan o`sib bormoqda.
Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik ba`zasi mustahkam-lanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. O`zbekiston avtomobil transportida qo`shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog`lanish istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O`rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo`lgan yirik avtomagistrallar qurishda tashabbuskor bo`lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeani mintaqasiga) chiqish imkoniyatini beruvchi "Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashqar" avtomobil yo`li hamda Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan "Termiz -Hirot-Karachi" avtomobil yo`li qurilishida va shu yo`nalishda mavjud bo`lgan yo`llarni qayta ta`mirlashda o`z ulushini qo`shish bilan qatnashmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek, "O`zbekiston Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek, Buxoro-Seraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandaxor-Karochi avtomobil yo`llarini qurish va qayta ta`mirlash ishlariga hissa qo`shgan holda qatnashishdan ham manfaatdor".1


Download 441,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish