Amaliy mashg‘ulot.
S
abzavotlardan yaxna taomlar
tayyorlash
Yaxna taom va tamaddilar ham ovqatning yengil turidir.
Ular, asosan, yangi sabzavotlardan tayyorlanishi sababli vita-
minlarga, mineral tuzlarga, organik kislotalarga boy bo‘ladi.
Yaxna taomlar ishtahani ochishda, ovqat hazm qilishda, ichak
faoliyatini yaxshilashda ahamiyati katta. Yaxna taomlar tashqi
ko‘rinishi, bezatilishi, ta’mi, turli rangda va shaklda bo‘lishi
bilan boshqa taomlardan ajralib turadi. Tamaddilar yaxna va
issiq bo‘lishi mumkin. Umuman tarkibi faqat asosiy masal-
liqdan iborat bo‘lib, garnir bilan yoki garnirsiz tortiladigan
taomlar yaxna tamaddilar, deb ataladi.
Yaxna taom va tamaddilarni dasturxonga tortishda yuzasi
ko‘katlar, salat bargi yoki boshqa sabzavotlar bilan chiroyli
shakllar yasab bezatiladi. Yaxna taom va tamaddilar likop-
chalarda, chinni va boshqa maxsus salat idishlarida dastur-
xonga tortiladi.
Yaxna taomlar tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga
qat’iy amal qilish zarur, chunki ularni dasturxonga tortishdan
oldin issiqlik ishlovi berilmaydi. Yaxna taomlarni dasturxon-
ga tortishda harorati 10
–12° bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |