Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet72/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Yer yuzasining tuzilishi. O’zbekiston hududining relyefi tekislik va adir-tog’ qismlardan tashkil etgan. Respublikamizning sharqida Tyan-Shan va Oloy tog’larining g’arbiy tarmoqlari, Hisor, Turkiston, Zarafshon, Chotqol, Pskom va Qurama tog’ tizmalari joylashgan. Bu tog’larning o’rtacha balandligi 1600, 2000- 2500 metr, ayrim cho’qqilarining balandligi esa 4600 metrdan oshadi. Baland tog’ qoyalari, ayniqsa ularning cho’qqilari yoz oylarida ham erib tugamaydigan qorliklar bilan qoplangan. Bu qorlik va muzliklar daryolarimizning bitmas-tuganmas suv manbalaridir. Tog’li yerlarning relyefi notekis-pastliklar va balandliklardan iborat. Bu yerda bir-biriga ketma-ket ulanib ketgan vodiylar, tik balandliklar, nihoyatda tor daryo va do’ngliklar bilan bir qatorda juda manzarali yaylovlar, tog’ tekisliklar ham bor.

Ma’lumki, respublikamiz yer yuzasining tuzilishi eroziya jarayonlari, ayniqsa suv eroziyasining rivojlanishiga ma’lum qadar bog’liqdir. Relyef yer betida issiqlik va namlikning taqsimlanishiga, ob-havo yog’inlarining xususiyat va miqdoriga hamda suv oqimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Uning ta’siri mahalliy eroziya bazislarining chuqurligi, yonbag’irlarning tikligi (qiyalik darajasi), uzunligi va ekspozisiyasiga ham bog’liq bo’ladi.

O’zbekiston sharoitida eroziya jarayonlarining rivojlanishida, eroziya manbalarining to’planishida yonbag’irlarning shakli katta rol o’ynaydi. Ular asosan shakliga ko’ra: to’g’ri qiyalikli yonbag’ir, qabariq, botiq va zinapoyasimon qiyali yonbag’irlarga bo’linadi. Janubga va sharqqa qaragan qiyalik yonbag’irlari shimolga va g’arbga qaraganlariga nisbatan 18-25 kun oldinroq qor qoplamidan holi bo’ladi. Janubiy yonbag’irlarda qor erishi jadalroq kechadi. Shu sababli boshqa shart- sharoitlar deyarli bir xil bo’lgani holda, tog’li hududlarda janubga qaragan yonbag’irlardagi tuproq suv eroziyasidan, shimoldagi yonbag’rli tuproqqa qaraganda ko’proq eroziyalangan. Yonbag’ir nishabligi va uzunligi oshib borgan sari odatda oqib tushayotgan yog’in suvi oqimlarining tezligi kuchayadi, shunga bog’liq holda tuproq yuvilishi va oqizib ketilishi ham jadallashadi (Xonazarov, Kumzullayev, 1999).

X.M.Maxsudovning (1989, 1998) ma’lumotlariga ko’ra, yonbag’ir qiyalik darajasi oshgan sari tuproqning yemirilish darajasi ham oshadi. Agar nishabligi 1-3 gradusgacha bo’lgan yonbag’irlarda, asosan, yemirilmagan yoki sust eroziyalangan tuproqlar tarqalgan bo’lsa, qiyaligi 3-5 gradusli yonbag’irlarda o’rtacha eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan bo’z tuproqlar uchraydi.

Relyef yer yuzasidagi suv va havodan tushadigan yog’in-sochinlarning taqsimlanishiga, qiyalik bo’yicha oqimlarning tezligiga, tuproq va zaminning yemirilishi (yuvilishi) jadalligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Bu borada, O’zbekistonning relyefi juda xilma-xil bo’lib, asosan, sharqdan va janubiy sharqdan g’arbga va shimoliy g’arbga tomon asta-sekin pasayib boradi.


Yonbag’irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga quyida

keltirilgan ko’rsatkichlar miqdorida bo’lishi mumkin:

  • 10-30 gacha bo’lgan qiyalikda -10-15 t/ga,

  • 30-50 da - 15-25 t/ga,

  • 50-70 da - 25-35 t/ga,

  • 70-100 atrofida bo’lganida - 35-50 t/ga va undan ko’p tuproq yuvilishi mumkin.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish