4. Sabzavotli vinegretni tayyorlash bosqichlarini aytib bering.
5. Go‘shtli salat qanday tayyorlanadi va dasturxonga qanday tortiladi?
Ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan buter-
brodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi
Buterbrodlar ko‘p tayyorlanadigan tamaddi turi hisoblanadi.
Ularning tayyorlanishi jihatidan ochiq, yopiq va gazak uchun
tayyorlangan turlari bo‘ladi. Buterbrodlar, asosan, ertalabki
nonushtaga tay yorlanadi.
Ochiq buterbrodlar. Bunday buterbrodlarni tayyorlash-
da bo‘lka yoki baton non taxminan 1 sm qalinlikda, 40 g
og‘irlikda tekis qilib qirqiladi. Tayyorlangan mahsulot non
bo‘lagi ustiga uni yopib turadigan qilib joylanadi. Mahsulot
1–3 tagacha bo‘laklanishi, buterbrod bir yoki bir necha xil
mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin (13-rasm).
14-rasm. Yopiq buterbrodlar.
13-rasm. Ochiq buterbrodlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |