3.Shahar yo`lovchi tashish transporti haqida
O`zbekiston transport tizimida shahar yo`lovchi transport xizmati alohida o`rin tutadi. Respublika shaharlarida aholini belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoat transporti-abtobus, tramvay, trolleybus, yer osti transporti (metropoliten), yengil avtomobil transporti (taksi) xizmat ko`rsatadi. O`zbekistonda XX asr boshlariga qadar ot-ulov asosiy transport vositasi bo`lgan. 1901 yilda Toshkentda konka –tor temir yo`l izida otlar sudraydigan bir vagonli dastlabki shahar transporti, 1912 yilda 1-tramvay ishga tushirildi.
Respublika shaharlarida aholi yo`lovchilarni belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoa ko`cha transporti-avtobus,tramvay, troleybus, yer osti transporti (metropoliten), yengil avtomobil transporti (taksi) xizmat ko`rsatadi. Shahar tashish transportining ibtidoiy turi 19- asrning ikkinchi yarmida yirik shaharlarda paydo bo`lgan ko`p sonli izvoshlar edi. 1901 yilda Toshkentda temir yo`l izida otlar sudraydigan bir vagonli dastlabki shahar transporti, 1912 yil birinchi tramvay ishga tushirildi. 1913 yil tramvay yo`li uzunligi 38 km ga yetkazildi. 68 tramvay vagoni qatnadi, 27 mln. yo`lovchi tashildi.
1926 yili respublikada muntazam avtobuslar yordamida yo`lovchilar tashish boshlangan edi (dastlabki shaharlararo avtobuslar qatnovi 1906 yilda Farg`ona-Marg`ilon marshrutida yo`lga qo`yilgan edi). Ana shundan beri yo`lovchilar tashuvchi avtobuslar ham son, ham sifat jihatidan juda o`sib ketdi.
O`zbekistonning qator shaharlarida, jumladan Toshkent (1947), Samarqand (1967), Olmaliq (1968), Farg`ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973), Buxoro (1987), Nukusda (1992) trolleybuslar qatnab turibdi.
Umuman olganda respublikamiz poytaxti-Toshkent shahrida shahar yo`lovchi transport tizimi yaxshi rivojlangan. Poytaxtda “Toshshaharyo`lovchitrans” Davlat uyushmasiga qarashli 11 ta avtobus parki, 2 ta tramvay va 3 ta trolleybus deposi, 5 ta taksopark mavjud. 1977 yil Toshkentda metro qurilib ishga tushurildi. Hozirda metropolitenning 3 ta yo`nalishi (Chilonzor, O`zbekiston, Yunusobod) va 29 stansiyasi mavjud. Shahar bo`yicha sutkasiga qariyb 3 mln yo`lovchi tashilmoqda.
Birinchi marotoba troleybus qatnovi1917 yil Toshkentda boshlandi. Undan keyingi yillarda Samarqand (1967), Olmaliq(1968), Farg`ona(1970), Andijon(1971), Namangan(1973), Buxoro(1987), Nukus(1992), Urganch(1997), Jizzax(1997) shaharlarida trolleybuslar qatnay boshladi.
Trolleybuslar yo`llarining umumiy uzunligi 403 km(1998:Toshkent),shu jumladan Andijon(72,2),Buxoroda(30,7), Namanganda(65,5km), Nukusda(15km), Olmaliqda(53,2 km), Samarqandda (66,5 km), Farg`onada(56 km), Urganchda(5 km), Jizzaxda(14 km). Toshkent shahrining o`zida trolleybus yo`llarining uzunligi 295,5 km. 1997 yilda Xivaning 2500 yilligi nishonlash arafasida Urganch shahrida aeroport bilan temir yo`l vokzalini bog`layotgan trolleybus yo`li va 25 km li Urganch - Xiva trolleybus yo`li ishga tushirildi.
Tramvay. Toshkent shahrida rivojlangan tramvay yo`llarining umumiy uzunligi 293,1 km 1995 yilda 25 ta marshrutda o`rtacha 293 tramvay (vagon)yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. Toshkent shahrining o`zida tramvay va trolleybuslar bir kunda 1mln. dan ortiq yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.
Avtomobil. Yulovchilar uchun avtotransporti muhim o`rinda turadi. 85 ta shahar va shaharchalarda ichki shahar avtobus va yengil taksi qatnovi yo`lga qo`yilgan, shaharlarda 670 dan ortiq marshrutlar avtobuslar qatnaydi.
Yo`lovchilar umumiy hajmining 70% dan ko`proq avtobus va yengil hamda mikro avtobus taksilarga to`g`ri keladi.
Metropoliten. Yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublika metro qurilishi Toshkent shah-rida 1972 yilda boshlandi. Uning uzunligi12,2 km bo`lgan «Sobir Raximov»-«Maksim Gorkiy» stansiyalarida birinchi navbati 1977 yil 6 noyabrda, 4,6 km li, ikkinchi navbati 1980 yil 18 avgustda ishga tushirildi. Toshkent metropolitenining ikkinchi yo`li «Mashinasoz»-«Beruniy» stansiyalari 1984-91 yillarda va to`rtinchi navbati bosqichma- bosqich foydalanishga topshirildi (uzunligi qariyib 15 km). Toshkent metropoliteni 3-yo`li markazi Yunus-obod dahasi bilan bog`laydi. Uzunligi 14 km bo`lgan bu yo`lda qurilish ishlari olib borilmoqda Metropolitenda sutkasiga o`rtacha 270 - 300 ming yo`lovchi tashiladi.
Truboprovod transporti.
O`zbkekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi nefteprovod 1908 yil Chimyon neft konidan Vannovsk (hozirgi Oltiariq) neft qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik Farg`ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlarining ochilishi bilan transport jadal rivojlantirildi. Neft konlarida Farg`ona va Oltiariq neftini qayta ishlash zavodlarga umumiy uzunligi 228,5 km bo`lgan nefteprovodlar qurildi. Respublika janubida, Surxondaryo viloyatida 1947 yil Lalmikor, qumqo`rg`on va 1969 yil Amudaryo - Amu - Zang liniyalari qurildi (umumiy uzunligi 40 km). qashqadaryo viloyatida yangi neft konlari ochilgandan keyin 1977 yil ¢arbiy Toshloq, qashqadaryo stansiyasi (3,3 km) Shimoliy o`rta buloq - Oltingugurt zavodi (72 km) nefteprovodlar ishga tushiriladi. 1994-97 yillarda uzunligi 100 km bo`lgan ko`k dumaloq - Buxoro neftini qayta ishlash zavodi nefteprovodi qurilib ishga tushirildi. Farg`ona neftini qayta ishlash zavodi xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlashga xizmat qiladigan qamchiq dovoni orqali o`tadigan Xonobod - Angren nefteprovodining qurilishini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Buxoro, qashqadaryo viloyatlarida ulkan gaz konlarining topilishi va ishga tushirilishi bilan O`zbekistonda gaz provod transporti rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |