Akbarova feruza uktamjonovna


Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimida raqamli texnologiyalarni



Download 4,77 Mb.
bet6/30
Sana20.07.2022
Hajmi4,77 Mb.
#829484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Akbarova Feruza tayyor doc 97 2003 plagiat to\'g\'rilangan

Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimida raqamli texnologiyalarni

qo`llashning me’yoriy-huquqiy asoslari
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda hayotimizning barcha sohalariga yangiliklar kirib kelmoqda. XX asr bu axborot texnologiyalari davri bo`lgan bo`sa XXI asr axborot tarqatish asriga aylanib bordi. Axborotni uzatish, yetkazish, tarqatish shakllari ham o`zgarib bormoqda. Inson ongi uning intelektual salohiyati o`laroq dunyoda yangidan yangi kashfiyotlar paydo bo`lmoqda. Bularning aksaryati texnika sohasidagi kashfiyotlar hisoblanadi. Boshqa sohalardagi kashfiyotlarni yaralishida ham zamonaviy texnikalarning o`rni beqiyosdir.
O`zbekistonda iqtisodni va ta’limni umuman barcha sohalarni raqamlashtirishga 2017- yildan davlat siyosati darajasida e’tibor qaratila boshlandi. Dastlab elektron hukumatni shakllantirish 2001-yildan boshlangan bo`lsa, 2017-yildan iqtisodiy sohalarni raqamlashtirish va 2019- yildan esa ta’lim jarayonlariga raqamli texnolaogiyalarini jalb qilish boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020- yil 29- dekabr kungi Oliy majlisga murojaatnomasida ham elektron hukumat, elektron davlat hizmatlarini yanada jadal rivojlantirish va to`g`ridan to`g`ri davlat boshqaruvida ishtirok etadigan bo`g`in faoliyatini samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga etibor qaratilishi lozimligi haqida aytib o`tdilar.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot hamda u bilan bog`liq bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun ham davlat va jamiyat hayotini yanada jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi 2019-yil uchun Oliy Majlisga murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha “ Iqtisodiyotning barcha yo’nalishlarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini nazarda tutadigan “ Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasi ” ni ishlab chiqishni va shu asosida “ Raqamli O`zbekiston-2030 ” dasturini hayotga tadbiq etish hamda bu borada axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish aytib o`tildi. 10
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet» ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» gi 230-sonli 3, 2002 -yil 30 maydagi « Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida» gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6 iyundagi « 2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi » to`g`risidagi qarori e`lon qilindi 4. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida « 2008-2012- yillarda uzluksiz ta`lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish dasturi » ning 1.7-bandida « Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish », 2.9-bandida « Axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta`lim olishning o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq qilish », 3.4-bandida « Fanlar bo`yicha virtual laboratoriyalar tashkil etish » hamda 6.14-bandida « Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish, ta`lim sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan nazorat va boshqaruv tizimini yaratish » kabi ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 -yil 2 iyundagi « Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida » gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8 iyuldagi « Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha 2 Хalq so’zi. 2001- yil, 15 may. № 94 (2656). 1-sahifa. 3 Хalq so’zi. 2001- yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa. 4Хalq so’zi. 2002 - yil, 1 iyun. № 116 (2944). 1-2-sahifa. 9 chora-tadbirlari to`g`risida » gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi « O`zbekiston Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida » gi PQ-191-sonli qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim maskanlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega bo’lgan maxsus xonalar bilan bir qatorda Inforomatika va axborot texnologiyalari faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.11
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi. Bu borada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan so‘nggi ikki yil ichida bir qator yo‘nalishlarda kompleks ishlar olib borildi. Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tahlil qilinib, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratilgan.12
Darhaqiqat 2019- yil “ Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ” joriy etilishi munosabati bilan bu yilda davlat dasturiga muvofiq yangi O`zbekistonni barpo etish bo`yicha barcha sohalarda sezilarli islohotlar olib borildi. Joylarda IT parklar, Raqamli texnologiyalar markazlari barpo etilib yoshlarimiz bu maskanlarda yangicha bilimlarni egallamoqdalar. Hozirgi kunda esa bu islohotlarimizni izchil davom ettirish maqsadida Raqamli Toshkent, Raqamli O`zbekiston davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda .
Keyingi vaqtda oliy ta’lim tizimini yaratish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda ya’ni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning ustivor yo`nalishlarga hamda xalqaro standartlar talablariga moslashtirilmoqda.
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyati turi) hal etiladigan masalaning murakkabligi bilan belgilanib, bugungi paytda kerakli yechimlar har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo`lmaydi buning uchun yetmayotgan ma’lumotlarni yig`ish, tahlil etish va fikrlashga qo`shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv tizimiga xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish hamda uni amalga oshirishgachava qarorni amalga oshirish vaqtidan to unga bo`lgan ta’sirni qayd etguncha bo`lgan ayrim oraliq to`xtalishlar bilan bog`liqdir. Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot tizmlarida tegishli tizimlar paydo bo`lishiga olib keladi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda hamda kerakli joyga taqdim etish tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu boisdan ham qaror mohiyati uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbot bo`lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga u yerda qo`llaniladigan texnalogiyaga sezilarli ta’sir o’tkazadi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin.
Tadqiqotlarga qaraydigan bo’lsak raxbar intelektual ish uchun o`z ish vaqtining 29 % ni sarf qilishi ko’rsatilgan va bundan ancha ko’p qismidan (71% esa) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) ma’lumotlarni qayta ishlash natijasi bo`lgan axborot zarur. Kuchayib va ko’payib borayotgan axborot oqimi tufayli bu murakkab boashqaruv mexanizmining elementi sifatida muassasa xodimning strategik qarorini tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga qarorlar qabul qilishgina kirib qolmay, balki yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obektining hozirgi holati bo`yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog`liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot uning bo`limlari muassasa, institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o`rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiradigan “elektron ofis” konsepsiyasi yaratildi.
O`zbekiston Respublikasida yuksak shiddat bilan amalga oshirilayotgan davlat va jamiyat qurilishidagi o`zgarishlar boshqaruv masalasiga tubdan yangicha qarashni talab qilmoqda. Raxbar kadrlar oldiga qo`yilayotgan qatiy talablar dasturiy hususiyatga ega bo`lib davlat va jamiyat ravnaqi ko`p jihatdan ularning faoliyatiga bog`liq ekanligi ta’kidlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim barqaror taraqqiyotni taminlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tamonidan 2030- yilgacha belgilangan yangi ta’lim konsepsiyasida “ Ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish ” dolzarb vazifa etib belgilandi.13
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-iyundagi 3775-sonli qaroriga asosan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ishtirokini ta’minlash bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida ishlab chiqilgan islohotlar davom ettirilmoqda.14
Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g`oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, bu sohalardagi kamchiliklarni o`rganish, muammolarni yechimi bo`yicha taklif kiritish va tashabbus ko`rsatish uchun professor o`qituvchilar, yosh olimlar va talabalarga sharoitlar yaratilmaganligi kabi masalalar keltirib o’tildi.
Bundan ko`rinib turibdiki, maqsadlarga ta’limda boshqaruvni mazmunini o`zgartirish orqali erishish mumkin bo`ladi. Ya’ni barchasini bir markazda jamlab nazorat qilish uchun Internet tarmog`i, masofaviy boshqaruv va raqamli texnalogiyalardan foydalanish zarurdir.
Shu bilan birgalikda 2021-yil 1- yanvardan boshlab ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida ta’lim sifatini baholashning raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi tizimlari joriy qilindi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim tashkilotlarida hujjatli va sayyor tekshiruvlar o`tkazish huquqi berildi, bunda xujjatli tekshiruv ta’lim tashkiloti tamonidan taqdim etilgan hisobotlar va ma’lumotlar , shuningdek uning faoliyati to`g`risida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida mavjud bo`lgan (shu jumladan, tizimida ta’lim muassasasi mavjud bo`lgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, tashkilotlar va davlat orgnlaridan olingan ) hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotiga bormasdan o`tkazildi. Bu ham masofadan boshqaruv jarayonini anglatadi.
Elektron hukumatning paydo bo`lishi bilan boshqaruvning boshqa bo`g`inlarini ham axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida boshqaruvini tashkillash samarali ekanligini ko`rsatdi. Oliy ta’lim muassasalarini ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshqaruvi ham bu ishlarni davomi sifatida raqamli texnologiyalarni va unga mos dasturlarni jalb qilgan xolda faoliyat olib boradi va Oliy ta’lim muassasasini markazlashgan boshqaruviga ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Axborotni qayta ishlash sohasiga yangi texnika va texnologiya joriy etilishi bilan boshqaruvning barcha darajasida unumdorlik ortishiga olib keladi. Axborotni qayta ishlashning yangi texnologiyalari imkoniyatlari takrorlanuvchi vaziflarni bajarish to`g`ri kelgan, dasturlangan qarorlarni ko`zda tutuvchi, yoki katta hajmda mexanik mehnatni talab qiluvchi masalalarni bo`ladi. Kompyuter texnikasi barcha ijodiy jarayonlarni tezlatish imkonini beradi. Aloqa texnikasi zarur axborotni o`z vaqtida olishga imkon beradi. Axborot texnikasi rahbarga katta hajmda axborotdan foydalanishga imkon berish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko`p mehnatni talab etuvchi operatsiyalarni qisqartirish yo`li bilan qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Xisob va qiyoslash uchun EXM dan foydalanuvchi menejer qog`ozda hisob-kitob qiluvchi menejerga nisbatan rejaning bir necha marta ko`p variantlarini tahlil qila olish imkoniyatiga egadir.
EXM ni qo`llash tashkilot tarkibi o`zgarishiga ham olib keladi. Hozirda mutaxassislar hal etishi zarur bo`lgan ko`plab qarorlarni quyi bo`g`in boshqaruvchilari, jumladan, ustalar bajarishi mumkin.
Agar rahbar sifatliroq qaror qabul qilish va kattaroq hajmda axborotni qayta ishlash qobiliyatiga ega bo`lsa, u nazorat qiluvchi masalalar hajmi, javobgar soha doirasini kengaytirish mumkin. EXMni qo`llash ilgari bo`g`in rahbarlari to`plagan axborotning katta qismini axborot texnikasi yordamida ancha tez, tejamkorlik va aniqlik bilan to`plashi va bu bilan ishlovchilar sonini qisqartirish va boshqaruv qarorini qabul qilish jarayonini jadallashtirish yo`li bilan unumdorlikni oshirish mumkinligini namoyon qildi.


Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish