Akbarova feruza uktamjonovna


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikani tavsifi



Download 4,77 Mb.
bet4/30
Sana20.07.2022
Hajmi4,77 Mb.
#829484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Akbarova Feruza tayyor doc 97 2003 plagiat to\'g\'rilangan

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikani tavsifi. Kuzаtish metodi, stаtistik ko’rsаtkichlаr, tаhlil vа sintez metodlаri.


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, mazkur tadqiqot ishi oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimida raqamli texnologiyalar orqali samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida ish jarayonida budjet mablag’larini tejashga yordam beradi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqot jarayonida olingan natijalar va takliflardan oliy ta’lim muassasalaridagi “Ta’lim menejmenti” kabi fanlarni o’qitishda qo’llanilishi mumkin.
Ish tuzulmasining tavsifi. Dissertаtsiyа kirish, uch bоb, хulоsа, fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti vа ilоvаlаrdаn iborаt. Dissertаtsiyа100 sаhifаni tаshkil etib, 60 betidа аsosiy mаzmun yoritilgаn.


I BOB. OTM BOSHQARISH TIZIMI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY USLUBIY ASOSLARI.

    1. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimining nazariy asoslari.

Boshqaruv - bu maqsadga yo’naltirilgan o’ta muhim funksiya hisoblanadi.Muayyan bozorlarga chiqqan xolda , raqobat kurashida omon qolib ko;proq foyda olish boshqaruvning asosiy maqsadidir.
Boshqarish shunga imkon beradiki unday yoki bunday samaraga erishishga, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan bo’lgan iqtisodiy muozanatni ushlab turishni aniq bir tashkilotlarning o`ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog`liq holda, ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini .bu vazufani bajarish uchunboshqaruv jarayonining ba’zi ixtisoslashadigan elementlari mavjud.Shuning uhun tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish obekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi) ni ajratib ko`rsatish mumkin.
Boshqariladigan joy kirish yo’nalishini chiqish mahsulotlariga aylantirish yuzasidan (talabalarni o`qishga kirishi va bitirishi) vazifalar yig`indisini bajaradi. Maqsadga erishish bosqichida boshqaruvchi qism boshqaruvchi obektni tashkil etish uchun zarur bo’lgan ishlar yig`indisini ham bajaradi.
Odatda har qanday tashkilot bir bir qator obektlardan iborat murakkab joy bo`lib, ularni o`zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shuning uchun kompleksning kelishilgan holda ishlashini ta’minlashga qo`shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizmlari kabi) harakatlarni muofiqlashtiradi, ular faoliyati kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga yo`naltiradi. Boshqaruv qismi ko’plab darajali tizilmaga ega bo’lishi bilan aksaryat boshqaruv tizmilari uchun xos hususisyatga ega va bu murakkab tuzilishli boshqaruv jarayonida seziladi.
Odatda obektni boshqarish qismiga etibor beradigan bo’lsak boshqarishning oliy, o`rta, quyi qismiga farqlashimikz mumk. Ulardan har biri o`z funksiyalari to`plami, kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo`ladi.
Boshqarishning yuqori darajasida quyidagi vazifalar belgilanadi, strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalar, ularni amalga oshirish strategiyasi. Boshqarishning o`rta darajasi - texnik boshqaruv darajasi hisoblanib, bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish kuzatib boriladi va resurslar nazoratga olinadi.
Boshqaruvni quyi darajasida hajm- taqvim, kalendar rejalari bajariladi, tezkor nazorat qilinib qayd etish jarayoni amalga oshirish kabi tezkor boshqaruvga asoslangan.
Menejment tushunchasiga tarif berilganda u tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun muhim bo`lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi , faoliyat yo`nalishini qanchalik to`g`ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olish qobiliyatiga , shu bilan birga uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog`liq bo`ladi. Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`lash hamda , uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy taraflarini hisobga olgan holda o`rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv bu aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog`liq bo`lib, boshqarish maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishiga sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning uchun ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo`llab – quvvatlashdan iboratdir. Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab chiqarish jarayonidagi tegishli vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo`lgan sharoitda, ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo`lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilmasi elementlari va ularning o`zaro aloqasini ta’minlovchi mexanizmning qatiyat bilan ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda, ularning dunyo sahnasida o`z o`rniga ega bo`lishiga qaratilgan bo`ladi.
Oliy ta’lim tizimi nuqtai nazaridan “ Menejment – fan sifatida maqsadlariga erishish uchun talabalar akademik guruh mehnati, intelekti va xulq atvoridan foydalana bilish o`quv jarayoni va talabalarni boshqarish va ularni muvaffaqiyatga yo`naltirish mahoratidir. “ 2
Hayotimizga yangiliklar, islohotlar va yangicha fikrlarning kirib kelishi bu axborot uchun ham, so`zlashuvda ham yangicha so`zlarni, iboralarni paydo bo`lishiga olib keladi. Texnologiya so`zini turli sohalarda ishlatilishi va tushinilishi yuzasidan ma’lumot berib o`tamiz. Chunki , raqamli iqtisodiyot nima ekanligini tushunish uchun avval raqamli texnologiyalar haqida bilib olishimiz zarur bo`ladi. Nafaqat iqtisodiyotni raqamlashtirish , balki ta’limga ham raqamli texnologiyalarni olib kirish, undan foydalanish pandemiya sharoitida dolzarb masala bo`ldi va ta’limda ham, iqtisodda ham bu sohada oilb borilgan ishlar yakunida sezilarli natijalarga erishilmoqda va barcha sohalar zamonaviy hayotga moslashtirib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari Oliy majlisga murojaatnomasida iqtisodiy ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni ustuvor vazifa sifatida ko`rsatdilar. Bundan kelib chiqadiki, murojaatnomadagi vazifalar tadbiq etilganda fuqorolarimiz raqamli texnologiya iborasiga duch keldilar.
Shuning uchun dastlab texnologiya tushunchasiga aniqlik kiritaylik , bu so`z ishlab chiqarish va texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanda 1872-yida ishlatilgan. Bu ibora turli sohalarda qo`llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari , axborot texnologiyalari , ta’lim texnologiyalariga yoki bular zaminidagi raqamli texnologiyalarga ham duch kelamiz.
Demak “ texnologiya ” so`zi (yunoncha–techne mahorat san’at va logos -ta’limot, fan, tushuncha) so`zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma’nosini anglatadi yoki ba’zi adabiyotlarda – san’at , mahorat, bilish degan ma’nolarni bildirib u dastlab ishlab chiqarish sohasida qo`llanilgan. Masalan, mahsulotlarga ishlov berish , tayyorlash, qo`llanish usullari , tarkibi va hossalarini , ularni o`zgartirish haqidagi fan sohasi sifatida ko`rilgan .
Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda material sifatida ham axborot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obekt jarayon yoki xodisa to`g`risidagi sifat tarafdan yangi ma’lumot bo`ladi . Hodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`lishi tehnalogiyadir. Kompyuter texnologiyalari o`rnida ko`p xollarda axborot texnologiyalari tushunchasi ishlatiladi va bu o`rinli hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasida axborotni EXM va kompyuter tarmoqlari orqali yig`ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ish olib boradi. Axborot texnologiyalarini bir necha turlari ichidan boshqarishning axborot texnologiyalarini olaylik. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan va insonlarning axborotga ehtiyoji talabining qondirishdan iborat.Tashkilotning o`tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham boshqarishning axborot tizimlari o`z ichiga oladi.3
Texnologiya atamasi pedagogika faniga ishlab chiqarish sohasidan kirib kelgan . Ta’lim sohasidagi ishlarni texnologiyalashtirish dastlab o`tgan asrning boshlarida AQSh va G`arbiy Yevropada vujudga kelgan bo`lib bunga o`sha paytlardagi ta’lim tizimini isloh qilish , ta’lim samaradorligini va shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish uchun shart - sharoitlar yaratish bo`yicha olib borilgan harakatlar sabab bo`lgan . Bu ta’lim texnikasi yoki pedagogik texnika ham deb yuritiladi.4 Yevropada yana ta’lim texnologiyasi tushunchasiga ( ingl.” an educational technalogi” ) ta’lim (o`qitish ) jarayonining yuksak mahorat , san’at darajasida tashkil etilish deb ham ta’rif berilgan.
Raqamli texnologiyalarga to`xtaladigan bo`lsak, u ijtimoiy va iqtisodiy hayot sohasiga kirib kelayotgan tushuncha bo`lib , adabiyotlarda terminga ta’rif berilishicha kompyuter xotirasi bu maxsus elektron yachaykalar to`plamidir, ularning har biri no`l va birlar kombinatsiyasidan iborat bo`lgan axborotni saqlaydi axborotlarning barchasi raqamlarda aks etganligi uchun ham bunday texnologiyalar raqamli texnologiyalar deb yuritiladi. Ta’bir joiz bo`lsa, axborot texnalogiyalarining mazmuni o`zgarmagan faqat shaklan boshqa ma’noni aks ettirgan holatini “ Raqamli texnologiyalar ” deb atashimiz mumkin..
Avvalo shuni aytish kerakki, o`zaro bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining birikish ketmaketligidan iborat bo`lgan raqamli iqtisodiyot uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalar aro hamda bulutlar orqali, data markazlar aro) raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotning rivojlantiruvchi bir qancha xizmatlar big data, suniy intellekt, mashina vositasida ta’lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnalogiyalar kelajak iqtisodiyotida va korparativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini rivojlanish tendensiyalari yaqqol ko`rsatib turibdi.
Ta’lim muassasalari boshqaruvi sohasiga ham raqamlashtirish iqtisodiy sohada sinalgandan so`ng olib kirildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bu ayniqsa dunyo miqyosida ta’limning jarayonining raqobatbardoshligini belgilaydigan b strategik ahamiyat beriladigan masalalardan biri hisoblanadi. Barcha zamonaviy texnologiyalar uchun, ayniqsa, raqamli boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan omma uchun “ijtimoiy stress test” zarur.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish