"Devoni hikmat" asaridagi timsollar haqida . Reja: - Reja:
- 1. Ahmad Yassaviy hayot yo'li.
- 2. Ahmad yassaviyning ijod mashshaqati.
- 3. "Devoni hikmat " asari haqida qiziqarli
- ma'lumotlar.
- 4. "Devoni hikmat" asaridagi timsollar.
Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxm. 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi. - Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxm. 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi.
Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta’limoti hamda xalq og‘zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita sharq diniy-islomiy falsafasi, yo‘l, rabot, karvon, o‘q kabilar esa og‘zaki ijod an’analari bilan aloqadordir. - Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta’limoti hamda xalq og‘zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita sharq diniy-islomiy falsafasi, yo‘l, rabot, karvon, o‘q kabilar esa og‘zaki ijod an’analari bilan aloqadordir.
-
- Zohid bo‘lma, obid bo‘lma, oshiq bo‘lg‘il,
- Mehnat tortib ishq yo‘lida sodiq bo‘lg‘il,
- Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo‘lg‘il,
- Ishqsizlarni imoni yo‘q ham joni yo‘q.
Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafs yo‘li”, “nafs ilgi” singari istioralarni ham qo‘llaydi. Adib to‘g‘ridan to‘g‘ri nafsga qarshi kurashni, uning yo‘rig‘iga yurmaslikni targ‘ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko‘rsatib beradi. - Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafs yo‘li”, “nafs ilgi” singari istioralarni ham qo‘llaydi. Adib to‘g‘ridan to‘g‘ri nafsga qarshi kurashni, uning yo‘rig‘iga yurmaslikni targ‘ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko‘rsatib beradi.
- .
Boshqa bir she’rida shunga urg‘u berib yozadi: - Boshqa bir she’rida shunga urg‘u berib yozadi:
- Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur,
- Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
- Yotsa, qo‘psa shayton bilan hamroh bo‘lur,
- Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
Ahmad Yassaviyning “Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam” deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas. Birinchi misradayoq she’r mavzu yo‘nalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi. - Ahmad Yassaviyning “Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam” deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas. Birinchi misradayoq she’r mavzu yo‘nalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi.
Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam - Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam
- Asal yanglig‘ suchuk bo‘lur tilim mening
- O‘zim faqir, qildim muqir, bo‘ldim haqir
- Qanot qoqar uchar qushdek ko‘nglim mening.
Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. - Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.
Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning ta’kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar». - Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning ta’kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar».
E'tiboringiz uchun tashakkur.
Do'stlaringiz bilan baham: |