Tuproqning mexanik tarkibi faqatgina muxim agrofizik ko’rsatkich bo’lib xisoblanmasdan, balki asosiy genetik hamda kimyoviy ko’rsatkichlarning o’zgarishini aniqlovchi o’lchovdir. Chunki, tuprok ona jins ustida tarkib topadi. Darhaqiqat, har bir ona jins uchun o’ziga xos metologik tuzilish, mexanik, mineralogik, nixoyat, kimyoviy tarkib xos. Shuning uchun xam barcha fizikaviy, kimyoviy, xatto meliorativ o’zgarishlar ham eng avval u yoki bu tuproqlar mexanik tarkibining o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi.10
Xozirgi kunda mavjud statistik ma’lumotlar bo’yicha tuproq mintaqaviy va global degradasiyadan saqlovchi, cho’llanishga qarshi-kurash chora tadbirlarini olib borish kerak. Ma’lum so’rovlar natijasida zaxira yerlarning qo’llashda reproduksion usulublardan foydalanish, tuproqni muhofaza qilish, ya’ni ifloslanishdan, zaharlanishdan saqlash reja asosida olib borilishi shart.
10 Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 4-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |