Kakao tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 6 g kakao
kukuni, 25 g shakar, 130 ml sut.
1. Kakao kukuni bilan shakarni qo‘shib aralashtiriladi.
2. Bu massaga ozgina qaynoq sut quyib, yaxshilab aralashti-
riladi.
3. So‘ngra qolgan sut quyilib qaynagunicha isitiladi.
4. Tayyor kakaoni stakan yoki
finjon (chashka)larga quyib,
dasturxonga tortiladi.
1. Issiq ichimliklarning qanday turlari mavjud?
2. Choyning organizm uchun ahamiyati qanday?
3. Choyni damlash tartibini aytib bering.
4. Oq choyni damlash tartibini aytib bering.
121
5. Shirchoyni tayyorlash uchun nimalar kerak bo‘ladi?
6. Qahvani damlash usullari qanday?
7. Sutli qahva qanday damlanadi?
8. Kakaoni tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?