Ko’kat o’g’itlar
Respublikamizda yil davomida jamg’ariladigan go’ngning barchasi fan tavsiyasi asosida ishlatilganida ham 10 dalali almashlab ekishning bitta dalasini gektariga 20 t mahalliy o’g’it bilan ta’minlash imkonini beradi, holos. Paxtachilikda mineral o’g’itlar yuqori me’yorlarda ishlatilayotgan hozirgi davrda tuproqlarni organik moddalar bilan ta’minlash birinchi galdagi vazifa bo’lib qolmoqda. Bu muammoni xal etishning eng samarali usuli ko’kat o’g’itlardan foydalanishdir.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa qushib haydab yuboriladigan o’simliklarga ko’kat o’g’itlar deyiladi.
Ko’kat o’g’itlar sifatida mosh, kuzgi nuxat, lyupin, seradema, qashkar beda, yovvoyi loviya, burchoq, shabdor (Eron bedasi) kabi dukkakli ekinlardan, shuningdek respublikamizda kuzgi javdar, suli, raygras, bersim kabi o’simliklardan keng foydalaniladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqni azot va organik moddalarga boyitadi, chunki ularning tarkibidagi azot miqdori go’ngdagidan ko’p bo’lib, nisbatan kamroq, miqdorda fosfor va kaliy tutadi (69-jadval).
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |