Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga


Ollohqulixon karvonsaroyi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Ollohqulixon karvonsaroyi 
 
Xiva 
shahrida 
Ollohqulixon 
karvonsaroyi Xiva xoni, qo‘ng‘irotlar 
sulolasining 
yirik 
vakillaridan 
biri 
Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan. 
Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – 
Xiva xoni (1825-1842) – Muhammad 
Rahimxonning o‘g‘li. Uning davrida 
Xivada karvonsaroy, tim, 111 xona va 
bo‘lmali Toshhovli saroyi, Ichan qal’a 
sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid
Saitboy masjidi, Toshhovuz qal’asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. 
Yangi kanallar qazdirib sug‘oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining 
obodonchiligi uchun ko‘p mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik 
(koshinkorlik) san’ati yuksak cho‘qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va 
Ko‘hna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ko‘pgina tarixiy obidalar ta’mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq 
madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan (1842). Ichan qal’a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish 
maqsadida Dishan qal’a (Tashqari qal’a) qurilgan. Ollohqulixon 1842-yil 
Chorjo‘yga yurish qilib, qal’ani qamal qilgan paytda og‘ir kasalga duchor bo‘lib, 
orqaga qaytishga majbur bo‘lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o‘zi hayot 
vaqtida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan. 
Karvonsaray so‘nggi o‘rta asrlarning oxirlarida, 1832-1833-yillar oralig‘ida 
bunyod etilgan. 
Me’moriy obida bunyod etilgan davrda zulm, talonchilik, o‘zaro urushlar 
kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7 marta 
Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 
marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‘zg‘olonlarini beshafqat 
bostirgan (1828-yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini 
mustahkamlagan (1840-1841-yillar). Bundan tashqari, Ollohqulixon hukmronligi 
davrida ko‘pgina obidalar qad rostladi. Borlari ta’mirlandi. Bir so‘z bilan aytganda, 
me’morchilik, san’at va ko‘pgina sohalar rivojlandi. 
Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan 
g‘isht, tosh, tunuka, sement, qum, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va 
shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan. 
Karvonsaroy to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (69,0x58,0 m), burchaklariga 
guldasta – minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimol va janubdagi peshtoq orqali 
kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar 
(4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga 
qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, 
ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. 
Hovliga kiriladigan yo‘lak 2 tomondan peshtoq bilan chegaralangan. Peshtoq 
qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor.
Karvonsaroy Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, 
“Chor” uslubida bunyod etilgan. 
Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‘ziga xos tomonlar bor. 
Masalan, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib o‘tilsa, bu 
yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan to‘g‘ri o‘tish mumkin. Hovli o‘rtasi 
ot aravaga mol yuklashga qulaylashtirilganligi bilan karvonsaroy talablariga javob 
bergan va o‘z davrida chet davlatlardan keladigan savdo karvonlariga maishiy 
xizmat ko‘rsatilgan hamda karvonsaroy pastidagi xonalarda yuk saqlangan, 
yuqoridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan joy vazifasini bajargan.
Ollohqulixon karvonsaroyi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‘ng bir 
necha bor ta’mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi 
hukumatining 616-sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish