(15-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)
16-modda. Jamiyat ustaviga ơzgartishlar va qơshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustaviga ơzgartish va qơshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(16-modda matni Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)
17-modda. Jamiyatni davlat rơyxatidan ơtkazish
Jamiyat qonun hujjatlarida kơzda tutilgan tartibda davlat rơyxatidan ơtkazilishi lozim.
Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subъektlarini davlat rơyxatidan ơtkazish, hisobga qơyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tơğrisida»gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat rơyxatdan ơtish uchun rơyxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yơli bilan tuzilgan aktsiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi.
Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subъektlarini davlat rơyxatidan ơtkazish, hisobga qơyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tơğrisida»gi nizomning 11 va 12-bandlari.
(17-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)
Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning taъsis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat rơyxatidan ơtkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni rơyxatdan ơtkazishni rad etishga yơl qơyilmaydi. Davlat rơyxatidan ơtkazishni rad etish, shuningdek rơyxatdan ơtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta rơyxatdan ơtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Aktsiyadorlik jamiyati davlat rơyxatidan ơtkazilgan sanadan eъtiboran uzoği bilan olti oygacha bơlgan muddatda jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi tơğrisidagi, kuzatuv kengashi tơğrisidagi va ijroiya organ tơğrisidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direktsiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi tơğrisidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aktsiyadorlik jamiyatining kơrsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida tasdiqlashi shart.
(17-modda Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan tơldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)
18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan ơzgartishlar va qơshimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat rơyxatidan ơtkazish
Jamiyat ustaviga kiritilgan ơzgartishlar va qơshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni rơyxatdan ơtkazishga doir 17-moddasida kơzda tutilgan tartibda davlat rơyxatidan ơtkazilishi lozim.
Jamiyat ustaviga kiritilgan ơzgartishlar va qơshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat rơyxatidan ơtkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat rơyxatidan ơtkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan eъtiboran kuchga kiradi.
III BƠLIM. JAMIYaTNING USTAV FONDI. JAMIYaTNING AKTsIYaLARI, OBLIGATsIYaLARI VA BOShQA QIMMATLI QOĞOZLARI. JAMIYaTNING SOF AKTIVLARI
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aktsiyalari
Jamiyatning ustav fondi aktsiyadorlar sotib olgan jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bơlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining ơz kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisidagi Nizomning V bơlimi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aktsiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aktsiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
(19-modda uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat taъsis etilayotganda uning barcha aktsiyalari muassislar ơrtasida joylashtirilgan bơlishi kerak.
20-modda. Ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgan sanada Ơzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bơyicha ellik ming AQSh dollariga teng bơlgan summadan kam bơlmasligi kerak.
(20-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustav fondini taъsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng kơp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bơlmasa, jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgan paytdan eъtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
(20-moddaning matni Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)
21-modda. Jamiyatning ustav fondini kơpaytirish
Jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qơshimcha aktsiyalarni joylashtirish yơli bilan kơpaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yơli bilan kơpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli ơzgartishlar kiritish tơğrisidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bơlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Qơshimcha aktsiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan eъlon qilingan aktsiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qơshimcha aktsiyalarni joylashtirish yơli bilan jamiyat ustav fondini kơpaytirish tơğrisidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan bơlsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
(21-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)
Qơshimcha aktsiyalarni joylashtirish yơli bilan jamiyat ustav fondini kơpaytirish tơğrisidagi qarorda joylashtiriladigan qơshimcha oddiy (odatdagi) aktsiyalarning va eъlon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aktsiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aktsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega bơlgan aktsiyadorlar uchun jamiyatning qơshimcha aktsiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan bơlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini qơshimcha aktsiyalar joylashtirish yơli bilan kơpaytirish joylashtirilgan qơshimcha aktsiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda eъlon qilingan muayyan toifa va turdagi aktsiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aktsiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.
(21-moddaning oltinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)
22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish
Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yơli bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini jamiyatning ơzi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yơli bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aktsiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bơlsa, yơl qơyiladi.
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli ơzgartishlarni rơyxatdan ơtkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan bơlsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli ơzgartishlar kiritish haqidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida qabul qilinadi.
Ustav fondini kamaytirish tơğrisida qaror qabul qilgan vaqtda aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi fondni kamaytirish sabablarini kơrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.
Qarang: mazkur Qonunning 103-moddasi.
23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani tơğrisida kreditorlarni xabardor qilish
Ustav fondini kamaytirish tơğrisida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida ơz kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish tơğrisida ơzlariga xabarnoma yuborilgan sanadan eъtiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan ơz majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan boğliq zararni tơlashni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari
Aktsiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qoğozlar bơlib, ular turiga kơra oddiy va imtiyozli bơlishi mumkin.
Aktsiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bơlsa, ơsha yuridik yoxud jismoniy shaxs aktsiyaning egasi — aktsiyador deb eъtirof etiladi.
Oddiy aktsiyalar ovoz beruvchi bơlib, ularning egasiga dividendlar olish, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aktsiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aktsiyalarga qơyilgan mablağlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalardir. Imtiyozli aktsiyalar ơz egalariga jamiyat foyda kơrish-kơrmasligidan qatъi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Chiqariladigan aktsiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bơyicha dividendlar tơlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.
(24-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Oltin aktsiya
«Oltin aktsiya» — ayrim aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bơlib, u strategik ahamiyatga ega bơlgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aktsiyadorlik jamiyatlarining davlat aktsiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda Ơzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taъminlaydi.
«Oltin aktsiya» qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qơyilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
«Oltin aktsiya» ustav fondida davlat ulushi bơlmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aktsiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aktsiya»dan foydalanish tartibi Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
«Oltin aktsiya» aktsiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi — tơrtinchi, ettinchi, sakkizinchi, ơn sakkizinchi, ơn tơqqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining ettinchi, yigirma ikkinchi — yigirma tơrtinchi xatboshilarida kơrsatilgan masalalar bơyicha veto qơyish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qơyish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
(241-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni bilan kiritilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)
25-modda. Aktsiyalarning nominal qiymati
Aktsiyalarning nominal qiymati yuz sơmdan kam bơlishi mumkin emas.
Aktsiya bơlinmasdir.
26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va eъlon qilingan aktsiyalari
Jamiyatning ustavida aktsiyadorlar sotib olgan aktsiyalarning (joylashtirilgan aktsiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qơyilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aktsiyalarga qơshimcha ravishda joylashtirishga haqli bơlgan eъlon qilingan (qơshimcha) aktsiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
(26-modda ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustaviga jamiyatning eъlon qilingan aktsiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan boğliq ơzgartishlar va qơshimchalar kiritish tơğrisidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlar joylashtirilgan taqdirda eъlon qilingan (qơshimcha) aktsiyalarning soni ushbu qimmatli qoğozlar muomalada bơlishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bơlmasligi lozim.
(26-modda tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ơzi joylashtirgan qimmatli qoğozlar erkin ayirboshlanishi mumkin bơlgan aktsiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qoğozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
27-modda. Aktsiyadorlarning huquqlari
Aktsiyadorlar:
tegishli aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlari reestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ơzi haqida depozitariydagi depo hisobvarağidan kơchirma olish;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
aktsiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda ơzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aktsiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
aktsiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xơjalik faoliyati natijalari tơğrisida tơliq va tơğri axborot olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qoğozlar bozorini tartibga solish bơyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda ơz huquqlarini himoya qilish;
(27-modda birinchi qismining tơqqizinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
investitsiya institutlari va emitentlarning uquvsiz yoki ğarazli xatti-harakatlari tufayli kơrgan zararning tơlanishini talab qilish;
ơz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
qimmatli qoğozlar sotib olish vaqtida zarar kơrish va (yoki) foydaning bir qismini yơqotish ehtimoli bilan boğliq tavakkalchilikni suğurtalash huquqiga ega.
Aktsiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bơladilar.
28-modda. Oddiy (odatdagi) aktsiyalar egalari bơlmish aktsiyadorlarning huquqlari
Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aktsiyasi uning egasi bơlmish aktsiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.
Oddiy (odatdagi) aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aktsiyadorlar umumiy yiğilishida mazkur yiğilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bơyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.
29-modda. Imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarning huquqlari
Jamiyat imtiyozli aktsiyalarining egalari bơlmish aktsiyadorlar, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan bơlsa, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar.
Qarang: mazkur moddaning ettinchi, sakkizinchi, tơqqizinchi va ơninchi qismlari.
Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aktsiyalari ularning egalari bơlmish aktsiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va odatdagi aktsiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bơladi.
Jamiyat tugatilgan taqdirda har bir turdagi imtiyozli aktsiyalar bơyicha tơlanadigan dividendlar va (yoki) qiymatning (tugatilish qiymatining) miqdori jamiyat ustavida belgilab qơyilishi lozim. Dividend miqdori va tugatilish qiymati qatъiy pul summasida yoki imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aktsiyalar bơyicha dividendlar miqdori va tugatilish qiymatini aniqlash tartibi jamiyat ustavida kơrsatilgan bơlsa ham ular belgilangan hisoblanadi. Dividend miqdori belgilanmagan imtiyozli aktsiyalarning egalari oddiy (odatdagi) aktsiyalarning egalari bilan baravar dividendlar olish huquqiga ega.
Agar jamiyat ustavida ikki va undan ortiq turdagi imtiyozli aktsiya nazarda tutilgan bơlsa, jamiyat ustavida imtiyozli aktsiyalarning har bir turi bơyicha dividendlar va tugatilish qiymatini tơlash navbati ham belgilangan bơlishi kerak.
Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bơyicha miqdori ustavda belgilangan bơlib, tơlanmagan yoki hammasi tơlanmagan dividend jamğarib borilishi va keyinchalik tơlanishi (kumulyativ imtiyozli aktsiyalar) jamiyat ustavida belgilab qơyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalarning oddiy (odatdagi) aktsiyalar yoki boshqa turdagi imtiyozli aktsiyalarga erkin ayirboshlanishi mumkinligi va shartlari ham belgilab qơyilishi mumkin.
Imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadilar. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida jamiyat ustaviga shu turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan ơzgartishlar va qơshimchalar kiritish, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aktsiyalar bơyicha tơlanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki kơpaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki kơpaytirish masalalari, shuningdek boshqa turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarga dividend va (yoki) aktsiyaning tugatilish qiymatini tơlash navbati bơyicha imtiyozlar berish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladilar.
Dividend miqdori jamiyat ustavida belgilab qơyilgan muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar, kumulyativ imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarni istisno etganda, ana shu turdagi imtiyozli aktsiyalar bơyicha dividendlar tơlash tơğrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni tơliq tơlamaslik tơğrisida qaror qabul qilingan aktsiyadorlarning yillik umumiy yiğilishidan keyingi yiğilishdan boshlab umumiy yiğilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bơyicha ovoz berish huquqi bilan aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqiga ega. Bunday turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarning aktsiyadorlar umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqi mazkur aktsiyalar bơyicha dividendlar birinchi marta tơliq miqdorda tơlangan paytdan boshlab tơxtatiladi.
Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar ana shu aktsiyalar bơyicha jamğarilib qolgan dividendlarni tơliq miqdorda tơlash tơğrisida qaror qabul qilishi lozim bơlganu, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni tơliq miqdorda tơlamaslik tơğrisida qaror qabul qilgan aktsiyadorlarning yillik umumiy yiğilishidan keyingi yiğilishdan eъtiboran umumiy yiğilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bơyicha aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aktsiyalarning egasi bơlmish aktsiyadorlarning aktsiyadorlar umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqi mazkur aktsiyalar bơyicha jamğarilib qolgan barcha dividendlar tơliq miqdorda tơlangan paytdan boshlab tơxtatiladi.
Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalarni odatdagi aktsiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bơlsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aktsiyalar bơyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aktsiya egasi ơziga qarashli imtiyozli aktsiya ayirboshlanishi mumkin bơlgan odatdagi aktsiyalar bơyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega bơladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Aktsiyalarga bơlgan huquqlarning ơtishi
Aktsiyalarga bơlgan huquqlar aktsiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarağiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eъtiboran ơtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarağidan kơchirma bilan tasdiqlanadi.
Aktsiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qoğozga bơlgan huquqlar ơtgan paytdan eъtiboran ơtadi.
Qarang: Ơzbekiston Respublikasi «Qimmatli qoğozlar bozori tơğrisida»gi Qonunining 15 va 32-moddalari.
(30-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)
32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qoğozlari
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qoğozlarni jamiyat ơz ustaviga muvofiq joylashtirishga haqli.
Qarang: Ơzbekiston Respublikasining «Qimmatli qoğozlar bozori tơğrisida»gi Qonuni, «Qimmatli qoğozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibi» (rơyxat № 320, 02.04.1997 y.) va «Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, rơyxatga olish va qoplash tartibi tơğrisida»gi nizom (rơyxat № 1158, 10.07.2002 y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |