Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Download 399,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana04.01.2020
Hajmi399,17 Kb.
#32015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boshlangich sinf oqituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari


Kreativlikni o`rganish asosan ikki yo`nalishda olib boriladi: 

 

70 


1-yo`nalish.  Kreativlikni  intellekt  bilan  bog`liqligi  masalalarini  va  kreativlik 

bilan bog`liq ta`limiy jarayonlarni belgilashni o`rganadi. 

2-yo`nalish.  Shaxs  va  uning  psixologik  o`ziga  xosligi  kreativlikning  asosiy 

aspekti  ekanligi,  shaxsga  va  uning  motivatsion  chizgilariga  urg`u  berilishi  bilan 

tasniflanadi. 

Intellektual  faktorlarni  ta`limiy  yo`nalishlarda  qo`llanilishida,  kreativlikni 

o`rganish,  baholashda  1950-yillarda  J.Gilford  va  uning  izdoshlari  16  ta  gipotetik 

intellektual qobiliyatni ajratib ko`rsatadilar. 

Ular orasida:  

- fikrning turliligi (ma`lum vaqt oralig`idagi g`oyalarning miqdori),  

- fikrning (bir g`oyadan ikkinchisiga ko`cha olishi) originalligi (o`ziga xoslik),  

- umume`tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g`oyani yaratish qobiliyati),  

- qiziquvchanlik (o`zini o`rab turgan olamdagi muammolarga ta`sirchanlik), 

- gipoteza qilish qobiliyati (reaktsiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi),  

-  fantastikali  (stimul  va  reaktsiya  orasidagi  mantiqiy  bog`liqlikning  borliq 

hayotdan butunlay uzilganligi). 

Shu tariqa fikr yuritadigan, sunggi yangiliklardan boxabar uqituvchilar  bugungi 

kunda  juda  dolzarb  va  bolaning  rivojlanishi  uchun  muhim  sanalgan  integrallashgan 

darslarni  tashkil  etishga  qodir  buladilar.  Integrallashgan  darslarni  tashkil  etish 

birinchi  navbatda  o`qituvchidan  kreativlikni  talab  etadi.  Biz  shu  kabi  olimlar  va 

pedagoglar tavsiya etgan darslardan namunalar keltirmoqchimiz. 

 

  1-sinf o`qish fanidan intergatsiyalashgan 1soatli dars 



1-sinfda quydagi fanlarni intergatsiyalashgan dars sifatida o`qish mumkin.  

O`qish 

Atrofimizdagi 

olam 

Tasviriy san`at 

Matematika 

«Bog`da» 

Tabiatda kuz 

Barg rasmi 

Bir xil, har xil. Uzun, 

qisqa  


«Polizda» 

Maktab tajriba 

dalasida 

Qovun rasmi 

Narsalar sanog`i 


 

71 


«Vatan bu» 

Toshkent-

O`zbekistonning 

poytaxti 

O`zbekiston 

davlat bayrog`i 

 

«Bo`ri bilan 



turna» 

Yovvoyi 


hayvonlar 

Bo`rini plastilinda 

yasash 

 

«Svetofor» 



Bizga yo`l 

ko`rsatuvchi 

belgilar 

Svetofor rasmi 

Shakllarni aniqlash 

«Ona yer» 

Madaniyat va 

ekologiya 

Tabiat manzarasi 

Narsalarni taqqoslash 

  

 «Bozorda» o`yini.  

 Sabzavot  va  mevalarning  rasmlari  ishlangan  kartonlar  yozuv  taxtasiga  osib 

qo`yiladi.  Bu  erda  karam,  kartoshka,  uzum,  nok,  olxo`ri,  piyoz  va  hokazolarning 

rasmlari bor.  



O`qituvchi:-  1  kg  piyoz  4  so`m  tursa,  2  kg  qancha  turadi,  3  kg-chi?  -  deb 

so`raydi.  

3 kg olxo`ri 9 so`m tursa, 1 kg olxo`ri qancha turadi? Shunga o`xshash boshqa 

savollar beriladi. O`yindan keyin bolalardan so`rash kerak: 



O`qituvchi:  - Siz hovlida o`ynayapsiz. Birdan oyingiz bozordan to`rxalta to`la 

meva va sabzavotlar olib kelayotganini ko`rib qoldingiz. Shunda siz nima qilasiz? 



Bolalar:  «To`rxaltani  ko`tarishda  oyimizga  yordam  beramiz»,-  deb  javob 

qilishadi.  

Ularning fikrlari ma`qullanadi.  

O`qituvchi:- Sizlar meva va sabzavotlarni etishtirishda ishtirok etasizlarmi? 

Pedagogika  sohasidagi  shu  kabi  innovatsion  yangiliklar  bilan  uzoq  qishloq 

o`qituvchilarining  xam  tanish  bo`lishi  va  ularni  amalda  qo`llashi  ishlari  amalga 

oshirilar  ekan,  demak  olim  M.G`ulomovning  ilovada  berilgan  singari  tavsiyalari 

o`qituvchilarning kreativ faoliyatini yanada rivojlantirishda foydadan xoli bo`lmaydi. 


 

72 


Shu  bilan  qatorda  olima  R.A.Mavlanova  bolalarni  ijodiy  tasavvur 

mexanizmlariga qanday o`rgatish keraligi buyicha qo`yidagi taklivlarni tavsiya etadi. 

Ular biz haqiqatan ham bolalarni ijod zavqiga erishtirmoqchi bo`lsak, u holda uchta 

asosiy maqsadga diqqat - e`tiborni qaratishimiz kerakligini e`tirof etadilar:  

–  bolalarni  ochilmagan  sir  va  jumboqlarni  o`z  kuchlari  bilan  ochish 

mumkinligiga ishontirish;  

–  bu  sirlarni  topish  va  ochishga  imkon  beruvchi  ijodiy  tasavvurning  asosiy 

yo`llarini o`rgatish; 

–  idrok  qilish,  diqqat-e`tiborni,  xotirani,  his-tuyg`u  va  fikrlashni  rivojlantirish 

uchun ijodiy tasavvur mexanizmlaridan foydalanish 

Bu bobdagi fikrlarimizni umumlashtirib aytadigan bo`lsak, pedagog –tarbiyachi 

bo`lib  bolalar  bilan  ishlaydigan  o`qituvchidan  tinmay  izlanishlar  olib  borishni  va 

yangiliklarni  kreativ  tarzda  o`z  faoliyatida  qo`llashni  talab  etadi.  Kreativlik  faoliyat 

yuritish  o`qituvchilarda  talabalik  yillaridayoq  shallantirilishi  va  bu  sifat  maktabda 

yanada  rivojlantirilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Kreativlik  pedagogika  fanida  qabul 

qilingan  yangi  materiallarni  o`qituvchilarning  o`z  faoliyatida  mohirona,  o`z  o`rnida, 

o`rinli  qo`llay  olish  bilan  ham    belgilanadi.  Zero  maktab  o`qituvchilarining  kreativ 

faoliyati  shunday  darajada  faollashsinki,  ularning  akmeologik  (pedagogik 

faoliyatning  oliy  cho`qqisi)  faoliyati  mualliflik  metodlar  va  texnologiyalarni  taqdim 

etish darajasiga ko`tarilsin.  

 


 

73 


UMUMIY   XULOSALAR 

Ta`limning  zamonaviy  globallashuv  va  axborotlashuv  sharoitida  uqituvchining 

ijodkorlik  faoliyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bugungi  kunda  ta`lim-tarbiya 

sohasiga  kirib  kelayotgan  innovatsion  yangiliklar  pedagogika  faniga  yangi 

tushunchalarni  ham  olib  kirmoqda.  Shunday  tushunchalarning  biri  «kreativlik» 

tushunchasidir. Bu tushuncha kuproq psixologiya fanida kengroq rivojlangan. Ammo 

pedagogika fani bu tushunchaning mazmun va ma`nosini tadqiq etish talab etiladi.  

«Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog`liq. Shaxsning ijodkorlik 

imkoniyatlarini  tadqiq  etishga  bo`lgan  ijtimoiy  buyurtma  kreativlik  muammosining 

alohida  muhimligini  belgilaydi.  Shaxsiy  ijodkorlikning  dinamik  (rivojlanib,  o`sib 

boruvchi)  tasniflanishi  kreativlik  va  uning  asosiy  qirralarida  aks  etadi.  Biroq, 

kreativlik  psixologiya  va  pedagogika  fanlarining  belgilangan  ilmiy  kategoriyasi 

bo`lsa-da,  «kreativlik»  tushunchasi  tegishli  lug`atlarda  munosib  defferentsiyasini 

topmagan  va  ijod  psixologiyasida  etarlicha  aniqlanmagan.  O`nlab  ilmiy  ishlarda 

ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab 

olinayotganligiga  qaramasdan,  hozirgacha  na  muammoning  o`ziga  va  na  unga 

taalluqli bo`lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to`xtam mavjud emas. 

Hozirda,  rivojlanishning  zamonaviy  bosqichida,  mazkur  an`analari  inson 

faktorining  hal  qiluvchi  o`rnini  belgilamoqda.  Bu  faktorning  fenomenologiyasida 

ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi. 

Ijodkorlik inson fenomenining namoyon bo`ladigan yuksak ko`rinishi bo`lishiga 

qaramasdan,  u  eng  kam  o`rganilgan  soha  bo`lib,  tabiiy  qonuniyat  sifatida  qaraladi. 

Gap  shundaki,  ijod  jarayonining  tabiatidagi  tasodifanlik,  kutilmaganlik  avval-

boshdanoq  uning  zamonaviy  ilmiy  metodlarda  o`rganish  imkoniyatini  chegaraladi. 

Zamonaviy  fan  imkoniyatlari  ijodkorlik  tabiatining  mavjud  dalillar  va  savollarni 

to`liq qoniqtiradigan universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas.  

1.

 

Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir. 



2.

 

 Kreativlik  –  bu  insonning  o`ziga  topshirilgan  muayyan  topshiriq  va 



vazifalarni bajarish usulidir. 

3.

 



 Kreativlik – bu intellekt (aql) ning maxsulidir. 

 

74 


4.

 

 Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan  berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir. 



5.

 

 Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir. 



6.

 

 Kreativlik  –  bu  ijodkor  insonlarning  ma`naviy-axloqiy  va  ijtimoiy 



adaptatsiyalanishidir. 

7.

 



 Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir. 

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi 

kategoriya  sifatida  inson  ma`naviyatining  ajralmas  qismi  bo`lib,  shaxsni  o`z-o`zini 

rivojlantirish  omili,  shaxsiy  jonbozlikning  asosi,  shaxs  ega  bo`lgan  bilimlarning 

ko`pqirrali  ekanligida  emas,  balki  yangi  g`oyalarga  intilishda  va  o`rnatilgan 

stereotiplarni  yangilik  yaratish  jarayonini  isloh  qilish  va  o`zgartirishda,  hayotiy 

muammolarni  echish  jarayonida  kutilmagan  va  noodatiy  qarorlar  chiqarishda 

namoyon bo`ladi, degan xulosaga keldik.  

O’qituvchining kreativlik faoliyati dastavvalo pedagogik maxorat bilan bog`liq.  

 


 

75 


ILOVA-1 

O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA`LIMI  

VAZIRLIGI 

AJINIYOZ  NOMIDAGI  NUKUS  DAVLAT  PEDAGOGIKA  

INSTITUTI 

MAGISTRATURA BO`LIMI 

 

 

 

 

Boshlang`ich ta`lim mutaxassisligi magistranti 

MADRAXIMOVA   MASTURANING 

  

 

 

 

«BOShLANG`ICh SINF O`QITUVChILARINING 

KREATIVLIK FAOLIYATINI ShAKLLANTIRISh 

MUAMMOLARI VA METODLARI» 

 

 

mavzusidagi ilmiy-tatqiqot  

ishining umumiy  

dastur-rejasi  

 

 

 

 

 

Nukus – 2012-2014 

 

 

 

 

76 


Mavzuning  dolzarbligi.  O`zbekiston  Respublikasining  ta`lim  sohasini  isloh 

qilishdagi  sa`y  harakatlarining  biri  –  bu  pedagog  kadrlarning  zamon  talablariga 

xamnafas  tarzda  faoliyat  yuritishlari,  har  tomonlama  rivojlangan  komil  shaxsni 

tarbiyalashga doir chukur bilim, ko`nikma,  malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini 

talab  etmoqda.  Bu  esa  o`z-o`zidan  ta`lim  va  tarbiya  ishlarining  qonuniyatlarini 

o`rganuvchi  pedagogika  faniga  «kreativlik»  degan  tushunchani  olib  kirdi.  Ayniqsa 

ilmiy  bilimning  bugungi  kundagi  rivojlanishi,  kreativlikning  shaxsni,  jamiatni  va 

davlatni  rivojlantirishga  ta`siri  ushbu  masalasini  ilmiy  pedagogik  nuqtai  nazardan 

chuqur o`rganishni talab etmoqda. 

Ayniqsa  boshlang`ich  ta`lim  –  bu  har  bir  bolaning  hayotida  chuqur  iz 

qoldiruvchi  ta`lim  turidan  biri  bo`lib,  ta`limning  bu  bosqichida  pedagog-

o`qituvchilarga 

katta 

mas`uliyat 



yuklatiladi. 

Ya`ni 


boshlang`ich 

sinf 


o`qituvchilarining kreativlik faoliyati xali maxsus o`rganishni talab etmoqda.   

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  maqsadi  kreativlik  tushunchasini  ilmiy-

pedagogik nuqtai nazardan o`rganish, uning boshlang`ich sinf o`quvchilari faoliyatida 

namoyon bo`lish jixatlarini tahlil etishdan iboratdir. 

Magistrlik dissertatsiya ishining ob`ekti. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining 

kreativlik yo`naltirilganligi. 



Magistrlik  dissertatsiya  ishining  predmeti.  Umumta`lim  maktablarida 

boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyatini rivojlantirish jarayoni.

 

Ishning 

ilmiy 

farazi: 

Boshlang`ich 

sinf  o`quvchilarining 

kreativlik 

yo`naltirilganligini  qo`yidagi  pedagogik  shart-sharoitlar  asosida  shakllantirish 

mumkin, agarda: 

- boshlang`ich sinf o`qituvchilari tug`ma pedagog sifatida gavdalansa; 

- uzviy va uzluksiz turda o`z sohasidagi yangiliklardan boxabar bo`lib borsa va 

ularni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llab borsa; 

- mavjud psixologik to`siqlarni engib o`ta olsa; 

-  o`qituvchilarning  kreativlik  faoliyati  raxbariyat  tomonidan  e`tiborga  olinsa  va 

qo`llab-quvvatlansa. 

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  maqsadiga  erishish,  shuningdek,  ishning  

belgilangan  ob`ekti,  predmeti  va  ilmiy  farazidan  kelib  chiqqan  holda  Biz  qo`yidagi  



vazifalarni belgilab odik: 

- «kreativlik» tushunchasini ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish; 

-   kreativlik  –  bu  pedagog  kadrlarga  xos  shaxsiy  sifat  ekanligini  ilmiy-nazariy 

jixatdan asoslash; 



 

77 


- kreativlikning komponentlarini aniqlash; 

-  o`qituvchi  shaxsining  kreativligi  bilan  uning  ma`naviy  qiyofasining 

bog`liqligini asoslash  

Bu  vazifalarni  bajarish  uchun  Biz  ilmiy-tatqiqot  ishimizda  qo`yidagi 

metodlardan foydalandik va qo`yidagilar ishning metodologik asosi sifatida xizmat 

qildi. 


Magistrlik dissertatsiya ishining metodlari. Yaratilgan ilmiy farazni takshirib 

ko`rish  hamda  belgilangan  vazifalarni  bajarish  uchun  qo`yidagi  qator  ilmiy-tatqiqot 

metodlaridan foydalandik: 

-  kreativlik  muammosiga  doir  ijtimoiy-pedagogik,  ijtimoiy-psixologik  va 

metodik adabiyotlarni ilmiy nazariy o`rganish va  analitik tahlil etish; 

- kuzatish, anketa, muammoga doir ma`lumotlarni to`plash va ularni saralash; 



 

ILMIY-TATQIQOT IShINING BOSQIChLARI 

Ilmiy-tatqiqot ishlarini qo`yidagi  bosqichlarda amalga oshirish belgilab olindi: 



Birinchi bosqich (2012-2013-o`quv yili): 

1.

 



Mavzuni tanlash va tasdiqlatish. 

2.

 



Tanlab  olingan  mavzuning  dolzarbligini  aniqlash,  mavzuga  doir  pedagogik 

va  psixologik  adabiyotlar  tahlil  etish,  ilmiy-tatqiqot  ishining  umumiy  dastur-rejasini 

ishlab chiqish. 

3.

 



Mavzuga  doir  ilmiy  adabiyotlarni  o`rganish,  Internet  materillari  bilan 

tanishish, ularni tahlil etish.   

4.

 

Muammoga  doir  bildirilgan  olimlarning  fikr  va  mulohazalari  tahlil  etiish, 



ilmiy adabiyotlarning bibliografik kartotakalarini yaratish 

5.

 



Ilmiy-tatqiqot  ishining  predmetini  aniqlash,  ilmiy  farazlarni  ilgari  surish, 

ilmiy tatqiqot ishining maqsadi va vazifalarini aniqlash. 



Ikkinchi bosqich (2013-2014-o`quv yilining 1-yarmi): 

1.

 

Ilmiy adabiyotlar tahlilining natijalarini sintez qilish, 



 

78 


2.

 

Maktab  amaliyotida  kreativ  faoliyat  yurituvchi  innovator  o`qituvchilarni 

aniqlash, ular bilan muloqotda bo`lish, tajribalarini o`rganash.   

3.

 

Ilmiy  izlanishlarning  natijalarini  ilmiy  ommabop  hamda  ommaviy  vositalar 

yordamida joriy etish. Ilmiy seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etish.      

Uchinchi bosqich (2013-2014-o`quv yilining 2-yarmi): 

1.

 



Ilmiy izlanish ishlarini yakunlash va natijalarni sarhisob qilish. 

2.

 



Ilmiy-nazariy  ishlarni  rasmiylashtiirish  va  magistrlik  dissertatsiyasi  sifatida 

shakllantirish. 

3.

 

Ilmiy  tatqiqot  ishlari  yakunlarini  himoyaga  tayyorlash.  Opponentler  bilan 



ishlash. 

4.

 



Taqdimotlar tayyorlash 

 

 

 

 

79 


ILOVA-2 

BOSHLANG’ICH  SINF  O’QITUVCHILARI  UCHUN  IJODIY  ISH 

MAVZULARI. 

1.

 



Savod o’rgatish jarayonida nutq o’stirish. 

2.

 



O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish. 

3.

 



Ifodali o’qish vositalari - nutq o’stirish omili sifatida. 

4.

 



Ifodali o’qish va qayta hikoya qilish yo’llari. 

5.

 



O’qish darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan  foydalanish. 

6.

 



O’qish darslariga aloqador fanlar bilan bog’lanishni tashkil etish. 

7.

 



Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar ongiga «Milliy 

istiqlol g’oyalari»ni singdirish. 

8.

 

Savod o’rgatish darslarida tovushning tahlil va tarkib metodi. 



9.

 

O’qish darslarining samaradorligini oshirishda ertaklarning  o’rni. 



10. Matn tahlili ustida ishlash. 

11. O’qish turlari va ularning tuzilishi. 

12. O’qish darslarida noana`naviylik. 

13. Sinfdan tashqari o’qish darslarida maqollardan foydalanish. 

14. O’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’tish tajribasidan. 

15. O’qish darslarida interfaol usullardan foydalanish. 

16. O’qish darslarida bahru-bayt o’yinlarini tashkil etish tajribasidan. 

17. Izoxli lug’at ustida ishlash tajribasidan.  

18. Yil davomida o’tkaziladigan bayramlar, tadbirlar ishlanmasi.  

19. Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish.  

20. Ona tili darslarida tarqatma, didaktik materiallar bilan ishlash. 

21. Ona tili darslarida test savollari bilan ishlash.  

22. Ona tilidan noana`naviy darslarini tashkil etish.  

23. Ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 

24. Diktant analizi va xatolar ustida ishlash tajribasidan.  

25. O’quvchilarning imlo malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.  

26. Ona tilidan bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash. 


 

80 


27. Ona tili darslarida lug’at so’zlar bilan ishlash.  

28. 2-3- sinflarda o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish. 

29. 3-4-sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish tajribasidan. 

30. Boshlang’ich sinflarda og’zaki va yozma nutqni o’stirish.  

31. Matematika darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash.  

32. Matematika darslarida  tarqatma va didiktik o’yinlardan foydalanish.  

33.  Boshlang’ich  sinflarda  matematika  fanidan  «Sodda  va  murakkab  masalalar» 

yechishga o’rgatish.  

34. Matematika saltanatiga «Sayohat». 

35. Matematika darslarida og’zaki hisoblash malakalarini o’stirish.  

36. Boshlang’ich sinflarda matematik diktantlar o’tkazish tajribasidan. 

37. Boshlang’ich sinfda matematikani boshqa fanlarga bog’lab o’tish.  

38. Matematika darslarida mantiqiy masalalar yechishga o’rgatish.  

39. Matematika darslarida geometrik materiallarni o’rgatish tajribasidan. 

40. Matematika darslarida noana`naviylik.  

41 .Matematikadan bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan yakkama - yakka ishlash. 

42. Matematika darslarida test savollari bilan ishlash.  

43. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatga qiziqishlarini shakllantirish.  

44. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni ijodkorlikka yo’naltirish. 

45. Boshlang’ich sinflarda ekologik ta`lim-tarbiya.  

46. Tabiatshunoslik darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash. 

47. Tabiatshunoslikdan mustaqil ishlarni tashkil etish.  

48. «Atrofimizdagi olam» darslarida rolli o’yinlar tashkil etish.  

49. Tabiatshunoslik fanida qo’shimcha topshiriqlar tuzish.  

50. Tabiatshunoslik darslarida noana`naviylik.  

51. «Odobnoma» fanini o’qitish tajribasidan.  

52. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.  

53. 1-sinfda tasviriy san`at darslarini tashkil etish.  

54. Narsaning o’ziga qarab rasm chizishga o’rgatish.  

55. Konstitutciya saboqlari darsini tashkil etish.  



 

81 


56. O’qish darslarida matn ustida ishlash.  

57. O’qish darslarida matn tahlili. 

58. 1-sinfda chiroyli yozuvga o’rgatish. 

59. 2-sinfda «Husnixat» darslarini tashkil etish. 

60. Sinfda o’quvchilarning ish joyini to’g’ri tashkil etish. 

61. Yozuv qurollari va ulardan to’g’ri foydalanish. 

62. Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. 

63. Namunaga qarab ko’chirib yozish usullari. 

64. Harflarning shaklini tahlil qilish usullari. 

65. O’quvchilarni chiroyli yozuv texnikasiga o’rgatish. 

66. 1-sinf «Yozuv daftari»dan foydalanish metodikasi. 

67. Ona - tili va husnixat darslarini bog’lab o’tish. 

68. Odobnoma darslarida o’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish. 

69. Sog’lom tanda sog’ aql mavzusida tarbiyaviy soat tashkil etish. 

70. “Odobnoma” darslarini tashkil etish tajribasidan.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

82 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 

1.

 



 O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, 1992. 

2.

 



 O`zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to`g`risida»  gi  Qonuni.  // 

Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997. 

3.

 

O`zbekiston  Respublikasining  kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi. 



//Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997. 

4.

 



Karimov  I.A.  Yuksak  malakali  mutaxassislar    taraqqiyot  omili. 

T.O`zbekiston. 1998. 

5.

 

Karimov I.A O`zbekiston XX asrga intilmoqda. T.O`zbekiston. 1999. 



6.

 

Karimov  I.  A.  Yuksak  ma`naviyat  –  engilmas  kuch  -  T.:  Ma`naviyat. 



2008. 

7.

 



Azizxo`jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T. : 

TDPU, 2003. 

8.

 

Азизхожаева Н.Н. Педагогические/технологии в подготовкие 



учителя.  Ташкент, 2000. 

9.

 



Aйымбетов M.K. O  педагогическом мастерстве одарюнных  

учителей. «Bekkem shan’araq jili»na bag’ishlang`an «Joqari bilimli ha’m 

intellektuallig`i’ rawajlang’an a’wladti ta’rbiyalaw -  eldi turaqli rawajlandiriw ja’ne 

modernizatsiyalawdin’ a’hmiyetli sha’rti» ilimiy teoriyaliq konferenciya. NMPI 

2012. 2007-b.  

10.


 

Богоявленская  Д.Б  Творческая  личностн  ее  диагностика  и  поддержка 

Психологическая служба  вуза:принципн опнт работа. М., 1993. 

11.


 

Ботник  Д.  и  др.  Иновационное  обучение,    микро  электроника  и 

интуиция   перспективн .Вопросн образования-Париж, 1983. 

12.


 

Davletshin  M.G.  Shark  mutafakkirlarining  psixologik  karashlari. 

Toshkent 1992 yil. 

13.


 

 Дудченко  В.С.Инновационная  игра  как  метод  исследования    и 

развития оргонах. M., 1982, 

14.


 

 Захарова  Л.Н.  психологическая  подготовка  педагога-  Нижний 

Новгород 1993. 


 

83 


15.

 

Ziyomuhamedov  B.,  Abdullaeva  Sh.  Pedagogika.  –T.:  O`zbekiston 



milliy entsiklopediyasi, 2000. –127b. 

16.


 

 Канн-Калик    В.А.,  Никавдров  Н.Д  Педагогическое  творчество.  М., 

1990. 

17.


 

Кларин  М.В.  Инновацмонние  модели  учебного  процесса  в 

современной зарибежной педагогике.-M., 1994. 

18.


 

 Karimova V.,  Akramova F. Psixologiya. – T.:  2000  

19.

 

Киштимова 



И. 

Проблема 

креативности 

школников: 

психосемиотический подход.Автороф. Дисс.Докт псих Avtoref. Diss. Dokt psix н 

Иркуцк. 2008 

20.

 

 Крутетский  В.А,  Баябосова  е.Г.  Педагогические  способности  их 



структура диагностика, условия формирования и развития. М,1991. 

21.


 

Jumaev  A.  Bo`lajak  o`qituvchi  shaxsining  ijtimoiy  faollik  omillari.  / 

«Xalq ta`limi» jurnali, 2006, № 6, -17-20-betlar. 

22.


 

Mavlanova 

R.A, 

Raxmonqulova 



N.X.”Boshlang’ich 

ta’limda 

innovatsiya”.T.,TDPU 2007-y. 

23.


 

Вишнякова Н.В.Криятивная психопедагогика.-Минск,1995. 

24.

 

Mavlanova 



R.A, 

Raxmonqulova 

N.X.”Boshlang’ich 

ta’limda 

pedagogika, innovatsiya, integratsiya.” T., 2013. 

25.


 

Маркова А.К. Психология профессионализма.-М., 1996. 

26.

 

Munavvarov A.K. Pedagogika. T.: O`qituvchi, 1996 



27.

 

Педагогика  профессионального  образования.  Под  ред.  В.А. 



Сластенина. - M . : Академия, 2004. 

28.


 

Питюков  В.Ю.  Основи  педагогическов  технологии.–  M.  :  Гном-

Пресс,1999. 

29.


 

Подласий  И.П.  Педагогика.  Новий  курс.  В  2кн.-М.:Гуманитарний 

изд. Кентр.Владос.1999.кн. 1.-576с.кн.2. 

30.


 

 Поляков С.Д. В поисках педагогической инноватики. М., 1993. 

31.

 

Петряевская  Л.Г.  Непрернвное  образование  как  условие  преодоления 



кризисов профессионального развития учетеля: Автореф. дисс. канд. пед. наук.-

 

84 


СП б, 1994. 

32.


 

 Скатин  М.Н.  Методология  и  методика  педагогических  исследоваиий  

M, 1986. 

33.


 

Стален  В.А.  Тамарин  В.Е.  Методологическая  культура  учителя 

Советская пед.1990. 

34.


 

 Сталенин  В.А.  Формироваяие  профессиональной  культурм  учителя. 

M.. 19EZ. 

35.


 

Телгина  Е.Д.  Преобразоваиие  мислительной  деятельности    человеке  в 

условиях  перехода  к  риночнам  социальной  нестабильности.  Под  ред.  В.А. 

Сосновского  M., 1994. 

36.

 

Тумалев  В,В.  Учительство  в  ситуатсии  социально-политических 



перемен Ш.З. Инновационнн Й потенциал современного учителя. СП б, 1995. 

37.


 

Учитель  крупнмм  планом.  Социально-  педагогический  проблеми 

учительской деятельности Под.ред. С.Г. Вершловского.-A., 1991. 

38.


 

Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. T.: Xalq merosi, 1993 

39.

 

 Xasanboev  J.,  Sariboev  X.,  Niyozov  G.,  Xasanboeva  O.,  Usmonboeva 



M. Pedagogika. O`quv qo`llanma. – T: Fan, 2006.  

40.


 

 G`oziev  E. Psixologiya. –T.: O`qituvchi , 1994. 

41.

 

http://ziyonet.uz/  



42.

 

http://pedagog.uz/ 



43.

 

http://edu.uz/ 



44.

 

http://lib.km.ru/ 



45.

 

 http://ilibrary.ru/ 



46.

 

 http://lib.userline.ru/ 



 

Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish