Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


AGROKIMYO FANINI RIVOJLANTIRISH TARIXI



Download 4,47 Mb.
bet105/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

AGROKIMYO FANINI RIVOJLANTIRISH TARIXI


Ko’p asrlar davomida dehqonchilikning asosiy masalalaridan biri – bu o’simliklarni oziqlanishi bo’lib keldi. Qadimdan insonlar uchun o’simliklarni yaxshi rivojlanishi uchun go’ng va boshqa chiqindilar kerakligi malum bo’lgan. Lekin, o’simliklar nima bilan oziqlanadi degan savolga javob faqatgina o’tgan asrning o’rtalarida topildi.

O’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi bazi bir taxminiy qarashlar 16-18 asr o’rtalarida paydo bo’lgan, ammo ushbu fikrlar yetarli darajada baholanmagan, shu sababli ham o’simliklarni ildizdan oziqlanishi sohasida uzoq vaqtlargacha noto’g’ri qarashlar hukm surib kelgan. O’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanishi uchun bir necha asrlar kerak bo’ladi.

Masalan, XVI asrda (1563 y.) fransuz tabiatshunosi Bernar Palisi o’simliklarni rivojlanishi uchun tuzlar kerakligini aytdi, lekin, asosan qaysi tuzlar o’simlik uchun zarur ekanligini ko’rsatib bera olmagan.

Oradan qariyib 100 yil o’tgach (1656y.) ingliz ximigi Glauber tuproqqa solingan selitra o’simliklarni hosildorligini oshirganini aniqladi. Lekin, XVII asr olimlari buni baholay olishmaganlar, chunki bu davrda o’simliklar uchun azotning ahamiyati to’liq yechilmagan edi.

O’simliklarni havodan oziqlanishi to’g’risidagi birinchi fikrni buyuk rus olimi M.V.Lomonosov XVIII asrda (1753 y.) ko’rsatdi – bu fikrni boshqa olimlar Pristli va Senebyelar ham tasdiqladi. Ular yashil o’simlik havoga kislorod ajratib, o’zida karbonat angidridni (CO2) olib qoladi deb fotosintezni ochdilar.

Keyinchalik 1761 – 1766 yillarda shved olimi Valerius o’simliklar gumus (murakkab organik modda) hisobiga oziqlanadi degan g’oyani ilgari surdi. Bu "gumus qoidasi " asosan oddiy ko’zatishlar natijasida, yani o’simlik chirindiga boy bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanib yuqori hosil berganligidan kelib chiqqan. Ushbu "gumus nazariyasining" keng tarqalishiga va ommalashib ketishiga XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi Teyer juda katta hissa qo’shgan.

Fransuz olimi – fiziolog va agroximik Bussengo "gumus nazariyasi" o’rniga o’simliklarni oziqlanishida azot muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib (1836y.), tuproqda azot to’planishida almashlab ekishda dukkakli ekinlar azot balansini yaxshilashiga olib kelishini va ekinlar hosildorligini oshirishni tajribalar asosida aniq isbotlab berdi.

"Gumus nazariyasi" noto’g’riligini nemis ximigi Libix o’zining 1840 yilda yozgan "Ximiyaning dehqonchilik va fiziologiyaga tadbiqi" degan kitobiga qattiq tanqid qilib, o’simlik gumus bo’lmaganda nima bilan oziqlanar edi degan savol

tashlaydi. Libix bir dalada surunkasiga o’sha ekinni takror ekaverish natijasida tuproq unumdorligini pasayish sabablarini aniq tushuntirib berdi va unumdorlikni saqlash, hosildorlikni oshirish uchun tuproqlarni o’g’itlash g’oyasini olg’a surdi. Ushbu g’oya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni yana tuproqqa qaytarishga asoslangan edi. U tuproqda juda kam miqdorda qolgan moddalarni, ya’ni mineral minimumdagi oziq elementlarni qaytarish zarur deb, "minimum qonuniga" asos soldi.

Libix ko’p elementlardan birinchi navbatda fosforni yerga qaytarish zarur, chunki donli ekinlar doni bilan juda ko’plab fosfor chiqib ketadi deb xulosa qildi. O’g’itlar tarkibidagi azotning ahamiyatiga Libix yetarlicha baho bera olmadi, u tuproqqa yog’in – sochinlar bilan havodan tushadigan azot o’simliklarni oziqlanishi uchun yetarli deb, noto’g’ri fikrga bordi. Shunga qaramasdan, Libix dehqonchilikda oziq moddalar aylanishini ongli ravishda boshqarish kerakligini, chunki uning bo’zilishi tuproq unumdorligini keskin pasayishiga olib kelishi xaqidagi nazariyani birinchi bo’lib ko’rsatib o’tgan edi.

O’simliklarning oziqlanishi to’g’risidagi bilimlarni rivojlanishida o’simliklarni oziq moddasiz muhitlarda, ya’ni suvda va quMga o’stirishga oid tajribalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ularga zaruriy oziq moddalar mineral tuzlar holida qo’shilganida o’simliklarni normal o’sishiga va ularning oziqlanishi uchun qaysi elementlar qancha miqdorda va nisbatda zarur bo’lishini ko’pchilik olimlar (Knop, Saks va boshqalar) XIX asrning 50-yillaridayoq aniqlashga erishdilar. Dukkakli o’simliklarning azot bilan oziqlanishi xususiyatlarini o’rganishda Gel’rigerning tajribalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular dukkakli o’simliklar ildizida rivojlanadigan tuganak bakteriyalar yordamida havodan molekulyar azotni o’zlashtirishini va tuproqlarni azot bilan ta’minlashini ko’rsatdi.

Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlarining xizmatlari ham juda kattadir. O’simliklarning oziqlanishini o’rganish va o’g’itlarni qo’llash masalalarini ishlab chiqish XVIII asr oxiri va XIX asr boshlariga to’g’ri keladi. Ushbu davrlarning yetuk agronom olimlari I.M.Komov, A.T.Bolotov va boshqalar tuproqlarning unumdorligini saqlash va uni oshirish uchun go’ng, har xil kompostlar, kul, ohak va boshqa mahalliy o’g’itlardan foydalanishga katta e’tibor berdilar.

O’simliklarning oziqlanishi va dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir ilmiy ko’zatishlar sistemali ravishda asosan XIX asrning 60-70-yillaridan boshlab o’tkazila boshladi. Bu davrlarda ko’zatish olib borishgan A.N.Engel’gard, D.I.Mendeleyev, P.A.Kostichev, A.Timiryazovlarning ilmiy ishlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi, A.N.Engel’gard o’zining "Qishloqdan xatlar" va "Dehqonchilikni kimyoviy asoslari" kabi mashhur kitoblarida mineral o’g’itlardan, go’ng, ohak va yashil o’g’itlardan foydalanish dehqonchilikda katta samara berishini aniq ko’zatishlar asosida isbotlab berdi.

D.I.Mendeleyevni agrokimyo fanini rivojlanishidagi xizmatlari juda bebahodir. Chunki uning rahbarligida birinchi marta mineral o’g’itlarning samaradorligini o’rganish bo’yicha turli tuproq-iqlim zonalarida dala tajribalari o’tkazilib, ekinlar hosildorligini oshirishda mineral o’g’itlar muhim vosita ekanligini ko’rsatdi va isbotlab berdi.

Agrokimyo fanini rivojlanishida K.A.Timiryazovni roli juda katta bo’lib, u fotosintez va o’simliklarni mineral oziqlanishiga doir olib borgan tadqiqotlarni va vegetasion tajribalar o’tkazish usullarini joriy etish bilan o’z hissasini qo’shgan.

K.A.Timiryazov "dehqonchilik – dexkonchilik bo’lishida agrokime va o’simliklar fiziologiyasi" muhim ahamiyatga ega bo’ldi deb ko’rsatib o’tgan edi.

Agrokimyoning keyingi davrlardagi rivojlanishi D.I.Pryanishnikov (1865-1948


  1. va uning shog’irdlarining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lib, uning 550 dan ortiq ilmiy bosilib chiqdi va ularning asoaiy qismi jaxon miqiyosida etirof etildi. Olimning o’simliklarni azot bilan oziqlanishi va azotli o’g’itlarni dehqonchilikda ishlatishga doir klassik tadqiqotlarni ayniqsa muxim ahamiyatga ega bo’ldi. D.I.Pryanishnikovning "O’simlik hayotida va dehqonchiligida azotni roli" asari K.A.Timiryazovi nomidagi mukofotga sazovor bo’lgan bo’lsa, uning "Agrokimyo" deb nomlangan fundamental asaridan xozirgi paytlarda ham mutaxassislar tayyorlashda foydalanib kelinmoqda.

D.N.Pryanishnikov 1941-1943 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutini agrokimyo kafedrasini boshqardi va paxtachilikda, qand lavlagi yetishtirishda azotli o’g’itlarni qo’llash bo’yicha qator ilmiy ishlar olib bordi.

Agrokimyo fanini rivojlantirishda P.S.Kossovichning (1862-1915y.) xizmatlari ham kattadir. U o’simliklarni ammiakli azotni nitrat shakliga o’tmasdan o’zlashtira olishini, tuproqda erkin holda yashovchi bakteriyalar atmosferadagi azotni o’zlashtirishini isbotlab berdi.

K.K.Gedroys (1872-1932) tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va erimagan moddalar, turli gazlar va mikro-organizmlarning tuproqda ushlanib, singib qolishini, ya’ni tuproqlarni singdirish qobiliyatini aniqlab, uni besh turga mexanikaviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik singdirishlarga bo’ldi.

O’simliklarni mineral oziqlanishi va o’simliklar fiziologiyasini boshqa soxalari bo’yicha D.A.Sabinin (1889-1951) katta ishlar olib borib, "O’simliklarni mineral oziqlanishi " degan ilmiy asarini chop ettirdi.

Agrokimyo fanining rivojlanishida D.N.Pryanishnikov yaratgan ilmiy maktab a’zolari B.Sokolov, A.Peterburgskiy, P.Smernov, F.Yanishevskiy, Avdonin, V.G.Mineyev va boshqalarning xizmati katta.

Ya.V.Peyve, B.A.Yagodin, B.Sokolov, M.Shkolniklar turli tuproqlarni mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganishib, o’simlikshunoslikda mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llash usullarini yaratib, uni ishlab chiqarishga joriy etdilar.

Ma’lumki Markaziy Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Iskandar Zulqaynar (Aleksandr Makedonskiy) lashkarlari Markaziy Osiyoga bosib kelgan davrlarida Iskandar bilan birga yurgan olim – faylasuflar Markaziy Osiyo dehqonchilik madaniyatiga, asosan sug’oriladigan dehqonchiligiga yuqori baho berganlar. Keyinchalik Yevropa davlatlari vakillari (masalan Klaviko) O’rta Osiyo dehqonchiligini eng yuqori madaniyatga ega ekanligini o’zini asarlarida aytib o’tgan.

Ma’lumki, miloddan avvalgi VI-V ming yillarda avvaldan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan qabilalar xozirgi Eron xududiga Janubiy Turkistonga ko’chib

o’tadilar va bu yerda " Jaytun " deb nomlangan dehqonchilik madaniyatini yuzaga keltiradilar.

Bronza (miloddan avvalgi VI-III ming yillar) davriga kelib Zarafshon vodiysida ham dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar, katta ariqlar qazib dalalarga suv chiqarganlar.

Muqaddas "Avesto" kitobida ma’lum qilinishicha O’rta Osiyoda dehqonchilik va chorvachilik 7-10 ming yillar avval paydo bo’lgan.

O’zbek halqining buyuk allomalaridan, qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (X-XI asrlar) mashxur "Kitob-ul jamoxir-fi ma’rifatil javoxir" nomli asarida tuproq mineral qismi bo’yicha dastlabki ma’lumotlar berganlar va tuproqlar nurash jarayonida hosil bo’ladigan ona jinsi maxsuli ekanligi aytilgan.

O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi tarixi xaqida ma’lumot beruvchi "Fani ikishtu ziroat" (Ziroatshunoslik) asari XV-XVI asrlarda chop etilgan va shu asarda mahalliy o’g’itlar, kompostlar, eski devor qoldiqlari, ariq loyqalaridan hosildorlikni va mahsulot sifatini oshirishga doir ma’lumotlar keltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi olimlari agrokimyo fanining rivojlanishiga bebaho hissa qo’shdilar. Chunonchi, R.R.Shreder, M.M.Bumuyev, I.K.Negodnov, S.A.Kudrin, Ye.A.Jorikov, O.F.Tuyeva, V.I.Sivinskiy, S.N.Rijov, B.P.Machigin, N.B.Balyabo, M.A.Belousov, Ye.I.Stolipin, G.I.Yarovenko, P.V.Protasov T.P.Piroxunov, J.S.Sattarov, N.N.Zelenin, M.Niyozaliyev va boshqalar paxtachilikda va turli xil ekinlar yetishtirishda o’g’itlardan, tuproqlarni unuMgroligini oshirishda azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning samaradorligi, bu samaradorlikni pasayish sabablari va uni oldini olish choralarini ishlab chiqish bo’yicha juda muhim ilmiy ko’zatishlar olib borishganlar va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan tavsiyanomalarni joriy etishdilar.

Paxtani o’sish rivojlanish fiziologik va jarayonlarni jadalashtirishda asosiy elementlarni ahamiyati, ularni o’zlashtirish miqdori. Mudatlari va eng qulay shakllari tug’risida M.P.Belousov, O.F.Tuyeva, S.T.Piroxunovlar ishlaganlar o’g’itlarni qullash texnologiyasi, samaradorligini oshirishni yo’llari, har xil ekinlarni o’g’itlash sistemasiga yaratishda B.P.Machigin, P.V.Protasov, G.I.Yarvenko, Ye.I.Stolipin, I.I.Madraimov, B.M. Isayev, J.Sattarov, N. Niyazoliyevlarni xizmati katta.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida keng ko’lamga olib boriladigan agrokimyoviy tekshirishlar dehqonchilikni ximiyalashtirish rivojlantirish uchun, mahaliy va mineral o’g’itlardan tug’ri va samarali foydalanish atrof- muhitni har xil kimyoviy vositalar bilan ifloslanishini oldini olish uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish