Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


Shikastlar bilan tug‘ilgan chaqaloqlar va



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

7.4. Shikastlar bilan tug‘ilgan chaqaloqlar va
ularning parvarishi
Miyada qon aylanishi buzilgan va tug‘uruq vaqtida shikastlangan 
chaqaloqlar og‘ir ahvolda deb hisoblanadi va alohida parvarish 
qilinadi. Suyak chiqishi, sinishi, g‘urra, parez va falajliklar kam 
uchraydi.
Miyada qon aylanishi buzilgan chaqaloq tug‘ilishining birinchi 
soatlaridayoq e ’tiborni tortadi. U nda qan d ay d ir bezovtalik
asfiksiyaning qaytarilishi kuzatiladi. Bunday chaqaloq chinqirig'i 
o ‘ziga xos, ya’ni bor ohangda ingroq bo ‘ladi. Ayrim hollarda u 
aksincha, past va zaif eshitiladi. Chaqaloqning ko‘zi ochiq va bir 
nuqtaga qadalgan b o ‘ladi („O chiq ko‘zlar“ simptomi). Chaqaloq 
bezovta b o ‘lgandan keyin lanj bo ‘lib qoladi, ko ‘p uxlaydi va kam 
harakat qiladi. U lanjlik bilan emadi, zaif, lekin tez-tez nafas 
oladi, pulsi sekinlashadi, tomiri bir daqiqada 80—100 ta uradi. 
K o‘pincha termoregulatsiyasi buziladi, esnash, hiqichoq tutish, 
qorin shishishi, ichi yurishmaslik, siydik tutilib qolishi yoki, 
aksincha, siydik tuta olmaslik hollari uchraydi. Bunday chaqaloqlarda 
miya qon aylanishi buzilgan hisoblanadi. Ular shifokor va hamshira
101


tomonidan qattiq nazorat ostiga olinadi. Bunday chaqaloqlar yotgan 
palata nihoyatda osoyishta boMishi, muolajalarni ularni q o ‘z- 
g’atmasdan bajarish zarur.
Palatada toza va yangi havo bo‘lishi (bir kecha-kunduzda kamida 
7 marta shamollatish), havo harorati muddatiga yetib tug'ilganlar 
uchun +22°C dan oshmasligi, chala tug‘ilganlar uchun +24—25°C 
bo‘lishi lozim. Xonada tinchlik saqlanishi kerak, chunki shikast 
bilan tug‘ilgan bola shovqindan kasallanib qoladi. Bolaga ko‘krak 
suti so‘rg‘ich orqali beriladi. Agar bola ema olmasa, ona suti 
zond orqali yuboriladi.
Chala tug‘ilgan bolalarning parvarishi t o ^ r i olib borilsa, ular 
ham 2—3 yilda sog‘lom va yetuk tug‘ilgan bolalar darajasiga yetib 
olishi mumkin. Birinchi bor yo‘rgaklash va o ‘rashda qo'shim cha 
isitish lampasidan foydalaniladi. Bolaning ichki kiyimlari isitiladi. 
U quruq isitilgan va sterillangan choyshab bilan yo'rgaklanadi. Bu 
yerga zarur miqdorda kislorod berib turiladi. Ochiq va yopiq 
shakldagi elektr isitish karavotchalari bo‘lishi (kyuvezlar) kerak. 
U havo harorati va namlikni bir maromda bo‘lishini ta ’minlaydi. 
Kyuvez ichiga tarozi va kvars lampasi o ‘rnatiladi. Bola kyuvezda 
ochiq holda yotadi.
Bolani kyuvezdan karavotchasiga yotqizilayotganda birinchi 
kunlari zararsizlantirilgan choyshab bilan yo‘rgaklanadi, keyin- 
chalik esa yaxshilab dazmol urilgan choyshablardan foydalanish 
mumkin.
Chala tug‘ilgan bolalarda termoregulatsiya pasaygani uchun 
ular tez sovuq qotishi va isib ketishi mumkin. Bunday chaqaloq­
larda im m unitet keskin pasayganligi hisobiga ular gripp, b o ‘g ‘- 
ma, piodermiya, sepsis kabi yuqumli kasalliklarga ko‘p chalina- 
dilar. Terini qurishdan asrash m aqsadida zararsizlantirilgan 
o'sim lik moyi, ayniqsa, badandagi tabiiy burm alarga ko ‘proq 
surtiladi.
Harorati + 37—38°C b o ‘lgan suvli gigiyenik vanna kunora 
o ‘tkaziladi. Kindik yarasi tuzalib bo‘lgach, har kuni 3—4 daqiqalik 
vannadan so‘ng zararsizlantirilgan, ilitilgan choyshabga o ‘rab 
qo'yiladi. K o‘zlari kaliy p erm anganatning kuchsiz eritm asi 
(1 : 5000) bilan chayiladi yoki borat kislotasining 2 
%
lisi bilan 
artiladi. Suyuqlik solinadigan idishlar har kuni qaynatilishi lozim.
Og‘iz bo‘shlig‘i oqarmasligining oldini olish uchun og‘iz shilliq 
pardalari har emizishdan oldin tekshirib turiladi. Foydalanilgan 
barcha jihozlar zararsizlantirilishi lozim.
102


Og'zi oqargan bolalarning shilliq pardalari kuniga ikki marta 
metilen ko‘kining 1% li suvli eritmasi bilan artiladi. Bunda gensianvi- 
olet (pioktanin) yoki brilliant yashilining 1 %li suvli eritmasidan 
foydalanish mumkin. Og‘iz bo ‘shlig‘idagi toshm a ehtiyotlik bilan 
2 % shirin qiyomli soda suvi bilan yoki 10 % li borat kislotasi 
bilan tozalaniladi. Burun kataklari shilliq va qasmoqdan iliq suvda 
namlangan yoki iliq yog‘ shimdirilgan 2 ta yumshoq tam pon bilan 
tozalanadi. Chala tug‘ilgan bolalarda sog‘lom bolalaiga nisbatan kindik 
gardishi kechroq tushadi. Kindik gardishi 70° li spirt bilan artib 
turiladi, brilliant yashilining spirtli eritmasidan surtib, zararsizlan­
tirilgan quruq latta bilan o'rab qo'yiladi.
Chala tug‘ilgan bolalar normal holga yetganda uyiga ketishga 
ruxsat beriladi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish