Modarixon madrasasi.
Buxorodagi Modarixon madrasasi
Abdullaxon II tomonidan o‘z onasiga
qurdirgan inshoot hisoblanadi. Uning
qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon II
(to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol,
Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin
majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining
shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi,
sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va
Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda
Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon
vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish,
markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq
kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at,
shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Madrasa so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki davrida, 1566-1567-yillar
oralig‘ida bunyod etilgan.
Modarixon madrasasi Abdullaxon madrasasining ro‘parasida joylashgan
bo‘lib, ikki inshoot birgalikda Sharq me’morchiligining “qo‘sh” uslubida bunyod
etilganligidan dalolat beradi.
Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan
g‘ishtlar, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi va shunga o‘xshash mahsulotlardan
foydalanilgan.
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot
Abdullaxon madrasasi qarshisida bunyod etilgan bu ikkala inshoot qo‘sh Madrasa
majmuasini tashkil qiladi. Madrasa devorlarining ikki chekkasi pishiq g‘ishtdan
terilgan, o‘rtasi siniq g‘isht bo‘laklari bilan to‘ldirilgan. Madrasa chorsu tarhli
(67x45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli,
oldi ravoqli 3 qismga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar
bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor g‘ishtlar bilan naqshlangan guldastalar
joylashgan. Eshiklar xotamkori uslubida qurilgan. Xonalarning har birida eshik va
uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa
tomonlari bezaksiz. O‘rtasidagi to‘g‘ri to‘rtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar
bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy, darsxona va masjid, hovli to‘rining 2 burchagida
joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bag‘allari ganchdan to‘rsimon
shaklda ishlangan.
Madrasa Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan,
“Chor” uslubida bunyod etilgan.
Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, Modarixon madrasasi Abdullaxonning
onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Bundan tashqari, madrasaning
devor qurilmasi XVI asr Buxoro me’morchiligiga xosligi ham inshootning o‘ziga
xos tomonlariga misol bo‘la oladi.
Modarixon madrasasida mamlakatimiz mustaqilligigacha va undan keyin
bir necha marta ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Buxoro shahrining
2500 yilligi munosabati bilan shahardagi boshqa me’moriy obidalar qatorida
Do'stlaringiz bilan baham: |