Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Download 399,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana04.01.2020
Hajmi399,17 Kb.
#32015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boshlangich sinf oqituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari


O`QITUVChI MAHORATI 

1.

 



Bilish qobiliyatini boshqarish.  

2.

 



O`quvchilarda  ichki  his-tuyg`u  va  qiziqishni,  mustaqil  ta`lim  olish 

ko`nikmasini shakllantirish  

3.

 

O`quv jarayonini tashkil eta olish. 



4.

 

Texnologik mahorat  



5.

 

Ishonchga kirish, ishontira olish 



6.

 

 Nutq mahorati  



7.

 

Ergashtira olish 



8.

 

Muloqotga kira olish   



9.

 

Qalbga yo`l topa olish 



10.

 

O`quvchining yoshi, 



11.

 

Ichki imkoniyatiga moslashish 



12.

 

  Do`stona va samiymiy munosabat 



 Ko`rinib  turganidek,  yuqoridagi  ishlarda  asosan  kreativlik  masalasi 

o`qituvchining  pedagogik  mahorati  doirasida  tahlil  etilgan.  Ammo  bevosita  maktab 

o`qituvchilarining kreativlik faoliyati masalasi alohida tahlil etilmagan.  

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  aytish  joizki,  pedagogika  fanida 

kreativlikga doir alohida maxsus tatqiqot ishlari olib borilmagan bo`lsa ham mazkur 

masala bo`yicha muayyan fikrlar bildirilgan. Bu, albatta, bejiz emas. Ya`ni pedagog 

olimlarning  kreativlik  masalasiga  e`tibor  qaratayotganligi,  bu  masala  bo`yicha    juda 

ko`p  bo`lmasa  ham  pedagogik  fikrlar  bildirilayotganining  o`zi  bejiz  emas.  Chunki 

yosh  avlodni  bilimli,  har  tomonlama  rivojlangan,  komil  shaxs  sifatida 

shakllantirishda  o`qituvchilarning  ijodkorligi,  o`z  sohasi  bo`yicha  bilimlarini  doimo 



 

24 


oshirib borishi, so`nggi yangiliklarni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olishlari, 

bir  so`z  bilan  aytganda  ularning  kreativlik  faoliyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bunday  kreativlik  ayniqsa  O`zbekiston  Respublikasining  ta`lim  sohasidagi  strategik 

yo`lida juda ham muximdir. Bu yo`l dunyoga kelgan har bir individning (go`dakning) 

komil  shaxs  sifatida  shakllanishini  uzluksiz  va  uzviy  turda  olib  borishdan  iboratdir. 

Bu  uzluksizlik  ta`lim  turlarida  o`zining  aksini  topadi.  Chunki  ta`limning  qaysi  turi 

bo`lmasin  uning  har  bir  bug`inida  o`qituvchi  markaziy  o`rinni  egallaydi.  Agarda  bu 

o`qituvchi  kreativlikka  oid  faoliyat  yuritmas  ekan,  ta`lim-tarbiyaning  samaradorligi 

Biz  kutgan  natijalarni  bermasligi  mumkin.    Bu  ta`lim  turlari  quyidagi  bo`limda  o`z 

aksini topgan.   

Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko`rsatadilar:  

- birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat. O`qituvchi teskari aloqani 

qo`llaydi,  uning  natijasiga  ko`ra  o`z  harakatlarini  belgilaydi.  Lekin  bu  faoliyat 

metodik qo`lanmalar yoki boshqa o`qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi.  

-  ikkinchi  daraja  -  dars  faoliyatini,  uning  rejasini  tuzishdanoq  optimallashtirish 

bosqichidir.  Bunda  ijodkorlik  o`qituvchiga  ma`lum  maqsadni  amalga  oshirishda 

mazmun, metod va shakllarni to`g`ri tanlashdan iborat.  

- uchinchi daraja - evristik. Pedagog o`quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy 

imkoniyatlarini qo`llaydi.  

Olima  R.A.Mavlanova  o`qituvchining  eng  yuqori  darajadagi  ijodkorligi  uning 

to`liq  mustaqil  faoliyatida  namoyon  bo`lishini  ta`kidlaydi..  U  avvaldan  ma`lum 

bo`lgan  usullarni  qo`llashi  mumkin,  ammo  u  ularga  o`zining  shaxsiy  munosabatini 

qo`llaydi. O`qituvchi ijodiy individualligi, tarbiyalanuvchining shaxsiy o`ziga xosligi, 

ta`limning  aniq  darajasi,  tarbiyalanganlik  darajasi,  sinfning  rivojlanish  darajasini 

hisobga  olgan  holda  zaruriyat  taqozo  etgan  darajada  ish  olib  boradi.  Tayyor 

tavsiyalarni  amalda  qo`llash  darajalari  ham  farqlanadi:  optimallashtirish,  evristik 

daraja, shaxsiy, mustaqil. 

Tadqiqotchilar  fikrlari  orasida  kreativ  insonlar  boshqalarga  taqlid  qilmasdan, 

o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar, degan fikr 

etakchilik qiladi. 



 

25 


O`rganilayotgan  muammoga  V.A.Slastyonin,  L.S.Podimova,  N.M.Gnatko 

qarashlari  bilan  birgalikda,  kreativlik  mexanizmini  ikki  turga  bo`lishni  taklif 

qiladilar: 

1. Potentsial 

2. Dolzarb. 

Potentsial  kreativlik  -  muallifning  fikricha,  kreativlik  faoliyatidir,  individiumni 

potentsial  joylashuvi  ma`lum  tashqi  sharoitlarda  dolzarb  kreativlikni  egallashning 

asos  tayyorgarligini  tashkil  etadi;  potentsial  kreativlik  -  ijodning  sub`ektiv  zarur 

sharoitidir. 

V.A.Slastenin,  L.S.Podimova  potentsial  kreativlikning  dolzarb  kreativlikka 

izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o`tishi muammosiga o`ziga xos yondashganlar.  

Shunday  qilib,  kreativlik  taqlid  qilish,  nusxa  ko`chirishdan  ijodiy  nusxa 

ko`chirish,  taqlidiy  ijod  va  haqiqiy  ijodkorlikka  tomon  rivojlanib  boradi.  Tabiiyki, 

barcha  o`qituvchilar  ham  kreativ  rivojlanishning  barcha  bosqichlari  bilan 

tavsiflanmaydilar: 

-  ba`zilar  tayyor  metodik  tavsiyalardan  nusxa  olib,  faqat  birinchi  darajaga 

erishadilar;  

-  ikkinchilari  to`liq  kontseptsiya  va  tizimlarga  ega  bo`lmasdan  turib,  ba`zi 

metodik usullarga o`zgartirishlar kiritadilar,  

- uchinchilari ma`lum g`oya asosida to`liq mazmun, metod va shakllarni ishlab 

chiqadilar;  

- to`rtinchilar esa ta`lim va tarbiyada o`zlarining kontseptsiya va metodikalarini 

tavsiya etadilar. 

 Yuqoridagilarga  munosabat  bildirib  aytish  mumkinki,  dastlabki  uchtasi  taqlid 

bosqichida bo`lib, to`rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida. 

Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, 

ikkala yo`nalish orasida ma`lum mutanosiblikni, innovatsion- pedagogik faoliyatning 

bir  necha  bosqichda  takomillashib  borish  darajasidagi  tushunchalarni  aniqlashga 

imkon  berdi.  Pedagog  faolligining  borgan  sari  yuqoriroq  darajadagi  faoliyatga 


 

26 


ko`tarilib  borishi  kelajakda  innovatsion  ta`lim  strategiyasini  tashkil  qilishni 

belgilaydi. 

Yuqorida  bildirilgan  fikrlarni  umumlashtiradigan  bo’lsak,  kreativlik  pedagogik 

nuqtayi nazardan quyidagi komponentlarni tashkil etadi: 

1.

 

Shaxsning o`ziga xos xususiyatidir. 



2.

 

Ijodiy imkoniyat. 



3.

 

Shaxsning intellektual va individual xususiyati. 



4.

 

Ijodiy fikrlash. 



5.

 

Ijodiy tafakkur. 



6.

 

 Yechim topish. 



7.

 

Bilimlilik. 



8.

 

Tashkilotchilik. 



9.

 

Bilim, faoliyat, istak. 



10.

 

Pedagogik mahorat 



11.

 

Shaxsiy sifatlarning integratsiyasi 



12.

 

 Muammolarni mustaqil yechish.  



 

2.2. TA`LIM TURLARI VA UNDA PEDAGOGNING KREATIVLIK 

FAOLIYATINING  AHAMIYATI 

Inson  kamoloti  –  bu  insonning  keng  ma`noda  ichki  va  tashqi  omillar  ta`sirida 

shaxs sifatida shakllanish jarayonidir. 

Shaxsning  shakllanishi  esa  –  bu  uning  hayot  yo`li  davomida  rivojlanishining 

o`ziga xos shakli bo`lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta`sir natijasi hisoblanadi. 

Dunyoga  kelgan  go`dak  ma`lum  yoshga  qadar  individ  sanaladi.  «Individ»- 

lotincha  individuum    so`zidan  kelib  chiqqan  bo`lib  «bo`linmas»,  «ayrim  shaxs», 

«yagona»  ma`nolarni  anglatadi.  Individ  biologik  turga  kiruvchi  alohida  tirik 

mavjudotdir. 

Shaxsning  shakllanishida  harakat  o`ziga  xos  omil  sanaladi.  Go`dak  (chaqaloq) 

ham  turli  xarakatlarni  tashkil  etadi.  Biroq  bu  xarakatlarsiz  keyinchalik  shartli 



 

27 


reflekslar  bo`lib,  ongli  ravishda  emas,  balki  shartsiz  va  shartli  qo`zg`otuvchilarga 

javob tarzida yuz beradi. 

Gudakda  nutq  bo`lishi,  shuningdek  u  tomonidan  tashqil  etilayotgan  xarakatlar 

ongli  ravishda  sodir  bo`la  boshlashi  va  ijtimoiy  munosabatlar  jarayonidagi 

ishtirokining ro`y berishi shaxs shakllanishning dastlabki bosqichi sanaladi. 

O`sib va rivojlanib boruvchi inson ta`lim va tarbiya ob`ekti hisoblanadi. Butun 

hayoti  davomida    insonning  rivojlanish  jarayoni  davom  etaveradi.  Bu  jarayonda  u 

turli  o`zgarishlarni,  jismoniy,  ruhiy,  miqdor  va  sifat  o`zgarishlarni  o`z  boshidan 

kechirib  boradi.  Insonda  bo`ladigan  jismoniy  o`zgarishlarga  –  bo`yining  o`sishi, 

vaznining  og`irlashib  borishi,  suyak  va  mushak  tizimlarining,  ichki  a`zolari  va  asab 

tizimining  o`zgarib  borishi  kiradi.  Ruhiy  o`zgarishlar  esa  uning  aqliy  rivojiga 

aloqador  bo`ladi  va  insonda  ruhiy  sifatlarning  shakllanib  borishi,  unda  hayot  uchun 

zarur bo`lgan sotsial sifatlarning tarkib topishi hisoblanadi. 

Odam  bolasining  rivojlanishi  –  bu  muhim  jarayon  sanaladi.  Ma`lumki,  hayoti 

davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o`zgarib boradi. Lekin bolalik, o`smirlik 

va  o`spirimlik  davrida  rivojlanish  nihoyatda  kuchli  bo`ladi.  Bola  mana  shu  yillarda 

ham  jismoniy,  ham  ruhiy  jihatdan  o`sishi,  o`zgarishi  tufayli  shaxs  sifatida  kamolga 

etadi,  bunda  berilayotgan  tarbiya  maqsadga  muvofiq  ta`sir  etishi  natijasida  bola 

jamiyat a`zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o`ziga 

munosib o`rin egallaydi. 

Shaxsning  kamol  topishida  va  uning  xulqiga  ijtimoiy  va  biologik  omillarning 

ta`sir kuchi hamisha bir xil bo`lavermaydi. Cababi odamning xulqiga, munosabatiga 

va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta`sir 

etadi.  Shaxsning  fazilatlarini  to`ri  aniqlash  va  bexota  baholash  uchun  uni  turli 

munosabatlar  doirasida,  turli  vaziyatlarda  ko`zatib  ko`rish  lozim.  Shundagina 

shaxsning  ijtimoiy  xulqi,  ma`naviy  qiyofasi,  insoniy  fazilatlari  ro`yobga  chiqadi. 

Demak,  shaxsni  rivojlantirish  vazifasini  to`g`ri  hal  qilish  uchun  uning  xalqiga  ta`sir 

etuvchi  omillarni,  bu  omillarning  tabiatini,  shaxsning  xususiyatini  yaxshi  bilmoq 

kerak. 


 

28 


 «Shaxs»  tushunchasi  «Inson»  tushunchasidan  farqli  o`laroq,  u  insonning 

ijtimoiy  xususiyatlarini  anglatadi.  Yangi  jamiyat  boshqa  odamlar  bilan  muomalada 

bo`lishi,  munosabat  o`rnatishi  natijasida  shakllanib  boradigan  sifatlarni  bildiradi. 

Inson ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda 

o`z  o`rnini  topa  olishi,  uning  Vatan,  xalqning  ravnaqi  yo`lida  og`ishmay,  e`tiqod 

bilan  xizmat  qilishi,  imonli  bo`lishi  insonni  shaxs  darajasiga  ko`taradi.  Bunday 

sifatlarning ro`yobga chiqishi tarbiyaga bog`liq bo`ladi. 

Shaxsni  shakllantirish  -  uning  o`sishi,  qandaydir  yangi  xususiyat  va 

fazilatlarga  ega  bo`lish  jarayonidir.  «Shakllantirish»  tushunchasi  «tarbiyalash» 

tushunchasiga  nisbatan  kengroq  bo`lib,  u  shaxs  va  jamoaning  tarkib  topishiga  ta`sir 

ko`rsatadigan hamma narsani, shu jumladan, maqsadga muvofiq jarayonlar (o`qitish, 

tarbiyalash,  ta`lim  berish)ni  ham,  maqsadga  nomuvofiq  jarayonlar  (shaxs  va 

jamoaning  o`z  ichki  tabiati,  atrofdagi  kishilar,  narsalar,  tabiat  hodisalari  va 

hokazolarning ta`siri)ni ham o`z ichiga oladi.  

«Shakllantirish»  va  «Tarbiyalash»  tushunchalari  jiddiy  chegaralansa,  insonni 

tabiat  hodisalari  tarbiyalaydi,  deb  bo`lmaydi.  Insonni  faqat  kishilar  tarbiyalaydi, 

tabiat hodisalari shaxsni shakllantirishi mumkin, ammo uni tarbiyalay olmaydi. 



Shaxs  ijtimoiy  munosabatlar,  shu  jumladan,  tarbiya  omili,  ijtimoiy,  ishlab 

chiqarish,  madaniy,  ilmiy  faoliyat  va  shaxsiy  aloqalar  omilidan  iborat  tashqi 

omillarning  hamda  biologik  va  psixologik  omildan  iborat  ichki  omillarning  ta`siri 

natijasida  shakllanadi.  Shunday  omillarning  biri  yosh  avlodga  ta`lim  va  tarbiya 

berishdir.  Ta`lim-tarbiya  berish  esa  yosh  avlodga  uzviy  va  uzluksiz  tarzda  berilishi 

lozim.  O`zbekiston  Respublikasida  bunday  uzluksiz  ta`limning  mohiyati  ta`lim 

turlarida o`zining aksini topgan.  



Bu ta`lim turlari O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi Qonuni 

va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  (1997  y  29-avgust,  O`zR  Oliy  Majlisi  IX 

sessiyasi)  da  ko`rsatib  berilgan.  Vaholanki,  «Ta`lim  tug`risida»gi  Qonunining 

asosiy maqsadi fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy 

asoslarini  belgilaydi  hamda  har  kimning  bilim  olishdan  iborat  konstitutsiyaviy 

huquqini  ta`minlashga  qaratilgan  bo`lsa,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning 


 

29 


asosiy  maqsadi  esa  ta`lim  sohasini  tubdan  iisloh  qilish,  uni  o`tmishdan  qolgan 

mafkuraviy  qarashlardan  holis  qilish,  rivojlangan  davlatlar  darajasida,  axloqiy 

talablarga javob beruvchi  yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bunday 

kadrlarning  faoliyati  esa  kreativ  mazmunga  egi  bo`lishi  hamda  bunday  pedagog 

uzluksiz  ta`lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  o`zining  kreativligini  yo`qotmasligi 

maqsadga  muvofiqdir.  Shu  o`rinda  uzluksiz  ta`lim  tizimiga  ham  qisqacha    to`xtab 

o`tmoqchimiz. 

Uzluksiz  ta`lim  –  ta`limning  ustuvorligi,  demokratlashuvi,  ijtimoiylashuvi, 

milliy yo`naltirilganligi, ta`lim va tarbiyaning uzviy bog`liqligi, har tomonlama komil 

insonlarni  tarbiyalashga  qaratilganligi,  iqtidorli  yoshlarni  aniqlashga  qaratilganligi 

tamoyilarini  amalga  oshirishga  qaratilgan.  O`zbekiston  Respublikasida  ta`lim 

quyidagi turlarda uzluksiz tarzda amalga oshiriladi: 

- maktabgacha tarbiya; 

- umumiy o`rta ta`lim; 

- o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi; 

- oliy ta`lim; 

- oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim; 

- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; 

- maktabdan tashqari ta`lim». 



Maktabgacha  tarbiya.  Xalq  ta`limi  tizimida  birinchi  bosqich  –  maktabgacha 

tarbiya.  Uning  asosiy  vazifasi  bolalarni  sog`lom  va  etuk  qilib  tarbiyalash,  ularni 

maktabga  ham  pedagogik,  ham  psixologik  tayorlashdan,  ularning  shaxsiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirishdan  iborat.  Bu  ta`lim  6-7  yoshgacha  oiladi,  bolalar 

bog`chasida va mulk shaklidan qat`i nazar boshqa ta`lim muassasalarida olib boriladi. 

Boshlang`ich  ta`lim  (I-IV  sinf).  Umummaktab  ta`limida  boshlang`ich 

maktabning  ahamiyati  muhimdir.  Chunki  boshlang`ich  maktab  umumiy  o`rta  ta`lim 

olish  uchun  zarur  bo`lgan  bilim,  o`quv  ko`nikmalari  bilan  qurollantiradi. 

Boshlang`ich maktablar alohida maktab turi sifatida, ayniqsa qishloq, joylarida ko`p 

tarqalgan. 


 

30 


Umumiy  o`rta  ta`lim  (V-IX  sinflar).  Umumiy  o`rta  ta`lim  o`rta  ma`lumot 

olishni  ta`minlaydi,  zamonaviy  bilimlar  beradi.  Bolalarning  fikrlash  qobiliyatini 

o`stirib, olgan nazariy bilimlarini amalda qo`llashga o`rgatadi. Bu esa navbatida, kasb 

tanlashga yo`naltiradi, biror-bir kasbni egallash imkoniyatini beradi. 



O`rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi.  O`zbekiston  Respublikasida  kasb-hunar 

ta`limining  asosiy  maqsadi  yoshlarni  mehnat  va  kasbkor  ko`nikmalariga  o`rgatish, 

ishchi  xodimlar  tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorgarlikdan 

o`tkazishdir. 



Oliy  ta`lim.  Xalq  ta`limi  tizimida  muhim  o`rin  egallab,  ijtimoiy  va  ilmiy 

taraqqiyotni  belgilab  beradi.  Xalq  xo`jaligi  va  madaniyatning  turli  sohalarini  yetuk 

oliy  ma`lumotli mutaxassislar bilan ta`minlaydi. Respublikada oliy ta`lim o`z ichiga 

universitetlarni,  pedagogika,  qishloq  xo`jaligi,  tibbiyot,  iqtisod,  yuridik,  politexnika 

va  boshqa  institutlarni  qamrab  oladi.  Universitetlar  etakchi  bilim  yurtlaridan  bo`lib, 

ular tabiiy-matematik va ijtimoiy sohalar uchun etuk mutaxassis kadrlar tayyorlaydi. 



O`quv yurtlaridan keyingi ta`lim. Institut, universitetlar uchun yuqori darajali 

ilmiy kadrlar tayyorlashni nazarda tutadi. Bu aspirantura, doktorantura orqali amalga 

oshiriladi.  Aspiranturaga  oliy  ma`lumotli,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  moyil  shaxslar 

imtixon topshirib, tanlov asosida qabul qilinadi. 

Dissertatsiya  himoyasidan keyin  bunday  shaxslarga  fan nomzodi ilmiy  darajasi 

beriladi.  O`z  sohasida  chuqur  izlanishlar  olib  borgan,  monografiyalar  yozgan  va 

doktorlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgan  shaxslarga  fan  doktori  ilmiy  darajasi 

beriladi.  Institut  pedagogik  faoliyati  bilan  shug`ullangan  va  ilmiy-tadqiqot  olib 

borayotganlarga dotsent va professorlik unvoni beriladi. 

Maktabdan  tashqari  ta`lim-tarbiya.  O`zbekiston  Respublikasi  «Ta`lim 

to`g`risida»gi  qonunning  10-moddasiga  asoslangan  bolalar  va  o`smirlarning 

ehtiyojlarini, xohish-istaklarini to`laroq ro`yobga chiqarish, ularning bo`sh vaqtlarini 

mazmunli  tashqil  etish  maqsadida  davlat  muassasalari,  turli  mulk  shakllariga  ega 

bo`lgan  korxonalar,  jamoat  tashkilotlari  ilmiy-badiiy,  ilmiy-tabiiy,  texnik,  sport  va 

boshqa  yo`nalishdagi  maktabdan  tashqari  ta`lim  muassasalarini  tashkil  etishlari 

mumkin.  O`zbekistonda  bunday  maktabdan  tashqari  tarbiya  muassasalari  faoliyati 


 

31 


davlat  tomonidan  qo`llab-quvvatlanadi,  xalq  ta`limi  bo`limlari  tomonidan  ular  ishi 

nazorat qilinadi. 

Hozir  O`zbekiston  hududida  faoliyat  ko`rsatib  turgan  maktabdan  tashqari 

muassasalar quyidagilar: 

- o`quvchilar saroylari va uylari; 

- yosh texniklar stantsiyalari; 

- yosh tabiatshunoslar stantsiyasi; 

- yosh turistlar stantsiyasi va bazalari. 

Bunday  maktabdan  tashqari  ta`lim  muassasalari  Respublikamizda  olti  yuzdan 

ortiqroq bo`lib, ular tarkibiga 265 o`quvchilar saroylari va uylari, 133 yosh texniklar 

markazi  va  stantsiyalari,  40  ta  yosh  sayohatchilar  va  o`lkashunoslar  stantsiyalari  va 

boshqalar kiradi. Bu muassasalar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda har yili 5 

ming nafardan ortiq bolalar ishtirok etadilar.  

Yuqorida sanab o`tgan ta`lim turlarining har birida ustoz-muallimlar, pedagog-



tarbiyachilar, o`qituvchilar birlamchi o`rinni egallaydi. 

Hozirgi  zamon  pedagigika  fani  oldida  turgan  muhim  muammolardan  biri  ham 



o`qituvchi  va  pedagogik  mehnat  sharoiti  muammosi  hisoblanadi.  Chunki, 

o`qituvchida barcha pedagogik g`oyalar mujassamlangan bo`lib, uning faliyati orqali 

bu g`oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. 

O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, 

axloqli  qilib  tarbiyalash,  ularni  bilimlar  bilan  qurollantirish  kabi  muhim  vazifalar 

yotadi.  Bularni  amalga  oshirish  esa  o`qituvchining  xilma-xil  faoliyatiga  bog`liq: 

bolalarni o`qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish 

va o`tkazish, ota-onalar o`rtasida pedagogik targ`ibot ishlarini olib borish va hokazo. 

Bularning  hammasi  o`qituvchidan  chuqur  bilimga  ega  bo`lishni,  o`z  sohasini, 

bolalarni  sevishni  talab  etish  bilan  bir  qatorda  bu  faoliyatga  ijodkorlik  bilan 



yondoshishni, uning kreativlik faoliyat yuritishini talab qiladi. 

Respublikamiz  mustaqilligi  e`lon  qilingan  sana  –  1991  yil  31  avgust  xalqimiz 

hayotidagi  ulug`vor  voqealardan  hisoblanadi.  Endi  xalqimiz  o`zining  boy  tarixi, 

madaniyati, urf-odatlarini o`rganish, targ`ib qilish, o`zligini anglash imkoniyatiga ega 



 

32 


bo`ldi.  Bu  voqeadan  so`ng,  ko`p  sonli  o`qituvchilar  jamoalari  oldiga  Vatan  ravnaqi 

uchun  hormay-tolmay  xizmat  qila  oladigan,  Vatan  yo`lida  o`z  jonini  ham 

ayamaydigan  yoshlarni  tarbiyalash  vazifasi  ko`ndalang  qo`yiladi.  Bu  vazifa  oliy 

ta`lim  kontseptsiyasida  alohida  ta`kidlanadi.  O`zbekiston  Respublikasi  oliy  ta`lim 

kontseptsiyasida  o`qituvchi-mutaxassis  oldida  vazifalar  quyidagicha  belgilanadi: 

«Mutaxassis  malakasi  –  chuqur  umumiy  bilim,  keng  dunyoqarash  va  kasb 

tayyorgarligi, komp`yuter savodxonligi, o`z bilimini tezlik bilan yangilash va to`ldira 

olish  qobiliyati  singari  omillardan  tashkil  topadi.  Shular  qatorida  uning  intizomi, 

mas`uliyat, ziyolilik, o`z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, vatan va jahon taraqqiyoti 

yo`lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg`ularini ham tarbiyalash zarur». 

Ma`lumki,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmoniga  binoan,  oktyabr` 

oyining  birinchi  kuni  xalq  ta`limi  xodimlari  kuni  deb  e`lon  qilindi.  Bu  voqea 

davlatimizda  o`qituvchilarning  jamiyatda  tutgan  o`rni  naqadar  yuksak  ekanligidan 

dalolat  beradi.  Ilg`or  o`qituvchilarimizga  yuksak  unvonlar,  davlat  mukofatlari 

berilmoqda,  ularga  mas`ul  vazifalar  ham  yuklatilmoqda.  Ayniqsa,  Respublikamiz 

mustaqillikka erishgandan keyin, o`qituvchining jamiyatdagi roli va mas`uliyati ortib 

bormoqda. 

Keyingi  yillarda  pedagog  xodimlarning  maishiy  sharoitini  yaxshilash  borasida 

qator  hujjatlar  qabul  qilindi:  imtiyozlar  berildi,  ularning  ish  haqi  oshirildi,  barcha 

turdagi  maktab,  xunar-texnika  bilim  yurtlari,  oliy  va  o`rta  maxsus  o`quv  yurtlari 

pedagog xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish tizimiga o`tildi. 

 

2.3. Pedagogik kreativlikning o’qituvchi psixologiyasi bilan                          

bog’liqligi

 

O`zbekiston  Respublikasi  oliy  ta`lim  kontseptsiyasida  mutaxassis  vazifalari 



quyidagicha  belgilangan:  «mutaxassis  o`z  faoliyati,  sohasidan  qat`i  nazar,  ijodiy 

jamoalarda  ishlay  olish  qobiliyatiga,  menejment  va  marketing  sohalarida 

tayyorgarlikka  ega  bo`lishi,  yangi  texnologiyalarni  joriy  etishning  xo`jalik,  ijtimoiy 

va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qmla olishi kerak». Ushbu fikrlar o`qituvchilarga 

ham  bevosita  ta’aluqli.  Chunki  jamiyatimizda  sodir  bo`layotgan  tub  o`zgarishlar, 


 

33 


bozor munosabatlariga kirib borishimiz o`qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki 

iqtisodiy,  yuridik,  texnikaviy  bilimlardan  ham  xabardor  bo`lishni  hamda  bunday 

yangiliklarni  o`zining  pedagogik  faoliyatiga  bolalarni  har  tomonlama  kamol 

toptirishga doir  ijodkorona  (kreativ)  foydalana bilishni taqozo qilmoqda. Bu o`rinda 

boshlang`ich  sinf  o`qituvchisi  xususida  alohida  to`xtalmoq  zarur.  Chunki 

boshlang`ich  sinf  o`qituvchilari  boshlang`ich  sinf  bolalarining  yosh,  individual 



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish