Akbarova feruza uktamjonovna


II BOB. OLIY TA’LIM MUASASALARI BOSHQARUV TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING QO`LLASH HOLATI



Download 4,77 Mb.
bet7/30
Sana20.07.2022
Hajmi4,77 Mb.
#829484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Akbarova Feruza tayyor doc 97 2003 plagiat to\'g\'rilangan

II BOB. OLIY TA’LIM MUASASALARI BOSHQARUV TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING QO`LLASH HOLATI.
2.1 Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimining holati.
Ta’lim muassasalarini boshqarishda ham raqamli texnologiyalardan foydalanish joriy etildi. Bunda o`qituvchi va o`quvchilarni nazorat qilish uchun va shaffoflikni oshirish yuzasidan elektron jurnal, turniket, elektron kundalik, mehnat daftarchalarining elektron tizimga o`tkazilishi, ta’lim muassasalarining rasmiy kanal va saytlarining ochilishi, elektron kutubxona faoliyatining yo`lga qo`yilishi, elektron imzo, QR- kod (Quick Response) ERP dasturi, HEMIS dasturini va UZasbo, oylik bot kabi elektron bugalteriyani misol qilishimiz mumkin .
Jahon tajribalarini kuzatgan holda shuni aytish mumkinki, ta’limga kiritilayotgan investitsiya va innovatsiya bu millatning kelajagi uchun sarflanayotgan sarmoya hisoblanadi. Chunki ta’limni raqamlashtitish uchun kompyuter, televizor,telefon, planshet, smartfonlar, internet tezligi, faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bo`ladigan barcha turdagi raqamli texnalogiyalarga bo`lgan talab qondirilmog`i kerak. Ayni damda talabalarimiz, ya’ni biz taklif qilayotgan ta’limni istemolchilari zamonaviy texnalogiyalar olamida ulg`aymoqdalar. Ular o`z intelektlari darajasidagi ta’limni talab qiladilar va uni tez qabul qiladilar. Bu masalaga ijobiy yondasgish natijasida ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishda turli platforma, modul va dasturlar yaratilmoqda.
Ta’lim muassasalari, davlat ta’lim muassasalari va hususiy ta’lim muassasalariga ajraladi. Hozirda O`zbekistonda ham xususiy ta’lim muassasalari ko`paymoqda va kuzatuvlar shuni ko`rsatmoqdaki, ularning boshqaruvi ta’lim berish usuli va zamonaviy texnologiyalarning yetarliligi bilan zamonamiz talabiga moslashmoqda hamda innavatsion boshqaruvning samarali usullarini jalb etishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi dastlabki “ Ta’lim to’g’risida “ gi qonuniga muvofiq oliy ta’limni boshqarishning quyidagi bosqichlari ko’zda tutilgan15

  • Birinchi bosqich ( 1997-2021-yillar ) mavjud kadrlar tiziminig ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy , kadrlar jihatidan , ilmiy uslubiy , moliyaiy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.

  • Ikkinchi bosqich ( 2001-2005-yillar) milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish , mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.

  • Uchinchi bosqich ( 2005 va undan keying yilar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.

Boshqaruv strategiyasi beshta bir biriga bog’liq masalani hal etishga asoslanadi.

  1. Tashkilot bajarishi lozim bo’lgan strategiyasiga ko’ra bilishni , harakat uzoq muddatli yo’nalishini va aniq vazifani shakllantirish.

  2. Strategik ko’ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.

  3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.

  4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirish

  5. Ish natijalarini baholash , yangi yo’nalishlarni o’rganish va rivojlanishning uzoq mudatli yo’nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari o’zgaruvchan sharoitlar, yangiliklar va imkoniyatlarga nisbatan to’g’rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.

Oliy ta’lim sohasidagi boshqaruv bilan shug’ullanuvchi shaxslarga yuksak darajadagi masuliyatlilik, vakolatlilik hamda tartib, mamuriy qoidalarni ichki hamda tashqi vositalar yordamida muntazam samarali baholash qobiliyati xos bo’lishi zarur .
So`ngi yillarda axborot oqimi to`xtovsiz kuchayib bormoqda. Muassasalar boshqaruv apparati xodimlarining ish unumdorligi eng past bo`lgan sharoit paydo bo’ldi. Shunday holatni kutish mumkin edi, negaki ishlab chiqarishni boshqarish sohasida axborot oqimi kengayib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, tez hamda murakkab o`zgaruvchan sharoitda boshqaruv xodimlari qulay samarali axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanishga zarurat sezadi. Chunki aynan shu narsa ishni osonlashtiradi, vaqtni yaxshiroq rejalashtirishga imkon beradi.
Shuni qayd etish lozimki, boshqaruv maqsadi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish avvalroq boshlangan hamda mustahkam sohaga aylangan. Shaxsiy (personal) kompyuterning paydo bo`lishi avtomatlashtirilgan boshqaruv jarayoni to`g`risidagi tasavvurni o`zgartirmaydigan avtomatlashtiriladigan vazifa va jarayonlar sohasini kengaytirdi.
O`tgan asrning 70- yillarida avtomatlashtirilgan tizimning dastlabki ko’rinishi shakillangan vaqtda tashkiliy boshqaruvga xos bo`lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan ma’lumotlarni yig`ish vazifasini avtomatlashtirish qabul qilingan. Odatda kichik mamuriy xodimga yuklatiladigan reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etadigan o`rta hamda katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qolavergan edi.
Bu shu bilan bog`liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy ta’minot va qatiy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari jumladan kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o`zgartiradi16.
2.1.1 rasm Oliy ta’limni hozirgi raqamli holati.17
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Hozirgi vaqtda Yer kurrasining istalgan joyidan , zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalanib ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursada, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kun sayin ommaviy tus olmoqda. Mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo’naltirilgan ta‘lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bo’ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini berdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo`lgan kompyuterlar hamda ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. Bunda OTM larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo`la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo`llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalari orqali ta’minlashni ko`zda tutiladi. Elektron va masofaviy texnologiyalar - ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo`llangan variantlaridir
Barcha oliy ta’lim tashkilotlarida axborot resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o’quv uslubiy va boshqa qo’llanmalar raqamli farmatga o’tkazib ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlash va ular bo’yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy etish kabilar belgilab berilgan .
Jamiyatning axborotlashuvida, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, zamonaviy electron axborot resurslari bilan boyitish va bu axborotlarni qulay hamda tez foydalanuvchilarga taqdim qilish kun tartibidagi hal qilinishi lozim bo`lgan dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bu muammoni hal qilish, ular ish jarayonini avtomatlashtirish hamda muvofiq dasturiy tizimlarni qo`llash orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda elektron axborot resurslaridan kompyuter tarmoqlari orqali foydalanish eng qulay hisoblanadi.
Oliy talim muassasalarini raqamli muhitga moslashtirish uchun har bir oliy ta’lim muassasasi, jami 195 ta zamonaviy serverlar, 9100 ta kompyuter qurilmalari hamda markazlashgan ma’lumotlar markazi (Data-sentr) bilan jihozlandi. 9 ta oliy ta’lim muassasalarida videostudiyalar hamda 12 ta “Smart class” xonalari tashkil etildi. 21 tа oliy ta’lim muassasalarida «E-MINBAR» qurilmalari o’rnatildi.18
Hozirgi kundagi ta'lim tizimining strukturasi ko’rib chiqishni tavsiya etamiz. Institut rahbari rektor hisoblanadi. Ba'zan universitetning ahamiyati va ko'lamiga qarab, ushbu tuzilmaning yuqorisida kuzatuv yoki vasiylik kengashi mavjud. Institut faoliyati bilan bog‘liq asosiy masalalar institutning barcha fakultetlari, kafedra va bo‘limlari boshliqlari, ma’muriyat xodimlari, kasaba uyushmalari hamda talabalar kengashi vakillaridan iborat bo‘lgan institut Kengashi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. 2021-yilning 24 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Davlat oliy ta’lim muassasasalari akademik va tashkiliky- boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida “ gi PQ-60-sonli qarori imzolandi . Ushbu qarorning 3- bandiga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta davlat oily ta’lim muassasasida vasiyik kengashlari tugatilib , tarkibining kamida 10 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo’lgan yuridik shaxs maqomisiz oily ta’lim muassasalarining “ Kuzatuv kengashlari ” tashkil etish ko’zda tutilib , kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari belgilab berildi.
Tadqiqot ishimizning o’rganish yuzasidan ta’lim boshqaruvida fakultet hamda kafedralar miqyosida boshqaruv jarayonlarini ko’rib o’tishimiz ta’kidlash lozim. Tadqiqot jarayonida rektor, prorektorlar, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda professor-o’qituvchilarning boshqaruv faoliyati o’rganiladi. Ushbu lavozimlarga muvofiq mutaxassislarning ta’limning boshqaruv jarayonidagi pozitsiyalarini batafsil ko'rib chiqdik. Bunda toifalash jadvalidan foydalandik.


Talabalar





Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish