Tuproq degradasiyasi omillari
Omillar
|
Degradasiya jarayonlar
|
Tuproqlar
|
Eroziya, zichlik, qatqaloq hosil bo’lishi, anaerob sharoit, oziqa elementlarni kamayishi.
|
Ona jinslar
|
Sho’rlanish, ishqoriylik, oziqa moddalarni zaxirasi va ta’minlanganligi.
|
Iqlim
|
Qurg’oqchilik, nordonlashuvi, ishqorsizlanishi, anaerob sharoit, toksifikasiya.
|
Relyef
|
Eroziya, oziqa moddalarining balansi.
|
O’simlik
|
Tuproq biomassasining turi va sifati, tuproq bioxilmaxilligi. Suv energetik balansi.
|
Yerga ishlov berish tuproq strukturasini bo’zilishiga va degradasiya jarayonlarini
kuchayishiga olib keladi.
Ko’p miqdorda va ko’p vaqt davomida chorvani boqish yaylov ekinlarini degradasiyaga uchrashishiga sabab bo’ladi.
Sosial- iqtisodiy sabablarga - demografik o’lchamlar (aholining zichligi, ta’lim, etnik gruxlarni teng xuquqligi) yerga egalik qilishi, ilmiy tamondan qo’llanib turilishi va bozorga yaqin bo’lishi.
Siyosiy sabablar – siyosiy notinchlik ham tuproq degradasiyasiga sabab bo’ladi. Bundan farqliuloroq siyosiy manfatdorlik tuproqdagi investisiyani kuchaytirib tuproq degradasiya darajasi va tezligini kamaytiradi.
Yer degan termen juda keng ma’nodagi so’z bo’lib – ekotizim, tuproqlar, mikro va mezo iqlim, o’simlik,relyef va gidrogeologiya. Yer o’ziga hayvonot va o’simlik dunyosini, tuproq biotasini, daryolar va sizot suvlarni qamrab oladi. BMTning ekologik dasturida (YuNEP) hovli yer deganda – tuproq va mahalliy suv havzalari tushuniladi.
rasm 26 tahlil ma’lumotlariga ko’ra ushbu tuproq qoplami buzilgan bo’lib, atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
rasm 27
Tog’ qazilma boyliklarni qazish tuproq qoplamini bo’zilishga olib keladi.
BMTning ekologik dasturida (YuNEP) yer degradasiyasi deganda – sifatni pasayishi, hayotni ta’minlab beruvchi jarayonlar va atrof muhitni, ekotizimni salbiy o’zgarishlardan himoyalovchi komponentdir. Bu yerda suv filtrasiyasini tezligi juda pastligi va drenajlarni yaxshi ishlamasligi salbiy holatlarga olib kelgan. Bu holat o’simliklarni, tuproqni, relyefni va suvlarni ekotizimda zararlanishiga olib keladi (Djonson va Lyuis 1995 y). Agarda zararlanish yengil yoki vaqtincha o’zgarishlar sodir bo’lgan bo’lsa ekotizim buni tiklashi mumkin.
rasm 27 Bu yerda dalaning bosh qismida tuproqning zichligi ortgan.
rasm 27 Ayrim sug’oriladigan dalalar suv bosishi va namlikni ortishi natijasida hosildorlikni yo’qotilishiga olib keladi.
Dunyodagi haydaladigan yerlarning faqat o’ndan bir qismi tuproq degradasiyasi havfi ostida emas. Eng zaif tuproq degradasiyasi bilan himoyalanmagan tuproqlarda ham barqarorlikni ushlab qolishning bir qator usullari bor. Tropik va subtropik mamlakatlarda tuproq degradasiyasiga asosan iqlim sharoiti ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun mos umumiy yer maydonlarida cheklanishlar mavjud. Turli tipdagi yer turlarida turlicha cheklashlar mavjud. Ekin yetishtirish uchun hamma yer maydonlari mos kelmaydi. Tuproq mahsuldorligi asosan tabiiy chegaralangan omillar tik yonbag’irlar, soz tuproqlar,
tabiiy unumdorligi kam tuproqlar, yomon drenajli tuproqlar, qum, toshli tuproqlar, sho’rlangan tuproqlar kiradi. Turli agrotizimlar uchun tuproq degradasiyasining har- xil turlari bor. Tog’li hududlar va tik yerlarda suv eroziyasi tuproq degradasiyasi uchun dominant hisoblanadi. Qurg’oqchil (arid) rayonlarda suv va shamol eroziyasi tuproq organik moddalarining kamayishiga sabab bo’ladi. Nam ko’p joylarda tuproqdagi oksidlanish jarayonlari ham unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Sug’oriladigan hududlarda tuproq sho’rlanishi va botqoqlanish ham alohida ahamiyatga ega. Bu havfli omillarni o’rganish tuproq degrdasiyasini kamaytirish va unumdorligini oshirish va ekinlardan hosil olishdagi cheklovlarni bilishda yordam beradi.
Agar kuchli salbiy oqibatlar sodir bo’lsa ekotizim bu o’zgarishlar tiklay olmaydi. Misol uchun keng masshtabda o’rmon kesishlar va hakozolar. Shuning uchun yer degrvdasiyasi bilan tuproq degradasiyasini aniq ajratish kerak. Bu ikkita terminni qo’llashda tushunmovchilik kelib chiqmoqda.
Ikkilanishlar tuproq xossalari va jarayonlarni dinamik tengligini o’zgarishiga olib keladi. O’zgarishlar tuproq unumdorligini ortishiga yoki atrof muhitga salbiy ta’sirini kuchayishiga olib keladi. Agar sabablar tabiiy bo’lsa, undagi o’zgarishlar tuproqni paydo bo’lish jarayoniga ta’sir etadi. Agar bunga sabab inson omili bo’lsa, unda bu tuproq degradasiyasi jarayonlarini bo’zilishiga olib keladi. Shuning uchun tuproq degradasiyasi anropogen sabablarga ko’ra xaqiqiy yoki potensial maxsuldorlikka ta’sir etadi. Shuning uchun tuproq degradasiyasi antropogen jarayondir.
Tuproqni ishlab chiqarishda tinimsiz foydalanish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi (Lal, 1997) lekin bu jaryonni to’g’irlab tuproq unumdorligini tiklash mumkin. Shuning uchun bu yerda tuproqdan foydalanish tizimini o’zgartirib almashlab ekishni yo’lga qo’yish kerak.
Tuproqni chidamlilik qobilyati deganda, tuproqda bo’layotgan o’zgarishlarni o’zlashtirib olish tushuniladi (Duglas i Lyuis,1995). Yaniy tuproq bo’layotgan tabiiy va antropogen ta’sirlarga qarshi tura olish qobilyatiga aytiladi.
Tuproqni chidamlilik qobilyatini baholashda bitta yoki bir nechta tuproqqa bog’liq bo’lgan massa balansi yordamida aniqlash mumkin.
Sr = Sa+(Sn+ Sd+ Im)T
bu yerda:
Sr - Tuproqni chidamlilik qobilyati,
Sa- tuproqning boshlang’ich yoki hozirgi holati, Sn – tuproq ko’rsatgichi,
Sd – degradasiya ko’rsatgichi, Im – kirish signalni boshqarish, T - vaqt,
Tuproq sifati va chidamlilik o’rtasida chambarchas bog’liqlik mavjud.
Qurg’oqchilik termini deganda cho’l sharoitida tarqalgan tuproqlarga aytiladi. Bunda cho’l zonasi sharoitida kechayotgan jarayonlarni murakkabligi bo’lib, asosiy jarayonlar qurg’oqchilik, suv va shamol ta’siridagi eroziya va o’simlik dunyosining siyrakligi hisoblanadi. Qurg’oqchilik esa o’z navbatida yerning biologik potensialni yo’q bo’lishiga olib keladi. Qurg’oqchil, yarim qurg’oqchil va quruq subgumidli
xududlarda tuproq degradasiyasi xar hil omillar, asosan iqlim o’zgarishi hamda antropogen omillar hisobiga bo’ladi (YuNEP, 1990; 1992; YuNSED, 1992).
Nazorat savollari
Tuproq degradatsiyasi nima?
Tuproq fizikaviy degradatsiyaga uchrashi
Tuproq kimyoviy degradatsiyaga uchrashi
Tuproq bioligik degradatsiyaga uchrashi
Tuproq degradatsiya omillari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |