Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Movarounnahr (1551-1556) xoni bo‘lgan. Baroqxon yoshligida Vosifiydan
she’riyat, musiqa, vazn va nazmdan ta’lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va
harbiy mashqlar bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Baroqxon o‘z saltanatini
kengaytirish maqsadida ko‘pgina harbiy yurishlarni amalga oshirgan. U
Abdulatifxon
vafotidan keyin, 1551-yil Samarqand taxtiga o‘tirgan va Baroqxon
nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb
etilgan. Baroqxon ayniqsa, mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan.
Mamlakatda uning hukmronlik davrida bir
qancha masjid va madrasalar,
karvonsaroylar bunyod etilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida
qayd etilishicha, Baroqxon 1556-yilda Zarafshon daryosidan boshlangan Darg‘om
kanalining bosh inshooti – Ravotxo‘ja to‘g‘onini tuzattirish uchun kelgan va shu
yerda to‘satdan vafot etgan.
Inshoot so‘nggi o‘rta asrlar davri, XVI asrning 1-yarmiga taalluqli bo‘lib,
1531-1532-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
Baroqxon madrasasi Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronlik
qilgan davrda Toshkentning qadimiy manzillaridan biri bo‘lmish
Zarqaynar
ko‘chasida bunyod etilgan.
Uning bunyod etilishida xom va pishgan g‘isht, loy, turli hajmdagi taxtalar,
tosh, mis, sopol parchalari, tunuka, sement va boshqa ashyolardan keng
foydalanilgan.
Madrasaning
umumiy
ko‘rinishi:
madrasa devorlari
toqlari va peshtoqlariga
rang-barang koshinlar ishlangan, xonaqoh
ichkarisi esa kundal uslubida bezatilgan va
ustidan zarhal yuritilgan. Devorning to‘q
yashil rangli olti
yoqli sirtiga parchin terib
ishlangan, izorasiga zarhal yugurtirilib nafis
bezaklar berilgan; shoir Vosifiyning she’rlari
serjilo, naqshinkor usulda devorlarda aks
etgan. Hujra derazalariga turli girrix naqshlar o‘yilgan
ganch panjaralar
o‘rnatilgan.
Inshoot Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan
gumbazsimon, “Chor” uslubda bunyod etilgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, me’moriy obida bunyod etilgan joyda ilgari Xristian
ibodatxonasi bo‘lgan. Ko‘p yillar avval shu yerdan Iso Xristos haykalchasi bilan
bolalar oltin beshigining topilishi buni isbotlaydi. Inshoot o‘z
davrida qurilgan
boshqa inshootlardan devorlarining qalinligi va nisbatan hashamatdan holiligi bilan
ajralib turadi.
Inshoot o‘z davrida ta’lim muassasasi, Ikkinchi Jahon urushi yillarida ombor
vazifasini bajargan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng uning vazifasi o‘zgardi, hozirda
inshoot muqaddas qadamjolarimizdan biri bo‘lib kelmoqda.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida qarovsiz ahvolda qolgan madrasada bir necha
bor ta’mirlash, tuzatish ishlari olib borilgan. 1904-1905-yillarda Toshkentlik usta
Xoja Abdul Qosim tomonidan qilingan ta’mirdan so‘ng hozirgi qiyofasiga
keltirilgan.
Bundan tashqari, inshootda 1946, 1949, 1951, 1967-yillarda va,