Aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining o’rni va ahamiyati


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni



Download 62,07 Kb.
bet6/10
Sana30.12.2021
Hajmi62,07 Kb.
#197115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aholi bandligini oshirishdai – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o’rni

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rag’batlantirilishi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi, strategik omillaridan biri hisoblanadi.

2010 yilning 7 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda Yurtboshimiz taklifi bilan 2011 yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb e’lon qilinishi katta tarixiy voqyea bo’ldi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlanishiga, yangi ish o’rinlari yaratilishi, aholining daromadlarning oshishi hamda ularning turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Kichik biznes bandlikning kengayishiga va aholi daromadlarining o’sishi uchun sharoit yaratadi, jamiyat qatlamlari o’rtasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarning bartaraf etib, qulay ijtimoiy muhitni shakllantiradi.

Bu haqida, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o’z asarida : “Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi” deb alohida ta’kidlab o’tdilar.

Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.

Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag’ talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurs­lar cheklanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni to’ldi­rish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Hozirgi paytda, ushbu soha, nafaqat, iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadal­lashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tut­moqda. Oxirgi yillarda, respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkor­lik bilan shug’ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani sohaning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish; soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.

O’zining “kichik biznes” degan nomiga qaramasdan ushbu ishlab chiqarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan dav­lat iqtisodida muhim ahamiyatga ega.

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’ziga xos xususiyatlariga, ya’ni afzalliklariga va salbiy xususiyatlarga ega.

Uning quyidagi afzalliklari:

1) maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik biznes subektlar hyech bo’lmaganda transport xa­rajatlarining iqtisod kilishini yevaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilish­lari sababli, ishlab chiqarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mex­nat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;

2) kichik biznes subektlardagi mehnat, odatda, moddiy tavsifga yega, va u, amaliyotda konselyariya mehnatiga nisbatan foydalidir;

3) ishlovchilarning kamsonligi, ularning har biri qobiliyati­ning yengilroq yuzaga chiqishiga yordam beradi;

4) moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chiqilayotdan mahsulot assorti­menti va turini o’zgartirishi kichik biznes subyektlarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asos­langan davlatlarda kichik biznes o’z mavqyeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.

2015-yilda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyalanishini ta'minlash, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash borasida ishlar faol davom ettirildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 12,1 trln. so‘m miqdorida yoki 2014-yildagiga nisbatan 1,3 marta ko‘p miqdorda kreditlar, shu jumladan 2,5 trln. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilib, xalqaro moliya institutlarining 177,4 mln. dollar hajmidagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi. 2015-yilda 26,9 mingta yangi kichik biznes sub'yekti tashkil etildi (o‘sish sur'ati – 2014-yildagiga nisbatan 103,3 foiz). Kichik biznes sub'yektlarining eng ko‘p soni sanoat sohasida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida (36 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (30,4 foiz) hamda qurilish sohasida (11,2 foiz) tashkil etildi. Ko‘rilgan choralar natijasida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 56,7 foizni, sanoatda 38,9 foizni, chakana savdo aylanmasida 87,1 foizni, pullik xizmatlar ko‘rsatishda 50,8 foizni va bandlikda 77,9 foizni tashkil qildi.7

2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholining bandligini ta'minlash dasturi doirasida 980 mingdan ortiq ish o‘rni, shuning 60 foizidan ko‘pi qishloq joylarida barpo etildi. Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish kompleks tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2015-yilda 480 ming nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchisi va 61,2 ming nafar oliy o‘quv yurtlari bitiruvchisining bandligi ta'minlandi.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi.

Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish; soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.

Xususan, 2010 yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo’lsa, 2012 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi subyektlar soni ko’payishiga, yangi ish o’rinlarning paydo bo’lishi, aholi daromadlarining oshishiga va investisiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi.




Download 62,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish