Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


Chilla davri tromboflebiti



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

Chilla davri tromboflebiti 
(yuza va chuqur boldir venalari va 
kichik chanoq venalarida). Kasallik boshidanoq aniq namoyon bo‘ladi. 
Chunki tug‘gan ayolning oyoq tomirlarida (ko‘pincha boldirda, 
ayrim holda yonboshida) og'riq paydo bo'ladi. Tom ir yo'nalishida 
og'riq va tizim chasim on dag'allashish kuzatiladi. Bem orning 
um um iy holati o'zgarmaydi.
C hanoq tomirlari trom boflebitida ayolning um um iy holati 
yomonlashadi: tana harorati ko'tariladi, titrash, qorin pastida og'riq 
paydo bo'ladi. Ayrim hollarda qo'l bilan chuqur paypaslaganda 
venalarning qattiq og'riqli tugunlarini sezish mumkin. Bunda 
tug'gan ayolga yotish rejimi, iloji boricha oyoqlarni tepaga ko'tarib 
yotish buyuriladi. A ntikoagulyantlar (geparin, aspirin) asosiy 
davolash vositalaridir. Shu bilan birga, umumiy holatini yaxshilshga 
qaratilgan davolash ham o'tkaziladi.
Chilla davri mastiti 
chilla davrida ko'p uchraydigan asoratlardan 
biri bo'lib, ko'zi yorigan ayollaming 3—5 foizida uchraydi. Infeksiya 
ko'krak uchi yoriqlari va sut yo'llari orqali o'tadi. Laktostaz (sut 
turib qolishi) da sut bezi yallig'lanishi ko'p uchraydi. Serozli mastit 
ayolning butun a ’zosiga birdan, qattiq og'riq beradi. Tug'gandan 
keyingi 2—4 hafta davomida harorat ko'tariladi, titrash, sut bezlarida 
og'riq, bosh og'rig'i, tinka qurishi kuzatiladi. Sut bezlari katta- 
lashadi, yallig'lanish o'choqlari ustida teri qizaradi. Agar bemor 
yetarli darajada davolanmasa, kasallik infiltrativ zichlashgan og'riqli 
shaklga o'tadi.
N oto'g'ri davolansa, infiltrat yiringlami davolash antibakterial 
terapiya yo'li bilan yakunlanadi, sut bezlarining qotib qolishi bar- 
ta ra f etiladi. Bunda tug'gan ayolning im m uniteti ko'tarilib , 
detoksikatsiya va desensibilizatsiya o'tkaziladi. Bunday holatda sut 
sog'ib tashlanib, ko'krak maxsus bog'lam a bilan ko'tarib qo'yiladi. 
Kasallik davrida bolani ko'krak bilan emizish man etiladi.
Sut kelishini kamaytirish uchun bemorga parlodel buyuriladi. 
Kasallikning yiringli shakllarida davolash jarrohlik usuli bilan 
o 'tk az ila d i (k o 'k ra k bezi kesiladi, yuviladi va an tib io tik lar 
yuboriladi).
107


Mastitning oldini olish tadbirlariga tug‘uruqxonadagi sanita- 
riya-epidemiologiya rejimiga q at’iy amal qilish kiradi. Tug‘gan 
ayolning sut bezi uchi yorilmasligi va ko'kragida sut turib qolmas- 
ligining oldini olish kerak. Buning uchun homiladorlik paytida 
stafilokokka qarshi faol im m unitet hosil qilish uchun tozalangan 
stafilokokk anatoksinidan emlash tavsiya etiladi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish