Qobilyatlarni rivojlashtirish usullari:
1. Foydali fikrlash – turli xil ajoyib fikrlarni generatsiyasi va ularning
uyg`unligi, rivoji. Insho ustida ish: «Agar men O`zbekiston ta`lim vaziri bo`lganimda
edi, men. . . » O`quvchilar mavzuga turlicha yondashish usullarini o’ylaydilar.
Berilgan vaziyatga qiziqishni ortirish uchun maktab o`quvchilari hayotidan maqsad
yo`naltirilgan syujet olish mumkin.
2. Kommunikatsiya tengdoshlariga o`zining fikrlari, ehtiyojlari va hislari
to`g`risida xabar berish. Bularga tasvirlash qiyoslash, hamjihatlik, verbal, noverbal
kommunikatsiya, fikrlarni tartiblash kiradi. Mashg`ulotda o`quvchilar bolalar bilan
o`tkazilgan pedagogik qobiliyatdagi hisoblar yozish.
3. Bashorat qilish – mumkin bo`lgan voqea yoki o`tmishga murojaat etish
ma`lum joyga ega bo`lishi mumkin bo`lgan hodisalarni taxmin qilish. Bashorat o`ziga
sabab aloqalarni ko`rishni rivoj toptiradi. Bunday tipdagi ishlar bilan ishlash: «Nima
bo`lardi, agarda. . . » yuqori sinf o`quvchilari gipotetik asoratlarni bashorat qilishga
urnishida. O`quv darsida hamda ijtimoiy hayotda.
4. Yechim qabul qilish, vaziyatni tuzilishini baholash, bo`lishi mumkin bo`lgan
va qabul qilingan yechimlarni ko`rib chiqish, alternativ qotordan yechim tanlash. U
yoki bu pedagogik vaziyatni bir necha yechimlarini ko`rib chiqib, o`quvchilar «ideal»
yechim variantini keltiriladi.
5. Rejalashtirish o`ylaganni amalga oshirishda tanlash, qilinishi kerak bo`lgan
narsani tasvirlash, qanday resurslar buning uchun kerak bo`ladi. Bo`lishi mumkin
bo`lgan qiyinchiliklar harakteristikasi. Demokratizatsiya jarayonining konkret
59
maktabda ishtirokchilarda tug`ilgan savollar hisobiga konkret harakatlar programmasi
ishlab chiqish taklif etiladi. Bu javoblarni topishga yordam beradi.
O`yin o`tkazishda noaniqliklar bartaraf etiladi. O`yin harakatlari tashkil etiladi.
O`yin jarayoni vujudga kelgan o`yinning tasviriy ko`rinishi tavsiyasi va ularni
ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi tug`ilgan qiyinchiliklarni g`oyalarni tahlil
qilish. Didaktik o`yinlarni asosi bo`lib o`quvchi va talabalarning idroklarini
chuqurlashtirish va kengaytirish uchun yangi bilimlarni manbasi bo`lgan o`quv
muammolarini tashkil etadi. Didaktik o`yinni eng muhim dalillari bo`lib uning o`yin
faoliyati maksimal darajasida mustaqillik, hohish istak faoliyati va ijodiy namoyon
birga o`yin faoliyatini saqlanib qolishiga aytiladi. Dunyo pedagogikasi o`quv
maqsadlari o`yinni ishlatilishi bilan bog`liq bo`lgan bir necha tushunchalar ajratiladi.
Modellashtirish
ingantatsiya,
bellashuvchanlik
o`yin
modellashtirilishini
funktsiyalaridan biri u yoki bu nisbiy masalalarni va o`zgarishlarni echimlarini
mustaqil
holda
izlash
va
echimlarini
topishdan
iborat.
O`yinning
modellashtirilishining asosiy usullari sifatida pedagogik faoliyat sharoitida bo`lajak
o`quvchilarni tayyorlashda biz mikro o`qitish masala echishda individual birliklarda
ishlash pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish maxsus nisbiy o`yinlar ijtimoiy
psixologik modellashtirilishi sistemasiga umudidaktik rolli, ritmik bolalar o`yinlari,
dramatik o`yinlar kirgiziladigan edi, alohida e`tiborni kasbiy rolli va maxsus o`yinlar
egallaydi: psixotexnik o`yinlar interv`yu psixodramma, didaktik spektakl`, pedagogik
etyudlar, qabullar va o`yin ta`siriga mashqlar. O`yin modellashtirilishi o`ziga turli
ijodiy izlanishlarni ham oladi. Aqliy hujum baxslar, sinektika usullari. Variativning
asosiy maqsadi bor variantlar orasidan borgan sari ko`proq bajariladiganlarini saralab
olish. Muammoli o`qituvchining professional` faoliyatini o`rganish, ma`lum
darajadagi mashqlarni yechish va keyingi aniq muammolarni yechishda foydalanish.
Moslanuvchanlik bu xil mashhur masalalarni yechish yo`li hisoblanadi, ammo
oqibatda bunday yo`l aniq holatdagi pedagogik faoliyat uchungina moslashadi.
Evristik u yoki bu moslamani mustaqil tarzda yangi izlanishlar orqali yechimini
topish.
Korrektiv (tuzatilgan) tashkil etishni boshqasi bilan almashtirish.
60
Izlanish xulosalari quyidagicha:
- erkin sharoitda o`quv jarayoni ijodiy o`qish jarayoniga aylanadi, chunki
yaratilgan sharoitda o`quvchilar o`zlarining qo`shimcha ijodiy qobiliyatlaridan
foydalanishadi,
- erkin yondashuv yoki steriotiplardan va shablonlardan voz kechishga, shu
bilan birga professional faoliyatdagi yangiliklar bilan ishlashga tayyorlab boradi.
Shu bilan bir qatorda ilmiy adabiyotlarni o`rganar va tahlil etar ekanmiz, bir
qatorda pedagog olimlar tomonidan kreativlikning vujudga kelish mexanizmiga
doir muayyan kategoriyalarni tasviya etganligining guvohi bo`lamiz. Bular:
1. O`qituvchining o`zini o`zi boshqarish mexanizmi
- pedagogik faoliyatiga ijodiy yondishishga va yangiliklardan baxabar bo`lib
borishga bo`lgan ehtiyojlar,
- o`zining sohasidagi yangiliklarni bilishga intilish,
- o`z mavqesini ko`rsatish,
- o`z-o`zini tarbiyalashi,
- mustaqil tarzda ta`lim olishi,
- o`z-o`zini doimiy ravishda rivojlantirib borishi
2. Yo`nalishlar.
- qiziqish,
- ijtimoiy yo`nalganlik,
- qadriatlarni bilish,
- ishonchlilik,
- axloqiy etik moyilligi,
- dunyoqarash.
3. «Men» kontseptsiyasi.
- men yoqimliman,
- men kerakman,
- men qodirman,
- men ijodkorian,
- men boshqaraman,
61
- men bilaman,
- men o`zlashtiraman
Yuqoridagilarni umumlashtiradigan bo`lsak umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi
har bir pedagog qo`yidagi uchta asosiy yo`nalishlarda faoliyat olib borishlari
maqsadga muvofiq bo`lib, bunday faoliyat yo`nalishlari o`qituvchini izlanshiga va
ijod qilishga undaydi.
O`qituvchi faoliyatining asosiy yo`nalishlari
O`qituvchining faoliyati asosan uchta ob`ektga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
Bular:
Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga yo`naltirilganligi.
Bunda o`qituvchining :
- «Men» obrazi nazarda tutiladi, ya`ni o`qituvchi o`zining qanday inson
ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun bolalarga
nisbatan e`tiborli va to`zimli bo`lishim kerak», - singari o`z nuqtai nazariga ega
bo`lishi.
- mustaqil bo`lishi, ya`ni u o`z kuchi va bilimiga ishonishi va uni
takomillashtirib borishi lozim.
- psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi. Bunda
masalan, o`qituvchining darsda his-hayojonlarini bartaraf etishi, darsni yuqori
kayfiyat bilan olib borishi, har qanday sharoitda ham asab tolalarini saqlagan holda
o`zining tetik holatini buzmaslik va h.k.
- o`z qadriga etishi, ya`ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda mohir o`qituvchi
ekanligini anglashi.
- o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan, o`quvchi
shaxsiga yo`naltirilganligidir. Bunda o`qituvchining:
- o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi;
- o`quvchilarning ishonchiga kirishi;
- o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi;
- o`quvchilarni qo`llab-qo`vvatlashi;
62
- bir-birini tushuna bilishi;
- o`quvchining fikrlarini to`liq yoritishiga sharoit yaratishi;
- o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi;
- hokimlik qilishi, ya`ni o`quvchilarni boshqara olishi;
- muloqotga kirisha olishi.
Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yo`naltirilganligi. Bunda
o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida:
- o`z ijtimoiy mavqesiga ega bo`lishi;
- o`z tarafdorlariga ega bo`lishi;
- o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi;
- samarali natijalarga erishishi;
- o`z faoliyatini samarali tashkil etishi;
- tajriba orttirishi;
- ish sharoitini yaratishi;
- ijod etishi
Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlanova tomonidan olib
borilgan tatqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda
BIZ qo`yiadagi fikrlarni e`tirof etmoqchimiz:
1.
Kreativlik o`qituvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya
hisoblanadi.
2.
Kreativlik o`qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir.
Chunki tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, o`qituvchi hech qachon
ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.
3.
Kreativlik o`qituvchilarda o`z-o`zidan payda bo`ladigan sifat emas, u
o`qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o`zlashtirish va o`zining
pedagogik faoliyatida qo`llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni enga
olishi, innovatsion yangiliklarni o`z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va
o`z mualliflik g`oyalariga, echimlarni (evristik) topa olishi bilan bog`liqdir.
4.
O`qituvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo`nalishlar va
«Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi.
63
O`qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida
namoyon bo`lishi davr talabidir. Bunday pedagogik faoliyat turlariga esa qo`yidagilar
kiradi:
- o`quv-pedagogik faoliyat. Bu faoliyat loyixalash va konstruktsiyalash
faoliyati deb ham atalib, bunda jamiyat talablari doirasida o`quv ishlarini tashkil etish
nazarda tutiladi. O`quv jarayoni umumiy o`rta ta`lim maktablarida hamda oliy o`quv
yurtlarida mazmunan va shaklan bir biridan farqlanadi. Umumiy o`rta ta`lim
maktablarida o`quv jarayoni o`quv setkasi asosida o`quvchilarga fanlarni o`qitishga
yo`naltirilgan bo`lsa, oliy o`quv yurtlarida o`quv hamda ilmiy tadqiqot ishlari
birgalikda olib borilib, ko`proq talabalarni mustaqil va ijodiy ishlashini amalga
oshiradi hamda nazariy va amaliy mashg`ulotlar olib boriladi; Shuningdek bu faoliyat
turiga o`quvchi va talabalar imkoniyatlarini hisobga olgan ho lda ularni
muvaffaqiyatga eltuvchi vaziyatlar yaratish, axborotni iqtidorli va past o`zlashtruvchi
o`quvchi va talabalarga tushunarli qilib o`zgartira olish ishlari, mashg`ulot loyihasini
turli vaziyatlarda moslab to`za olish, darsda ixcham tashkil etishni rejalashtirish,
sodir bo`lgan vaziyatga qarab (materialni) qayta ko`rish, tushuntirish, axborotni
o`zlashtirilishini ta`minlash ishlari ham kriadi.
- tashkilotchilik faoliyat. Bu faoliyat o`kuv-tarbiya ishlarini rejalashtirishni o`z
ichiga oladi. Shuningdek, bunda o`qituvchi o`quvchilar bilan olib boradigan
pedagogik faoliyatini, o`z vaqtini rejalashtiradi, ishlarini taqsimlaydi. Bu faoliyatning
asosini o`quvchi-talabalarning o`qituvchilar bilan hamkorlikda ishlashi tashkil etadi; )
talabalar mustaqil bilish faoiyatlarini tashqil etish va boshqarish, talabalar diqqat va
qiziqishlarini o`ziga jalb qilish.
- gnostik (bilishga oid) faoliyat. Bu faoliyatda o`qituvchi atrofdagilarni va
o`zligini chuqur va har tomonlama anglashi nazarda tutiladi. Bunda o`qituvchining
o`zi va talaba (o`quvchi)lar faoliyatida ro`y beradigan qiyinchiliklarni tashhislash,
ularni bartaraf qilishga o`rgatish, o`z faoliyatini tahlil qilish, faoliyat natijasini
oldindan yaqqol tasavvur etish ishlari ham nazarda tutiladi.
- kommunikativ (muloqotga moyillik) faoliyat, ya`ni bu o`qituvchining
hamkasabalari va o`quvchilari bilan to`g`ri pedagogik muloqotda bo`lishidir Bunda
64
o`qituvchining xushmuomila va talabchan bo`lishi, talaba va o`quvchilarni
javobgarlikni oshiradigan vaziyatlarga duchor qilish, ularni o`ziga yaqin tutishlariga
erishish nazarda tutiladi.
5. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini kreativlik faoliyat yuritishga ularni
talabalik davridan boshlaboq tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Chunki talabalik davr
talabalarning o`z qobiliyatlarini to`liq namoyon etishga, ijodkorlik sifatlarini yanada
rivojlantirishga sharoit yaratib beradigan insonning rivojlanish davrining eng
cho`qqisiga chiqqan davri ekanligini psixolog olimlar isbotlagan. Shuning uchun ham
olima R.A.Mavlanovaning kreativlikni aynan talabalarda sinab ko`rganligi bejiz
emasdir.
6. Ijodkorlikka tamal toshi qo`yilgan talabalik davridagi sifatlar maktabga
o`qituvchi sifatida qabul qilingan pedagog kadrlar bu sifatlarni yanada rivojlantirib
borishlari lozim. Ya`ni talabalik davridagi ijodkorlik endilikda kreativlik faollikka
aylanishi lozim. Vaholanki, talabalik davrda bola o`zi uchun, o`zining ta`lim va
tarbiya olishi uchun mas`ul bo`lsa endilikda esa u bolalar uchun mas`uldir. Shuning
uchun ham uning kreativ faoliyati faol bo`lishi lozim. Buning uchun:
-
maktablardagi
fanlar
bo`yicha
metodbirlashmalar
yig`ilishlarida
o`qituvchilarni o`sha sohadagi yangiliklar bilan uzluksiz tanishib borishiga undovchi
masalalarning qo`yilishi,
- o`qituvchilarning an`anaviy avgust kengashlarida innovatsiyalarni yaratish,
izlab topish, bankini yaratish ko`nikma va malakasini rivojlantirishga doir
materiallarning mavjudligi,
- har bir o`qituvchining uzluksiz tarzda o`zining pedagogik mahoratini oshirib
borishi, o`z ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirishga doir pedagogik tajribalarni
ommalashtirish,
- maktabda innovatsion muhitni shakllantirish va maktab amaliyotiga ilg`or
texnologiyalarni va interfaol usullarni keng tattiq etish maqsadga muvofiqdir.
Demak, o`qituvchi ijodkolik va tashabbuskor bo`lishida u ta`lim jarayonini
yangicha modellashtirish, ishni innovatsiyalar asosida yangi o`qitish texnologiyasini
joriy qilishi zarur. O`quv jarayonida:
65
- munozara,
- mushoira,
- davra suhbati,
- debat,
- dialoglar,
- aqliy hujum,
- muammoli yechim,
- vaziyatdan chiqish,
- rolli o`yinlar,
- kompyuter saboqlari,
- internet tarmog`idan foydalanishni bilishi talab etiladi.
Bunda o`qituvchi mustaqil ishlaydi, faoliyat olib boradi, sohada yangiliklar
bilan doimiy ravishda tanishib borar ekan u ushbu bilimlar doirasida ijodiy fikrlaydi,
o`z fikrini mustaaqil bayon qiladi va uni asoslab himoya qila oladi. Natijada
o`qituvchida mustaqil pozitsiyada turish ko`nikmasi shakllanadi. Mustaqil ishlash va
o`z pozitsiyasida mustaqil turish ko`nikmasiga ega o`qituvchi esa ijodkorlik, ya’ni,
yangilikka intilivchan, qiziquvchan, haqgo`y va fidoiy kadr bo`lib yetishadi.
Bunda o`qituvchi:
- o`quv mehnat faoliyatini samarali tashkil etishni
- muloqotga kirisha olishi,
- materiallardan va turli axborotlardan mustaqil foydalanishni, mutolaa qilishni
va ularni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llashni bilishi lozim. Biz qo`yida shunday
o`qituvchining faoliyatidan namunalar keltirmoqchimiz. Biz Amudaryo tumani 16-
sonli umumta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Zevar Kamalovaning
pedagogik faoliyatini o`rgandik va uning kreativlik faoliyati natijasida qo`yidagi
ishlarni amalga oshirganligining guvohi bo`ldik.
Z.Kamalovaning bir soatlik noananaviy dars ishlanma:
Fan: Matematika Sinf: 1 sinf Vaqt: 45 daqiqa
Mavzu: O’nliklar ustida amallar.
66
Darsning maqsadi: 1. O’nliklar ustida amallar bajarish haqidagi bilimlarini
shakillantirish.
2. O’nliklar ustida amallarni bajarishga doir misol va masalalar yechish
ko’nikmasini oshirish.
3. O’nliklar ustida amallar bajarishni hayoti davomida qo’llash, hamkorlikda
ishlash malakasini rivojlantirish.
Darsning jihozi: AKT, darslik, daftar, bor, tarqatmali kartochkalar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning usuli: Aralash, noananaviy
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: Salomlashish, sinf ozodaligi, davomatni aniqlash ( 1-daqiqa)
Uyga berilgan vaziyfani mustahkamlash. 6-misol
10 + 9 = 80 + 7 = 22 – 2 = 44 – 4 =
20 + 7 = 80 + 9 = 18 – 8 = 28 – 8 =
Bu misollar kartochkalarga bittadan yoziladi va kartochkanang chap boshlanish
qismiga * belgisi qo’yiladi. O’qituvchi har bir o’quvchiga bittadan misol yozilgan
kartochkalarni tarqatadi va sinfda 32 o’quvchi bo’lsa bitta misol uch marta
takrorlanadi.O’quvchilar * belgisi yoniga o’z ismlarini yozib misollarni yechib,
maxsus shos bor devorga yopishtiradilar.Bunda o’qituvchi har bir o’quvchining
misolni qanday bajarganini aytib boradi. ( 6-daqiqa)
Yangi mavzu: O’nliklar ustida amallar.( 5-daqiqa)
O’nliklar Birliklar
1 0 0’n
2 0 yigirma
3 0 o’ttiz
4 0 qirq
5 0 ellik
6 0 olitmish
7 0 yetmish
8 0 sakson
67
9 0 to’qson
O’qituvchi tushuntirib otdi. Masalan:
2 o’nlik + 2 o’nlik = 4 o’nlik 20 + 20 = 40
2 o’nlik + 1 o’nlik = 3 o’nlik 20 + 10 = 30
4 o’nlik – 2 o’nlik = 2 o’nlik 40 – 20 = 20
7 o’nlik + 1 o’nlik = 8 o’nlik 70 + 10 = 80
4-masala (4-daqiqa)
Masala sharti: Karimada 10 ta kaptar bor,
Anvarda ham shuncha kaptar -?
Ikkalasining kaptarlari qancha-?
Yechish: 10 + 10 = 20
Javob: Ikkalasida 20 kaptar bor.
Dam olish daqiqasi: Inglizcha harakatli qo’shiq ( 2- daqiqa)
5- misol ( 5- daqiqa)
10 + 20 = 30 20 + 40 > 40
30 – 10 < 40 50 + 10 < 80
6 – masala og’zaki bajarish (2 – daqiqa)
Yangi mavzuni mystahkamlash: Juftlikda ishlash.
Har bir juftlikka misollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Masalan:
2 o’nlik + 3 o’nlik = 20 + 30 =
O’quvchilar topshiriqni bajarib maxsus joyga osib qo’yadilar. O’qituvchi
tomonidan muhokama qilinadi. ( 12- daqiqa)
O’quvchilarni baholash. ( 2- daqiqa)
Uyga vazifa. Dars yakunida o’quvchilarga uy vazifasi topshiriladi va
tushuntiriladi. 8 – misol (2- daqiqa)
10 + 10 = 40 + 30 = 40 – 10 = 70 + 20 =
20 + 30 = 20 + 20 = 50 – 20 = 60 – 20 =
Z.Kamalova 1976-yili sobiq Mangit maktabining 1-sinfiga o’qishga bordi. 1986-
yili shu maktabni a`lo baholarga bitiradi. 1989-1991-yillar mobaynida Yunus Rajabiy
68
nomidagi pedagogika bilim yurtida o`qib, imtiyozli diplom bilan tugatdi va bolalar
bog`chasida mehnat faoliyatini boshladi, lekin uning orzusi boshlang`ich sinf
o’qituvchisi bo’lish edi. Shu niyatda u 2005-yili NDPIning «Boshlang`ich ta`lim va
sport tarbiyaviy ish» ta`lim yo`nalishi bo`yicha maxsus sirtqi bo’limga o’qishga
kirdi. Nihoyat o’z orzusiga erishdi. 16-sonli umumta`lim maktabida mehnat
faoliyatini boshladi. Kelajagimiz davomchilari bo’lgan yosh avlodga ta`lim-tarbiya
berish bilan bir qatorda ochiq darslar tashkil qiladi. Dars jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’quvchilar bilimiga bilim qo’shadi.
Z.Kamalova o’z ustida ko’proq ishladi va izlandi. Bu izlanishlar o’z samarasini berdi.
2012-yilda tuman maktablar orasida bo’lib o’tgan «Yil o’qituvchisi» ko`rik-tanloviga
qatnashib, eng yuqori kursatkichga ega bo`ldi va Nukus shahrida bo’lib o’tgan
tumanlararo «Yil o`qituvchisi-2012» ko’rik-tanlovida faxrli 3-o’rinni egallab
tumanimiz pedagoglar nomini yuqori ko’tardi.
Hozirgi kunda u 16-sonli umumta`lim maktabida yosh avlodga ta`lim-tarbiya
berib kelmoqda. Z.Kamalova singari kreativ - ijodkor, izlanuvchilar sonining
ko’payishi ta`lim-tarbiya samaradorligini ta`minlovchi omillarning biri hisoblanadi.
3.3.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kreativ faoliyati mazmuni
Uzoq qishloq maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi «Yil o’qituvchisi»
ko`rik tanlovining g`olibi Z.Kamalova bilan suhbatlashar, shuningdek, uning
pedagogik tajribasini o`rganar ekanmiz, uning nutqida:
- pedagogik texnologiyalar,
- innovatsion texnologiyalar,
- interfaol usullar,
- interaktiv strategiyalar,
- ta`limda integratsiya,
- ta`limda gumanizatsiya,
- ta`limda differentsiatsiya (fr. diffe’rentiofion - farq, har hillik, ya`ni butunni
bo`laklarga bo`lish, ajratish) singari pedagogika sohasida so`nggi yillarda kirib
kelgan yangi va yangi tushunchalarning keng qo`llanilayotganligining guvohi
69
bo`ldik. Bu esa o`z navbatida o`qituvchining o`z soxasidagi so`nggi yangiliklardan
boxabar
ekanligi,
ularni
o`z
pedagogik
faoliyatida
qo`llashga
harakat
qilayotganligidan dalolatdir. Aniqsa uning ko`pchilik xali to`liq idrok eta olmayotgan
inegratsiya masalalarga alohida to`xtab o`tganligi uning izlanuvchanligini bildiradi.
Bizga ma`lumki, «intergratsiya» so`zi lotincha «integratio»-«tiklash»,
«to`ldirish», «integer» - «butun» ma`nolarini bildiradi. Ta`limga integrativ
yondoshish turli darajadagi tizimli aloqalarning ob`ektiv yaxlitligni aks ettiradi.
(tabiat- jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo`lingan qismlarni bir butunga
birlashtirish bilan bog`liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik
darajasining oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog`liqlik xajmi oshadi va tartibga
tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o`rganish ob`ektining yaxlitligi tartibga
solinadi.
Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta`limida qo`llash mumkin?
Zamonaviy didaktik va metodikada ta`kidlanishicha, o`quvchilarni o`qitish,
rivojlanishi va tarbiyasining muvoffaqiyatlari ularning dunyoning birligi xaqida
tushunchaning shakllanganligi, o`z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida
yo`lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmentlararo va
predmetlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan bog`liq. Ta`limdaga integratsiya
o`quv predmetlari mazmunini konstruktsiyalashga tizimli yondoshish orqali ko`rib
chiqiladi.
O’qituvchilarning kreativlik faoliyati ham alohida o`rganishni talab etadi. E`tirof
etilishicha, kreativlik ma`lum masalaning echimini topishdagi axborotlarni tez
sur`atda foydalanish qobiliyatiga bog`liq.
Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni intellektga bog`liq bo`lmagan
holatda - individning yangi tushunchalar yaratuvchi va shakllantiruvchi yangi
malakalari sifatida o`rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko`rsatkichlari bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |