Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


 KREATIVLIKNING  KONTSEPTUAL`  ANALIZI



Download 399,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.01.2020
Hajmi399,17 Kb.
#32015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boshlangich sinf oqituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari
pedagogik mahoratning ozbekiston respublikasi talim tizimida ommalashtirish usullari va yollari. oquv-tarbiyaviy ishlarni boshqarish va nazorat qilishda oqituvchining roli, pedagogik mahoratning ozbekiston respublikasi talim tizimida ommalashtirish usullari va yollari. oquv-tarbiyaviy ishlarni boshqarish va nazorat qilishda oqituvchining roli, ozbekistonda goyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish usul va vositalari, boshlangich sinf oquvchilari manaviyatini shakllantirishda xalq ogzaki ijodidan foydalanish, ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, nizom- Эл юрт умиди, nizom- Эл юрт умиди, o'zbek xalq qo'shiqlari, Поехали-1, R 2 TOVUSHI, Geodeziya laboratoriya

 

1.2. KREATIVLIKNING  KONTSEPTUAL`  ANALIZI 

XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabxalariga, shu 

jumladan  ta`lim-tarbiya  sohasiga  ham  ko`plagan  yangiliklar  kirib  kelmoqda.  Ushbu 

yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy 

tilimizda  qo`llanilishi  kuzatilmoqda.  Jumladan  pedagogika,  ya`ni  ta`lim-tarbiya 

sohasida  keyingi  20-yil  ichida  qo`yidagi  tushunchalar  keng  qo`llanilmoqda  va 

bizning ilmiy tilimiz iste`molida keng ishlatiomoqda: 

- pedagogik texnologiya, 

- ilg`or texnologiya, 

- ilg`or tajribalar, 

- innovatsiya va innovatika, 

- pedagogik neologiya, praksiologiya, aksiologiya, 

- innovatsiya va innovator, 

- interaktivlik, 

- strategiyalar, 

- gumanistik pedagogika, 

- liberalizatsiya, 

- ta`limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, 

- tarbiya jarayonida texnologiyalar, 


 

12 


Biz  shular  orasida    «kreativlik»  tushunchasiga  alohida  to`xtab  o`tmoqchimiz.  

Bu  tushuncha  so`nggi  yillarda  ta`lim-tarbiya  jarayonlarida  ma`lum  darajada 

qo`llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma`nosini tahlil etishga hamda 

insonlarda  kreativlikning  shakllanganlik  darajasini  aniqlashga  doir  qator  tatqiqotlar 

olib borilgan.  

Ayniqsa  bunday  izlanishlar  psixologiya  soxasida  keng  rivojlangan.  

A.Yu.Agafonov, 

Yu.Lotman, 

V.Rudnev 

G.S.Batishev, 

M.M.Baxtin, 

D.B.Bogoyavlenskaya,  V.M.Vil`chek,  V.Dil`tey,  V.N.Drujinin,    D.A.Leont`ev, 

A.Maslou, 

A.A.Melik-Pashaev, 

I.Meyerson, 

A.Ya.Ponomarev, 

M.Rorbax, 

S.L.Rubinshteyn, V.Frankl, R.Yakobson singari olimlar shular jumlasidandir.  

  Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy tatqiqot ishlarini va boshqa 

da  adabiyotlarni  analitik  tahlil  qilar  ekanmiz,  psixologik  nuqtai  nazardan 

kreativlikning mazmun va ma`nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi xulosalarga 

kelishganligining guvohi bo`lamiz. 

DEMAK

1.  Kreativlik  –  bu  madaniyat  vositasi  asosida  shaxs  sifatida  shakllanish 

jarayonida namoyon bo`ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir.  

2.  Kreativlik  –  bu  insonning  shaxsiy  xususiyati  bo`lib,  uning  o`z-o`zini 

takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog`liq.  

3.  Psixolog  olimlar  tomonidan  kretivlikning  qo`yidagi    ikkita  komponenti 

aniqlangan. Bular: 

A).  Shaxsiy  mazmun.  Ya`ni  har  bir  insonning  shaxsiy  hayotining  umumiy 

mazmuni. Bu mazmun madaniyatshunoslik bilan bog`liq. Har bir inson biron bir soha 

yoki faoliyat bilan shug`ullanar ekan, u kreativlik, ya`ni yaratuvchanlik  munosabatda 

bo`ladi va uni iloji boricha chiroyli, insonlarni o`ziga tortishga yo`naltiriladi. Bu esa 

o`z navbatida insoniyatning madaniyatga yo`naltirilganligidir. 

B). Signifikatsion ko`nikmalar.  

4. Kreativlikni tashxis qilish psixosemiotik tahlil bilan bog`liq 

Kreativlikning darajasini aniqlash qo`yidagilar bilan belgilanadi:  

-  shaxsiy ma`noning rivojlanish darajasi; 



 

13 


- verballi belgilar sistemasini yaratish 

5.  Ta`lim  olish  kengligi  ikkinchi  semiotik  tizimni  tashkil  etadi.  Uning 

kreativlikni rivojlantirishga ta`siri gomomorfizik madaniyat bilan bog`liq.  

6.  Psixologiya  fanida  kreativlik  bilan  bog`liq  bo`lgan  qo`yidagi  jihatlarni  

aniqlashga  doir  qator  metodlar  tavsiya  etilgan.  Lekin  bu  metodlar  bevosita 

kreativlikni emas, balki kreativlikni belgilab beruvchi muayyan jihatlarni aniqlashga 

qaratilgandir. Bular: 

  

A). Psixosemiotik analiz metodlar



- mualliflik matnlarni analiz qilishning psixosemiotik tashxislash metodi 

- E.Torrens metodi, 

- D.A.Leont`ev metodi, 

- G.Myurreyning «Tematik appertseptiv matn» metordi, 

- ekspertlarning baholari metodi.  

 

B).  Ijtimoiy intellektni (aqlni) aniqlashga doir metodlar

- Dj. Gilford va M. Salliven metodi, 

- T.Lirining insonlararo muloqotlarni aniqlash metodikasi, 

- xarakterning aktsentuatsiyaini aniqlash metodlari, 

 

V). Matnlarni psixosemiotik tahlil qilish metodlari; 

- «ko`lam» va «leksik boylik», 

- komp`yuter dasturlari: Microsoft Access ma`lumotlar bazasi va

 

h.k.


  

 

7.  Kreativlik  shaxsiy  mazmun  va  unga  doir  belgilarning  ob`ektivligi  bilan 



belgilanadi.  

8.  Kreativlikning  rivojlanishi  uning  komponentlerining  rivojlanishiga  bog`liq. 

Bular: shaxsiy mazmun va signifikatsion ko`nikmalar. 

9.  Kreativlikni  tashxis  qilish  -  ijodiy  faoliyatning  maxsulotining  ko`satkichlari 

bilan bog`liq.  


 

14 


10.  Shu  bilan  bir  qatorda  psixolog  olimlar  tomonidan  o`quvchilarning  insho 

yozishdagi  kreativligi  psixosemiotik    jihatdan  tahlil  etilgan.  Buni  biz  psixolog  olim 

I.M.Kishtomova  tomonidan  olib  borilgan  ilmiy-tatqiqotlarida  ko`rishimiz  mumkin.  

Uning  «Problema  kreativnosti  shkol`nikov:  psixisemioticheskiy  podxod»  nomli 

19.00.07  –  pedagogik  psixologiya  ixtisosligidagi  psixologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy 

darajini  olish  uchun  tayyorlagan  disserattsiyasining  mazmunidan  ko`rishimiz 

mumkin.  Ilmiy  izlanishardagi  tajriba-sinov  ishlarining  taxlili  shuni  ko`rsatganki, 

insho  bolalarning  kreativ  faoliyatining  mahsuli  sifatida  tashxis  qilish  belgilangan. 

Bunda:  

A). O`quvchining shaxsiy ma`nolarining ko`satkichlari sifatida: 

- ma`no va mazmun, 

- vaqt, 


- leksik boylik, 

- javobgarlik, 

- ob`ektotsentrizm, 

- sub`ektotsentrizm, 

- tema. 

B). O`quvchining signifikatsion ko`nikmalarining ko`satkichlari sifatida: 

- inshoning ko`lami, 

- obrazlilik, 

- kompozitsiya, 

- bir butunlilik, 

11.  Ta`lim  olish  kengligi.  Ta`lim  olish  kengligining  bazasi  sifatida  madaniyat 

hisoblanadi.  Uni  esa  shaxs  modellashtiradi.  Bazali  madaniyatni  ta`lim  olish 

kengligining kreativlilikginig rivojlanish samaradorligi belgilaydi.  

12.  Ta`lim  olish  kengligida  kreativlilikni  rivojlantirishning  asosiy  pragmatik 

tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. 

13.  Kreativlikning  shaxs  ma`naviy-axloqiy  sifatlari  bilan  bog`liq  jixatlari  tahlil 

etilgan. 


 

15 


14.  Kreativlik  mazmunining  muammolarini  yechib  berishga  qaratilgan 

kontseptual` psixosemiotik yo`nalish ochib berilgan.  

15  Shaxsning  krieativligini  psixolog  olimlar  o`quvchilarning  insho  yozishlari 

jarayonida  tahlil  etishga  harakat  qilishgan.  Bunday  qo`yidagi  ishlar  amalga 

oshirilgan.   

Psixologiya  fanida  kreativlik  aktning  tuzilishi  ishlab  chiqilgan  va  bunda 

kreativlikni  tashkil  etuvchi  elementlar:  transtsendentsiya  va  signifikatsiya  sifatida 

tahlil etilgan. 

Trans tushunchasi ikkita ma`noda qo`llaniladi: 

 1). Tibbiy tushuncha yo`li, ongning mavxumlanishi, ongsizlik, o`zini yo`qotish. 

2). Oraliq. Biron bir predmet yoki hodisalarning oralig`idagi bog`lanish. 

Shunday ekan, kreativlik akt qo`yidagilar bilan tavsiflanishi belgilangan: 

- erkinlik va cheklanganlikning protsessual` ambivalentliligi; 

- madaniy jihatdan cheksizlik va cheklanganlikning transtsendental`ligi; 

- real` ob`ektlilik; 

- belgilar sistemasining kontinual`li ma`nosi va diskretivligi. 

Kreativlik  aktning 

ma`naviy-axloqiy  yo`naltirilganligi 

masalasi  uning 

strukturasiga  nisbatan  apellyatsiyasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Transtsendentsiya 

ma`naviy-axloqiylikga  nisbatan  taqqoslab  bo`lmaydi.      Qo`yida  ko`rsatilgan  rasmda 

(1-rasm)  semiozis  (sistemalarning  o`zaro  bog`liqligi)  jarayoni  –  matn  bilan  dialog 

shaxsiy  ma`nolarning  sistemasi  shakllanishi  amalga  oshiriladi.  Faolyatining  maxsuli 

olinadi va kreativlikning rivojlanishi amalga oshirilishi ko`satilgan. 



Shaxsning ma`naviy qiyofasi (Transtsendentsiya) 

Matn 


Madaniy 

Gumanist 

Matn

 

Matn



 

Ijtimoiy 

Guruh 

markaz 


Matn

 

Matn



 

 

Shaxs 

Hayotiy 

 

Shaxsiy 

mazmun 

Ega markaz 

 

Maxsulot 

Matn


 

 

Dolzarb 



 

1-rasm. Psixologik nuqtai nazardan kreativlik aktning strukturasi 

Bunda qo`yidagi jarayonlar amalga oshiriladi; 



 

16 


-  semiozis  (sistemalarning  o`zaro  bog`liqligi)  jarayonidagi  shaxsning  ma`no-

mazmun sistemasini rivojlantrish, 

-  shaxsiy  ma`no-mazmunning  ma`naviy  darajaga  erishishi  transtsendentsiya 

bilan bog`liq («yuqoridan tushish» (N.A. Berdyaev)). 

-  so`ngra  shaxsiy  ma`no-mazmunning  belgilar  ob`ektivatsiyasi    (signifikatsiya) 

amalga oshriladi («pastdan yuqoriga chikish»). 

- yuqoridagi bosqichlarning natijasi sifatida ijodkorlikning mahsuli hisoblanadi.  

Shuningdek,  psixolog  olimlar  tomonidan  kreativlikning  modelini  yaratish,  uni 

tashxis  qilish  va  rivojlantirish  metoodlarini  ishlab  chiqishga  doir  ham  urinishlar 

amalga  oshirilgan.  Psixologlar  tavsiya  etgan  kreativlikning  modeli  2-rasmda  o`z 

aksini topgan.

 

  



 

2-rasm. Kreativlikning psixosemiotik modeli 

Bunda: 


1) Shaxsiy ma`no-mazmun darajasi 

2) Muallifning madaniyat vositalarini o`zlashtirish darajasidir 

Bunda  kreativlik  metodikasining  mantiqiy  tuzilishi  quyidagilar  bilan 

belgilanadi: 



Nutqning asosiy funktsiyasi – tasvirlash;  

m

at



n

n

in



g

 

ta



x

li

li



 

ta

`l



im

 

se



m

io

zi



m

at



n

n

n



g

 

ta



x

li

li



 

 

Shaxsiy ma`no-mazmun 



Madaniyat vositasi-til 

Kreativlikning rivojlanishi 

Kreativlikni tashxis qilish 

 

Ma`no 

Signifikatsion 

ko`nikmalar 

 

Ma’no 

Shakl 

kod 

KRЕATIVLIK 

 

17 


1. Nutq ob`ektivliligi jarayonida sub`ektiv sistematizatsiyalanadi  

2. Kreativlik badiiy va oddiy nutq bilan tavsiflanadi. 

 3. Monologik  va  yozma  nutq  muallifning    sub`ektivliligini  bildiradi,  maktab 

inshosi – psixodiagnostik tahlilning ob`ekti hisoblanadi. Uning yordamida shaxsning 

shaxsiy sifatlarini aniqlash  mumkin.   

4.  Nutqdagi  kreativlik  erkinlik  asosida  amalga  oshirilib,  uning  erkinligi  til  va 

nutq qonuniyatlariga amal qilgan bo`lsa da cheksizdir  

5.  Matnni  tuzishda  ongli  va  ongsiz  jarayonlar  amalga  oshiriladi;  Ongli  –  ya`ni 

bunda matnning semantik o`ziga xosligi, ikkinchi holatda esa – sintaksislik (shaklni).  

6.  Matnda  shaxs  bir  butun  holatda  namoyon  bo`ladi;  matnning  barcha 

elementlari  va  uning  arxitektonikasi    muallifning  shaxsiy  o`ziga  xosligida 

reprezentatsiyalanadi  

7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma`noga ega bo`ladi. 

 8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma`no va mazmunni amalga oshirishni ifoda 

etish jarayonida ko`rinadi 

Yuqoridagi  ilmiy  adabiyotlarning  tahlili  shuni  ko`rsatadiki,  kreativlik 



tushunasiga nisbatan bir-biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular: 

1.

 



Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir. 

2.

 



Kreativlik  –  bu  insonning  o`ziga  topshirilgan  muayyan  topshiriq  va 

vazifalarni bajarish usulidir. 

3.

 

Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.  



4.

 

Kreativlik  –  bu  insonga  xudo  tomonidan    berilgan  qobiliyat, 



kashfiyotlardir. 

5.

 



Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir. 

6.

 



Kreativlik  –  bu  ijodkor  insonlarning  ma`naviy-axloqiy  va  ijtimoiy 

adaptatsiyalanishidir. 

7.

 

Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir. 



Shu  bilan  bir  qatorda  psixologiyada  ijod  va  ijodiy  faoliyat  muammosini 

o`rganuvchi alohida yo`nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo`nalishi vujudga kelgan.  



 

18 


Ijodkorlik  psixologiyasining  asosiy  maqsadi  psixologik  qonuniyatlar,  ijod 

jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o`rganishdan iborat. 

Ijodkorlikka 

rivojlanishning 

asosiy 

mexanizmi 



sifatida 

(N.V.Kipiaki, 

A.M.Matyushkin,  Y.A.Ponomarev,  I.N.Semenov  va  boshqalar)  qaraladi  va  uning 

o`rganilishi  M.S.Bernshteyn,  V.S.Bibler,  V.N.Shkin,  O.K.Tixomirov,  e.G.Yudin  va 

boshqalar nomi bilan bog`liq. 

Psixologik  ijodkorlikning  kreativlik  deb  nomlanuvchi  yo`nalishi  ustida  g`arb 

olimlari:  J.Gilford,  S.Liding,  V.Smit,  D.Xalperik  va  boshqalar  izlanishlar  olib 

borishgan. 

Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va 

umumlashtirib  R.Xameni  yozadi:  «Kreativlik  o`zida  yangicha  yo`sinda  amalga 

oshirilgan  o`zlashtirish  to`lqinini  (Makkelif),  yangicha  aloqadorliklarni  aniqlash 

(Kyubi),  yangicha  munosabatga  kirishish  (Rodjers),  yangiliklar  (Lassuel),  ongning 

yangicha e`tirozlariga sabab bo`luvchi faoliyatidir». 

Ko`pchilik  tadqiqotchilar  kreativlikni  belgilashda  shaxsning  o`ziga  xosligi  va 

xususiyatlariga  e`tibor  qaratadilar.  J.Gilfordning  fikricha,  kreativlik  va  ijodiy 

imkoniyat  qobiliyatlar  va  ijodiy  tafakkurga  ta`sir  etuvchi  omillar  yig`indisi  sifatida 

namoyon bo`ladi. 

E.Torrens  kreativlikni  yechimlarni  topishda  bilimlarning  yetarli  bo`lmasligi 

muammosi,  qiyinchiliklar  qarshiidagi  indentifikatsiya  va  taxminlarning  shakllanishi, 

yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996-y.) 

Ijtimoiy-psixologik 

va 


ijtimoiy-boshqaruv 

darajasida 

– 

ijodkorlik 



determinantlari borasida jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, 

jamoaning  funktsional-rolli  differentsiyasi  yo`nalishi  bo`yicha  izlanishlar  olib 

borilmoqda. 

Kreativlik  ijodiy  tafakkurning  yangi  mahsuli  yoki  natijasi  ekanligi  yuzasidan 

bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. 

Boshqa  izlanishlarda  ijodkorlikning  yangilik  yaratishdagi  yetakchiligi 

ta`kidlanadi. 


 

19 


V.Arteymning  izlanishlarida  ijodkorlik  uning  mahsuli  bo`lgan  ob`ektga  qarab 

baholanmaydi,  deb  aniq  munosabat  belgilanadi.  Uning  fikricha:  «Kreativlik  bilim, 

faoliyat va istakning uyg`unligi». 

Ko`rinib turganidek, kreativlik masalasi ilm-fanda asosan psixologik tushuncha 

(kategoriya) sifatida tahlil etilgan hamda uning bevosita inson psixikasi bilan bog`liq 

ekanligi  e`tirof  etilgan.  Agarda  til  va  nutq  inson  psixikasining  mahsuli  sifatida 

namoyon  bo`ladigan  bo`lsa,  uning  shakllanishi  va  rivojlanishi  pedagogik  muammo 

sifatida ham tahlil etishni taqozo etadi.    

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

20 


II-BOB.   UZLUKSIZ  TA`LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK 

KREATIVLIKNING TUTGAN O`RNI 

 

2.1. KREATIVLIKNING PEDAGOGIK TAHLILI 

Bugungi  kunga  kelib  kreativlik  nafaqat  psixologlarning,  balki  pedagoglarning 

diqqat e`tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo`llailmayotgan 

bo`lsa  ham  bu  tushunchani  ma`lum  darajada  pedagogik  iste`molga  kiritishga  doir 

harakatlar  ko`zga  tashlanmoqda.  Pedagogika  oid  manbalarda  kreativlik  ijod  bilan 

bog`liq  holda  o`rganiladi  va  tushuniladi.  Ijodkorlikning  psixologik  jihatlari  haqida 

fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog`liq holda tahlil 

etiladi.  Ijodning  psixologik  asoslari  sifatida  qo`yidagi  elementlar  qabul  qilangan. 

Bular: 

1.

 



Qabul qilish. 

2.

 



Xohish va istak. 

3.

 



 Tasavvur qilish. 

4.

 



O`z-o`zini kuzatish. 

Shu  bilan  bir  qatorda  bilimning  asosini  tashkil  qilishda  asosiy  o`rinni 

egallaydigan  fikr  yuritish  bilan  tasavvur  qilish  qo`yidagi  elementlar  belgilanishi 

e`tirof etilgan. Bular: 

1.

 

Aqliy mehnat. 



2.

 

Intuitsiya. 



3.

 

Dunyoqarash 



Pedagogika  fanida kreativlik  masalasiga bevosita  murojaat  etgan  pedagog  olim 

pedagogika  fanlari  doktori,  professor  R.A.Mavlonova  o`zining  ilmiy  ishlarida 

kreativlik  haqida  baholi  qudrat  fikrlar  bildirgan.  Uning  «Boshlang`ich  ta`limda 

innovatsiya», «Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli 

o`quv qo`llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to`xtab o`tgan.  

Buyuk  olim  V.A.Slastyonin  pedagogning  innovatsion  faoliyatiga  bo`lgan 

qobiliyatlarining asosiy xislatlarini qo`yidagicha belgilagan: 

 



shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi. 

 

21 


Bu  qiziquvchanlik,  ijodiy  qiziqish,  ijodiy  yutuqlar,  peshqadamlikka  va  o`z 

kamolotiga intilish; 

 

kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z ka - molotiga 



intilish; 

 



kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik 

tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy 

bartaraf  qilish  qobiliyatlari;  ijodiy  faoliyatiga  hamkorlik  va  o`zaro  yordam  berish 

qobiliyati;   

 

o`qituvchining  individual  qobiliyati,  bu  -  ijodiy  faoliyat  sur`ati  va  ish 



qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o`zini tuta bilish. 

Pedagog  olima  R.A.Mavlanova  an`anaviy  psixologiya  va  pedagogikada 

kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida 

bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:  



-  kreativlik  tafakkur  sifatida  (J.Gilford,  Y.K.Tixomirov)  yoki  intellektual 

faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),  

yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).  

Biroq  oliy  ta`lim  pedagogikasi  (kreativ  androgogika)da  uning  sifat 

ko`rsatkichini  va  namoyon  bo`lish  darajasini  aniqlashning  o`zi  yetarli  emas. 

Kreativlik  biryoqlama  salbiy  jihat  sifatida  qaralsa-da,  uning  muammolar  tizimi 

umumlashtiriladi va bir  butunlikni tashkil  etadi,  bu ayniqsa o`zida ta`lim  jarayonida 

ijodiy  ta`lim  va  tarbiyani  mujassamlashtirgan  shaxsning  ijodiy  imkoniyatlari  va 

kreativlikni  rivojlantirish  jarayonida  oliy  maktab  pedagogikasiga  taalluqlidir.  Shu 

sababli,  olima  kreativlikni  rivojlanish  imkoniyatlarini  kreativ  ta`lim  va  tarbiya 



jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o`rganish zarurligini e`tirof etadi. 

O`tgan  asrning  60-70-yillari  pedagogikada  kreativlik  muammosini  o`rganishda 

keskin  burilish  yillari  bo`ldi.  Shu  davrda  ijodiy  izlanuvchan  pedagog-novatorlar 

paydo bo`ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni 

ham  qiziqtirdi,  ular  ijodiy  ta`limining  psixologik  tomonlarini,  ijod  faoliyatining 

pedagogik  psixologiyadagi  mexanizmini  o`rgandilar.  (V.V.Davidov,  LA.Zimnaya, 



 

22 


N.V.Kuzmina,  A.M.Matyushkin,  Y.A.Ponomarev,  R.A.Mavlonova  rahbarligidagi 

pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) 

Kreativlikni  o`rganishda  amalga  oshirilgan  nazariy  tahlil  uni  kasbiy 

anrogogikada  qo`llashning  umumiy  qonuniyatlari  va  o`ziga  xosligini  aniqlash 

imkonini  beradi  (V.M.Morozov).  Biz  kreativlikning  tizimlilik  tuzilishidan  kelib 

chiqib,  unga  shaxsning  o`ta  intellektual-evristik  jihati  sifatida  emas,  balki  shaxsni 

qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz. 

Kreativlik  -  shaxsni  rivojlantiruvchi  kategoriya  sifatida  inson  ma`naviyatining 

ajralmas  qismi  bo`lib,  shaxsni  o`z-o`zini  rivojlantirish  omili,  shaxsiy  jonbozlikning 

asosi,  shaxs  ega  bo`lgan  bilimlarning  ko`pqirrali  ekanligida  emas,  balki  yangi 

g`oyalarga  intilishda  va  o`rnatilgan  stereotiplarni  yangilik  yaratish  jarayonini  isloh 

qilish  va  o`zgartirishda,  hayotiy  muammolarni  yechish  jarayonida  kutilmagan  va 

noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi.   

 

 

Shu  bilan  bir  qatorda  filologiya  fanlari  doktori  M.Ayimbetov  ham 



o`qituvchilarning  pedagogik  mahoratiga  doir  o`z  fikrlarini  bayon  etish  bilan  bir 

qatorda  pedagogning  shaxsiy  va  kasbiy  faoliyati  masalalariga  to`xtab  o`tgan.  Olim 

«kreativlik»  yoki  «ijodkor»  tushunchalarini  bevosita  qo`llanmagan  bo`lsalar  ham 

ijodkor  o`ituvchining  sifat  ko`rsatkichlarini  yoritib  berishga  doir  fikrlarini  bayon 

etgan.  Olim  mahoratli  zamonaviy  o`qituvchining  strukturaviy  komponenlarini 

ko`rsatib  bergan.  Shu  bilan  bir  qatorda  olim  bunday  pedagoglarning  oltita  belgisini 

alohida e`tirof etgan. Bular: 

1.

 



Pedagogik jamoada katta obruga ega bo`lishi. 

2.

 



O`zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo`lishi. 

3.

 



Darslarini oliy darajada tashkil etishi. 

4.

 



O`quvchilar bilan do`stona munosabatda bo`lish. 

5.

 



Murakkab vaziyatlarda o`zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir 

maromda olib borishi. 

6.

 

Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta`sir ko`chiga ega bo`lishi Sanab 



o`tilgan  sifatlarga  Biz  o`qituvchining  kreativlik  faoliyatini  ham  qo`shicha  qilgan 

bo`lar  edik.  Negaki,  o`qituvchilarning  oliy  darajada  dasrlarni  atshkil  etishi  o`z-



 

23 


o`zidan  bo`ladigan  holat  emas,  balki  o`qituvchining  izlanishlari,  o`z  sohasidagi 

yangiliklarni  tajribalarida  qo`llay  olishi,  o`quvchilarni  «o`qitish»  emas  «o`qishga» 

o`ragatishiga doir qator faoliyatlar tizimi bilan bog`liqdir.  

O`qituvchining  kreativ  faoliyati  pedagogik  mahoratning  mazmunida  aks  etar 

ekan,  pedagogika  fanida  o`qituvchining  pedagogik  mahoratining  modeli  ishlab 

chiqilgan.  Bu model` qo`yidagilarda o`zining aksini topgan. 



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti