Metalli kristallar. Kristal panjaraning tugunlarida metalning musbat ionlari joylashgan bo`ladi.Kristall panjara hosil bo`lishida atomlar bilan kuchsiz bog’langan valentli elektronlar atomlardan ajraladi va elektron gazini hosil qiladi.Endi ular faqatgina kristalgagina tegishli bo`lib qoladi. Shunday qilib metalning musbat ionlari o`rtasida harakatlanadigan «erkin» elektronlar vujudga keladi va metallarning elektr o`tkazuvchanligini ta’minlaydi.Metalli kristallardagi bog’lanish, panjara tugunlaridagi musbat zaryadli ionlar va manfiy elektronlar gazi orasidagi tortishish kuchlari yordamida ta’minlanadi.Bu tortishish kuchlari bir xil ismli ionlar orasidagi itarish kuchlari yordamida neytrallanadi.Shu bilan birga bir xil ismli ionlarning muntazam joylashuvi kuzatiladi. Ionlar bir-biridan panjara doimiysi deyilguvchi ma’lum masofada joylashgan bo`ladi. Metalli kristalga ko`pchilik metallar misol bo`ladi.
Molekulali kristallar. Kristall panjaraning tugunlarida ma’lum tartibda yo`naltirilgan molekulalar joylashgan bo`ladi.Ular orasida molekulalar o`zaro ta’siriga xos bo`lgan tortishi kuchlari mavjud bo`ladi.Molekulali kristallarga naftalin, parafin, quruq muz va hokazolar kiradi.
Defektlar. Real kristallarning uncha katta bo`lmagan bo`lagigina ideal tuzilishga ega bo`lishi mumkin. Boshqa qismlarda esa panjara tugunlarida zarralar joylashuvining batartibligi buziladi va bunga kristall panjaraning defektlari deyiladi. Kristall panjaraning defektiga asosan boshqa element atomlarining kirib qolishi, bo`sh joying mavjudligi va siljib joylashish sabab bo`ladi.Shuni takidlash lozimki kristallardagi defektlar ularning fizik xossalariga katta tasir ko`rsatadi.
III.Xulosa Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, ko'rib chiqilayotgan soha doimiy ravishda rivojlanib bormoqda, buning natijasida kompozit materiallar paydo bo'la boshladi. Ular polimerlarga qaraganda ancha qimmat, lekin ular ajoyib fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlarga ega. Yaqin kelajakda polimer materiallar turli sohalarda faol qo'llanilishini davom ettiradi, chunki ularning o'rnini bosadigan alternativalar hali mavjud emas.
Yarim o`trazgichlar. quyidagi asosiy xususiyatlarga ega ekanligini ko`rib o`tdik: Yarim o`tkazgichning elektr oʻtkazuvchanligi temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (mas, temperatura 1 K ga ortganda Yarim o`tkazgichning solishtirma oʻtkazuvchanligi 16—17 marta ortadi); Yarim o`tkazgichning elektr oʻtkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bogʻlangan elektronlar ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); sof Yarim o`tkazgichnga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish mumkin (mas, 0,01% qoʻshilma kiritilganda Yarim o`tkazgichning oʻtkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi).
Qattiq jismdagi atomlar va ionlar harakatining tebranish xarakteriga ega boʻlishi erish temperaturasi T3gacha saqlanadi. Hatto T=Teda ham atomlarning tebranish amplitudasi atomlararo masofalardan ancha kichik boʻladi, erish esa T>Tzaa suyuqlikning termodinamik potensiali Qattiq jism nikidan kichik boʻlishi tufaylidir. Barcha Qattiq jism yetarlicha yuqori trada eriydi yoki bugʻlanadi. Bundan faqat qattiq geliy mustasno: u (bosim ostida) temperatura pasayganda eriydi. Erish jarayonida jismga berilgan issiqlik atomlararo bogʻlanishlarni uzishga sarflanadi. Turli tabiatli Qj.ning erish tralari Teturlicha (mas, mol. vodorodniki — 259,1°, volframniki 3410±20°, grafitniki 4000° dan yuqori). Qattiq jismning mexanik xususiyatlari u tuzilgan zarralar orasidagi bogʻlanish kuchlari bilan aniqdanadi. Bu kuchlarning turlituman boʻlishi mexanik xususiyatlarning ham turlicha boʻlishiga olib keladi: baʼzi bir Qattiq jism plastik, boshqalari moʻrt.