1. Aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining o’rni.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini ta’minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo’lib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda kichik biznesning ulushi yalpi ichki mahsulotning bor-yo’g’i 1,5 foizini tashkil etgan edi.
Hozirgi kunda esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
2015-yilda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyalanishini ta'minlash, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash borasida ishlar faol davom ettirildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 12,1 trln. so‘m miqdorida yoki 2014-yildagiga nisbatan 1,3 marta ko‘p miqdorda kreditlar, shu jumladan 2,5 trln. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilib, xalqaro moliya institutlarining 177,4 mln. dollar hajmidagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi. 2015-yilda 26,9 mingta yangi kichik biznes sub'yekti tashkil etildi (o‘sish sur'ati – 2014-yildagiga nisbatan 103,3 foiz). Kichik biznes sub'yektlarining eng ko‘p soni sanoat sohasida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida (36 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (30,4 foiz) hamda qurilish sohasida (11,2 foiz) tashkil etildi. Ko‘rilgan choralar natijasida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 56,7 foizni, sanoatda 38,9 foizni, chakana savdo aylanmasida 87,1 foizni, pullik xizmatlar ko‘rsatishda 50,8 foizni va bandlikda 77,9 foizni tashkil qildi.3
2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholining bandligini ta'minlash dasturi doirasida 980 mingdan ortiq ish o‘rni, shuning 60 foizidan ko‘pi qishloq joylarida barpo etildi. Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish kompleks tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2015-yilda 480 ming nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchisi va 61,2 ming nafar oliy o‘quv yurtlari bitiruvchisining bandligi ta'minlandi.
2016 yilda mamlakatimizda xususiy mulkchilik va tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar yaratildi.
2017-yil 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016-yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil qilinishiga turtki bo‘ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi ” deya ta’kidlab o’tdi. . Bu sohada ish bilan band aholining 78 foizi mehnat qilmoqda va ular mamlakatimizning gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo‘shmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |