3-mavzu. Islom bankining vazifalari va falsafasi islom bankini tashkil etish maqsadi va falsafasi. Jahon islom banklari ijtimoiy amaliyoti



Download 131 Kb.
bet1/54
Sana19.07.2021
Hajmi131 Kb.
#123665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
3-mavzu. islom bankining vazifalari va falsafasi


3-MAVZU. ISLOM BANKINING VAZIFALARI VA FALSAFASI

1.Islom bankini tashkil etish maqsadi va falsafasi.



2.Jahon islom banklari ijtimoiy amaliyoti.

3.Islom banklari falsafasi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.

4.Islom banklari biznes falsafasining mohiyati.

5.Islom banklarining ishlash tamoyillari.

Bu bobda ISLOMIY moliya biznesini tashkil etishda ishlatiladigan biznesning falsafa va vazifalari, butun dunyodagi ISLOMIY banklar faoliyatining asosi bulgan shariat tamoyillari haqida so‘z boradi, bu ukuvchiga bunday banklarni
qanday boshqarish mumkinligini tushunish imkonini beradi.
Shuniigdek, moliyaviy resurslarni olish, ishlatish hamda bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etnsh asoslari to‘g‘risida fikr yuritiladi.Eron, Pokiston va Sudan davlatlari tomonidan mamlakat IQTISODIY tizimini islomiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng mazkur transformatsiya (bir tizimdan boshqasiga o‘tish) bir qator nazariy va konseptual muammolarni keltirib chiqardi,shu jumladan, yangi tipdagi iqtisodiy tizim qanday bo‘lishi lozimligi masalasiga aniqlik kiritish lozim edi. Bu paytda jahon amaliyotida faqat sotsialistik, sotsialistik-kapitalistik va kapitalistik tizimlar mavjud edi.Muvofiq keladigan andozaning yo‘qligi uchala davlatga butun jarayonni islomiylashtirish uchun siljish nuqtasi sifatida bank sektorini belgilab olish imkonini berdi. Iqtisodni islomiylashtirish deb ataluvchi jarayonda juda muhim bir detal qatnashadi: barcha depozit va moliyaviy amaliyotlardan foiz chiqarib tashlanadi. Ko‘pchilikni taxminlarga olib boradigan fikr: bankni islomiy deb atash shartmikan,chunki islomiy bankning ishlash tamoyili- sudxo‘rlik foizlarini hisobga olmasa, an’anaviy banklar faoliyatidan unchalik fark qilmaydi. Shunisi aniqki, islomiy banklar aksariyat musulmon mamlakatlarida musulmonlarning bank xizmatiga bo‘lgan talabini qondirish uchun tashkil etiladi. Bunday moliya muassasalarining biznesi esa an’anaviy bank sektori bnlan bir tekis rivojlanadi. Shunga kura islomiy va an’anaviy
banklar faoliyati kup jixatdan bir-biriga uxshaydi. Odatda,
oddiy bank ikkita asosiy vazifani bajaradi; jamg‘arma omonatlarni kabul kiladi va karz beradi. Mijozlar koidaga kura turt toifaga bo‘linadi; xususiy shaxslar, kompaniyalar, davlat sektori va boshkalar. Pullarni kuyish uchun an’anaviy banklar, odatda, jamg‘arma xisob varag‘ini, joriy xisob varag‘ini, muddatli xisobvarayuzarni va muomalada erkin bulgan depozit sertifikatlarini taklif kiladi. Xizmatlar turi mijoziing shakliga bog‘lik ravishda uzgarishi mumkin.

An’anaviy tijorat banklari xususiy shaxslarga, biznesga,
xukumat muassasalariga kreditlar taklif etadi. Mijozlarga overdraft (xisob rakami minus xolati), akkreditiv, kafolat xatlari va boshkalar takdim etiladi. Qo‘shnmcha xizmat sifatida pul o‘tkaz.malari, valyuta almashtirish va maslaxat xizmatlari ko‘rsatiladi. Tijorat banklari bajaradigan vazifa vaziyatdan kelib chiqib va vaxt omilini xisobga olgan xolda o‘zgarib turishi mumkin. Islomiy banklar xam omonatlar kabul kiladi va moliyalashtirish mexanizmlarini taklif etadi. Xuddi tijorat banklari singari islomiy banklarda xam jamg‘arma, joriy
va muddatli omonat xisob varakdari mavjud. Boshka xizmatlar
sirasiga pul o‘tkazmalari, valyuta almashtirish va maslaxat xiz-
-matlari kirishini aytib o‘tish mumkin. Lekin barcha amaliyotlar ribo yoki foiz unsurlaridan “tozalab” tashlangan. An’anaviy va islomiy banklarning faoliyati ko‘p jihatdan fark qilmasa-da, ularning ishlash tamoyili va konseptual asoslari turli burchaklarda joylashgan. Islomiy banklar diniy karashlardan kelib chikib bank faoliyatini yuritish maksadida tashkil etilgan muassasalardir. Tijorat banklari
esa, aksincha, biznes maksadga erishish uchun ishlaydi va diniy
kirralarga bog‘lik bo‘lmaydi.

Islomiy banklarni tashkil etish maqsadi va ularning biznes falsafasi Har qanday moliyaviy muassasalar oz oldiga eng yuqori foyda olishni maqsad qilib qoyadi - bu ular faoliyatining asosi xisoblanadi. Ushbu faoliyat asosining mikdori muassasa egalari va boshqaruvchilarining falsafasiga bog‘lik bo‘ladi. Biznesning maksadi foydaning eng yuqori darajasiga erishish ekanligini iqtisodiy nazariyalar tasdiqlaydi. Ushbu rag‘bat omili tashkil etilgan korxona xususiy mulkchilik shakliga
ega bulgan holatda yanada yorkin namoyon buladi, chunki korxona egasi barcha foyda o‘ziga tegishli bo‘lishini ko‘zlab yuqori
darajada foyda ko‘rish uchun ishlaydi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarda xam shunday holatni kuzatish mumkin - har bir biznes’hamkor korxona muvaffaqiyati uchun o‘z sa’y-xarakatlarini sarflaydi. Xuddi shuni egasi tomonidan
boshqariladigan yopiq hissadorlik jamiyatlari timsolida ham
kuzatish mumkin. Ochik xissadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan korxonalarga ma’muriy va boshkarish sohasida ko‘shimcha tarzda yordamchi idora xodimlari kerak bo‘ladi. Bu yerda hissadorlar kompaniyani boshkarishda ishtirok etmasliklari mumkin, shunga muvofik yollangan menejerlar shtatini
saqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tugiladi. Boshkaruv lavozimlariga tayinlash va undan bo‘shatish hissadorlar tomonidan qoidaga ko‘ra ularning vakillari bo‘lmish Direktorlar kengashi tarafidan amalga oshiriladi. Tashkilot rahbari Direktorlar kengashi strategiyasini ijroga kabul qilishi shart xamda hissadorlar kutayotgan eng yuqori daromadga erishish maqsadi uchun kurashishga majbur. Katta daromadlar yirik korxonalarda ikki sababga k}fa muhim
rol o‘ynaydi. Birinchidan, katta daromad tashkilot samaraliligi taassurotini qoldirib, boshqaruv imijining qo‘llabquvvatlanishiga zamin yaratadi. Ikkinchidan, hissadorlar, odatda, sarflangan kapitaldan yuqori darajada foyda kelishini xoxdashadi. Foyda hissadorlar o‘rtasida dividend sifatida taqsimlanadi. Hissadorlar kompaniya samarali bo‘lganda va yillik kafolatlangan daromad kelib turgandagina manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Dividend va foyda (agar shunga erishilsa)
dastlabki quyilmalarda hissadorlik xavfi uchun qoplama (kompensatsiya) sifatida qabul qilinadi. Bu omil tijorat banklari yuqori foyda olish uchun intiladigan asosiy sababni – ular o‘z hissadorlari uchun ishlashlarini ko‘rsatib turibdi. (Elstone,
1987) Yagona maqsadi foyda olishni ko‘zlagan an’anaviy bank-
- l ar dan farqli ravishda islomiy banklar ikkita muhim omilga,yani dinga va foydaga tayangan holda faoliyat yuritadi. Islomiy banklarni tashkilot sifatida shakllantirishda islomiy karashlar ananaviy banklardan farkli ravishda, masalaning axlokiy tomonini shakllantirishga katta etibor karatishi
lozim. Axlokiy jixatlar iymon va biznes yuritishning islomiy
tamoyillari asosida vujudga keladi. Uzining axlokiy me’yorlariga karamay, islomiy banklar xam uz faoliyatidan daromad olishni kuzlaydi. Har kanday biznesda bulgani kabi foyda faoliyatni davom ettirishning muhim kursatkichi xisoblanadi.
Muazzam Ali (1988)ning suzlariga kura islomiy moliya tizimi fakat ribodan xoli tizim sifatida ko‘rib chikilmasligi lozim: moliya muassasalari faoliyatida adolatni ta’minlovchi usul, koida va vositalarning me’yor sifatida hakkoniy, tent joriy etilishi, ijtimoiy odil islomiy tamoyillarni amalga kiritish eng muhim urin egallaydi. Hakikat konsepsiyasi Qur’oniy adolat konsepsiyasiga
asoslangan bo‘lishi lozim. Shunday kilib, islomiy bank o‘z tuzilish maksadiga ko‘ra din, axlokiy kirralar va foyda ko‘rishga e’tibor karatadigan
biznes o‘rtasidagi mutanosiblikni aniqlashi va birlashtirib turishi kerak. Agar islomiy bank tizimida fakat axlokiy jihatning o‘zi mavjud bo‘lsa, u holda bank yo‘kotishlarga duch keladi va o‘z faoliyatini tugatishga majbur bo‘ladi. Agar bu
xolat yuzaga kelsa, nafakat omonatchilar, balki barcha musulmonlarga kiyin bo‘lib koladi. Aksincha, bank uchun fakat foyda olish muhim bo‘lsa, unda tenglik va adolatga tayangan islomiy konsepsiya asoslariga putur yetadi. Jamiyat bundan keyin islomiy va an’anaviy banklar o‘rtasidagi tafovutni anglamay
koladi. Bundan tashkari ularning an’anaviy banklarga nisbatan moyilligi ortib koladi, chunki ularning fikricha, an’anaviy banklar ko‘prok barqaror va samarali bank xizmati ko‘rsatayotganday tuyuladi. Faxim Xon (1993) barcha bank bitimlari darajasidagi faoliyatda islomiy tamoyillarni ishlab chiqish, rivojlantirish
va ragbatlantirishni joriy etish islomiy bank oldida turgan
eng muhim vazifa ekanini aniklab berdi. Bank faoliyatini islomiylashtirishga yordam berishdan tashqari islomiy banklar boshqa, masalan, Islom tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi investitsion kompaniyalarni tashkil etish va kengaytirish uchun xam mas’uldirlar. Islomiy moliya muassasalari nafaqat foyda olishni maqsad sifatida ko‘radi, balki axloqiy-ijtimoiy omillarni xam xisobga oladi. Masalan, Benk R1slam Maleyja Berxad (Bank Islam Malaysia Berhad) Malayziya banki faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qancha asosiy tamoyillarni ishlab chikdi (Bank Islam Malaysia, 1985): “Mazkur baiktshg korporativ maqsadi mamlakatdagi barcha etiik guruhlarga va mamlakat fuqarolariga shariat tamoyillariga, qoidalariga va amaliyotiga asoslangan bank mahsulonchari va xizmatlarini tasdim etshidan iboratdir. Yuqorida takidlangan tamoyiplar, soidalar va amaliyot “muomala” qilish meyorlari hisoblanadi va bank hamda moliya
amaliyotlariga bevosita daxldordir. Bank faoliyatining bank
mahsulotlari va xizmagplar kursatish buyicha natijasi muassasaning yashovchanligi va uning usish potensiapiga bevosita boglisdir ”.
2007 yilda bank firma usuliga o‘zgartirishlar amalga oshirilgach, bank faoliyati davrida biznes muhitda, shuningdek, islomiy moliyalar bozori masshtabida o‘zgarishlar tufayli Maleyja Berxad o‘z karashlari va missiyasini yangiladi. Ularning YaNGI ish tamoyillari quyidagicha talqin etildi (www.
bankislam.comaiiy):

Qarashlar:
Islomiy banking soxasida dunyo peshqadami bo‘lish.
Missiya:
1) shariat tamoyillariga muvofiq keluvchi yangi moliyaviy
qarorlar ishlab chiqish va amalga kiritish;
2) xissadorlarga mablaglarni barqaror va ongli ravishda
kaytarishni takdim etish;
3) qobiliyatli xodimlarga yaxshi ish beruvchi bo‘lish va
mexnat qilish uchun a’lo darajada sharoit yaratish;
4) ilgor texnologiyalarni ko‘llagan holda kompleks moliyaviy qarorlar yetkazib beruvchisi bo‘lish;
5) mas’uliyatli va tejamkor korporativ fuqaro bo‘lish.
Ko‘fib chiqilayotgan missiya va vazifalar islomiy bank
mahsulotlari bozorida global ishtirokchiga aylanish va
hissadorlar manfaatlarini qondirishga asosiy urgu berilganini aytib turibdi.

Benk Muamalat Maleyja Berxad (Bank Muamalat Malaysia
Berhad) Malayziyada tuzilgan ikkinchi islomiy bank hisoblanib, hozirgi paytda kuyidagi vazifalar va missiyaga ega:

Qarashlar:
Hissadorlar ko‘z o‘ngida yuqori bahoga sazovor bo‘lish.
Missiya:
Hudud darajasida islomiy moliya xizmatlari ko‘rsatuvchi
afzal tomonlarga ega bo‘lish. 1975 yilda tuzilgan Dubay Islamik Benk (Dubai Islamic Bank) jahondagi eng birinchi islomiy banklardan biri
hisoblanadi. Tashkil etish davrida bank musulmonlarni ribo unsurlari mavjud bitimlar tuzishdan saqlashni maqsad qilgan, chunki foiz ishlatilishi mumkin bo‘lgan amaliyotlar Alloh taolo tomonidan man etilgan. Vaqt o‘tishi bilan Dubay
banki xuddi Maleyja Berxad kabi o‘z korporativ qarashlariga
o‘zgartirishlar kiritdi. Dubay Islamik Benk Alloh taolo tomonidan belgilab berilgan qoidalarga muvofiq keladigan innovatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi eng yuqori texnologik bank maqomiga erishishni maksad qilib olgan. 1999 yildan boshlab bank o‘z faoliyatini kuyidagi qarashlar va missiya asosida tashkil etmokda. (Dubai Islamic Bank, 1999) Qarashlar:
Alloh taoloning ta’limotini qo‘llagan holda yetakchi innovatsion moliyaviy xizmatlar yetkazib beruvchisi bo‘lish.
Missiya:
Oxirgi ilohiy kitobga asoslangan iqtisodiy tizimning zarurligiga ishongan va islomiy iqtisod tamoyillarini o‘zida
aks ettirgan jahondagi birinchi islomiy bank bo‘lish. Allohga
umid bilan tavakkal qilgan holda o‘z mijozlarimiz bilan
hamkorlik natijasida halol foydaga, eng afzal amaliyotlar va
xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng so‘nggi moliyaviy texnologiyalardan foydalanib biz o‘z muvaffaqiyatimizga erishamiz.
Bank o‘z qadriyatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlaydi:
1. Turmush tarzi: Biz islomiy tamoyillar va qadriyatlarni
qondiradigan hayotga ishonamiz.
2. Mijozlar: Biz o‘z mijozlarimizni qadrlaymiz, ular
ehtiyojini qondirish bosh maqsadimizdir. Bizning mijozlar —

bizning eng YaQIN do‘stlarimiz va eng qimmatbaho aktivlarimizdir.
3. Aniqlik va samaralilik: Biz mijozlarimiz uz vaktlarini qadrlashlarini tushunamiz. Va xizmatlarimizning aniq,
samarali va tezkor bo‘lnshiga erishamiz.
4. Uzaro bog‘liklnk; Biz mijozlarimiz xayrixohligiga intilamiz va o‘zaro munosabatlarimizni mustahkamlash uchun ishlaymiz.
5. Innovatsiyalar; Biz mijozlar tajribasi borasida tafovut borligini tushunamiz, shuning uchun o‘z xizmatlarimizni takomillashtiramiz va yangicha yondashuvlarni jorny etamiz.
6. Jamoaviy hamkorlik; Bunday hamkorlik bizning majburiyatlarimiz ifodasida juda muhim. Biz kompaniya um}^shy
salohiyatiga ta’sir etadigan goya va fnkrlarni hurmat qilamiz
va qadrlaymiz.
7. Ijtimoiylik: Biz resurslarimizni ko‘paytirnsh va iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan holda jamiyatga faol yordam beramiz.
Yuqorida sanab o‘tilgan qadriyatlarga ko‘ra Dubay Islamik
Benk xizmatlar sifati, ijtimoiy mas’ullik va renggabellik kabi
jihatlarni o‘z ichiga olgan maqsad-vazifalarini bayon etadi:
- shariat tamoyillari va yuqori standartlarga muvofiq keluvchi bank xizmatlarnni ko‘rsatish, kompyuter, axborot va telekommunikatsiya tizimidan foydalangan holda yangi texnologiyal arni joriy etish;
- bank va mijoz manfaati uchun fakat yuqori darajadagi
daromadga emas, balki investitsiyalardan oqilona foydalanish
orqali kuyilmalarning optimal qaytarilishini ta’minlashga
erishish;
- islomiy moliyalash tizimini boshqaruvchi me’yorlarni joriy etish maqsadida shariat tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi boshqa moliya muassasalari bilan birgalikda ishlash va
hamkorlik asosida faoliyatlarni muvofiqlashtirib turish;

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish