Aksiadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'G'risida



Download 429 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2017
Hajmi429 Kb.
#3583
1   2   3   4   5

Oldingi tahrirga qarang.

Yopiq aktsiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas.

(32-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 23 iyuldagi ƠRQ–104-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 29-30-son, 297-modda)

33-modda. Jamiyatning aktsiyalari va boshqa qimmatli qoğozlariga haq tơlash

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatni taъsis etishda joylashtiriladigan aktsiyalarga jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgan sanadan eъtiboran kơpi bilan bir yil ichida muassislar tomonidan haq tơlanishi lozim. Mazkur muddat ơtganidan keyin muassislar tomonidan haqi tơlanmagan aktsiyalar bekor qilinishi kerak.

Jamiyatning qơshimcha aktsiyalariga mazkur aktsiyalarni chiqarish tơğrisidagi qarorda kơrsatilgan joylashtirish muddati ichida haq tơlanishi lozim.

(33-modda birinchi va ikkinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Jamiyat ustavida aktsiyalar haqini tơlash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatning aktsiyalari va boshqa qimmatli qoğozlariga haq tơlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va tơlovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatni taъsis etish choğida uning aktsiyalariga haq tơlash shakli jamiyatni tashkil etish tơğrisidagi shartnomada (qayta tashkil etish tơğrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qơshimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qoğozlarga haq tơlash esa, ularni joylashtirish tơğrisidagi qarorda belgilab qơyiladi.

(33-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(33-modda beshinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Jamiyatni taъsis etish choğida aktsiyaga tơlanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar ơrtasidagi kelishuvga muvofiq chiqariladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar jamiyatning shu yơsinda sotib olinayotgan aktsiyalari va boshqa qimmatli qoğozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan kơpni tashkil etsa, jamiyatning aktsiyalari va boshqa qimmatli qoğozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini mustaqil narxlovchi chiqarishi kerak.

(33-moddaning ettinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyat ustavida uning aktsiyalari va boshqa egasi yozilgan qimmatli qoğozlari haqi sifatida topshiriladigan mol-mulk turlari cheklab qơyilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

(33-modda tơqqizinchi va ơninchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

34-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari

Jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav fondining ơn besh foizidan kam bơlmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustav fondida belgilangan miqdorga etguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar ơtkazish orqali tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bơlmasligi kerak.

Jamiyatning zaxira fondi kơrilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aktsiyalar bơyicha dividendlar tơlash va ushbu Qonunga muvofiq aktsiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bơlgan aktsiyadorlarning talabiga binoan aktsiyalarni sotib olish uchun mơljallanadi.

Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisob-kitob maъlumotlari bơyicha belgilangan tartibda baholanadi.

Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aktsiyadorlari tasdiğiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga kơra jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan oz bơlib chiqsa, jamiyat ơz ustav fondini sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishini eъlon qilishi shart.

Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aktsiyadorlari tasdiğiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati ushbu Qonunning 20-moddasida kơrsatilgan ustav fondining eng kam miqdoridan oz bơlib chiqsa, jamiyat ơzini tugatish haqida qaror qabul qilishi shart.

Jamiyatning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish tơğrisida qaror qabul qilinmasa, uning aktsiyadorlari, kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlar jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.

Oldingi tahrirga qarang.

IV BƠLIM. AKTsIYaLAR VA BOShQA QIMMATLI QOĞOZLARNI JOYLAShTIRISh

(IV bơlim nomi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(35-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

36-modda. Aktsiyalarni joylashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.

Yopiq aktsiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatlariga ơzgartirish jarayonida chiqarilgan aktsiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.

(36-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Emitent tomonidan aktsiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat rơyxatidan ơtkazilgan paytdan eъtiboran bir yildan oshmasligi kerak.

(36-modda tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aktsiyalar va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qơyiladi, jamiyat ustavida bu xususda kơrsatmalar bơlmasa, aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarorida jamiyat aktsiyalari va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarini joylashtirish uslubi tơğrisida kơrsatma bơlmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.

Jamiyatning aktsiyalar va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat korxonalarini qayta ơzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalarini rơyxatdan ơtkazish va muomalaga chiqarish tartibi tơğrisida»gi nizomning 8-bandi va «Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarini chiqarish, davlat rơyxatidan ơtkazish va chiqarilgan aktsiyalarni bekor qilish tartibi tơğrisida»gi nizomning 5 paragrafi (rơyxat № 1159, 10.07.2002 y.).

Qonun hujjatlarida ochiq aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalar va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bơlgan hollar belgilab qơyilishi mumkin.

(36-moddaning birinchi, ikkinchi, tơrtinchi va oltinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

37-modda. Aktsiyalarning joylashtirish bahosi

Jamiyatning aktsiyalariga haq tơlash bozor qiymatida amalga oshiriladi.

Jamiyatni taъsis etish vaqtida uning aktsiyalari haqini tơlash jamiyat muassislari tomonidan aktsiyalarning nominal qiymati bơyicha amalga oshiriladi.

Jamiyat quyidagi hollarda aktsiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:

jamiyatning qơshimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari bơlgan aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni bozor qiymatining tơqson foizidan past bơlmagan narxda sotib olishdan iborat ơz imtiyozli huquqlarini rơyobga chiqargan hollarda;

qơshimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan kơpi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bơlganida.

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aktsiyalar ularning nominal qiymati bơyicha joylashtiriladi va bu hol emissiya maъlumotnomasida qayd qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

371-modda. Aktsiyadorlik jamiyatlariga ơzgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari aъzolari tomonidan aktsiyalarni olinishi

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi aъzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aktsiyalar qiymati haqini tơlab ustav fondidagi tegishli ulishdan aktsiyalar sotib olish huquqiga ega bơladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisida Nizom.

(371-moddaning nomi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

38-modda. Aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarning joylashtirish bahosi

Jamiyat aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni ularning bozor qiymati bơyicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:

odatdagi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlar odatdagi aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qoğozlarni bozor qiymatining tơqson foizidan kam bơlmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini rơyobga chiqarsalar;

aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan kơpi bilan bunday qimmatli qoğozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bơlishi.

Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini tơlashni yoki aktsiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

39-modda. Aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtirishda aktsiyadorlarning huquqlarini taъminlash

Agar jamiyat aktsiyalarni va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan tơlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalari egasi bơlmish aktsiyadorlar bunday qimmatli qoğozlarni ơzlari ega bơlgan ovoz beruvchi aktsiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.

Aktsiyalar va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlar haqi pul bilan tơlangan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qơllamaslik tơğrisidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati tơğrisidagi qaror aktsiyadorlar umumiy yiğilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aktsiyalar egalarining kơpchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.

Aktsiyalarni va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qơllamaslik tơğrisidagi qaror aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan eъtiboran kơpi bilan bir yil davomida amal qiladi.

Aktsiyalarni va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni imtiyozli olish huquqiga ega bơlgan shaxslarning rơyxati ushbu qimmatli qoğozlarni chiqarish tơğrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aktsiyadorlari reestrining maъlumotlari asosida tuziladi.

Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aktsiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

(39-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

40-modda. Aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi

Jamiyat aktsiyalarni va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan tơlanadigan qimmatli qoğozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalari egalari bơlmish aktsiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan ơz huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.

Xabarnomada aktsiyalarning va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aktsiyadorlari ơzlarining bunday qimmatli qoğozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aktsiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aktsiyador sotib olishga haqli bơlgan qimmatli qoğozlarning sonini aniqlash tartibi, aktsiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni rơyobga chiqarish tartibi tơğrisidagi maъlumotlar bơlishi lozim.

Aktsiyador aktsiyalarni va ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni sotib olishi tơğrisida ơzining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qoğozlarning soni kơrsatilgan yozma ariza va haq tơlaganlik tơğrisidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, ơzining imtiyozli huquqini tơla yoki qisman rơyobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan qơshimcha aktsiyalar va qimmatli qoğozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.

(40-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aktsiyalarni sotib olishi

Jamiyat aktsiyadorlar umumiy yiğilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan bơlsa, joylashtirilgan aktsiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yơli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish tơğrisidagi qaroriga muvofiq ơzining joylashtirilgan aktsiyalarini sotib olishga haqlidir.

Agar muomalada qolgan aktsiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bơlsa, jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yơli bilan ustav fondini kamaytirish tơğrisida qaror qabul qilishga haqli emas.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi aktsiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib olish yơli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish tơğrisida qabul qilgan qaror asosida jamiyat tomonidan sotib olingan aktsiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.

Aktsiyalarni sotib olish tơğrisidagi qarorda sotib olinadigan aktsiyalarning turlari, jamiyat sotib oladigan har bir turdagi aktsiyaning soni, sotib olish narxi, aktsiyalar haqini tơlash shakli va muddati, shuningdek aktsiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qơyilishi lozim.

Agar jamiyatning ustavida ơzgacha tartib belgilanmagan bơlsa, aktsiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq tơlanadi. Aktsiyalarni sotib olish muddati 30 kundan kam bơlmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy (odatdagi) aktsiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.

Sotib olish tơğrisida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aktsiyalarning egasi bơlmish har bir aktsiyador kơrsatib ơtilgan aktsiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar jamiyatning sotib olishi tơğrisida ariza tushgan aktsiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin bơlgan aktsiyalarning sonidan ortib ketsa, aktsiyadorlardan arizada kơrsatilgan talablarga mutanosib ravishda aktsiyalar sotib olinadi.

Aktsiyalar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu moddaning tơrtinchi qismida kơrsatib ơtilgan maъlumotlar bơlishi lozim.

Imtiyozli aktsiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat tasarrufiga ơtgan aktsiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular bơyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aktsiyalar jamiyat tasarrufiga ơtgan paytdan eъtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish tơğrisida qaror qabul qilishi lozim.

Ushbu moddaning tơqqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aktsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.

Jamiyat tomonidan ơz aktsiyalarini olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki investitsiya institutlari orqali amalga oshiriladi.

Jamiyat ơzi chiqargan aktsiyalar bơyicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek ơzi chiqargan aktsiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.

(41-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida tơqqizinchi — ơn ikkinchi qismlar bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

42-modda. Joylashtirilgan aktsiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar

Jamiyat:

jamiyatning butun ustav fondi batamom tơlanguniga qadar, agar oddiy aktsiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari bơlsa yoki bunday belgilar u aktsiyalarni sotib olganligi natijasida paydo bơlsa;

agar oddiy aktsiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam bơlsa yoxud aktsiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aktsiyalarni sotib olishga haqli emas.

Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish tơğrisida talab qơyilgan hamma aktsiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarni sotib olishga haqli emas.

43-modda. Aktsiyalarni yiriklashtirish va maydalash

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega bơlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aktsiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aktsiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning eъlon qilingan aktsiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli ơzgartishlar kiritiladi.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarni maydalash huquqiga ega bơlib, buning natijasida jamiyatning bir aktsiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aktsiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning eъlon qilingan aktsiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli ơzgartishlar kiritiladi.

44-modda. Aktsiyadorlar talabiga binoan jamiyatning aktsiyalarni qaytarib sotib olishi

Ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bơlgan aktsiyadorlar:

jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aktsiyadorlar qayta tashkil etish yoki kơrsatib ơtilgan bitimni tuzish tơğrisida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bơlsalar yoxud bu masalalar bơyicha ovoz berishda uzrli sabablarga kơra ishtirok etmagan bơlsalar;

jamiyat ustaviga aktsiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan ơzgartishlar va qơshimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aktsiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bơlsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga kơra ishtirok etmagan bơlsalar, ơzlariga qarashli aktsiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.

Oldingi tahrirga qarang.

Ơzlariga tegishli aktsiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega bơlgan aktsiyadorlar rơyxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aktsiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bơlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yiğilishda qatnashish huquqiga ega bơlgan jamiyat aktsiyadorlari reestrining maъlumotlari asosida tuziladi.

(44-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Jamiyat aktsiyalarni bozor qiymati bơyicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash choğida jamiyatning aktsiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab bơladigan harakati natijasida uning qiymati ơzgarishi hisobga olinmaydi.

45-modda. Aktsiyadorlarning ơzlariga tegishli aktsiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi

Jamiyat aktsiyadorlarni ơzlariga tegishli aktsiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.

Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aktsiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bơlgan masalalar kiritilgan aktsiyadorlar umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisida aktsiyadorlarga etkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib ơtilgan maъlumotlarni ơz ichiga olgan bơlishi lozim. Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida qatnashish huquqiga ega bơlmagan aktsiyadorlardan jamiyatning aktsiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi tơğrisidagi axborot jamiyat aktsiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bơlgan qaror qabul qilingan kundan eъtiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.

Aktsiyadorning ơziga tegishli aktsiyalarni qaytarib sotib olish tơğrisidagi yozma talabi aktsiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aktsiyalar sonini kơrsatgan holda jamiyatga yuboriladi.

Aktsiyadorlarning ơzlariga qarashli aktsiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi tơğrisidagi talablari aktsiyadorlar umumiy yiğilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eъtiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmoği lozim.

Ushbu moddaning tơrtinchi qismida kơrsatib ơtilgan muddat tugaganidan sơng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qơygan aktsiyadorlardan aktsiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.


Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish