ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA–MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH F1- GURUH TALABASI
AHMADALIYEV MUHAMMADQODIRNING
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Zamonaviy fan va texnikada yarim o`tkazgich materiallar,
polimerlar va qattiq jismlarning o`rni.
Tekshirdi: ____________
Bajardi: ____________
Andijon-2022
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:
Zamonaviy texnikada yarim o`tkazgich materiallar.
Polimerlar haqida umumiy tushuncha va ularni texnikadagi o`rni.
Zamonaviy fizikada qattiq jismlar.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi” - ko’plab erkinlik darajasiga ega, o’zaro kuchli bog’langan zarralardan tashkil topgan va murakkab bog’langan muhitlar fizikasini o’rganuvchi fandir. Ushbu fanning tadqiqot obyektlariga strukturasi va tuzilishi bo’yicha (kristall va amorf qattiq yarimo’tkazgichlar, organik polimerlar va kom’aundlar), shuningdek agregat holati bo’yicha (qattiq jismlar va suyuqliklar) keng qatordagi moddalar kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyaм tarkibida yirik fizika ilmiy-tadqiqot institutlari, fizika fakultetlariga ega bo`lgan universitetlar, bir nechta pedagogika oliy o ‘quv vurllari, fizika kafedralari mavjud boigan texnika, tibbiyot, qishInq xo‘jaligi kabi oliy o ‘quv yurtlari, universitetlar qoshidagi li/ika ilmiy-tadqiqot institutlari, soha laboratoriyalari, litseylar, fim naziyalar, u m u m ta ’lim maktablari, bir necha m am lakatlarning xalqaro qo‘shm a o ‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda mahalliy millat vakillaridan ilmiy-xodimlar, fizik-pedagoglar va talabalarning katta nafari ijod qilm oqda. Bu ko‘p m ing kishilik jam oa fizika fani bilan o‘zbek tilida yozilgan darslik, o‘quv qollanm a va boshqa ilmiy-texnik adabiyotlar vositasida hamkorlik qiladi. Fizika o ‘zbek tilida o ‘qitiladigan oliy o ‘quv yurtlari va u m u m ta’lim maktablari ta rm o g ln in g kengayishi bilan fizika fani bo‘yicha o ‘zbek tilida nashr qilinadigan turli-tum an adabiyotga b o ig an ehtiyoj keskin ortdi. 0 ‘zbek tiliga davlat tili m aqom ining berilishi va CTzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishib, uni mustaqil davlat sifatida dunyoning ju d a ko‘p m am lakatlari to m onidan tan olinishi ilmiy ju rnallarni, xususan fizika fani bo‘yicha respublikada nashr qilinadigan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni asosan davlat tilida chop etish masalasini kun tartibiga qo'ynioqda. Bu ishlarning sifatli, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan darajada bajarilishi fizika atamashunosligiga tegishli bir qator muammolar bilan bogiiq. Sobiq ittifoq davrida ilm-fan sohasidagi barcha ishlarga asosan rus fanining yutuqlari andoza qilib olinar edi. Shundan boshqa im koniyat ham yo‘q edi. M ustaqillik sharofati tufayli 0 ‘zbekiston faniga jah o n n in g fan va texnikasi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish imkoniyati yaratildi. Bu fikrni tolaligicha atamashunoslikka nisbatan ham takrorlash mumkin. Kun tartibida rus atamashunoslik fani erishgan muvaffaqiyatlarini va uni o ‘zbek atam ashunosligi fanining rivojlanishida tutgan m u h im o ‘rnini inkor etm agan hoi- da, jahon mamlakatlari atamashunoslik fani yutuqlaridan, atamalarni shakllantirishdagi ularning to'plagan katta tajribalaridan keng foydalanish zarur. Bu o‘rinda fizika fani yaxshi rivojlangan Yevropa, Amerika, Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda turk tilida so‘zlashuvchi m am lakatlarning tajribalari ham foydali bo`ladi. degan fikrdamiz. Hozirgi vaqtda yuqorida aytilgan m ulohazalar asosida o ‘zbek tilidagi fizika atamalarini shakllanishini sinchiklab qarab chiqish, ayniqsa, ikki va undan ortiq so‘zli murakkab atamalar muammosini tadqiqlash, qo`lanib kelinayotgan xalqaro atamalarni saqlash masalasi, uzoq vaqt davomida rus tili ta ’sirida singib qolgan ayrim atamachilik elementlaridan foydalanish va boshqa masalalarni o'rganish, oqibat natijasida tegishli tavsiyalarni ishiab chiqish dolzarb vazifadir.
“Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (turlar bo`yicha)” magistratura mutaxassisligining namunaviy o`quv rejasiga “Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi” fani bilan bir qatorda “Dielektriklar fizikasi”, “polimerlar fizikasi(organik va noorganik polimerlar)”, “Suyuq kristallar fizikasi”, “Qotishmalar fizikasi” kabi fanlar kiritilgan bo`lib, quyidagi “Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi” fanining asosiy maqsadi, kondensatsiyalangan muhitlarning zamonaviy asoslari, kondensatsiyalangan muhitlarni – yarimo`tkazgichlarni tavsiflash uchun fizikada foydalanadigan asosiy tushunchalar, nazariy tasavvurlar va modellar bilan magistrantlarni tanishtirishdir. Ushbu o`quv fanida asosiy ehtibor qattiq jismlar – yarimo`tkazgichlarda kechadigan fizik jarayonlar va xodisalarni o`rganishga qaratilgan bo`lib, ushbu hol “Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (turlar bo`yicha)” mutaxassisligi bo`yicha navbatda o`rganiladigan qator fanlar bilan bog`liqdir. Ushbu fanning vazifasi talabalarda kelajakda mustaqil ilmiy tadqiqot va amaliy ishlab chiqarish jarayonlarida kondensatsiyalangan muhitlar – yarimo`tkazgich materiallarni fizik–kimyoviy xossalari bo`yicha ajrata bilish, ish vazifasi bo`yicha talablarga mos keluvchi yarimo`tkazgich asboblarning xossa va rarametrlarini nazariy hisoblay bilish va yarata olish o`quv malakalarini hosil qilishdan iboratdir.
1.Magistrant ushbu kursni yaxshi o`zlashtirishi uchun elektr kursi, kvant mexanikasi va statistik fizikaning bo`limlari, shuning oliy matematikaning zaruriy bo`limlari bo`yicha yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. Kursning katta qismini auditoriyadan tashqari ishlar tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu dastur o`z ichiga qamrab olgan laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun talaba zamonaviy o`lchov apparaturalari bilan tanish bo`lishi va elektrik o`lchovlar o`tkaza olish ko`nikmalariga ega bo`lishi talab etiladi.
2. Magistrantlar uchun laboratoriya ishlarini yarata bilish, ishni sozlash, ishni amaliy bajarish tartibini aniqlay olish, ishni bajarish va natijalarni tahlil qilish, eks’eriment xatoliklarini hisoblash va ishlatiladigan o`lchov asboblaridan to`g`ri va aniq foydalanishi zarur.
3.Seminar mashg`ulotlari bo`yicha: o`qituvchi tomonidan tavsiya qilingan adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi, seminar mavzusiga tegishli ma’ruza jarayonida fizik qonuniyatlar bo`yicha kengroq va chuqurroq mulohaza qilishi, fanga oid mavzularni amaliyotdagi o`rni to`g`risida ma’lumotlarga ega bo`lishi, seminar mavzulari bo`yicha yuqori saviyada va mantiqan ketma–ketlikda ma’ruzalar qilishi, seminar mavzulari bo`yicha talab darajasida referatlar yozishi, o`zaro savol–javob va muloqotlarda yuqori ko`rsatkichlarga ega bo`lishi zarur.
Magistrantlar ushbu kursni yaxshi o`zlashtirishlari uchun “Elektr”, “Kimyo”, “Kvant mexanikasi”, “Elektrodinamika”, “Termodinamika”, “Qattiq jism fizikasi”, “Statistik fizika” fanlarining bo`limlari, shuning “Oliy matematika”ning zaruriy bo`limlari bo`yicha yetarlicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak.
Fanni o’rganishda qattiq jismlar, yarimo’tkazgichlar va dielektriklarga oid bo’lgan adabiyotlar va uslubiy qo’llanmalardan keng foydalanish zarur. Bu mavzularda ko’plab adabiyotlar elektron shaklida mavjud. Internet tarmog’idan ham keng foydalanish natijasida ko’alab adabiyotlarni to’ib, ulardan foydalanish mumkin. Ularning bir qismini ushbu mutaxassislik uchun belgilangan dasturning adabiyotlar qismidan olish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |