1. Banklar va nobank moliyaviy tashkilotlarning farqlari
Javob: Banklar shuningdek, omonatlarni qabul qiladi, nobank tashkilotlar esa mikrokreditlar va mikroqarzlar taqdim etadi mijozlarga.
2. Banklarning funksiyalari
Javob: Banklar:
-omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi;
-pullarni o‘tkazish;
-qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalari;
-huquqiy va jismoniy shaxslarning bo’sh pul mablag’larini yig’ish;
-xalq xo’jaligida hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish;
-xo’jalik subyektlarini kreditlash, ichki va tashki xo’jalik oborotiga
kredit-moliya xizmatini ko’rsatish;
-moliyaviy va moddiy qiymatliklar saqlanishini ta’minlash;
-mijozlar mulkini ishonchli boshqarish (factoring, trast va boshqa operatsiyalar);
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini
ko’rsatish va boshqalar.
3. Banklarning iqtisodiyotdagi o‘rni
Javob: Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldiga yangidan-yangi operasiyalar bajarishni taqozo etadi.
4. Banklar uchun foyda manbalari
Javob: omonatlardan va kredit, mikrokredit va mikroqarzlar foizidan keladigan foydalar evaziga
5. Tijorat banklari operatsiyalari
Javob: 4 guruhga operatsiyalar:
1. Tijorat banklarining aktiv va passsiv operatsiyalari.
2. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalari.
3. Tijorat banklarining boshqa operatsiyalari.
4. Tijorat banklari o’z faoliyati bo’yicha (o’z xodimlariga mehnat haqi
hisoblash, o’z asosiy va aylanma mablag’laridagi o’zgarishlar va boshqalar)
operatsiyalari.
6. Banklar turlari
Javob: 1.Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko`ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko`rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.
2. Mulkchilik shakliga ko`ra banklrning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik banklari, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy o`z-o`zini boshqarish banki, communal bank, xususiy bank va boshqalar.
7. Nobank moliyaviy institutlar turlari
Javob: 1. Kredit uyushmalari
2. Lombardlar (garovxona)
3. Boshqa mikromoliya tashkilotlar
8. Banklarni tartib solish xususiyatlari
Javob:
1.Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan banklarning
ustav jamg’armasi eng kam miqdorini o’rnatish;
2. Kapitalning yetarlilik koeffitsienti;
3. Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o’rtasidagi nisbat
ko’rsatkichlari;
4. Bank balansi likvidligi ko’rsatkichi;
5. Bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan xatarning eng kam hajmi;
6. Barcha katta kreditlarga to’g’ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi;
7. Bir omonatchiga to’g’ri keladigan xatarning eng katta miqdori;
8. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarda o’z mablag’laridan foydalanish
ko’rsatkichi;
9. Daxldor shaxslar bilan ish olib borish.
9. Banklarni xalqaro tartibga solish qonunchiligi
Javob:
- bank faoliyatini boshlash uchun lesenziyalar berish;
- banklar hisobotlarini tekshirish;
- joylarda tekshirishlar o’tkazish;
- bank operasiyalarini bajarishda tegishli me’yorlarga rioya qilinishini
tekshirish.
10. Banklar tomonidan biznesni kreditlash xususiyatlari
Javob:
- kichik foizli kreditlar ajratish
- uzoq muddatli kreditlar berish
- imtiyozli davrlar qo`shib berish
2. MASHQLAR
Nima sababdan bank Fed dan yuqori foiz stavkalaridagi fondlarni qarzga olmasdan boshqa banklardan qarzga oladi?
Eng kichik likvidligi bo’yicha quyidagilarni to’g’ri tartibda joylashtiring
Javob:
Tijoriy kreditlar (4)
Qimmatli qog’ozlar (3)
Zahira (1)
Jismoniy capital (2)
T hisoblarni inobatga olgan holatda birinchi milliy bank va ikkinchi milliy banklarni ko’rib chiqqandan so’ng quyidagi vaziyatda izoh bering:
Jane Brown 1-milliy bankida bo’lib, tanishi Joe Greenga (2-milliy bank) 50$ ga chek yozdi
Bir kishi birinchi milliy bankdan 1000 $ miqdorida pul yechib olsa, boshqasi 500 $ miqdorida pul yechib olsa, u holda ushbu bankzahirasiga nima sodir bo’ladi? T hisobni buning izohi sifatida qo’llashingiz mumkin.
Siz egalik qilayotgan bankning balans hisobi quyidagicha:
Agar bank depozit pul oqimidan 50 $ million qarzi mavjud bo’lib, depozitlarga majburiy zahira stavkasi 10% bo’lganda qanday qilib inqirozdan qutulishi mumkin?
Agar 50$ million topilganda qaysi balans hisobiga ega bo’ladi? 5 masaladagimi yoki quyidagimi?
Agar bankning ROEsijuda past bo’lib,kapitali juda ham yuqori bo’lsa, ROE ni oshirish uchun nima qilish kerak?
Agar bank capital majburiyatlarini bajarishda 1$ million kabi muammolarga duch kelsa 3 asosiy qilinishi mumkin bo’lgan vazifalarni sanab o’ting?
Nima sababdan banker uchun norozi bolisheng yaxshi xislat hisoblanadi?
Nima sababdan bank o’ziqarz bergan firmalarning balansini taqdim etish davomiyligini talab qiladi?
Diversifikatsiya risklardan qochishning eng yaxshi usuli bo’lib, bunda banklar maxsus alohida kredit turlariga ega bo’lmaydi. Bu gap to’g’rimi yoki noto’g’ri?
Tasavvur qiling siz 4 yil davomida 100 $ million aktivga ega va 6 yil davomida 90 $ million majburiyati mavjud bo’lgan bankning egasi hisoblanasiz. Davomiylik tahlilini qiling va 2 % lik bank foiz stavkasi mavjud bo’lgan sof bank ahamiyatini tahlil qiling. Bank foiz stavkasi riskini yo’qotish uchun nima qilasiz?
Tasavvur qiling siz 15 $ million ga ega belgilangan stavkadagi aktivlarga hamda 30 $ million ega sezuvchan aktivlarga hamda 25 $ million sezuvchan majburiyatlarga ega bank rahnbarisiz. Siz bankning taqdirini tahlil qiling agarda uning foiz stavkasi 5 % gacha bo’lsa. Foiz riskini yo’qotish uchun nima ishlarni amalga oshirgan bo’lardingiz?