Aksiadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'G'risida



Download 429 Kb.
bet5/5
Sana01.03.2017
Hajmi429 Kb.
#3583
1   2   3   4   5

jamiyat taftish komissiyasining aъzolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tơxtatish;

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik tekshiruvi ơtkazish tơğrisida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga tơlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash tơğrisida qaror qabul qilish;

jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarağini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;

(65-moddaning birinchi qismi ơn ikkinchi va ơn uchinchi xatboshilari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

jamiyat kuzatuv kengashining ơz vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;

(65-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 23 iyuldagi ƠRQ-104-son Qonuni asosida ơn tơrtinchi xatboshi bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 29-30-son, 297-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoğozlarni sotib olishda aktsiyadorning imtiyozli huquqini qơllamaslik tơğrisida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;

(65-modda birinchi qismining ơn beshinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

umumiy yiğilish reglamentini tasdiqlash;

aktsiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;

ushbu Qonunning 90-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan boğliq yirik bitimlarni tuzish;

(65-moddaning birinchi qismi ơn ettinchi va ơn sakkizinchi xatboshilari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:

ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini kơpaytirish bilan boğliq ơzgartishlar va qơshimchalar kiritish tơğrisidagi masalalarni hal etish;

ushbu Qonunning 86-moddasi ơn birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aъzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) tơğrisidagi masalani hal etish;

ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi ơn birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash.

(65-moddaning uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

66-modda. Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishida ovozga qơyilgan masalalar bơyicha:

jamiyatning oddiy (odatdagi) aktsiyalarining egalari bơlmish aktsiyadorlar;

ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aktsiyalarining egalari bơlmish aktsiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir.

Aktsiya egasi bơlmish aktsiyadorga ovozga qơyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aktsiya yoki imtiyozli aktsiya jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyasidir. Agar ovoz beruvchi aktsiyalar miqdorini aniqlash choğida imtiyozli aktsiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aktsiya bơyicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aktsiya sifatida hisobga olinadi.

Ovozga qơyilgan masala bơyicha aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aktsiyadorlar ovozining kơproq miqdori belgilab qơyilmagan bơlsa, yiğilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalari egasi bơlmish aktsiyadorlarning kơpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va tơrtinchi qismlarida kơrsatilgan masalalar bơyicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan bơlsa, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalari egalari bơlgan aktsiyadorlarning kơpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

(66-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni asosida tơrtinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovozga qơyilgan, hal qilish choğida jamiyat oddiy va imtiyozli aktsiyalarining egalari bơlmish aktsiyadorlar ovoz huquqiga ega bơladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida ơzga qoida belgilanmagan bơlsa, ovoz beruvchi aktsiyalarning barchasi bơyicha birgalikda amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va ơn ikkinchi xatboshilarida kơrsatilgan masalalar bơyicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan bơlsa, aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi ikkinchi —tơrtinchi, oltinchi va ơn sakkizinchi xatboshilarida kơrsatilgan masalalar bơyicha qaror aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tomonidan aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlarning tơrtdan uch qismidan iborat kơpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

(66-moddasining oltinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishini olib borish tartibi bơyicha aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qơyiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bơyicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga ơzgartirishlar kiritishga haqli emas.

(66-moddaning tơqqizinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aktsiyadorlar eъtiboriga etkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan eъtiboran 45 kundan oshmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qơyilgan qarorlar ijro etilmaydi.

(66-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni asosida ơn birinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

Agar aktsiyador uzrli sabablarga kơra aktsiyadorlar umumiy yiğilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bơlsa, u aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.

67-modda. Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining sirtdan ovoz berishni ơtkazish yơli bilan (sơrov yơli bilan) qabul qilinadigan qarori

Yopiq turdagi jamiyat aktsiyadorlari umumiy yiğilishining qarori yiğilishni ơtkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni ơtkazish yơli bilan (sơrov yơli bilan) qabul qilinishi mumkin.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar bơyicha sirtdan ovoz berishni ơtkazish yơli bilan (sơrov yơli bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining sirtdan ovoz berish yơli bilan (sơrov yơli bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining hammasi bơlib kamida etmish besh foiziga egalik qiluvchi aktsiyadorlar qatnashgan bơlsa, haqiqiy hisoblanadi.

Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda ơtkaziladi. Aktsiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni tơxtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat vakili aktsiyadorlar umumiy yiğilishining sirtdan ovoz berish yơli bilan (sơrov yơli bilan) qabul qilingan qaroriga veto qơyishga haqli.

(67-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

68-modda. Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqi

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqiga aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkaziladigan rasmiy eъlon qilingan sanadan 3 kalendarь kun oldin shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlari reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar ega bơladi.

Aktsiyadorning talabiga binoan jamiyat aktsiyadorga aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlari reestriga kiritilganligi tơğrisidagi axborotni taqdim etishi shart.

Jamiyat aktsiyadorlarining shakllantirilgan reestriga ơzgartirishlar mazkur reestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reestrni tuzishda yơl qơyilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.

69-modda. Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisidagi axborot

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisida aktsiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda eъlon qilish hamda aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkazilishi rasmiy eъlon qilingan sanadan 30 kalendarь kun oldin shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlari reestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qoğozlar bozorining professional ishtirokchisi ơrtasida tegishli xizmatlar kơrsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qoğozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkazilishi tơğrisida aktsiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qơyiladi. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlariga va davlat vakiliga aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisidagi bildirishnoma yiğilish ơtkaziladigan sanadan kamida 10 kalendarь kun oldin yuborilishi kerak.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisidagi xabarda quyidagilar kơrsatilishi kerak:

jamiyatning nomi va joylashgan eri (pochta manzili);

umumiy yiğilish ơtkaziladigan sana, vaqt va joy;

jamiyat aktsiyadorlari reestri tuziladigan sana;

umumiy yiğilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;

umumiy yiğilishni ơtkazishga tayyorgarlik kơrishda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bơlgan axborot (materiallar) bilan aktsiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazishga tayyorgarlik kơrishda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bơlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xơjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aъzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi tơğrisida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi aъzoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar tơğrisidagi maъlumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan ơzgartishlar va qơshimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazishga tayyorgarlik kơrishda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy bơlgan qơshimcha axborot (materiallar) rơyxati qimmatli qoğozlar bozorini tartibga solish bơyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qơyilishi mumkin.

(68, 69-moddalar Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

70-modda. Jamiyat aktsiyadorlari umumiy yiğilishining kun tartibiga takliflar kiritish

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining hammasi bơlib kamida bir foiziga ega bơlgan jamiyat aktsiyadorlari (aktsiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzoği bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bơlsa, aktsiyadorlarning yillik umumiy yiğilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar kơrsatishga haqli.

(70-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kun tartibiga masala uni qơyish sabablarini, masalani taklif etayotgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) nomini, unga tegishli aktsiyalarning soni va turini kơrsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar kơrsatish, shu jumladan ơzining nomzodini kơrsatish tơğrisida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aktsiyadori bơlsa, unga tegishli aktsiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni kơrsatgan aktsiyadorlarning ismi, ularga tegishli aktsiyalarning soni va turi kơrsatiladi.

(70-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni kơrib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan sơng uzoği bilan 15 kun ichida ularni aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi kun tartibiga kiritish tơğrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aktsiyador (aktsiyadorlar) kiritgan masala aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kun tartibiga, shuningdek kơrsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar rơyxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:

aktsiyador (aktsiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan bơlsa;

aktsiyador (aktsiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining egasi bơlmasa;

ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maъlumotlar tơliq bơlmasa;

takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bơlmasa.

Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar rơyxatiga kiritishni rad etish tơğrisidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aktsiyadorga (aktsiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan eъtiboran uzoği bilan uch kun ichida yuboriladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar rơyxatiga kiritishni rad etish tơğrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

(70-moddaning tơrtinchi qismi birinchi xatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

71-modda. Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazishga tayyorgarlik kơrish

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazishga tayyorgarlik kơrilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining ơn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yiğilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:

umumiy yiğilish ơtkaziladigan sana, vaqt va joyni;

umumiy yiğilishning kun tartibini;

umumiy yiğilish ơtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri tuziladigan sanani;

umumiy yiğilishni ơtkazish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri tuziladigan sanani;

umumiy yiğilish ơtkazilishi haqida aktsiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;

umumiy yiğilishni ơtkazishga tayyorgarlik kơrilayotganda aktsiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) rơyxatini;

ovoz berish byulletenining shakli va matnini.

Aniq masala qơyilishini aks ettirmaydigan taъriflarning (shu jumladan, «turli masalalar», «boshqa masalalar», «ơzga masalalar» va hokazolarning) aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi kun tartibiga kiritilishiga yơl qơyilmaydi.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkaziladigan sana uni ơtkazish tơğrisida qaror qabul qilingan kundan eъtiboran 30 kundan kam va 45 kundan kơp belgilanishi mumkin emas.

(71-moddaning matni Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

72-modda. Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishi

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning ơz tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga kơra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida ơn foiziga ega bơlgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) talabi bilan ơtkaziladi.

Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida ơn foiziga ega bơlgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) talabiga binoan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini ơtkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan eъtiboran uzoği bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.

(72-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisidagi talabda yiğilish kun tartibiga kiritilishi kerak bơlgan masalalar ularni kiritish sababini kơrsatgan holda taъriflab berilmoği lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida ơn foiziga ega bơlgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishi kun tartibidagi masalalarning taъrifiga ơzgartishlar kiritishga haqli emas.

(72-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirish talabi aktsiyadordan (aktsiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yiğilishni chaqirishni talab qilayotgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aktsiyalarning soni va turi kơrsatilgan bơlishi lozim.

(72-moddaning beshinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirish talabnomasi aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida ơn foiziga ega bơlgan aktsiyador (aktsiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yiğilishni chaqirish tơğrisida talabnoma taqdim etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirish tơğrisida yoki yiğilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.

Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining), jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida ơn foiziga ega bơlgan aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) talabiga binoan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirishni rad etish tơğrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti:

aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirishni talab qilayotgan aktsiyador (aktsiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining egasi bơlmasa;

jamiyat aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yiğilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;

kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bơlmasa.

(72-moddaning ettinchi va sakkizinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyat kuzatuv kengashining aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirish tơğrisidagi qarori yoki bunday yiğilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan paytdan eъtiboran uzoği bilan uch kun ichida yiğilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirishni rad etish tơğrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqirish tơğrisida qaror qabul qilmagan bơlsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan bơlsa, aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.

Bunday hollarda aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazishga tayyorgarlik kơrish bilan boğliq xarajatlar aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan jamiyatning mablağlari hisobidan qoplanishi mumkin.

73-modda. Sanoq komissiyasi

Oldingi tahrirga qarang.

Ovozlarni sanab chiqish, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etishi uchun aktsiyadorlarni rơyxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning aъzolari soni va shaxsiy tarkibi aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan tasdiqlanadi.

(73-modda birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bơlishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining aъzolari, taftish komissiyasining aъzolari, kollegial ijroiya organi aъzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi kơrsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

(73-modda uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Sanoq komissiyasi aktsiyadorlar umumiy yiğilishida kvorum bor yoki yơqligini aniqlaydi, aktsiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yiğilishda ovoz berish huquqlarini rơyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qơyiladigan masalalar bơyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aktsiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taъminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari tơğrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

74-modda. Aktsiyadorlarning va davlat vakilining umumiy yiğilishda ishtirok etish tartibi

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aktsiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan ơzi tomonidan amalga oshiriladi.

Aktsiyador aktsiyadorlarning umumiy yiğilishidagi ơz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yiğilishda shaxsan ơzi ishtirok etishga haqlidir.

Aktsiyadorning vakili aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida yozma ishonchnoma asosida ish kơradi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar tơğrisidagi maъlumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport maъlumotlari) aks ettirilgan bơlishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan bơlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(74-modda tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Agar jamiyat aktsiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki bơlsa, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga kơra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Kơrsatib ơtilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.

(74-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

75-modda. Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kvorumi

Agar aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ishtirok etuvchilarni rơyxatga olish tamom bơlgan paytga kelib, jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aktsiyalarining jami oltmish foizidan kơpiga ega bơlgan aktsiyadorlar (ularning vakillari) rơyxatdan ơtgan bơlsa, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi vakolatli (kvorum tơplagan) hisoblanadi.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishini ơtkazish uchun kvorum bơlmasa, aktsiyadorlarning yangi umumiy yiğilishini ơtkazish sanasi eъlon qilinadi. Aktsiyadorlarning yangi umumiy yiğilishini ơtkazishda kun tartibiga ơzgartishlar kiritishga yơl qơyilmaydi.

Ơtkazilmay qolgan yiğilish ơrniga aktsiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yiğilishida ishtirok etuvchilarni rơyxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aktsiyalarining jami oltmish foizdan kam bơlmagan ovoziga ega bơlgan aktsiyadorlar (ularning vakillari) rơyxatga olingan bơlsa, bu umumiy yiğilish vakolatli hisoblanadi.

Aktsiyadorlarning yangi umumiy yiğilishini ơtkazish tơğrisida xabar qilish ushbu Qonunning 69-moddasida nazarda tutilgan tarzda yiğilish ơtkaziladigan sanaga kamida 10 kun qolganida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kvorum bơlmaganligi sababli aktsiyadorlarning umumiy yiğilishini ơtkazish sanasi 20 kundan kam muddatga kơchirilgan taqdirda, umumiy yiğilishda ishtirok etish huquqiga ega bơlgan aktsiyadorlar ơtkazilmay qolgan umumiy yiğilishda ishtirok etish huquqiga ega bơlgan aktsiyadorlarning reestriga muvofiq aniqlanadi.

(75-modda beshinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

76-modda. Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovoz berish

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida ovoz berish «jamiyatning ovoz beruvchi bitta aktsiyasi — bitta ovoz» qoidasiga muvofiq ơtkaziladi, jamiyatning kuzatuv kengashi aъzolarini saylash bơyicha kumulyativ ovoz berishni ơtkazish hollari va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.

77-modda. Ovoz berish byulleteni

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida kun tartibi masalalari bơyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.

(77-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(77-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yiğilishda ishtirok etish uchun rơyxatdan ơtgan aktsiyadorga (uning vakiliga) beriladi.

Ovoz berish byulletenida: jamiyatning tơliq firma nomi, aktsiyadorlar umumiy yiğilishini ơtkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qơyilgan har bir masalaning taъrifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qơyilgan har bir masala bơyicha «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» degan mazmundagi sơzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aktsiyador tomonidan imzolanishi lozimligi tơğrisidagi kơrsatma aks ettirilgan bơlishi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi aъzosini (taftishchisini) saylash tơğrisidagi masala yuzasidan ovoz berish ơtkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod tơğrisidagi maъlumot aks ettirilgan bơlib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi kơrsatilishi lozim.

(77-moddaning beshinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish

Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bơyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bơlsa, ơsha masala bơyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda tơldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bơyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Agar ovoz berish byulletenida ovozga qơyilgan bir necha masala aks ettirilgan bơlsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida kơrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab bơlmaydi.

79-modda. Ovoz berish yakunlari tơğrisidagi bayonnoma

Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari bơyicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining aъzolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.

Ovoz berish yakunlari tơğrisida bayonnoma tuzilganidan va aktsiyadorlar umumiy yiğilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan sơrğichlanadi va saqlab qơyish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.

Ovoz berish yakunlari tơğrisidagi bayonnoma aktsiyadorlar umumiy yiğilishi bayonnomasiga qơshib qơyilishi lozim.

Ovoz berish yakunlari aktsiyadorlarning ovoz berish ơtkazilgan umumiy yiğilishida ơqib eshittiriladi yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari tơğrisidagi hisobotni eъlon qilish yoki aktsiyadorlarga yuborish orqali aktsiyadorlarning eъtiboriga etkaziladi.

80-modda. Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining bayonnomasi

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining bayonnomasi aktsiyadorlar umumiy yiğilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yiğilishda raislik qiluvchi va umumiy yiğilish kotibi tomonidan imzolanadi.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining bayonnomasida:

aktsiyadorlar umumiy yiğilishi ơtkazilgan joy va vaqt;

jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalariga ega bơlgan aktsiyadorlar ovozlarining umumiy soni;

yiğilishda ishtirok etgan aktsiyadorlar ega bơlgan ovozlar soni;

yiğilishning raisi (rayosati) va kotibi, yiğilishning kun tartibi kơrsatiladi.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qơyilgan masalalar hamda ular yuzasidan ơtkazilgan ovoz berish natijalari, yiğilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.

81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi

Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

Ovoz beruvchi aktsiyalarning egasi bơlgan aktsiyadorlar soni ơttiz kishidan kam bơlgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aktsiyadorlar umumiy yiğilishini ơtkazish masalasini hal etishga vakolati bơlgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida ơz aksini topishi kerak.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi aъzolariga ular ơz vazifalarini bajarib turgan davrda badal tơlanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aъzosi vazifasini bajarish bilan boğliq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va tơlovlarning miqdori aktsiyadorlar umumiy yiğilishi qarori bilan belgilab qơyiladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Aktsiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi tơğrisida»gi namunaviy nizom.

Oldingi tahrirga qarang.

82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining ustuvor yơnalishlarini belgilash;

jamiyat aktsiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yiğilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining ơn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

aktsiyadorlar umumiy yiğilishining kun tartibini tayyorlash;

Oldingi tahrirga qarang.

aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkaziladigan sanani belgilash;

aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi ơtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestrini shakllantirish sanasini belgilash;

ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, ơn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aktsiyadorlarning umumiy yiğilishiga kiritish;

aktsiyalarning nominal qiymatini kơpaytirish orqali yoki eъlon qilingan aktsiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qơshimcha aktsiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini kơpaytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bơlsa;

emissiyaviy qimmatli qoğozlarni joylashtirish tơğrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa;

mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qoğozlarni olish tơğrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bơlsa;

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bơlsa yoki bu masalani hal etish aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bơlsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;

korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bơlsa;

(82-moddaning beshinchi — ơn birinchi xatboshilari Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida beshinchi — ơn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bơlsa yoki aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan bơlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maъqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mơljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay maъqullanishi lozim;

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;

(82-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 23 iyuldagi ƠRQ–104-sonli Qonuni asosida ơn ikkinchi va ơn uchinchi xatboshilar bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 29-30-son, 297-modda)

jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning aъzolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;

agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bơlsa, ijroiya organiga tơlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;

jamiyat taftish komissiyasi aъzolariga (taftishchisiga) tơlanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga tơlanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;

aktsiyalar bơyicha dividendlar miqdori va ularni tơlash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;

jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;

jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;

jamiyatning shuъba va tobe korxonalarini tashkil etish;

ushbu Qonunning VIII bơlimida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga ơtkazish bilan boğliq yirik bitimlar tuzish;

agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bơladigan bơlsa, ushbu Qonunning IX bơlimida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;

Oldingi tahrirga qarang.

aktsiyadorlik jamiyatining boshqa xơjalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan boğliq bitimlar tuzish;

(82-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni asosida yigirma tơrtinchi xatboshi bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga ơtkazilishi mumkin emas.

(82-modda Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aъzolarini saylash, tayinlash

Jamiyat kuzatuv kengashining aъzolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.

Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.

Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining aъzolari kuzatuv kengashiga saylanishlari tayinlanishlari mumkin emas.

Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bơyicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi aъzolari bơlishi mumkin emas.

Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qơyiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qơyilishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori bilan belgilab qơyiladi.

Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlari soni besh yuzdan ortiq bơlgan ochiq aktsiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi etti aъzodan kam bơlishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlari soni bir mingdan ortiq bơlgan jamiyat uchun esa tơqqiz aъzodan kam bơlishi mumkin emas.

Aktsiyador ơziga tegishli aktsiyalar bơyicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga tơliq berishga yoki bir nechta nomzod ơrtasida taqsimlashga haqlidir.

Eng kơp ovoz tơplagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

«Jamiyatning kuzatuv kengashi aъzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Kumulyativ ovoz berishda har bir aktsiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bơlgan shaxslar soniga kơpaytiriladi va aktsiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga tơliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar ơrtasida taqsimlashga haqlidir.

(83-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida ơninchi va ơn birinchi qismlar bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Davlat vakili lavozimiga kơra jamiyat kuzatuv kengashining aъzosi bơlib, aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).

(83-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi

Jamiyat ustavida ơzgacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi aъzolari tomonidan ularning ơzlari orasidan kuzatuv kengashi aъzolari umumiy soniga nisbatan kơpchilik ovoz bilan saylanadi.

Jamiyat ustavida ơzgacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa, jamiyat kuzatuv kengashi ơz raisini kuzatuv kengashi jami aъzolarining kơpchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.

Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida ơzgacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa, aktsiyadorlar umumiy yiğilishida raislik qiladi.

Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yơqligida uning vazifasini kuzatuv kengashi aъzolaridan biri bajarib turadi.

85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning ơz tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining aъzosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qơyilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va ơtkazish tartibi ustavda belgilab qơyiladi.

(85-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Kuzatuv kengashi majlisini ơtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qơyiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan aъzolarning etmish besh foizidan kam bơlmasligi kerak. Kuzatuv kengashi aъzolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning etmish besh foizidan kam bơlib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aktsiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yiğilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aъzolari aktsiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yiğilishini chaqirish tơğrisidagina qaror qabul qilishga haqlidir.

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va ơtkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida ơzgacha qoidalar nazarda tutilmagan bơlsa, majlisda hozir bơlganlarning kơpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aъzosi bitta ovozga ega bơladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va tơrtinchi qismlarida kơrsatilgan masalalar bơyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qơyilgan qarorlar ijro etilmaydi.

(85-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni asosida tơrtinchi va beshinchi qismlar bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

Jamiyat kuzatuv kengashining bir aъzosi ơz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aъzosiga berishiga yơl qơyilmaydi.

Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi aъzolarining ovozlari teng bơlingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis ơtkazilganidan sơng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar kơrsatiladi:

majlis ơtkazilgan joy va vaqt;

majlisda hozir bơlgan shaxslar;

majlisning kun tartibi;

ovoz berishga qơyilgan masalalar, ular yuzasidan ơtkazilgan ovoz berish yakunlari;

qabul qilingan qarorlar.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aъzolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi tơğriligi uchun javobgardir.

(85-moddaning tơqqizinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

86-modda. Jamiyatning ijroiya organi

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direktsiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Aktsiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida»gi namunaviy nizom.

Bir paytning ơzida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari bơlishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qơyilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bơyicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda ơzgacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Boshqaruvchi kompaniyalar tơğrisida»gi nizom va «Aktsiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining rahbarini yollash tơğrisida»gi namunaviy mehnat shartnomasi.

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi umumiy yiğilishigacha bơlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yơl qơyiladi.

(86-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida tơrtinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

(86-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyat ijroiya organi aktsiyadorlar umumiy yiğilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bơlgan buyruqlar chiqaradi va kơrsatmalar beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bơlsa, aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aktsiyadorlar umumiy yiğilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) aъzolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.

(86-moddaning ettinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) aъzolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi tơğrisida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aktsiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bơyicha majburiyatlari hamda aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.

(86-moddaning sakkizinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) aъzolariga tơlanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq tơlash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga tơğridan-tơğri boğliq bơlib, shartnomada belgilanishi kerak.

(86-moddaning tơqqizinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni ơrindoshlik yơli bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yơl qơyiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishi yoki kuzatuv kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bơlsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) aъzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.

(86-moddaning ơn birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aъzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qơpol tarzda buzishga yơl qơygan bơlsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar etkazilgan bơlsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.

Aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tơğrisida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga ơtkazish tơğrisidagi masala ơsha umumiy yiğilishning ơzida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aktsiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yiğilishida kơrib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aktsiyadorlar umumiy yiğilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bơlsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tơğrisida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash tơğrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi tơğrisidagi masalani hal etish uchun aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishini chaqiradi.

(86-modda Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga muvofiq ơn ikkinchi va ơn uchinchi qismlar bilan tơldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

87-modda. Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya)

Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aъzolariga ularning talabiga kơra beriladi.

(87-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini ơtkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi ơz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.

88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aъzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) aъzolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi

Jamiyat kuzatuv kengashining aъzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) aъzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ơz huquqlarini amalga oshirishda va ơz burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini kơzlab ish tutishlari lozim.

Jamiyat kuzatuv kengashining aъzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) aъzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.

Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi bơlgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi aъzolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direktsiya) aъzolari javobgar bơlmaydi.

Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bơlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar hisoblanadi.

Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aktsiyalarning hammasi bơlib kamida bir foiziga ega bơlgan aktsiyador (aktsiyadorlar) jamiyatga etkazilgan zararning ơrnini qoplashni daъvo qilib kuzatuv kengashi aъzosi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) aъzosi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.

VIII BƠLIM. JAMIYaTNING YIRIK BITIMLAR TUZIShI

89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan boğliq yirik bitimlar

Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:

bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bơlgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan boğliq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan boğliq bitim yoki ơzaro boğlangan bir necha bitim, oddiy xơjalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan mustasno;

jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aktsiyalarning yigirma besh foizidan kơproğini tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aktsiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aktsiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aktsiyalarni joylashtirish bilan boğliq bir yoki ơzaro boğlangan bir necha bitim.

Yirik bitimga sabab bơlgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan boğliq yirik bitimni tuzish

Qiymati bitim tuzish tơğrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bơlgan yirik bitim tuzish tơğrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan aъzolari ovozi hisobga olinmaydi.

Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish tơğrisidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aktsiyadorlar umumiy yiğilishi hukmiga havola etilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Bitim tuzish tơğrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish tơğrisidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan qabul qilinadi.

(90-moddaning uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

IX BƠLIM. JAMIYaTNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK

91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar

Jamiyat kuzatuv kengashi aъzosi, jamiyatning ơzga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, ơzining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining yigirma va undan kơproq foiziga ega bơlgan aktsiyador (aktsiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:

jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri bơlsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan bơlsa;

bitimning tomonlaridan biri bơlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aktsiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham kơproq foiziga ega bơlsa;

bitimning tomonlaridan biri bơlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi bơlsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.

92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik tơğrisidagi axborot

Ushbu Qonunning 91-moddasida kơrsatib ơtilgan shaxslar:

yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aktsiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki ơzlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega bơlsalar, shu yuridik shaxslar tơğrisidagi;

yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bơlsalar, shu yuridik shaxslar tơğrisidagi;

Oldingi tahrirga qarang.

tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bơlsa, ơzlariga maъlum bơlgan ana shu bitimlar tơğrisidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) eъtiboriga etkazishlari shart.

(92-moddaning tơrtinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitimni tuzish tartibiga qơyiladigan talablar

Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi tơğrisidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor bơlmagan kuzatuv kengashi aъzolarining kơpchilik ovozi bilan qabul qiladi.

Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi tơğrisidagi qarorni ovoz beruvchi aktsiyalar egalari bơlmish aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bơlmagan aktsiyadorlarning kơpchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:

agar bitim bơyicha tơlanadigan haq summasi va bitimga sabab bơlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bơlsa;

agar bitta bitim va (yoki) ơzaro boğliq bơlgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalarini yoki ovoz beruvchi aktsiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qoğozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aktsiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bơlsa.

Agar tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitim bơyicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan bơlsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi qarori talab etilmaydi.

Jamiyat bilan boshqa tomon ơrtasidagi xơjalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo bơlishi mumkin bơlgan bitimlarni aktsiyadorlar umumiy yiğilishi ơtkazilgan sanada aniqlashning iloji bơlmagan taqdirda, aktsiyadorlar umumiy yiğilishi jamiyat bilan ơzga shaxs ơrtasida tuzilishi mumkin bơlgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng kơp miqdorini kơrsatib, shartnoma munosabatlari ơrnatish tơğrisida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.

Jamiyat kuzatuv kengashining barcha aъzolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor bơlmagan aktsiyadorlar kơpchilik ovozi bilan qabul qilingan aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.

Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan boğliq yirik bitim bơlsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII bơlimining qoidalari qơllaniladi.

94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitimga qơyiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Tuzilishidan manfaatdorlik bơlgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan bơlsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113—128-moddalari.

(94-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Manfaatdor shaxs jamiyatga ơzi etkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar bơladi. Agar bir necha shaxs javobgar bơlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bơladi.

X BƠLIM. AKTsIYaDORLIK JAMIYaTINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh

95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyatni qayta tashkil etish aktsiyadorlar umumiy yiğilishining qarori bilan qơshib yuborish, birlashtirish, bơlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.

(95-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qơshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat tơğrisida»gi Qonunining 14-moddasi.

Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat rơyxatiga olingan paytdan eъtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.

Jamiyat boshqa jamiyatga qơshib yuborish yơli bilan qayta tashkil etilganida davlat rơyxatga olish organi qơshilib yuborilgan jamiyat ơz faoliyatini tơxtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritgan paytdan eъtiboran qơshib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat rơyxatidan ơtkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati tơxtatilgani tơğrisidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subъektlarini davlat rơyxatidan ơtkazish, hisobga qơyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tơğrisida»gi nizomning VI bơlimi.

Qayta tashkil etish tơğrisida qaror qabul qilingan sanadan eъtiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay ơz kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tơxtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning ơrnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yơli bilan talab qilishga haqlidir:

qơshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzoği bilan 30 kun ichida;

bơlish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish tơğrisidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzoği bilan 60 kun ichida.

Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qơshib yuborish, qơshib olish, bơlish, ajratib chiqarish, ơzgartirish) tartibi Ơzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalarida belgilangan.

Agar bơlinish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bơladilar.

96-modda. Jamiyatlarni qơshib yuborish

Ơz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini ơtkazish yơli bilan yangi jamiyatni vujudga keltirish jamiyatlarning qơshib yuborilishi deb hisoblanadi.

Qơshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qơshib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qơshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aktsiyalarini yangi jamiyatning aktsiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qơyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qơshib yuborishda ishtirok etayotgan aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi hukmiga qơshib yuborish tarzida qayta tashkil etish tơğrisidagi, qơshib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va ơtkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.

Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qơshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aktsiyadorlarining qơshma umumiy yiğilishida amalga oshiriladi. Aktsiyadorlarning qơshma umumiy yiğilishida ovoz berish tartibi jamiyatlarning qơshib yuborilishi tơğrisidagi shartnomada belgilab qơyilishi mumkin.

Jamiyatlar qơshilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquqlar va majburiyatlar ơtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan jamiyatga ơtadi.

97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi

Bir yoki bir nechta jamiyat faoliyatini tơxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga ơtkazish — jamiyatni birlashtirish deb hisoblanadi.

Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat birlashish tơğrisida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, shuningdek birlashtirilayotgan jamiyatning aktsiyalarini birlashtirib olayotgan jamiyatning aktsiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qơyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan ơz jamiyatining umumiy yiğilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish tơğrisidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv kengashi ơtkazish dalolatnomasini tasdiqlash tơğrisidagi masalani ham aktsiyadorlar umumiy yiğilishi hukmiga havola etadi.

Mazkur jamiyatlar aktsiyadorlarining qơshma umumiy yiğilishi ustavga ơzgartishlar va qơshimchalar kiritish tơğrisida qaror qabul qiladi. Aktsiyadorlarning qơshma umumiy yiğilishida ovoz berish tartibi birlashish tơğrisidagi shartnomada belgilab qơyiladi.

Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda ơtkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlari qơshib olgan jamiyatga ơtadi.

98-modda. Jamiyatni bơlish

Jamiyat faoliyatini tơxtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga ơtkazish — jamiyatni bơlish deb hisoblanadi.

Bơlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi hukmiga bơlish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish tơğrisidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aktsiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlariga ayirboshlash tartibi tơğrisidagi masalalarni havola etadi.

Bơlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi jamiyatni bơlish tarzida qayta tashkil etish tơğrisida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyalarini tuzilayotgan jamiyatlarning aktsiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlariga ayirboshlash tartibi tơğrisida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi uning ustavini tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash tơğrisida qaror qabul qiladi.

Jamiyat bơlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bơlish balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga ơtadi.

99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish

Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tơxtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini ơtkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.

Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aktsiya va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bơlish balansini tasdiqlash tơğrisidagi masalani havola etadi.

Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aktsiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aktsiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qoğozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni ơtkazish tartibi, bơlish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.

Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bơlish balansiga muvofiq ularning har biriga ơtadi.

100-modda. Jamiyatni qayta tuzish

Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xơjalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli.

Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.

Qayta tuzilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi qayta tuzish tơğrisida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari ơzlarining qơshma majlislarida uning taъsis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) tơğrisida qaror qabul qiladilar.

Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari ơtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga ơtadi.

101-modda. Jamiyatni tugatish

Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga ơtmagan holda jamiyat faoliyatining tơxtatilishiga olib keladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aktsiyadorlar umumiy yiğilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash tơğrisidagi masalani havola etadi.

Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yiğilishi tugatish tơğrisida va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.

Aktsiyadorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasi, Ơzbekiston Respublikasining «Bankrotlik tơğrisida»gi Qonuni.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan eъtiboran jamiyat ishlarini boshqarish bơyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga ơtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aktsiyadori bơlsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.

(101-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 14 dekabrdagi ƠRQ-127-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 506-modda)

102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari tơğrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eъlon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qơyish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi tơğrisida xabar eъlon qilingan sanadan eъtiboran ikki oydan kam bơlmasligi lozim.

Agar tugatish tơğrisida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bơlmasa, uning mol-mulki aktsiyadorlar ơrtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.

Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini kơradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi tơğrisida yozma shaklda xabardor qiladi.

Kreditorlar tomonidan talablarni qơyish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qơygan talablar, shuningdek ularni kơrib chiqish natijalari haqidagi maъlumotlarni ơz ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablağlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun etarli bơlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.

Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini tơlash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan eъtiboran amalga oshiriladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56 va 784-moddalari va «Xơjalik yurituvchi subъektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini hisobdan chiqarish tartibi tơğrisida»gi yơriqnomaning 3-bandi (rơyxat № 615, 30.01.1999 y.).

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi tomonidan tasdiqlanadi.

(102-modda matni Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 14 dekabrdagi ƠRQ-127-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga etkazilganidan sơng jamiyatning qimmatli qoğozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qoğozlari chiqarilishlarining davlat rơyxatidan ơtkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi.

(102-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida sakkizinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

103-modda. Tugatilayotgan jamiyat mol-mulkini aktsiyadorlar ơrtasida taqsimlash

Oldingi tahrirga qarang.

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bơlinganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aktsiyadorlar ơrtasida quyidagi navbat bơyicha taqsimlanadi:

(103-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 14 dekabrdagi ƠRQ-127-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 506-modda)

birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bơlgan aktsiyalar bơyicha tơlovlar amalga oshiriladi;

ikkinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bơyicha yozilgan, biroq tơlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aktsiyalar bơyicha belgilangan tugatish qiymatini tơlash amalga oshiriladi;

uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aktsiyalar va barcha turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish aktsiyadorlar ơrtasida taqsimlash amalga oshiriladi.

Mol-mulkni har bir navbat tartibi bơyicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi bơyicha mol-mulk tơliq taqsimlab bơlinganidan keyin amalga oshiriladi.

Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq tơlanmagan dividendlar va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aktsiyalarning egalari bơlmish barcha aktsiyadorlarga tơlash uchun etarli bơlmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aktsiyalar egalari bơlmish aktsiyadorlar ơrtasida ularga qarashli shu turdagi aktsiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining ơzi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.

104-modda. Jamiyat tugatilgan payt

Davlat rơyxatidan ơtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvlarni kiritib qơygan paytdan eъtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslarni davlat rơyxatidan ơtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qoğozlari chiqarilishlarining davlat rơyxatidan ơtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.

(104-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

XI BƠLIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYaTGA DOIR AXBOROT

105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti

Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.

Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va tơğri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aktsiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir maъlumotlar ơz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida bơladi.

Jamiyatning aktsiyadorlar umumiy yiğilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarağidagi maъlumotlarning tơğri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Kơrsatib ơtilgan hujjatlarni matbuotda eъlon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aktsiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida boğliq bơlmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.

(105-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Jamiyatning yillik hisoboti aktsiyadorlarning yillik umumiy yiğilishi ơtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.

106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qơyish

Jamiyat:

jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda rơyxatdan ơtkazilgan ơzgartishlar va qơshimchalarni, jamiyatni tuzish tơğrisidagi qarorni, jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilganligi tơğrisidagi guvohnomani;

jamiyatning ơz balansidagi mol-mulkka bơlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;

aktsiyadorlar umumiy yiğilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;

jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;

yillik moliya hisobotini;

aktsiyalar emissiyasi maъlumotnomasini;

buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;

tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;

aktsiyadorlar umumiy yiğilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) majlislarining bayonnomalarini;

jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aktsiyalar soni va turlarini kơrsatgan holda tuzilgan rơyxatlarini;

Oldingi tahrirga qarang.

markaziy rơyxatdan ơtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aktsiyadorlari reestrlarini;

(106-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida ơn ikkinchi xatboshi bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;

jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qơyishi shart.

107-modda. Jamiyatning aktsiyadorlarga axborot taqdim etishi

Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aktsiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat taъminlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.

Jamiyat aktsiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali jơnatish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

108-modda. Axborotni eъlon qilishning shartligi

Aktsiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.

Aktsiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aktsiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qoğozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qoğozlar bozorini tartibga solish bơyicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda eъlon qilishi shart.

Aktsiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini eъlon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yơl qơyilmaydi.

Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aktsiyalar realizatsiya qilinishi tơğrisidagi maъlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eъlon qiladi.

(108-modda Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari tơğrisidagi axborot

Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.

Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning ơzlariga qarashli aktsiyalari tơğrisida ularning soni va turlarini kơrsatgan holda aktsiyalar sotib olingan sanadan eъtiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki ơz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar etkazilgan bơlsa, affillangan shaxs jamiyat oldida ơzi etkazgan zarar miqdorida javobgar bơladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ơzining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular tơğrisida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar rơyxatini ularga tegishli aktsiyalar soni va turlarini kơrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili eъlon qilishi shart.

(109-moddaning tơrtinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Affilangan shaxslar tushunchasi va aktsionerlik jamiyatlarida ularni hisobini yuritish va maъlumotlarni oshkor qilish tartibi «Aktsiyadorlik jamiyatlarida affillangan shaxslar, ularning hisobini olib borish va axborotlarni oshkor qilish tartibi tơğrisida»gi nizomi bilan belgilangan (rơyxat № 1212, 29.01.2003 y.).

XII BƠLIM. JAMIYaT FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh

110-modda. Taftish komissiyasi

Jamiyatning moliya-xơjalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yiğilishi taftish komissiyasini saylaydi.

Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.

Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aktsiyadorlar umumiy yiğilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qơyiladi.

Jamiyatning moliya-xơjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bơyicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aktsiyadorlar umumiy yiğilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining hammasi bơlib kamida ơn foiziga egalik qiluvchi aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi.

Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xơjalik faoliyati tơğrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.

Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiğilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat taftish komissiyasining aъzolari bir vaqtning ơzida jamiyat kuzatuv kengashining aъzosi bơlishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Kuzatuv kengashining aъzolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aktsiyalar jamiyat taftish komissiyasi aъzolarini saylash choğida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.

(110-moddaning ettinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

1101-modda. Ichki audit xizmati

Aktivlarining balans qiymati bir milliard sơmdan kơp bơlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.

Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, taъsis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maъlumotlarning tơliq hamda tơğri aks ettirilishi taъminlanishini, xơjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

Ichki audit xizmati ơz faoliyatini Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Korxonalardagi ichki audit xizmati tơğrisida»gi nizom.

(1101-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 23 iyuldagi ƠRQ–104-sonli Qonuni bilan kiritilgan — ƠR QHT, 2007 y., 29-30-son, 297-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

111-modda. Auditorlik tashkiloti

Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xơjalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.

Qarang: «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot tơğrisidagi auditorlik xulosasi» (70-son AFMA) (rơyxat № 1016, 10.03.2001 y.).

Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida notơğri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida etkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bơladi.

(111-modda Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan kơp bơlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi ơtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Ơzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qơmitasi va Ơzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan rơyxat bơyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

(111-modda Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 23 iyuldagi ƠRQ-104-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2007 y., 29-30-son, 297-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi

Jamiyatning moliya-xơjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga kơra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:

hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan maъlumotlar qay darajada tơğriligiga baho beriladi;

buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xơjalik faoliyatini amalga oshirish choğida qonun hujjatlari buzilganligi tơğrisida axborot beriladi.

(112-moddaning nomi va birinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

XIII BƠLIM. YaKUNLOVChI QOIDALAR

113-modda. Aktsiyadorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari

Davlat aktsiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Jamiyatning xơjalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yơl qơyilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

114-modda. Aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari

Aktsiyadorlarning huquqlari:

ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);

qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya institutlari va fond birjalari;

qimmatli qoğozlar bozori professional qatnashchilarining kơngilli birlashmalari;

suğurta tashkilotlari;

Oldingi tahrirga qarang.

qimmatli qoğozlar bozorini tartibga solish bơyicha vakolatli davlat organi;

(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik tashkilotlari;

(114-moddaning birinchi qismi ettinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.

Aktsiyadorlar va qimmatli qoğozlar bozorining boshqa subъektlari ơrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

115-modda. Aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari

Aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:

huquqni tan olish;

huquq buzilguniga qadar mavjud bơlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish;

bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qơllash;

ơzini ơzi himoya qilish;

natura holida ijro etishga hukm qilish:

zararlarni qoplatish;

neustoyka undirish;

maъnaviy zarar uchun tovon undirish;

huquqiy munosabatlarni tơxtatish yoki ơzgartirish orqali amalga oshiriladi.

Aktsiyadorlar ơzlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.

Jamoat birlashmalarini tashkil etish, rơyxatdan ơtkazish tartibi va ularning huquq va majburiyatlari Ơzbekiston Respublikasining «Ơzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tơğrisida»gi Qonunida belgilangan.

Aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aktsiyalarining birlamchi emissiyasi choğida mehnat jamoasi aъzolarining huquqlarini himoya qilish

Aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi aъzolarining aktsiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan taъminlanadi. Mehnat jamoasi aъzolari orasida joylashtirilishi lozim bơlgan aktsiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tơğrisida»gi Qonunining 19-moddasi va Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisida Nizom.

117-modda. Investitsiya institutlarining masъuliyati

Oldingi tahrirga qarang.

Investitsiya institutlari, fond birjalari va boshqalarning masъuliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi «Qimmatli qoğozlar bozori tơğrisida»gi Qonuni.

(117-moddaning matni Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar



Agar Ơzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida Ơzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bơlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qơllaniladi.

Ơzbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV

Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish