O’zbekiston Respublikasi hududlarida yaratilgan ish o’rinlari soni
dinamikasi (birlik)
Hududlar
|
Yillar
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Qoraqolpog’iston Respublikasi
|
28602
|
48064
|
48118
|
48362
|
49 478
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
55670
|
77889
|
77902
|
78292
|
78 364
|
Buхоrо
|
54266
|
72904
|
72998
|
73363
|
73 370
|
Jizzах
|
29566
|
43297
|
43317
|
43515
|
43 858
|
Qаshqаdаryo
|
59191
|
85734
|
86444
|
86890
|
88 335
|
Navoiy
|
30139
|
39870
|
40321
|
40596
|
40 849
|
Namangan
|
49672
|
70762
|
71039
|
71778
|
74 984
|
Samarqand
|
63570
|
91712
|
92020
|
92700
|
93 427
|
Surxondaryo
|
44296
|
63686
|
63706
|
64644
|
65 615
|
Sirdaryo
|
28660
|
37899
|
37920
|
38623
|
39 852
|
Toshkent
|
52719
|
85333
|
85500
|
86000
|
86 500
|
Farg’ona
|
63286
|
90050
|
91173
|
91246
|
91 805
|
Xorazm
|
37110
|
59192
|
59182
|
59575
|
59 774
|
Toshkent sh.
|
64159
|
74140
|
80361
|
80663
|
81 253
|
O’zbekiston bo’yicha
|
973 497
|
980532
|
990001
|
11,247
|
13,298
|
2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining amalga oshirilishi natijasida ish bilan ta’minlashga ehtiyoj yuqori bo’lgan hududlarda, xususan, Farg’ona (75,5 ming ish o’rni), Samarqand (74,7 ming), Qashqadaryo (69,8 ming), Toshkent (68,4 ming), Andijon (62,8 ming) Nаmаngаn (59,3ming), Buxorо (59,1 ming), Surxondaryo (51,9 ming) va Xorazm (47 ming) viloyatlarida ish o’rinlari ko’paydi.
Mamlakatimizda yangi ish o’rinlarining qariyib yarmi yarmi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, pudrat asosidagi qulish, shu jumladan, uy – joylarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari ko’lamini kengaytirish hisobidan yaratilmoqda.
Ўзбекистон Республикасида яратилган иш ўринлари сони, бирлик4
Т/р
|
Йўналишлар
|
Йиллар
|
2016
|
2017
|
2018
|
|
Барча йўналишлар бўйича яратилган янги иш ўринлари, жами (иш ўрни)
|
524
|
598
|
726
|
|
шу жумладан:
|
|
|
|
1.
|
Янги ишлаб чиқариш объектларини ишга тушириш, мавжуд корхоналарни кенгайтириш ва қувватларни янгилаш
|
56 316
|
57469
|
58 631
|
2.
|
Кичик корхона ва микрофирмаларни ташкил қилиш
|
347 408
|
365888
|
484 954
|
|
шундан:
|
|
|
|
2.1.
|
Саноатда
|
52 882
|
54941
|
55921
|
2.2.
|
қурилиш-пудрат ишларини кенгайтириш, жумладан, уй- жой қурилиши ва таъмирлаш
|
43 632
|
43863
|
43988
|
3.
|
Якка тартибдаги тадбиркорликни ривожлантириш
|
129 177
|
111871
|
117180
|
4.
|
Уй меҳнатининг барча шаклларини ривожлантириш,
|
207 972
|
216165
|
218 560
|
4.1.
|
шу жумладан, корхоналар билан кооперацияда меҳнат шартномалари асосида касаначиликни ташкил этиш
|
62 518
|
55357
|
-
|
5.
|
Фермер хўжаликларини ривожлантириш (паррандачилик, чорвачилик, балиқчилик ва бошқалар)
|
127 732
|
122399
|
123 622
|
6.
|
Ишлаб чиқариш ва ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш
|
61 320
|
72850
|
72994
|
7.
|
Ишламасдан турган корхоналар фаолиятини тиклаш
|
8 889
|
9605
|
13594
|
8.
|
Бозор инфратузилмасини ривожлантириш
|
11 187
|
-
|
-
|
Jadvalda keltirilgan statistic ma’lumotlaryurtimizda tashkil etilgan ish o’rinlarining qariyib yarmi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish hisobidan yaratilganidan dalolat beradi.
Parlament tomonidan tasdiqlangan 2017 yilga aholi bandligi dasturida 389,3 ming kishini doimiy ish bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda. Shundan sanoatda 131,1 ming, xizmat ko’rsatish sohasida 69,5 ming, qishloq xo’jaligida 55,8 ming, qurilishda vainfratuzilma loyihalari doirasida 88,9 ming, shuningdek, bo’sh turgan korxonalar faoliyani tiklash hisobiga 44 ming yangi ish o’rinlari tashkil etish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olingan. Dastur doirasida birinchi navbatda, sanoat, xizmat ko’rsatish va serviz sohasidagi korxonalarning faoliyatini tiklash, infratuzilma, kommunikatsiya, uy – joy qurilishi hajmlarini kengaytirish natijasida ish o’rinlari yaratishni ko’zda tutadi. Shuningdek, unda kichik biznesni, jumladan, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, dehqon hamda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish masalasi dolzarb qilib qo’yilgan.5
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Xo’sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarni hozirgi ma’nosida birinchi bo’lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo’llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
“Biznes” so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti -harakatlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy ko‘rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Yozef Shumpyetyer(1883-1950) o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini reforma qilish(yangilash)dan iborat. Keng ma'noda ko’rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xomashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modernizatsiya qilish uchun yangi texnologiyalar ishlatishdan iborat. 6
Biznesmen (tadbirkorlik) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi. Biznes- bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o’zi sungra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so’zdir. U butun dunyo buyicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanidilar.O’zbek tilida esa biznes so’zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir.
Biznesmen maxsulotini sotishi natijasida daromad oladi. Bu daromaddan ishlab chiqarish xarajatlari chegirib tashlanadi va qolgan qismi foydani tashkil qiladi.
Djon Berdjes va Den Shtaynxoff “ Kichik biznesni boshqarish asoslari” kitobida bu jarayoni quyidagi (1.1 -rasm) uchburchak sifatida tasvir etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |