Tuproq zonachasi tuproq zonasining bir qismi bo’lib, zonal tuproqlar orasida ma’lum tuproq tipchalari ifodalangan bo’ladi.
Tuproq fasiyasi – tuproqlari o’zining temperatura rejimi va mavsumiy namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproqlarning fasiyalar bo’yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi o’rganilgan.
Tuproq provinsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb, mahalliy tuproq hosil bo’lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki zonachasining bir qismiga aytiladi.
Tog’li o’lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provinsiyadari vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o’z ichiga oladi.
Tuproq qoplamining provinsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.
Tuproq okrugi – tuproq provinsiyasining bir qismi bo’lib, tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar: joyning relyefi, iklimi, o’simliklar tarkibi, gidrogeologik singari sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq qoplamini ancha bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.
MDH xududida tarqalgan quyidagi tuproq – bioiqlim mintaqalarini, ularni tashkil etadigan zonalari va tog’li tuproq provinsiyalariga nisbatan batafsilroq ko’rib chiqamiz.
1). Sovuq (qutbiy): 2) Mo’tadil sovuq (boreal): 3) Mo’tadil (subboreal): 4) Mo’tadil iliq (subtropik) kabi tuproq bioiqlim mintaqalari ajratiladi.
Q u t b i y (sovuq) m i n t a q a d a bitta Yevroosiyo tuproq bioiqlim oblasti ajratiladi va bu o’z navbatida Arktika va subarktika tundra tuproqlari kabi ikki tuproq zonasini hamda uchta tog’ provinsiyalar (Ural-Yangiyer, Chukotka va Taymir singari) ni o’z ichiga oladi. Ekinlar faqat issiqxonalarda yetishtirilib, uncha katta bo’lmagan maydonlardagi dehqonchilik esa faqat eng janubiy rayonlarda olib boriladi. Bu yerdagi asosiy chorvachilikning yo’nalishi-bug’uchilikdir.
B o r ye a l (mo’tadil sovuq) m i n t a q a d a 4 ta: g’arbiy o’tloq-o’rmon; markaziy tayga-o’rmon; Sharqiy Sibir muzloq-tayga va Uzoq sharq tayga-o’tloq- o’rmon oblastlari ajratiladi.
Markaziy Sibir tayga-urmon oblastida kuzgi va baxorgi ekinlar, shuningdek, qisqa vegetasiya davriga ega bo’lgan sabzavot ekinlari ekiladi, Sharqiy Sibir oblastining qattiq sovuq iqlimi sharoitida dehqonchilik chegaralangan bo’lib, asosan o’rmon xo’jaligi va mo’ynali xayvonlar boqishda foydalaniladi.
S u b b o r ye a l (mo’tadil) m i n t a q a d a: G’arbiy qo’ng’ir tuproqli o’rmon oblasti; markaziy o’rmon-dasht va dasht; Sharqiy ko’ng’ir tuproqli o’rmon; cho’l- dasht, dasht va baland tog’ cho’llari kabi 5 ta viloyatlar ajratiladi. Bu mintaqa 8 tuproq zonasini va 13 tog’ provinsiyalarini o’z ichiga oladi.
Qora va kashtan tuproqli Markaziy o’rmon-dasht va dasht viloyatlari dehqonchilik uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, g’allachilikning asosiy bazasi hisoblanadi.
S u b t r o p i km i n t a q a Territoriyada uchta tuproq viloyatini: mo’tadil iliq kserofit-o’rmon-subtropik (Kavkaz orti); mu’tadil iliq va iliq cho’l-dasht va cho’l subtropik (O’rta Osiyo) oblastini o’z ichiga oladi.Maydoni va qishloq hujaligining o’rniga ko’ra bo’z tuproqli O’rta Osiyo viloyati katta ahamiyatga ega. Sug’oriladigan sharoitda paxta, g’alla, sabzavot, sholi, kanakunjut, kunjut va boshka ekinlardan yuqori hosil olinadi.
V.G.Popov (1990 y) o’ziga xos kenglik bo’yicha zonallik va vertikal mintaqa hamda provinsional qonuniyatga ko’ra O’zbekistonda ikkita tuproq-bioiqlim (mo’tadil va iliq subtropik) mintaqasini ajratadi.
Ch o’ l (arid) z o n a s i tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi keskin farqlar asosida bu ikki: Orol-Kaspiy, O’rta Osiyo (subtropik) provinsiyalariga ajratiladi va u o’z navbatida Shimoliy, Markaziy va Janubi provinsiyalarga bo’linadi.
V e r t i k a l m i n t a q a n i n g och tusli bo’z va tipik bo’z tuproqlari tarqalgan pastki tog’oldi-tekislik va qisman tog’oldi qismida o’ziga xos subtropik chala cho’llar zonasi hosil bo’lib, uni O’rta Osiyoning tog’oldi-chala cho’llar provinsiyasiga kiritiladi. Bu provinsiya ham Shimoliy, Markaziy va Janubiy provinsiyachalarga ajratiladi.
To’q tusli bo’z tuproqlari mintaqasidan yuqorida o’ziga xos xususiyatlari bilan harakterlanuvchi O’ r t a O s i yo t o g’ viloyatlari tarqalgan. O’zbekistonning barcha territoriyasidagi yog’in rejimining va biotuproq sikllari yoki bosqichlarining yaqin bo’lishi, bu yerdagi tog’ o’lkalarini G’arbiy Tyanshan, Oloy-Turkiston va Hisor provinsiyalarini o’z ichiga birlashtiruvchi yagona O’rta Osiyo tog’ viloyatiga kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, tuproq-geografik rayonlashtirishning umumiy sxemasiga ko’ra, hozir O’zbekiston territoriyasida o’ziga xos 6 provinsiya, 27 okrug va 83 tuproq nohiyalari ajratiladi.
Kavkaz orti viloyatining xam halk xo’jaligidagi ahamiyati kam emas. Bu yerda qator subtropik ekinlari (jumladan sitrus, choy) o’stiriladi. Bu oblastlarda boshqalarga nisbatan tog’ tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish samarasi yuqori. Tog’ yonbag’irlari uzumchilikda, choy plantasiyalarida, mevali bog’lar yaratishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |