1.3. PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN
TEXNOLOGIK JIHOZLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Jihоzlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish haqida umumiy
tushunchа
Pazandachilikda uy sharoitida va texnologik jarayonlarda
ishlatiladigan jihozlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Taom va pazandachilik mahsulotlarni tayyorlashda va
isitishda ishlatiladigan jihozlar: gaz yoki elektr plita va du-
xovkalari, elektr tovalar, elektr suv qaynatkich, mikroto‘lqinli
pech, toster va boshqalar.
2. Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan ji-
hozlar: go‘shtqiymalagich, sabzavotlarni tozalash va to‘g‘rash
moslamasi, sharbat siqqich kabilar.
3. Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan
jihozlar: idish-tovoqlarni saqlaydigan shkaflar, stollar, taxta-
111
kachlar, pichoqlar, bolg‘achalar, idish-tovoqlar va oshxona
anjomlari.
4. Dasturxon tuzash uchun zarur bo‘lgan jihozlar: stol-stul-
lar, oshxona servislari va asbob-anjomlari, dasturxon va so-
chiqlar.
Oshxonada ishlatiladigan jihozlar, idish-tovoqlar harorat
o‘zgarishiga, yuvuvchi moddalarga, dezinfeksiya vositalariga
chidamli, sirti silliq, tiniq bo‘lishi lozim. Oshxonada ishlatila-
digan nomexanik jihozlarga stollar, idish-tovoqlar, mahsulot-
lar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi. Stollar usti suv
o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi.
Idishlar issiq suvga biroz iste’mol sodasi, yuvish vositala-
ri solib, tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar
idishlarni yaxshi tozalaydi. Og‘zi tor idishlarning ichi max-
sus cho‘tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa
iste’mol sodasi qo‘shilgan suvda qaynatib, so‘ng yuviladi.
Taomlarni tayyorlashda turli o‘lchamdagi qozonlar va tova-
lardan, kastrulka hamda sirlangan tog‘arachalardan foydalani-
ladi. Mahsulotlarga ishlov berish uchun esa maxsus moslama-
lar, asboblardan foydalaniladi. Bunday mos
la
malarga turli xil
taxtakachlar, taxta-o‘qlovi, juva, g‘alvir, elak, ko‘pirtirgich,
turli kattalikdagi tog‘orachalar, shakldor keskich, shirinlik qo-
liplari kiradi. Hozirgi davrda bunday anjomlarning zamonaviy
turlaridan ham foydalanilmoq da. Xususan, turli idish-tovoqlar,
qasqonlar, kastrulkalar, chovgum, salat idishlari, suv qaynat-
kich, mikrovolnovka, zamonaviy choynak, turli o‘lchamdagi
pichoqlar, sharbat tayyorlagich shular jumlasiga kiradi.
Bulardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar qiziqarli olib bo-
riladi hamda o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘or anjomlari va asbob-
uskunalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshiradi.
Oshxonada mahsulotlarni kesib to‘g‘rashda taxtakachdan
foydalaniladi. Xom go‘sht kesadigan taxtalar, pichoqlar alo-
112
hida ajratilib belgilab qo‘yiladi, ya’ni «XG» (xom go‘sht
uchun). Pishgan go‘sht, kolbasa, pishloq, non va hokazolar-
ni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoq-
lar ishlatiladi, ya’ni «XS» (xom sabzavot), «PG» (pishgan
go‘sht), «PS» (pishgan sabzavot), «N» (non) va boshqa harf-
lar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |