Sabzavotlardan «Bahor» salatini tayyorlash
Amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan asbob va
idishlar: xom sabzavotlar uchun taxta va pichoqlar, tog‘oracha,
salat idishlari, salatni bezash uchun sabzavotlarni shakldor qi-
lib kesiladigan asbob va pichoqlar, sanchqi.
Kerakli masalliqlar: 4 dona rediska, 1 bog‘ salat bargi,
2 dona yangi bodring, 1 bog‘ ko‘k piyoz, 2 dona tuxum,
200 g smetana yoki qatiq.
Ishni bajarish tartibi: 1. Tozalangan va yuvilgan rediska,
bodring mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi.
2. Salat bargi katta bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘raladi, ko‘k
piyoz 1,5–2 sm uzunlikda, ukrop mayda qilib to‘g‘raladi.
3. Tuxum suvda qaynatib pishirilib, po‘stlog‘i archiladi va
somoncha shaklida to‘g‘raladi.
4. Ukropdan tashqari hamma masalliqlar aralashtirila-
di, smetana yoki qatiqqa qorishtiriladi. Tayyor bo‘lgan salat
idishlarga solinib, ukrop sepiladi, ko‘katlar va tuxum bilan
bezalib, dasturxonga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |